Домой mavzular Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar.

Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar.

Jadidlar qarashlarida ma'rifiy-demokratik tamoyillar.

Jadidlar qarashlarida ma'rifiy-demokratik tamoyillar.

Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar.

Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar. Turkiston   milliy   davlat  mustaqilligi  uchun  kurashda  ozodlik  harakatlarining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  hamda  shart- sharoitlarini siyosiy jihatdan tahliliga e’tibor qaratish lozim.

Bunda Jadidlarning mustaqillik uchun kurash g‘oyalarining vujudga kelishi nazarda tutiladi.  Millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo‘lmasligi  Behbudiy  kelgan  birinchi  xulosalardan  edi.  Ayni  paytda,  bunday  g‘oya  milliy  istiqlolchilik  harakatining asosini tashkil etgan.

Jadidchilar asosiy e’tiborini jamiyatda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratadilar. Ular yangi  usuldagi  maktablarni  tashkil  etish,  gazetalar  chiqarish,  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarini  nashr  ettirish, g‘arbning yangi madaniyat va texnologiya uslubiyatlarini joriy etish zaruriyatini hamda uni  Turkistonda  targ‘ib  etish  orqali  milliy-dunyoviy  ta’limni  yuzaga  keltirish,  ma’naviy  hayotni  yangilash va boyitish orqali milliy o‘zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratishga intilganlar.  Bunday siyosiy yondashuv bevosita jamiyatda adolatli-demokratik davlat qurilishining asoslarini  rivojlanishiga xizmat qiladigan nazariy omillar ekanligini e’tirof etmasdan bo‘lmaydi. Albatta, ular  demokratiyaning tom ma’nodagi ko‘rinishlaridan uzoqda bo‘lganlar.

Turkistonda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash va uning ijtimoiy-siyosiy asoslarini  yorituvchi manbalar Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li, Behbudiy, Fitrat, Avloniy, Huvaydo  va boshqa asarlarda o‘z ifodasini topgan.

O‘z davrida jadidlar milliy-madaniy muxtoriyat qurilishi tamoyillarini ulkan rivojlantirishning  amaliy dasturlarni, Turkistonda davlatchilik shakli va uni boshqarish vakolatlari, barcha sohalar  bo‘yicha qonunlarni joriy etish,  sud organlarini tashkil qilish, davlat tuzilmalarini yaratish kabi  masalalariga  katta  e’tibor  bergan.  Ammo,  shu  davr  siyosiy  sharoiti  hamda  erli  xalqning  tushunchasida Turkistonda mustaqil demokratik jamiyat qurish to‘g‘risidagi qarashlari bir muncha  cheklanganligini ko‘ramiz. Behbudiyning “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi”   dasturida  to‘la mustaqil demokratik jamiyat to‘g‘risida emas, davlatning avtonomiya shakli nazarda tutiladi.  1917 yildagi Umumturkiston musulmonlarining qurultoyida ham davlatchilik qurilishi to‘g‘risidagi  qarashlarda  demokratik  yoki  federativ shakllari  to‘g‘risida  bahs  olib  boriladi.  Ammo,  ularning  demokratiya va federatsiya to‘g‘risidagi qarashlari ham aslida konstitutsion monarxiya tuzumidan  tashqariga chiqib ketolmaydi.

Aynan   shu   davr   voqea-hodisalari   bayoni,   tafsilotlari   hamda   muvaffiqiyatsizlikning  sabablariga M.Chuqay “Istiqlol jallodlari” asarida qo‘yidagicha ta’rif beradi: «Birinchidan, ob’ektiv  omillar:  …Biz  kurashga  o‘zimiz  tanlagan  fursatda  emas,  Rusiya  inqilobi  jarayonini  keltirib  chiqargan vaziyat ijoboti bilan kirishdik. Ikkinchidan, sub’ektiv, ya’ni o‘zimizdan bo‘lgan omillar:  Milliy manfaatlar yo‘lida kurashish lozimligini bilganlari holda turkistonliklar o‘zaro kuchli birlik  qura olmadilar va bunga ulgurmadilar». Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi, uning siyosiy faoliyati, so‘ngra inqirozi masalalari  mamlakatimizning bir qator olimlari asarlarida o‘z ifodasini topgan. Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba