Домой She'rlar to'plami Jadidlar rasmlari

Jadidlar rasmlari

Jadidlar rasmlari

Sahifamizda Jadidlar haqida ma’lumot, Jadidlar rasmlari, Jadidlar ismlari haqida batafsil yozilgan.

Jadidlar haqida.

Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari.

Turkistonni o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o’rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo’shin tuzish.

Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy yo’nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.

Jadidlar ismlari.

Jadidlar kimlar? degan savolga Jadidlar ismlari ro’yxati bilan tanishtiramiz.

Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Ubaydullaxo’ja

Asadullaxo’jayev (Ubaydulla Xoʻjayev), Toshpo’latbek Norbo’tabekov (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxo’ja Po’latxo’jayev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Cho’lpon, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So’fizoda (Farg’ona vodiysi), Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi

Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (O’sh uyezdi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi.

Jadidlar rasmlari.

Tavsiya etamiz: Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo’shgan hissasi.

manba.