Домой mavzular Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo’shgan hissasi.

Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo’shgan hissasi.

Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo'shgan hissasi.

Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo’shgan hissasi.

Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo'shgan hissasi.

Jadidchilik harakatining ilg’or namoyandasi ABDULLA QODIRIY(1894-1940) ham o’z ilk ijodiy asarlari – «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz», «Jinlar bazmi», «Uloqda» hikoyalarida, «To’y», «Millatimga», «Ahvolimiz» kabi qator she’rlarida ma’rifatsizlik orqasida Turkiston erli aholisining qoloqligidan, g’aflatda yotganligidan kuyib-pishib noliydi, o’z xalqi ahvoliga g’oyat achinib, og’ir iztiroblardan qutulishning yagona yo’li – ilm-ma’rifatni egallash g’oyasini ilgari suradi.

Abdulla Qodiriy 1915 yilda chop etilgan «Ahvolimiz» she’rida o’z xalqini, millatini ilm-ma’rifatga da’vat etadi, maktablarni keng ko’lamda rivojlantirish, shu bilan yoshlar tarbiyasiga e’tibor berish g’oyalarini ilgari suradi: Ko’r bizning ahvolimi, g’aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan chog’ida vijdonni pulga sotamiz. O’g’lingizga na adab, na fan, na yaxshi so’ylamak, Na xudoni buyrug’i bo’lgan ulum o’rgatamiz.

Abdulla Qodiriy she’rning birinchi satrlaridayoq mustahkam iroda va e’tiqod – insonning eng oliy-maslagi bo’lishi kerakligini yoshlarga alohida uqtiradi. U insonga xos bo’lmagan befoyda, be’mani odatlarni qattiq qoralaydi: Korimiz shundan iborat bo’ldi ushbu chog’ida, O’ntadan bedana boqib,

yozu qish sayratamiz… Keling, yoshlar ziyolilar, bukun g’ayrat

qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak uyg’otamiz.

«Millatimga» she’rida g’aflat va jaholat uyqusida yotgan o’zbek xalqining ko’zini ochishga, uyg’otishga butun vujudi bilan harakat qiladi, g’aflat hayot gulshanini jaholat cho’liga aylantirib yuborganidan che-kayotgan iztiroblarini bayoi qilib, bu holdan qutulish uchun barcha boy-savdogarlarni, yoshlarni, qurbi etadigan jamoatchilikni maktab-maorif taraqqiyotiga yordam ko’rsatishga da’vat etadi:

Kel, ey millat, bu kun bir maslahat birlan qaror o’lsun,

Bu kundan o’tgan ishlarga pushaymon birla or o’lsun, Qilaylik bul kun g’ayrat, hamma birdan qilib himmat,

Jaholat cho’lu sahrosini minba’d sabzazor o’lsun.  Ayamay kumush-oltinni hamma boyonlar aslo,

Solib dorilfununlar ham makotiblar hazor o’lsun.  Uqushsin millat avlodi, bizni doim duo aylab,

Qilib tahsil ulumlarni fununa yaxshi yor o’lsun.

  1. Qodiriyning «To’y» she’rida ham agar boylarni boyligi oshib-toshib ketayotgan bo’lsa, hadeb xo’jako’rsinga katta-katta to’ylar qilavermasdan, balki maktab-maorif ishlariga yordam ko’rsatsinlar, degan g’oya ifoda etiladi.

Abdulla Qodiriyning jadidchilik maktabiga qo’shgan hissasi.

Mavzular.

manba