1930-50-yillarda ziyolilarning ta’qib qilinishi.

0
1930-50-yillarda  ziyolilarning  ta’qib  qilinishi.

1930-50-yillarda  ziyolilarning  ta’qib  qilinishi.

1930-50-yillarda  ziyolilarning  ta’qib  qilinishi.

1930-50-yillarda  ziyolilarning  ta’qib  qilinishi. Milliy  adabiyot  va  san’atning  ahvoli  qiyin  va  nomutanosib  holatda  edi.  Shaxsga sig’inishning  rutubatli  iqlimiga  qaramay  ijodiy  hayot  so’nmadi,  yozuvchilar   va  adabiyotshunoslar   qatori   kengaydi.   1934   yil   martda   Toshkentda   O’zbekiston  yozuvchilarining s’yezdi bo’ldi va unda Respublika Yozuvchilar uyushmasi tashkil qilindi.

O’zbek yozuvchilarining nomlari jahonga keng yoyila boshladi. G’afur G’ulom, Oybek, Hayratiy,  Hamid  Olimjon,  Abdulla  Qahhor,  Oydin  Sobirova,  Usmon  Nosir,  Komil  Yashin  va  boshqalarning  asarlarida xalqning ijtimoiy hayoti va an’analari, mehnat qahramonlari, shijoati kabi xususiyatlar o’z  badiiy ifodasini topgan.

Lekin 30-yillarda kuchaygan ma’muriy buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mafkurasi ijod  ahlini,  qolaversa  respublikaning  madaniy  hayotini  bo’g’a  boshladi.  Ijodni partiyaviylik  va  yagona  mafkuraga bo’ysundirilishi hayotni badiiy tasvirida vulgar-sotsial ko’rinishlarga keng yo’l ochdi. Partiya  tomonidan yangi hayotni kuylashga bo’lgan chaqiriq va majburiy cheklashlar ijodiy jarayonda tarixiy  o’tmishni bir tomonlama tasvirlashga olib keldi.

Adabiyotda  borliqni,  murakkab  ijtimoiy  muammolarni  bo’yab  ko’rsatish,  xato  va kamchiliklar  haqida sukut saqlash zaruriy shart bo’lib qoldi.

Milliy  madaniyat  30-yillarda  qattiq  fojiaga  uchradi.  Inson  haq-huquqlarining  poymol qilinishi  kuchaydi. Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Shokir Sulaymon, Ziyo Said, Elbek, Botu, A’zam Ayub,  Usmon Nosir, Qosim Sorokin kabi millatning yetuk ziyolilari qatag’on qilindi va xalqimiz ularning  asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi.

40-yillar oxirlarida fan va madaniyat xodimlarini qatag’on qilishlar davom etdi. VKP (b) MKning  1946 yil «Zvezda» va «Leningrad» jurnallari haqidagi qarorlari qatag’onlar yangi to’lqinining G’oyaviy  asosi bo’lib xizmat qildi. Shu paytdan boshlab adabiyot va san’atda ijodiy demokratik rivojlanish uzoq  yillar davomida sun’iy ta’qib qilindi, joylarda hurfikrlilik siquvga olindi.

Markazning ko’rsatmalariga asoslanib, respublikaning partiya organlari ijodiy ziyolilarga qarshi  kurash olib bordilar. Ularning asarlaridagi milliy g’oyalar ularni ayblash uchun foydalanildi. Yozuvchi va  shoirlarning  asarlarida  o’rta  asr  va  inqilobgacha  bo’lgan davrdagi  xalq  tarixini,  madaniyatini  badiiy  tasvirlash-o’tmishni  qo’msash, ideallashtirish deb  ayblandi  va  ularga  «millatchi»  degan  tamg’alar  yopishtirildi. Shu qabilda Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda va boshqa o’zbek yozuvchilari  qoralandi.

1951  yil  avgustda  respublika  matbuotida  «qator  shoir  va  yozuvchilarning  ijodida mafkuraviy  og’ishlar» mavzusida maqola chop etildi. Unda Turob To’la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir Abdulla,  Habibiy kabi ijodkorlar millatchilikda va panturkchilikda ayblanib, tanqid qilindilar. Shuningdek, Oybek,  X.Zarifov, X.Yoqubov, Said Ahmad, I.Sultonov va boshqalar «o’zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda  turish»da va «jiddiy g’oyaviy xatoliklar»ga yo’l qo’yganlikda ayblandilar.

1951 yilda Maqsud Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, o’ulom Alimov va boshqa bir qator ijodkorlar  «antisovet  millatchilik  faoliyati»  da  ayblanib  qamoqqa  olindilar  va  25  yillik qamoq  jazosiga  hukm  qilindilar. Shu yillari jamiyatshunos olimlardan bir guruhi, chunonchi, faylasuf V.Zohidov, iqtisodchi  A.Aminovlar panturkizmni tashviqot qilishda va burjua-millatchilikda ayblanib, ta’qib qilindi. Qatag’on  qilingan san’at, fan va madaniyat arboblari mustabid tuzum davrida haq-huquqsizlik qurboni bo’ldilar.  Adolat  bir  qadar qaror  topib,  shaxsga  sig’inish  va  uning  oqibatlarini  tuzatish  uchun olib  borilgan  kurashlardan keyin asossiz qatag’on qilingan madaniyat va fan arboblari oqlandilar.

3.Qatag’onlikning   yangi   to’lqinlari.  80-yillarning   o’rtalariga   kelib   atag’onlik   va  qonundan  chekinishlar yana bo’y ko’rsata boshladi. Galdagi qatag’onlik to’lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo’jalik  xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.

O’zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab-yashnagan»  davrida ham o’zbek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni  bo’lmaganda ham milliy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.

O’zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan  mustahkamlash  degan  niqoblar  bilan  Markazdan  katta  vakolatga  ega  bo’lgan mas’ul  xodimlarning  «desant»  guruhlari  kela  boshladi.  Ularga  partiya,  sovet  va  sud organlaridan  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan lavozimlar berildi. Uydirma, to’qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o’zbeklar ishi» deb ishlarga  siyosiy  tus  berildi.  Oqibatda go’yoki  butun  O’zbekiston  jinoyatchilar  makoniga  aylanib  qolgandek  tasavvur  uyg’otishga   harakat   qilindi.   Ittifoqning   Gdlyan   va   Ivanov   boshliq   emissarlar  guruhi  respublikadagi  turli  sohalarda  ishlayotgan  bir  necha  minglab  rahbar  xodimlarni tergov  jarayoniga  tortdilar.

Ularga poraxo’rlik, ko’zbo’yamachilik va jinoyatchilikning boshqa ko’rinishlaridagi aybnomalar  qo’yildi. Mahbuslarni «o’z aybiga iqror qilish» uchun jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy azoblar qo’llanildi. O’zbekiston Kompartiyasi MK ning sobiq birinchi kotibi Sh.R.Rashidov nomiga ham nohaq tuhmatlar  qilindi, o’zbek xalqining milliy g’ururi toptaldi. Bunda O’zbekiston SSRning o’sha davrdagi qo’g’irchoq  rahbarlarining mash’um hissasi bo’ldi.

Ommaviy qamoqqa olishlar avj oldi, qiynoqlarga ko’plab halol, sof vijdonli kishilar ham tortildi. Qo’shib yozishlar, ko’zbo’yamachilik va poraxo’rlik kabi illatlar sotsialistik jamiyatda tabiiy holat bo’lib,  o’sha paytdagi barcha respublikalarda mavjud hodisa edi. O’zbekistonga nisbatan «paxta ishi» oldindan,  maxsus  tayyorlangan  uzoqni  mo’ljallab  tashkil  qilingan siyosiy  fitnadan  boshqa  hech  narsa  emasdi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng «paxta ishi» qayta ko’rib chig’ildi va minglab  begunoh  kishilar oqlandilar. O’z  navbatida  O’zbekistonning  mohir,  taniqli  davlat  va  jamoat  arbobi  Sh.R.Rashidovning pok nomi tiklandi. Shuningdek, mehnatkash o’zbek xalqining yuzi yorug’ ekanligi  asoslandi.  O’zbekiston  Prezidenti  I.A. Karimovning  tashabbusi  bilan  2000  yil 12  mayda  Toshkent  shahrida Yunusobod mavzesida mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga  bag’ishlab  o’rnatilgan  yodgorlik  majmuining ochilishi  bugungi  minnatdor  avlodning  ajdodlarimiz  oldidagi chuqur ehtiromi ramzidir.  1930-50-yillarda  ziyolilarning  ta’qib  qilinishi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba