Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

0
O'zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

O'zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

 Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.O’zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoye Mamlakatimiz mustaqillika erishganidan so’ng barcha javhalarda tom ma’noda iqtisodiy, siyosiy,  ijtimoiy o’zgarishlar boshlandi. Bu jarayon ayniqsa 2016 yildagi yana bir bor o’tkazilgan Prezidentlik  saylovidan  so’ng  yangi  bosqichga  ko’tarildi.1  Bunga  2017-2021  yillarda  O’zbekiston Respublikasini  rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi qabul qilinganligini misol  keltirish   mumkin.2    Unga   ko’ra   quyidagi   ishlar   qilinishi   belgilangan   edi.   Bularga   Davlat   va  jamiyat qurilishi tizimini   takomillashtirishning   ustuvor   yo’nalishlari

Demokratik   islohotlarni  chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada  kuchaytirish:

Davlat  hokimiyati  tizimida  Oliy  Majlisning  rolini  oshirish,  uning  mamlakat  ichki  va  tashqi  siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini  amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud- huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini  tubdan oshirish;

siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish,  ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish.

Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish,  davlat xizmatchilarining  kasbiy  tayyorgarlik,  moddiy  va  ijtimoiy  ta’minot  darajasini  oshirish  hamda  iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi  va davlat xizmati tizimini isloh qilish; mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish  bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan  davlat-xususiy  sheriklikning  zamonaviy  mexanizmlarini  joriy  etish;  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari  hamda  qonuniy  manfaatlariga  oid  axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  shakllarini  joriy  etish;  «Elektron   hukumat» tizimini   takomillashtirish,   davlat   xizmatlari   ko’rsatishning   samarasi,   sifatini  yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini  oshirish.

Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy  sheriklikning  samarasini  oshirish;  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirish,  ularning  ijtimoiy  va  siyosiy faolligini oshirish; mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati samaradorligini  oshirish; ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya  qilish.

Qonun ustuvorligini ta’minlash   va   sud-huquq   tizimini   yanada   isloh   qilishning   ustuvor  yo’nalishlari  Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud  tizimini  demokratlashtirish va  takomillashtirish:  sud  yalar  va  sud  apparati  xodimlarining  mavqeini,  moddiy  rag’batlantirish  va  ijtimoiy  ta’minot  darajasini  oshirish,  sudlarning  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash; sud yalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan  choralar ko’rish; sudning mustaqilligi va beg’arazligi, sud prosessida tomonlarining tortishuvi va teng  huquqlik  tamoyillarini  har  tomonlama  tatbiq  etish;  «Xabeas  korpus»  institutini  qo’llash  sohasini  kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini  mustahkamlash; sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

Fuqarolarning     huquq     va     erkinliklarini        ishonchli     himoya     qilish     kafolatlarini  ta’minlash:fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda sansalorlik,  rasmiyatchilik  va  loqayd  munosabatda  bo’lish  holatlariga  yo’l  qo’yganlik  uchun  javobgarlikning  muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;  sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini  ta’minlash;  fuqarolarning  xususiy  mulkka  bo’lgan  huquqlarini  amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;

fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar  hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.

Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish: jinoyat va jinoyat- prosessual     qonunchiligini       takomillashtirish va      liberallashtirish,     alohida      jinoiy     qilmishlarni  dekriminallashtirish,  jinoiy  jazolar  va  ularni  ijro  etish  tartibini  insonpapvaplashtirish;  odil  sudlovni  amalga  oshirish  samaradorligi  va  sifatini  oshirish,  ma’muriy,  jinoyat,  fuqarolik  va  xo’jalik  sud  ish  yurituvining prosessual asoslarini takomillashtirish; jinoyat, fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqish  tartibini  takomillashtirish,  bir-birini  takrorlaydigan  vakolat  va  instansiyalarni  qisqartirish;  elektron  tartibda  sud  va  ijro  ishini  yuritishning  zamonaviy  shakl va  usullarini  joriy  etish. Jinoyatchilikka  qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:

jinoyatchilikka qarshi  kurashish    va    huquqbuzarliklarning    oldini    olish    borasidagi    faoliyatni    muvofiqlashtirishning  samaradorligini oshirish; diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga  qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashishning  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini  takomillashtirish  va  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tadbirlarining  samaradorligini  oshirish;  aholining  huquqiy  madaniyati  va  ongini  yuksaltirish,  bu  borada  davlat  tuzilmalarining  fuqarolik  jamiyati  institutlari,  ommaviy  axborot  vositalari  bilan  o’zaro  samarali  hamkorligini tashkil etish.

Sud-huquq  tizimida  qonuniylikni  yanada  mustahkamlash:  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni  aniqlash  hamda  ularga  imkoniyat  yaratayotgan  sabab  va  sharoitlarni  bartaraf  etish;  sud,  huquqni  muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va  malakasini oshirish, rotasiya qilish tizimini takomillashtirish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat  idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha  idoraviy  nazoratning  zamonaviy  mexanizmlarini  joriy  etish;  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazorati  mexanizmlari  samaradorligini  oshirish,  fuqarolarning  huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.

Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish: davlat organlarining yuridik
xizmati   faoliyati   samaradorligini   oshirish;   advokatura   institutini   rivojlantirish,   jinoyat, fuqarolik, ma’muriy  va  xo’jalik  ishlarini  ko’rib  chiqishda  advokatlarning  rolini  oshirish;  notariat  va  fuqarolik  holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.

III. Iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  liberallashtirishning ustuvor  yo’nalishlari  Makroiqtisodiy  barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish: makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  o’rta  muddatli  dasturlar  asosida  tarkibiy  va  institusional  o’zgarishlarni  chuqurlashtirish  hisobiga  yalpi  ichki  mahsulotning  barqaror  yuqori  o’sish  sur’atlarini  ta’minlash;  xarajatlarning  ijtimoiy  yo’naltirilganini  saqlab  qolgan  holda  Davlat  byudjetining  barcha  darajalarida  mutanosiblikni  ta’minlash,  mahalliy  byudjetlarning  daromad  qismini  mustahkamlashga  qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish  tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli  rag’batlantiruvchi  choralarni  kengaytirish;

ilg’or  xalqaro  tajribada  qo’llaniladigan  instrumentlardan  foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda  zamonaviy  bozor  mexanizmlarini  bosqichma-bosqich  joriy  etish,  milliy  valyutaning  barqarorligini  ta’minlash;  bank  tizimini  isloh  qilishni  chuqurlashtirish  va  barqarorligini  ta’minlash,  banklarning  kapitalashuv  darajasi  va  depozit  bazasini  oshirish,  ularning  moliyaviy barqarorligi  va  ishonchliligini  mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini  kreditlashni yanada kengaytirish; sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning  yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish,

shuningdek kapitalni jalb qilish  hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba  sifatida  fond  bozorini  rivojlantirish;  xalqaro  iqtisodiy  hamkorlikni yanada  rivojlantirish,  jumladan,  etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi  qarzlar  siyosatini  amalga  oshirishni  davom  ettirish,  jalb  qilingan  xorijiy  investisiya  va  kreditlardan  samarali   foydalanish. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya  va   diversifikasiya   qilish   hisobiga   uning   raqobatbardoshligini   oshirish:

milliy   iqtisodiyotning  mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  ulushini  ko’paytirish;  ishlab  chiqarishni  modernizasiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan  yangilash,  ishlab  chiqarish,  transport-kommunikasiya  va  ijtimoiy  infratuzilma  loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta  ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori  qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan  yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish; iqtisodiyot  tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida  monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini  o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirishni  rag’batlantirish  siyosatini  davom  ettirish  hamda,  eng  avvalo,  iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini  kengaytirish;

iqtisodiyotda  energiya  va  resurslar  sarfini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishga  energiya  tejaydigan  texnologiyalarni  keng  joriy  etish, qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  mehnat  unumdorligini  oshirish;  faoliyat  ko’rsatayotgan  erkin  iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil  etish; xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning  o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori  texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish; turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda  uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm  infratuzilmasini kengaytirish;

eksport   faoliyatini   liberallashtirish   va   soddalashtirish,   eksport   tarkibini   va   geografiyasini  diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar  etish; yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga  axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish: tarkibiy   o’zgartirishlarni   chuqurlashtirish   va   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishini   izchil  rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  agrar  sektorning  eksport  salohiyatini  sezilarli  darajada  oshirish;  paxta  va  boshoqli  don  ekiladigan  maydonlarni  qisqartirish,  bo’shagan  erlarga  kartoshka,  sabzavot,  ozuqa  va  yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga  ekin   maydonlarini   yanada   optimallashtirish;   fermer   xo’jaliklari,

eng   avvalo,   qishloq   xo’jaligi  mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari  va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va  rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash,  yarim  tayyor va  tayyor  oziq-ovqat  hamda  qadoqlash  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  bo’yicha  eng  zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish,  mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;  qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy  bozor    xizmatlari    ko’rsatish      infratuzilmasini    yanada    kengaytirish;

sug’oriladigan    erlarning  meliorativ holatini  yanada  yaxshilash,  meliorasiya  va  irrigasiya  ob’ektlari  tarmoqlarini  rivojlantirish,  qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan  zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan  foydalanish;  kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli,  mahalliy  er-iqlim  va  ekologik  sharoitlarga  moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega  hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;  global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot  faoliyatiga       salbiy        ta’sirini       yumshatish       bo’yicha        tizimli        chora-tadbirlar       ko’rish.    3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor  mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan  institusional  va  tarkibiy  islohotlarni  davom  ettirish:  xususiy  mulk  huquqi  va  kafolatlarini  ishonchli  himoya  qilishni  ta’minlash,  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  rivoji  yo’lidagi  barcha  to’siq  va  cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish,

“Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli  bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish  uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni  muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; davlat  mulkini  xususiylashtirishni  yanada  kengaytirish  va  uning  tartib-taomillarini  soddalashtirish,  xo’jalik  yurituvchi   sub’ektlarning   ustav   jamg’armalarida   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   mulki  xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar  yaratish; investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy,  eng   avvalo,   to’g’ridan-to’g’ri   xorijiy   investisiyalarni   faol   jalb   qilish;

korporativ   boshqaruvning  zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini  kuchaytirish; tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va  mexanizmlarni   takomillashtirish   va   soddalashtirish;   mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish  jarayonlarini      tartibga    solishda    davlat     ishtirokini    kamaytirish,    davlat    boshqaruvi       tizimini  markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,  jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.  Sh.M.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomalarining mohiyati.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba