Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari.

0
Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari.

Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari.

Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari.

Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari.O‘tgan asrning 40-50 yillaridan boshlab mil.avv. IV – milodiy IV asrlar davri O‘rta Osiyo tarixini o‘rganish jarayonida «antik», «antik davr» jumlalari muomalaga kirgan edi. Ayrim tadqiqotchilar bu  jumlalarni  faqat  Gretsiya  va  Rim  tarixiga  nisbatan  ishlatish  lozim  degan  g‘oyani  ilgari  surgan  bo‘lishlariga qaramay, O‘rta Osiyo qadimgi davri bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi olimlar-arxeologlar,  tarixchilar,  antropologlar,  san’atshunoslar  kabilarning  ko‘pchiligi  bu  atamani  O‘rta  Osiyo  tarixiga  nisbatan ham ishlatish mumkin degan nuqtai nazar tarafdori bo‘ldilar.

Mil.  avv.  IV  asrdan  boshlab  O‘rta  Osiyoning  asosiy  dehqonchilik  vohalari  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning batamom yangi, faol yo‘liga o‘tdiki, bu rivojlanish milodiy III-IV asrlarda inqirozga  uchray boshlaydi. Shaharsozlik madaniyati va sug‘orish tartibi, yozuv va pul muomalasi, moddiy va  badiiy madaniyatga oid ko‘p sonli va turli-tuman yodgorliklar aynan mana shu rivojlanish jarayonidan  dalolat beradi. Mil.avv. 334 yil mayida (Granik daryosi yonida), 333 yil oktyabrida (Gavgamela, Shimoli- Sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng  Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi.

Aleksandr dastavval Bobilni,  so‘ngra Suza, Persepol, Pasargada Shaharlarini egallab fors podsholarining xazinalarini qo‘lga kiritdi.  So‘nggi  Ahamoniy  hukmdori  Doro  III  avval  Midiyaga,  keyin  esa  Baqtriyada  qochib  ketdi.  Kursiy  Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga  boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy  qo‘shinlarni qarshi qo‘ya olmadi.

Mil.avv.  329  yilning  bahoriga  qadar  Aleksandr  Ariya,  Drang‘iyona,  Araxosiya  kabi  viloyatlarni  egallab Oks-Amudaryo bo‘ylariga chiqib keladi. Arrian va Kursiy ma’lumotlariga ko‘ra bu paytda daryo  juda   sersuv   bo‘lib,   to‘lib   oqardi.   Amudaryodan   kechuv   joyini   tadqiqotchilar   Kelif   atroflari,  Chushqago‘zar,  Termez  atroflari  va  Sho‘rob  deb  hisoblaydilar.  Nima  bo‘lganda  ham,  Aleksandr  qo‘shinlari  qoplarga  somon-xashak  to‘ldirib,  ular  orqali  besh  kun  davomida  Amudaryodan  kechib  o‘tganligi haqida Yozma manbalarda ma’lumotlar saqlangan.

Aleksandr qo‘shinlari daryodan o‘tgach Bessni ta’qib etib «Sug‘d viloyati Navtakaga» yo‘l oladilar  (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg‘or qism, keyin asosiy kuchlar). Sug‘d erlarida Spitaman boshliq  mahalliy sarkardalar Aleksandrni to‘xtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo,  Aleksandrda harbiy yurishlarni to‘xtatish niyati yo‘q edi. Navtakadan so‘ng Yunon-makedon qo‘shinlari  Sug‘diyonaning poytaxti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. Kursiy Ruf ma’lumotlariga ko‘ra  Yunon-makedonlar «Shaharda o‘zlarining kichik gornizonlarini qoldirib, Yaqin atrofdagi qishloqlarni  yondirib  va  vayron  etib»,  Shimoli-Sharqqa  tomon  harakat  qila  boshlaydilar.  Jizzax  va  O‘ratepa  oralig‘idagi tog‘li hududlarda Yunon-makedon qo‘shinlari qattiq talofat ko‘radilar. Aleksandrning o‘zi  ham og‘ir yarador bo‘ladi. Shunga qaramasdan tog‘li hudud aholisini qiyinchilik bilan mag‘lub etgan

Yunon-makedonlar  dasht  ko‘chmanchilari  saklar  va  sug‘diylar  o‘rtasida  chegara  bo‘lgan  Yaksart- Sirdaryoga tomon harakat qiladilar.

Yunon-makedonlar Yaksart bo‘yida to‘xtab bu erdagi Shaharlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtira  boshladilar. Ko‘p o‘tmay bu Shaharlar aholisi Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Daryoning  o‘ng qirg‘og‘idagi saklar ham o‘z qo‘shinlarini bir erga to‘play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya  va Sug‘diyona hududlarida ham Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi.

Aleksandr   dastlab   Yaksart   bo‘yida   o‘z   mavqeini   mustahkamlashga   qaror   qilib,   bu   erdagi  qo‘zg‘olonlarni bostirdi. Sug‘diyonada mil.avv. 329 yil ko‘zida Spitaman boshchiligidagi qo‘zg‘olonni  (Maroqandda) bostirish uchun sarkarda Farnux boshchiligidagi qo‘shinlarni jo‘natdi. O‘zi asosiy kuchlar  bilan saklar ustiga yurish qildi. Ammo, bu yurish muvafaqiyatsiz tugadi.

Natijada mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga  o‘tib  ketdilar.  Mil.avv.  327  yilning  oxirida  Sug‘diyonadagi  qo‘zg‘olonning  so‘nggi  o‘choqlari  ham  bostirildi.

Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O‘rta Osiyo xalqlari  mislsiz  jasorat  namunalarini  ko‘rsatdilar.  Ular  Yunonlar  o‘ylaganidek,  «varvarlar»  va  madaniyatdan  orqaga  qolgan  emas,  balki  o‘z  davrining  yuksak  harbiy  san’ati  va  madaniyatiga  ega  ekanliklarini  namoyish   etdilar.   Aleksandr   qo‘shinlari   butun   Sharq   davlatlarini   o‘zlariga   bo‘ysundirganlarida  Sug‘diyona  va  Baqtriyadagi  kabi  qattiq  qarshilikka  uchramagan  edilar.  Bu  holni  Aleksandr  tarixini  yozgan ko‘pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar.

O‘zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi o‘z ozodligi va mustaqilligi yo‘lida bir tan-bir jon  bo‘lib  harakat  qilganlar.  Ammo,  kuchlar  nisbati  va  harbiy  texnikaning  teng  emasligi  ko‘p  hollarda  bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. Shunga qaramasdan bunday holatlar davlatchilik tarixida muhim iz  qoldirgan.

Shunday qilib Xorazm, Choch (Toshkent vohasi), Farg‘ona va saklar yurti Aleksandrdan mustaqil  bo‘lib   qoladi.   Sug‘diyona,   Baqtriya,   Marg‘iyona   va   Parfiya   Aleksandrning   davlatiga   qo‘shilib,  keyinchalik ularning hududida ayrim Yunon-makedon davlatlari vujudga keladi.

O‘rta Osiyoda istilo etilgan viloyatlar va Shaharlarni boshqarish uchun Yunon-makedon sarkardalari  bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Yozma manbalarning ma’lumot berishicha, Aleksandr  davrida  mahalliy  aholi  vakillaridan  Fratafarn-Girkaniyada,  Artaboz-Baqtriyada,  Oksiart  va  Xorien- Sug‘diyona viloyatlariga hokimlik qilganlar. Mil.avv. 325 yilda Oksiart qo‘l ostiga Paropamis-Hindiqush  viloyati topshiriladi.

Mil.avv. 325-324 yillarda makedonlar yaroq-aslahalari bilan qurollangan mahalliy aholi qo‘shinlari  Yunon-makedon armiyasi safiga jalb etiladi. Aleksandr mahalliy hokimiyat vakillariga nisbatan maqsadli  siyosat olib borgan. Mil. avv 324 yilda Suza shahrida o‘n mingta Yunon-makedon askarlari mahalliy  ayollarga uylanadilar. Aleksandrning o‘zi va sarkarda Gefestion Doro III ning qizlarini hamda sarkarda  Salavka Spitamanning qizi Apamani xotinlikka oladilar.

  1. Sagdullaevning fikricha, bunday yondoshuv aniq siyosiy maqsad – yangi davlatchilik barpo etish g‘oyasi bilan bog‘langan edi. Bu davlat nafaqat turli halqlarning siyosiy birlashmasi bo‘libgina qolmay, balki uning kelajakda makedonlar va Sharq zodagonlari qon-qarindoshligi vorisligiga tayangan davlatga  aylanishi rejalashtirilgan edi.

Ko‘plab xalqlar va mamlakatlarni birlashtirib yagona davlat barpo etish g‘oyasi, insonlarni umumiy  ong  va  yagona  tafakkurga  bo‘ysundirish  g‘oyasi  yangilik  emas  edi.  Bunday  g‘oyani  qadimgi  fors  podsholari  ham  o‘z  oldilariga  maqsad  qilib  qo‘yganlar  va  oqibatda  mil.avv.  490  yilda  Yunon-fors  urushlari boshlangan.

Aleksandrning harbiy yurishlaridan so‘ng Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng savdo-sotiq va madaniy  aloqalar rivojlana boshladi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida mahalliy va  Yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlanadi.

Bu jarayonning ta’sirini moddiy madaniyatning  rivojlanishida, qurilish va me’morchilik, kulolchilik va tasviriy san’at, yangi yozuvlarning tarqalishi,  tangashunoslik hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar o‘z navbatida qadimgi Sharqning  juda  ko‘plab  madaniy  yutuqlarini  qabul  qiladilar  hamda  mahalliy  aholi  madaniyatiga  ham  ta’sir  o‘tkazadilar. Aleksandr davridan boshlab, bir necha asrlar davomida, Sharqning siyosiy tarixi (davlattizimi,  boshqaruv  usullari,  qonunlar  va  huquq)  da  turli  an’analarning  qo‘shilib  rivojlanganligini  ko‘zatishimiz mumkin.

Xullas, Aleksandr Makedonskiyning mil.avv.334-324 yillardagi harbiy yurishlari natijasida Bolqon  yarim oroli, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyo, Misr, Old va O‘rta Osiyo, Hind daryosining Yuqori  oqimigacha bo‘lgan hududni qamrab oluvchi ulkan davlat toshkil topdi. Yunon-makedonlarning 330-327  yillardagi O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlariga qaramasdan o‘sha davrda bu hududlarning ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayotida muhim o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. O‘rta Osiyoga Ellin (Ellada, Bolqon yarim  oroli) madaniyati kirib keldi. O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari yirik ellinistik davlatlar tarkibiga kirib,  bu viloyatlarda yangi siyosiy-ma’muriy tartib joriy etildi. Bu tartib O‘rta Osiyoda madaniy, iqtisodiy,  tovar-pul munosabatlarining rivojiga turtki bo‘ldi. Mahalliy va ellin madaniyatining uyg‘unlashuvi bo‘lib  o‘tdi.  Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba