Домой mavzular Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalar.

Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalar.

Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalar.

Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalar.

Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalar.

To`rt asrdan ziyodroq davr mobaynida Alisher Navoiy asarlarini xalqimiz qo`lyozma kitoblar (devonlar, bayozlar va tazkiralar)dan o`qib o`rgandi, shoir g`azallari negizida yaratilgan qo`shiqlar ham navoiyxonlikda ayricha ahamiyat kasb etdi. Maktablarda ham, madrasalarda, davra va suhbatlarda ham shoir asarlariga rag`bat tobora kuchaya bordi.

Xususan, XIX asrning so`nggi choragidan e`tiboran shoir asarlarini ko`p sonli adadlarda toshbosma (litografiya) va tipografiyalarda chop etish yo`lga quyilgach, bu jarayon yanada chuqurlasha va kengaya bordi. XX asrda Navoiy asarlarini o`qib-o`rganish o`rta va oliy maktab dasturlaridan keng o`rin oldi, asrning oxirlariga borib esa, bog`chalar ta`limi doirasiga ham kiritila boshlandi. Shu zaylda turli yoshdagi kitobxonning o`z Navoiysi qad rostlaydigan bo`ldi. Shu ehtiyoj «Xamsa» dostonlarining, shuningdek, «Lison ut-tayr»va «Mahbub ul-qulub» asarlarining hozirgi adabiy tilda qayta aytilgan nasriy bayonlari va tabdillarini yaratishga, qolaversa, kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangani «Qiziq hikoyalar»(1991) nashrini amalga oshirishgacha olib keldi.

Buyuk gumanist bolalarga kelajak sohiblari sifatida qaradi, shunga ko`ra ularning tarbiyasiga alohida e`tibor berish zarurligini uqtirarkan, bu sohadagi axloqiy qarashlarini «Xamsa»dostonlarida, xususan, dastlabki uch dostoni-«Hayratul-abror» («Yaxshilarning hayrati»), «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»da, shuningdek, «Lison-ut-tayr» («Kush tili»), «Mahbub ul-qulub» («Qalb sevgilisi») hamda «Arbain hadis» («Qirq hadis») kabi asarlarida olg`a surdi. Bu asarlar bolalar navoiyxonligida ayricha mavqe hosil qilib keldi.         Alisher Navoiy komil insonning shakllanishi bolalikdan boshlanajagini nazarda tutib, Farhod va Majnunlarning bola sifatida ulg`ayish jarayonlarini ko`rsatishga alohida e`tibor berdi. Farhod tirnoqqa zor Chin mulkining shohi xonadonida tug`iladi, bu orziqib kutilgan xurramligu ushalgan armonning nishonasi edi. Shu sababli shoir murg`akkina chaqaloqni tubandagicha tanishtiradi:

Ko`zida ashk selidan asarlar,

Damida oh dudidin xabarlar.

Muhabbat nuri olinda huvaydo,

Jamolida vafo tug`rosi paydo.

Falak deb dard elining shohi oni,

Malak deb dard o`ti ogohi oni.

Bu chizgilarda chaqaloqning kelajagiga daxldor bashorat tajassum topgan, ya`ni, yig`lab dunyoga kelgan bu chaqaloqning nafasida ne-ne mashaqqatlarni kechajagidan xabar berguvchi ohlar tutuni o`rlab turgan ekan. Manglayida esa muhabbat nuri porlayotganidan chehrasidan vafo tug`ro(tamga)sining barqi mavjud. Osmon uni barcha dardlilarning shohi timsolidagi farishta qilib yaratgan go`yo, u barchaning dardidan «ogoh»-xabardor o`g`lon bo`lib dunyoga kelgan. Shu bois uning nomi ham o`ziga mos bo`lmog`i, hadisda aytilganiday, o`z ota-onasidan oladigan birinchi mukofoti munosib ism bo`lmog`ini asoslarkan, shoir dastlab bunday o`g`ilga ota bo`lish nasib etgan shohning ruhiy holatini shunday ifodalaydi:

Ato ul durga chun nazzora qildi,

Sadafdek og`zi kulmakdin yoyildi.

Shundan so`ng shoir chaqaloqqa ism qo`yish tafsilotiga o`tadi. Unga tanlangan ism qismatiga daxldor besh so`zning bosh harflaridan tuzilgan: «firok»dan-«f», «rashk»dan»r», «hajr»dan- «h», «oh»dan-«o» va nihoyat, «dard»dan- «d» harflarining bir-biriga «murakkab» qilinishi asosida yuzaga keltirilgan, uni bunyodga keltirgan «ustodi ishq»ning irodasi shunday:

Anga farzona Farhod ism qo`ydi,

Hurufi maxzanin besh qism qo`ydi.

Firoqu rashku hajru oh ila dard,

Biror harf ibtidodin aylabon fard.

Borin ustodi ishq etgach murakkab,

Tarakkubdin bu ism o`ldi murattab.

Ko`rinayotirki, chaqaloqning tug`ilishi–jismoniy hodisa bo`lsa, unga ism qo`yish– ma`naviy hodisa. Navoiy chaqaloqning jismoniy ulg`ayishini ma`naviy ulg`ayishga omuxtalashtirgan holda tasvirlashga ayricha e`tibor berarkan, bunda dastlab, allaning nechog`li katta ahamiyatga egaligini ta`kidlaydi: Arusi charx tun-kun doya kirdor,  Bo`lib har tavri holidin xabar dor. Beshik davrida chiniyu xitoyi,

Bo`lib yuz no`sh lab dostonsaroyi.

Ko`zining nozi eldin eltib uyqu.

Anga uyqu keturmakka navogo` (2).

Doya tun-kun uni parvarish qilib, «dostonsaro»lik, ko`zlariga noz uyquni chorlash uchun «navogu»lik qilib allalar aytib, quvnab-yashnab ulg`ayishiga ma`naviy asos solganliklaridan u bir yoshni to`ldirganidayoq, oyoqda turadi: beshikni tark etib mustaqil yura boshlaydi. Shu zaylda u hammaning suyumlisi bo`lib ardog`lanadi. Bu yanglig` chun bir o`ldi yoshi oning, Sharaf durriga yetti boshi oning.

Qadam urdiyu tarki mahd qildi,

Kuyub emgak, yururga jahd qildi (3).

Falakning aylanishi tufayli u ana-mana deguncha uch yoshga to`lib, so`zlarni durday terib, ishq afsonalarini so`zlaguvchi bo`ldi. Shoir tasvirida uch yashar Farhod o`n yashar boladay fikr yuritishi bilan barchani taajjublantira boradi:

Chu uch yoshiga chekti davri aflok,

Takallum qildi andoqkim duri pok.

So`z bori bo`lib afsonai ishq,

Malomu maskani koshonai ishq,

Ajabdur uch yoshida o`zga atfol,

Nechukkim o`n yoshida o`zga atfol (4).

Navoiy bola ma`naviy kamolotida ustoz-tarbiyachining rolini shu xilda baholaydi. Farhodning uch yasharligidayoq, bu qadar ham jismoniy, ham axloqiy- ma`naviy kamol topishida, albatta, unga murabbiylik qilgan doya va allalagan «navogo`» hamda «dostonsaro»lar xizmati katta edi. Shu sababli endi unga saboq berish uchun «hakimi nuqtadon» kerakligini ota o`z vaqtidayoq tushundi:

Ato bu nav` ko`rgach ish hisobin,

Munosib angladi ilm  iqtisobin.

Keturdilar hakimi nuktadone,

Bilik birla jahon ichra jahone (1).

Farhod shu xilda nuktadon ustoddan «falak mushkilotlari» va ularni yechish yo`llarini o`rganishga kirishdi, «quyosh yanglig` yorug`» fikri bilan «uchinchi oy ravon bo`ldi savodi».

«Qur`on»ni yod oldi.

Uning zehni shu qadar tez ediki:

 

Agar bir qatla ko`rdi har sabaqni,

Yana ochmoq yo`q erdi ul varaqni.

Ne so`znikim o`qib ko`ngliga yozib,

Dema ko`ngliki, jon lavhiga qozib.

O`qub o`tmak, uqib o`tmak shiori.

Qolib yodida safha-safha bori.

Alisher Navoiy ta`limni «o`qish va uqish» prinsipi asosida tashkil etishni bundan besh yarim asr muqaddam Farhodni tarbiyalash vositasi sifatida ko`rsatib o`tgan edi. Majnun tarbiyasida ham Navoiy shu yo`lning maqbulligini yana ta`kidlaydi. Majnunni ham 4-5 yoshlar oralig`ida bir «hunarvor ustod»ga berilganini, u ham bunda o`z qobiliyatini namoyish etganini shunday ifodalaydi: Kun bor edikim besh-un sabaqni Anglab evurar edi varaqni.

Navoiy bolalarni tarbiyalashda Farhod va Majnun timsollarida ideal namunalarni kursatdi.

Navoiy bolalar tarbiyasida axloqiy qarashlarning muhimligiga ham alohida ahamiyat berdi. Bu jihatdan «Xamsa»ning kirish dostoni sanaluvchi «Hayrat ul-abror» hamda eng so`nggi asari «Mahbubul-qulub» favqulodda qimmatga ega.

Mavzular.

manba