Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik to’g’risidagi qarashlarida demokratik tamoyillar.
Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik to’g’risidagi qarashlarida demokratik tamoyillar. XIII-XIV asrlarda O‘rta Osiyoni mo‘g‘ullar tomonidan istilo qilinishi iqtisodiy va ma’naviy hayotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda jabr-zulm va zo‘ravonlik kuchayadi, mehnatkash xalq qattiq eziladi.
Juda ko‘p madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yo‘q qilinadi, san’at va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar, me’morlar va musavvirlar o‘ldiriladi, omon qolganlari SHimoliy Hidistonga, Farbiy Eron va Xuroson viloyatlariga qochib jon saqlab qoladilar. Aynan mana shunday murakkab davrda Amir Temurning (1370 yil) siyosiy sahnaga kelishi hamda mustaqil davlat barpo etishi O‘rta Osiyo xalqlarining mug‘ul istilosidan, ichki o‘zaro nizolardan qutulishiga olib keladi. Mamlakatda o‘rnatilgan barqarorlik markaziy davlatning tez orada mustahkamlanishiga, siyosiy kuchlar tarqoqligini bartaraf etishga, ayni paytda, turli islohotlarning amalga oshirilishiga, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Amir Temur – XII asrda buyuk temuriylar davlatiga asos soldi. U davlat boshqaruvida o‘zidan oldingi o‘tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarish xususida “Temur tuzuklari”ni yaratdi. Bu davlatni idora qilish me’yorlari, qoidalaridan iborat bo‘lgan mazkur kodeks, tuzuk 2 qismdan iborat.
- Sohibqiron Temurning 7 yoshidan (1342) to uning so‘nggi kunigacha bo‘lgan hayoti, siyosiy faoliyati tasvirlangan. Bu qismda Amir Temurning Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga kiritishi va undan keyin mashhur yurishlari asosida To‘xtamishxon (1376–1395), Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389–1402) kabi jahongir shohlarni mag‘lubiyatga uchratgani, 1,5 mln.kv.km. territoriyada Temuriylar Imperiyasiga asos solgani hikoya qilinadi.
- Ikkinchi qism esa Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shohzodalarga qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda davlatni idora qilish san’atining nozik sirlari, qoidalari haqida, amir, vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, qo‘shin boshliqlari, ularning xizmatlarini taqdirlash, sipohlar va ularning maoshlari kabi masalalar haqida vasiyat qiladi.
Davlatni 12 qoidaga asosan boshqardi. Davlat ishlarini 4 omilga bog‘ladi: 1) saltanat, 2) xazina (boylik), 3) Qo‘shin (sipoh), 4) Raiyat (oddiy qora xalq). Amir Temur o‘z imperiyasini 4 ulusga bo‘lib boshqardi. 1) Qobul, g‘azna, Qandahorni 12 ming qo‘shin bilan Jahongirmirzoga, keyinchalik Pirmuhammadga, 2- ulusni Farg‘ona o‘lkasini Umarshayxga, 3-ulusni Mironshohga Xurosonni, 4-ulusni SHohruhga G‘arbiy Iroq, Ozarbayjon hududlarini berdi. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat, maslahat masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu jarayon bizda ikki palatali parlamentchiligimizda keng yo‘lga qo‘yildi.
Bu davrda milliy davlatchilik to‘g‘risidagi qarashlarning rivojlanishida Amir Temurning xizmatlari katta bo‘ldi. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo‘shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish mahoratlari, davlat xizmatchilari rag‘batini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. Bunday siyosatning asos-mohiyati adolatli davlat, insonparvar jamiyat negizlarini qaror toptirishga qaratiladi.
Amir Temur davlat boshqaruvining demokratik asoslarini yaratishda mamlakat ishlarini doimo kengash, mashvarad, maslahat, hushyorligu, mulohazakorlik, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishga qaratadi. Saltanat ishlarini Kengash asosida olib borish – bu aslida ayonlarning rizoligi va ixtiyori demak. Bunday yondashuv bevosita davlat boshqaruvi taqsimotining ilk ko‘rinishlari to‘g‘risidagi qarashlarning rivojlanishiga zamin yaratgan.
Sohibqiron har bir ishda siyosatni adolat bilan amalga oshirishga va bunda turli vositalar asosida uning izchilligini ta’minlashga erishadi. YA’ni, adolatga qaratilgan maqsadlarni adolatli vositalar bilan uyg‘unlashtirish asosida davlat boshqaruvining nazariy ta’limotlarini amaliy jihatdan boyitadi-ki, saltanatda adolatni ta’minlovchi siyosat murvatlar yuzaga keladi. Masalan, u nafaqat davlat xizmatchilarining qanday sifatga ega bo‘lishini, balki shunday sifatlilarni qanday qilib davlat
boshqaruviga kelishini ta’minlashning yo‘nalishi tomonlarini ishlab chiqadi. Bu borada u shunday deydi: «Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko‘p halal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak» deb, u davlat xizmatida salohiyatli shaxslarning ishtirokini amaliy tatbig‘iga aylantiradi. Jumladan: «Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroqligni bilsam, uni tarbiyatimga olib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim» deydi.
Amir Temur o‘z davridagi xizmatlarining eng asosiysi va eng buyugi – bu uning davlat arbobi sifatida adolat g‘oyalariga asoslangan milliy davlatchilik ta’limotlarining huquqiy negizlarini yaratganligi hamda uni tatbiq etib berganligidadir. SHu tariqa u o‘z siyosiy faoliyatini shunday ifoda etadi: “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatiimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda hadlaridan oshishlariga yo‘l qo‘ymadim. Ulug‘larini va sharaf-e’tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim».
MIRZO ULUG’BEK (1394-1449). Buyuk munajjim, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, o‘z davrida Samarqandda rasadxona qurdirib, astronomik maktab yaratgan olim. Ilmiy me’rosining gultoji – «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asari bo‘lib, «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «To‘rt ulus tarixi» asarlari ham uning qalamiga mansub.
SHu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar alohida diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so‘zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa arabchada arabdan tashqari degan ma’noni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, ya’ni arab davlatidan tashqari, degan nom bilan ataganlar. shunday deydi: “SHayx uldurkim, niyoz olsa, mustaqihlarg‘a, g‘arib, bechoralarg‘a bergaylar. Agar olib o‘zi esa, murdor et emishdek bo‘lg‘ay. Agar to‘n qilib kiysa, ul to‘n to‘zg‘uncha Haq ta’olo namoz, ro‘zasini qabul qilmag‘ay va agar olg‘an niyozidin non qilib esa, Haq ta’olo oni do‘zaxda turluk azobg‘a giriftor qilg‘ay. Va agar ondog‘ shayxg‘a har kishi e’tiqod qilsa, kofir bo‘lg‘ay”.
U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to‘g‘risidagi qarashlari o‘z ifodasini topadi: «…davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini turli odamlarning hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim»32 deydi. O‘zbek tili jozibasini o‘z «Xamsa»si bilan butun olamga ko‘rsatgan buyuk so‘z sanatkori «Badoyi ul-bidoya», «Navodir ul-nihoya», «Zubdat ut-tavorix», «CHor kitob», «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarni ham bizga meros qilib qoldirgan.
A. Navoiy adolat to‘g‘risidagi qarashlarida inson ruhiyati bilan bog‘liq ijtimoiy illatlarning mohiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chiqish sabablarini tahlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshohning odilligi, balki fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning adolatli, ma’nan sog‘lom bo‘lishi lozimligiga e’tiborni qaratadi: «Olamda bo‘lmish har nav’ odam bilan ko‘rishdim; katta – kichikning fe’lu atvorini o‘rgandim; yaxshi-yomonning xislatlarini tajribadan o‘tkazdim; yaxshilik va yomonliklarning sharbatini ichib, zahrini totib ko‘rdim. Baxl va pastkashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malhamini ko‘nglim darhol sezadigan bo‘lib qoldi» deydi. Ayni paytda, u inson ruhiyati bilan bog‘liq illatlar mohiyatiga shunday nisbat
beradi: «Yaxshilikka mukofot – qo‘pollik; odob bilan qilingan xushmuomala evasiga kekkayish, takabburlig‘dan o‘zgacha munosabat ko‘rmaysiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan o‘n zarb eyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavoze’ ko‘rsatsang, ming qo‘pollik va dilsiyohlikka hozir bo‘lib turmog‘ing lozim».Shu tariqa, u «Mahbub ul-qulub» asarida har xil odamlarning fe’l- atvori va ahvoli, yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati haqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarining yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o‘rtasidagi axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi.
Umuman, bunday adolatli jamiyatni boshqarish haqidagi g‘oyalar Navoiy ta’limotlarida ham keng uchraydi. Bu jarayon “Saddi Iskandariy” dostonida chuqur ochib berilgan va hokazo.
O‘zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining qadimiyligi haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar alohida diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so‘zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa arabchada arabdan tashqari degan ma’noni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, ya’ni arab davlatidan tashqari, degan nom bilan ataganlar.
ZAXRIDDIN BOBUR (1483-1530). SHarq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda. Uning jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari «Boburnoma» dan tashqari «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «Harb ishi» kabi asarlari va go‘zal she’riyati mashhurdir. A.Navoiy zamondoshlarining ilmiy merosini qunt bilan o‘rgangan, o‘zi ham shu yo‘nalishda katta meros qoldirgan ijodkorlar Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniylardir. Ular davlatshunoslik, axloqshunoslik, adabiyot, ta’lim-tarbiya, nasr va nazm sohalarida ijod qilgan yirik olimlardir. Davlat boshqaruvi va uning siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni Boburning «Boburnoma», Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida atroflicha bayon qiladi.
Ularda jamiyatni boshqarish asoslari, ijtimoiy tabaqalarning o‘zaro munosabatlari, adolatli va adolatsiz podshoh fazilatlari, fuqarolarga odil munosabati, axloq va ta’lim-tarbiya masalarini tahlil etgan. Shu tariqa Davlat boshqaruviga oid ijtimoiy qarashlarni o‘z navbatida o‘tmish davlatchilik madaniy merosimiz bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarimizni yanada boyitishga xizmat qilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy yuksalish o‘z mazmun – mohiyati bilan IX-XII asrlardagi O‘rta Osiyodagi Uyg‘onish davrining uzviy davomi edi. Xulosa shundaki, bunday madaniy meroslarning monandlikka intilishi, uning davriy uyg‘unlashuvi xalqlar hayotida taraqqiyot hamda yuksalishiga poydevor bo‘lgan nazariy ta’limotlarning rivojlanish bosqichlarini kuzatamiz. Ammo O‘zbekiston xalqlari davlatchilik tarixi o‘z taraqqiyotida bir xilda rivojlangan emas. Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik to’g’risidagi qarashlarida demokratik tamoyillar.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












