Aqliy hujum (brеynstroming-aqllar to`zoni) – amaliy yoki ilmiy muammolar еchish g`oyasini jamoaviy yuzaga kеltirish.
Ishtirokchilar aqliy hujum vaqtida murakkab muammoni hal etishga harakat qiladilar: ularni tanqid qilishga yo‘l qo‘ymay uni hal etishning ko‘proq shaxsiy g‘oyalarini yuzaga keltiradilar, so‘ngra ko‘proq oqilona/samrali/maqbul va boshqa g‘oyalarni ajratadilar, ularni muhokama qiladilar va rivojlantiradilar, ularni isbotlash yoki qaytarish imkoniyatlarini baholaydilar.
Bu usul hamma vazifalarni bajaradi, lekin uning asosiy vazifasi – ta’lim oluvchilarni o‘quvbilish faoliyatini faollashtirish, ularni muammoni mustaqil tushunish va echishga qiziqtirish va ularda muomala madaniyati, fikr almashinish malakalarini rivojlantirishi, tashqi ta’sir ostida fikrlashdan ozod bo‘lish va ijodiy topshiriqni echishda birlamchi yo‘l fikrlarini engib o‘tishni tarbiyalaydi.
Aqliy hujum usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi.
| Ishlar bosqichi va mazmuni | F a o l i ya t | |
| ta’lim beruvchi | ta’lim oluvchi | |
|
1 – bosqich Tayyorgarlik |
O‘quv mashg‘ulotida aqliy hujum o‘rnini aniqlaydi, uning maqsadini shakllantiradi, muammoni va uni echish bo‘yicha taklif etilayotgan g‘oyalarni baholash mezonlarini aniqlaydi |
|
|
2 – bosqich Kirish |
Mavzuni e’lon qiladi, muammo bilan tanishtiradi, uni echishning izlash yo‘lini va baholash mezonini asoslaydi. Jamoaviy ishlash sharoiti va ahloq qoidasi bilan tanishtiradi (eslatadi). Ishtirokchilarni 3-4 guruhga bo‘ladi (AH ni-jamoaviy o‘qitish sharoitida to‘g‘ri olib borish mumkin, lekin bu boshqaruvni qiyinlashtiradi va samaradorlikni pasaytiradi). Ta’lim oluvchilarga ruhiy qiyinchilik va qo‘rquvlardan qutulish uchun, mavzuga to‘g‘ri borish bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki yaqinroq mavzudan olingan kutilmagan, qiziq savollarga tez javoblar izlash mashqini o‘tkazadi.
Berilgan muammoni eslatadi va boshlashga ruxsat beradi |
Har bir guruh baho va maqbul/samarali/ oqilona g‘oyalarni qayd etib borishi uchun ekspert tanlaydi. Guruh a’zolari hamkorlikda ishlashlari mumkin bo‘lgan holda o‘tiradilar |
| 3 – bosqich Asosiy
|
Kuzatadi, yo‘llaydi, rag‘batlantiradi. O‘zini tortiShuvga aralashishini, o‘zini nuqtainazarini aytishga yo‘l qo‘ymaydi. CHidash, chidamlilik, hayron bo‘lmaslikni namoyon qiladi. Kerak bo‘lganda guruhni xayrixohlik bilan ish holatiga qaytaradi | Muammoni echish bo‘yicha g‘oya va takliflarni aytadilar, ekspertlar esa, ularni yozadilar
|
| 1 – variant. Aytilgan g‘oyalarni ekspertlar bilan muhokama qilishni, ularni taklif etilgan mezonlarga mos holda baholash va tanlashni tashkillashtiradi.
Muammoni echish uchun tanlangan g‘oyalarni ekspertlar guruhi taqdimotini va ularning muhokamasini tashkillashtiradi. |
Ekspertlar ishlayotgan paytda, boshqa barcha ishtirokchilar mavzular bosqichi bo‘yicha krossvord echadilar, o‘quv holatini muhokama qiladilar. Ekspertlar tanlangan g‘oyalarni taqdim etadilar. Ushbu g‘oya mualliflari himoyani olib boradilar | |
| 2 – variant. G‘oyani alohida baholash va eng yaxshilarini jamoaviy tanlashni tashkillashtiradi | ||
| 4 – bosqich Yakun yasash, tahlil qilish va baholash | YAkunlarni umumlashtiradi, guruhlar ishini tahlil qiladi va baholaydi: ijobiy, ijodkorlikning yuqori darajasi holatlari, jamoaviy faoliyat muvaffaqiyatlarini ko‘rsatadi | O‘z-o‘zlarini baholaydilar |












