Avraga astar qo’yish.
Avraga astar qo’yish.Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarda isituvchi qatlamning etak uchi avraning bukiSh haqi tagiga 11,5 sm kirib turadigan qilib, astar etagi avraga ulanmaydigan kiyimlarda esa avraning bukiSh haqi qirqimiga 23 sm yetmaydigan qilib qirqiladi. Ort bo’lak kesimi bor kiyimlarda isituvchi qatlam qirqimlari avra kesimi chetlari tagiga kiritilib, kesim qotirmasiga yaShirin baxyali maShinada tikiladi.
Avraga astar qo’yish. Elka choklari tikilgan avra va astar soliShtirib tekShiriladi, ularning yelka va yon choklari birbiriga to’g’rilanadi.Erkaklar pidjagida astar adipga, yoqa ko’tarmasiga astar tomondan Germaniya «Pfaff» firmasining 5487814/ 01706/826/41 BS kl bir ignali ikki ipli zanjirsimon maShinasida, kertimlarga ahamiyat berib ulanadi. Astarning ko’krakdagi bo’rtma joylari solqiroq qoldiriladi.
Ayollarning ichki cho’ntaklari bor kiyimlarida astarni adipga ulaSh bilan bir vaqtda cho’ntak xaltaning adip tomondagi qirqimi ham qo’Shib tikiladi. Kiyim o’ngiga ag’dariladi va adipning ichki cheti bort qotirmasiga yaShirin baxyali maShinada ilintirib ko’klanadi yoki astarni adipga ulayotganda o’rgimchak uya tipidagi yelimli gazlama yordamida qotirmaga yoki isituvchi qatlamga yopiShtiriladi.
Avraga astar qo’yish. Yoqaning choki astar bilan birga ostki yoqaning o’tkazma chokiga universal yoki yaShirin baxyali maShinada ilgakning uchlari bilan birga puxtalanib qo’yiladi. Ichki cho’ntak xaltasi bort qotirmasiga yaShirin baxyali maShinada tikiladi. Kiyim o’ngiga ag’darilib, astari tekislanadi va yon hamda yelka choklari to’g’rilanib, yeng o’tkazma chokidan 3 sm masofada yeng o’miziga parallel to’g’ri baxya solib ilintirib ko’klanadi.
Astar yeng o’mizlarining choki avra yeng o’mizlari chokiga to’rsimon baxyali maShinada yeng astarida tikmay qoldirilgan joyi orqali tikiladi. Erkaklar kiyimida ayni vaqtda ichki cho’ntak bo’ylamasi yeng o’miziga tikiladi. Eng astari uchi avraning bukiSh haqiga yeng astaridagi tikilmay qoldirilgan joyi orqali, 1 sm chok hosil qilib, avra bilan astarning tirsak choklarini to’g’ri keltirib ulanadi. Isituvchi qatlam qo’yilgan kiyimlarda yeng uchi bukiSh haqi isituvchi qatlamga tikib qo’yiladi.
Astarning tirsak choki avra tirsak chokiga yoki isituvchi qatlamga universal maShinada chok qirqimlaridan 0,5 sm narida baxyaqator yuritib ulanadi. Astarning yon choklari avra yoki isituvchi qatlam yon choklariga universal yoki yaShirin baxyali maxsus maShinada yeng o’mizidan 810 sm pastdan boShlab. bel chizig’idan 15—20 sm pastroqqacha biriktirib tikiladi.
Muallif: Raximova G.P , Dushamov S. X.












