Axborot erkinligini ta’minlash tushunchasi, mazmun-mohiyati.
Axborot erkinligini ta’minlash tushunchasi, mazmun-mohiyati. Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. Demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati katta. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida aholining, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning axborotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, shu bilan birga, ularning ongi, dunyoqarashi va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog‘lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan-bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridar. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, O‘zbekistonda mustaqillikning ilk davridan boshlab ommaviy axborot vositalariga to‘rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta.
Xususan, O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, izchil, tizimli va tadrijiy tarzda amalga oshirilayotir. Mamlakatda OAV fao¬liyatini qo‘llab- quvvatlash va uni rivojlantirish borasida mustahkam qonuniy asos shakllantirilgan. Bu esa umumiy e’tirof etilgan xalqaro me’yor va andozalarga mos bo‘lib, axborot sohasini jadal, izchil va erkin rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Mamlakatimizda birgina ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi o‘ndan ziyod qonun qabul qilingan. Ulardan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish erkinligi va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlarni sanab o‘tish mumkin.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining soni 1 ming 510 tadan oshdi. Ularning mingdan ziyodi an’anaviy OAV bo‘lsa, qariyb 400 tasi internet nashrlari ekani milliy mass-media makonida elektron ommaviy axborot vositalarining o‘rni tobora ortayotganidan dalolat bermoqda.
2016 yilda agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 42 bosma, 92 elektron ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Sohada xususiy sektorning salmog‘i ortmoqda. Joriy yilning boshida davlatga qarashli bo‘lmagan OAV soni 975 taga etgan, ya’ni milliy mass- media maydonining 63,4 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu tendensiya nashriyotchilik faoliyatida ham kuzatilmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan 120 dan ziyod noshirchilik korxonasining qariyb yarmi nodavlat nashriyotlar ekani mazkur yo‘nalishda kuchli raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Matbaa sohasini jahon andozalari darajasida rivojlantirish, poligrafiya korxonalarini modernizatsiyalash borasidagi sa’y-harakatlar natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilanmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda ayni yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan 1 ming 750 dan ortiq korxona aholining matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlamoqda. Birinchi Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrdagi «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida»gi qarori bilan soha korxonalari besh yil muddatga bir qator soliq va bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilgandi. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»ga qaroriga muvofiq mazkur imtiyozlar muhlati yana ikki yilga – 2019 yilgacha uzaytirildi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalarga mansub bo‘lgan matbaa tashkilotlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizgacha kamaytirildi. «Ijod» jamoat fondiga to‘lanadigan majburiy ajratmalar miqdori ikki foizdan bir foizgacha pasaytirildi.
OAV va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar bir tomondan xorijiy davlatlarda faqat qonunchilik yo‘li bilan tartibga solinib, ommaviy axborot vositalarining erkinligini kafolatlab qo‘ysa, ikkinchi tomondan esa fuqarolarning axborot olish huquqi, erkin fikr bildirish huquqi, siyosiy plyuralizm, OAV jamiyat oldida ma’sulligi va nazorati ostida bo‘lishini anglatadi. Hozirgi kunda OAV nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. SHuning uchun demokratik mamlakatlarda davlat bevosita OAV faoliyati ustidan boshqaruvni hamda o‘z manfaat yo‘lida undan foydalanishi mumkin emas.
SHunga qaramasdan davlat OAV sohasidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga solishni saqlab qolgan. OAV faoliyati tartibga solish va nazoratni amalga oshirish qonunchilik tizimi hamda OAV larga ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan xukumat dasturlarini ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Inson huquqlari bo‘yicha Evropa sudi OAV erkinligi jamiyat manfaatlarining qo‘riqlanishida hamda axborotning jamiyat qatlamlariga keng tarqalishida alohida himoyalanishni talab etishi lozim degan qarorga kelgan173. Avstriya, Germaniya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, AQSH, Fransiyada axborot sohasida erkin fikr bildirish yozma ravishda konstitutsiyalarda belgilab qo‘yilgan. Germaniya va Ispaniyada axborot vositasi vakillari axborotni to‘plash va tarqatish borasida katta huquqlarga ega. Ayrim mamlakatlarda OAV lar erkinligi va fikrlar plyuralizmini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumatga vazifalar (Niderlandiya, SHvetsiya) yuklatilib qo‘yilgan yoki sud yo‘li orqali (Fransiya, Germaniya), Niderlandiya, Ispaniya, SHvetsiya Konstitutsiyalarida fuqarolarning axborot olish borasidagi huquqlari yozib qo‘yilgan bo‘lsa, Fransiya Germaniya, AQSH sudlari esa shunday huquqlarning ta’minlanishini kafolatlaydi. SHvetsiya Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga davlat xizmati borasidagi axborot va ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni huquqiy jihatdan kafolatlab qo‘ygan.
Federativ davlatlar (Kanada, AQSH, Avstraliya) ommaviy axborot vositalari faoliyatining aniqlashga qaratilgan asosiy qonunlar tuhmat qilish va shaxsiy hayotga aralashish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Avstriyada federal hukumat ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish vakolatiga ega. Germaniyada tuhmat qilish, insonlarning shaxsiy hayotiga aralashish bilan bog‘liq holatlar erli o‘lkalar qonunchiligi asosida hal etiladi. Keyingi yillarda Germaniyada ommaviy axborot vositalari faoliyatiga daxldor bo‘lgan barcha masalalar federal hukumat tomonidan hal etilishini ko‘pchilik oqlamoqda. Avstriya va Shvetsiyada bosma ommaviy axborot vositalariga bag‘ishlangan alohida qonunlar ham mavjud. Mazkur qonun SHvetsiyada konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lgan hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, Avstraliya, Kanada, Gollandiya, Norvegiya, Ispaniya, buyuk Britaniya, AQSHda bironta bosma ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bag‘ishlangan qonunlar mavjud emas. Germaniya Konstitutsiyasi fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kafolatlaydi. Shvetsiyada fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati bilan bog‘liq barcha masalalar ommaviy axborot vositalarining erkinligi to‘g‘risidagi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan.
Axborot olish huquqi insonning nafaqat fuqaroviy huquqi, balki daxlsiz huquqi hamdir. Insonning xuquqlar ichida so‘z va fikr erkinligi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu huquqlari xalqaro huquqiy me’yorlarda, shuningdek milliy qonunchiligimiz yordamida kafolatlanadi. Demak, jamiyatimizning har bir a’zosi axborot olish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29- moddasida “Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” deyilgan. SHuningdek O‘zbekiston Respublikasi “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida ham “Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. Senzuraga, axborotning monopollashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, ommaviy axborot vositalarining axborot olish, qayta ishlash va tarqatish huquqlari, jurnalistlarning professional faoliyatini kafolatlash va himoya qilish qonunan belgilangan, ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari soddalashtirilgan.
Hozirda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elekron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tashkil etildi. Mamlakatda fikrlar xilma-xilligi va aholining siyosiy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan ko‘p partiyali matbuot rivojlanmoqda. O‘zbekiston aholisining ko‘p millatli ekanligi inobatga olinib, 12 tilda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti.
YUrtimizda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Jurnalist ijodkorlarni har tomonlama rag‘batlantirish masalasiga ham katta e’tibor berilayotir. Buni o‘tkazilayotgan turli ko‘rik- tanlovlar, xususan “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug‘ va eng aziz”, “Atirgul” singari ko‘rik-tanlovlarning nufuzi yil sayin oshib, ishtirokchilar safi tobora kengayib borayotganidan ham bilish mumkin. 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti ta’sis etilib tanlov o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad, milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistikada tanqidiy-tahliliy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirishdan iborat edi.
Keyingi yillarda yurtimizda ommaviy axborot vositalari faoliyati har tomonlama qo‘llab- quvvatlanayotgani va rag‘batlantirilayotgani samarasida ularning soni va sifati oshib bormoqda. 2015 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 1,4 mingga yaqin ommaviy axborot vositalari, jumladan, 970 dan ziyod bosma va 100 elektron nashr ro‘yxatdan o‘tgan. 1991 yilgi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV soni 3,5 marta marta oshgan. 53,4 foiz bosma ommaviy axborot vositalarining muassislari nodavlat tashkilotlardir. 29 foiz tele va radiokanallarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari muassislik qilmoqda, 67 foizining muassisi esa nodavlat tashkilotlaridir.
Ommaviy axborot vositalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan internet resurslari ham sezilarli o‘sib bormoqda. So‘nggi besh yilda ularning soni 2 barobardan ko‘proq ortdi. Xususan, shu yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, internet ommaviy axborot vositalari 304 tani tashkil etdi. SHundan 95 foizdan ortig‘i nodavlat ommaviy axborot vositalaridir.
XX asrda yuz bergan axborot inqilobi global hayotning barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar yasadi. Axborotning globallashuvi jahonning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, diniy va ahloqiy hayotida favqulodda ahamiyat kasb eta boshladi. Dunyoning etakchi mamlakatlari, xatto alohida shaxslar uchun axborot va kommunikatsiya vositalariga egalik qilish va boshqarish strategik maqsadga aylandi. Aytish mumkinki, ayni zamongacha hali hech qachon axborotning ahamiyati bunchalik ulkan bo‘lmagan. Axborotning globallashuvi, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi barobarida dunyo davlatlari uchun global axborot makonida o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish muammosi kun tarkibidagi muhim masalalardan biriga aylandi.
Suveren davlatning yer, suv, havo maydoni kabi axborot maydoni ham bor. Biroq axborot maydoniga chegara yoki to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. OAV geografik chegara bilmay, bizni global axborot makoni bilan bog‘lovchi ko‘prikdir. Bugungi kunda keng jamoatchiligimizni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog‘lom manfaatlar, qarashlar, fikrlar to‘qnashuvi, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi axborot, milliy axborot makonimizga, milliy qadriyatlarimizga va barkamol avlodni voyaga etkazish g‘oyamizga mutlaqo zid axborotning kirib kelishidir. Har qanday so‘z va axborot o‘zagida mafkura, tarbiya, axloq elementlari mavjud. YOshlar ulg‘ayayotgan axborot makonida ularni o‘rab turgan axborot muhitining yoshlar tafakkuri, tarbiyasi, ularning ma’naviy dunyosining shakllanishida sezilarli ta’siri bor, albatta.
Globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan bugungi zamonda har qanday ommaviy axborot vositasining jahon axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, rivoj topishi ular oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bunda nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy tomondan ham mustaqil va mustahkam bo‘lgan ommaviy axborot vositasigina o‘z mavqeini saqlab qolishi mumkin. Bunday mukammal rivojlangan ommaviy axborot vositasi faqatgina bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Axborot bu ijodkor, jurnalistning ijod mahsuli bo‘lib, nomoddiy tovar sifatida baholanadi. YA’ni axborot davr o‘tishi bilan o‘zining yana bir jihatini namoyon eta boshladi. Bu ham bo‘lsa u nafaqat targ‘ibot va tashviqot vositasi, balki ma’lum moddiy qiymatni o‘zida aks ettiruvchi tovar bo‘lgani bois bugun dunyo axborot makonida uning sifatiga qarab qancha bahoga savdolashayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda ham shunday ommaviy axborot vositalari paydo bo‘ldiki, garchi ularga “sariq matbuot” deb nom berilgan bo‘lsa-da, ularning mamlakatimiz media bozoridagi o‘rni e’tiborga sazovordir. Davr o‘tishi bilan ommaviy axborot vositasining ham shakl, ham mazmun jihatdan o‘zgarishlari zamirida moliyaviy ta’minot muhim o‘rin tutishini esdan chiqarmaslik kerak.
Bozor iqtisodiyotining keskin va qat’iy talablaridan biri bo‘lgan o‘zini o‘zi moliya bilan ta’minlash tamoyili ommaviy axborot vositalariga ham tatbiq etildi. Uzoq yillar davomida davlat tomonidan aniq belgilangan majburiy obuna hisobidan moliyalashtirib kelingan ommaviy axborot vositalari uchun bu jarayonga kirib borish va bunday keng makonda o‘z o‘rnini topish oson kechmadi. Davlat o‘zining bosh islohotchilik vazifasidan kelib chiqib, davlatga qaram bo‘lgan ko‘plab ommaviy axborot vositalari yangi sharoitga moslashib olgunlaricha moliyaviy ko‘mak berib turdi. Bozor iqtisodiyotining bosqichma-bosqich amalga oshiriluvchi tamoyiliga muvofiq ayrim ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarildi va ayni paytda yangi mustaqil, xususiy mulkka ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari paydo bo‘la boshladi. Bugun aynan xususiy ommaviy axborot vositalari ham son, ham tiraj jihatidan O‘zbekiston media bozorining asosiy qismini tashkil etmoqda.
Prezident I.Karimov 2005 yil 28 yanvarda “Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mavzuida qilgan ma’ruzasida bir qator ustuvor vazifalarni belgilab berar ekan, demokratik davlat, fukarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalari roliga alohida e’tibor berdi. O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g‘oyat muhim sharti — bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir. Bu boradagi asosiy vazifa mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligini va erkinligini amalda ta’minlashdan iborat.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yilda taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ommaviy axborot sohasini davr ruhiga hamohang tarzda isloh etish, jurnalistlarning erkin va samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur huquqiy-tashkiliy, moddiy va ma’naviy imkoniyatlarni yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbari matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida “Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, teleradioeshittirishlar, ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari, ularni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash kafolatlariga oid yangi qonunlarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni tezlashtirish kerakligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda”– degan edi.
Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimchamediatuzilmalar, nashriyotlar, poligrafiya korxonalari va matbaa tarqatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustidan jamoat nazoratini o‘rnatishda yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televidenie va Internet bo‘lib qolaveradi. Ularning faoliyat ko‘lami juda keng, lekin eng asosiy vazifasi xabar va ma’lumot etkazib turish, biror voqea- hodisani yoritib, odamlarni dunyodagi yangiliklardan voqif qilishdir.
Nazariy manbalarda qayd etilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko‘ra 5 ta asosiy turga ega. Bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televidenie, axborot agentliklari, shuningdek, Internet saytlari. Bugun ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelayotgan, to‘g‘rirog‘i, ommaviy axborotning o‘ziga xos vositasi sifatida namoyon bo‘layotgan Internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turadi.
Ukrainalik piarshunos G.G.Pochepsov ta’kidlaganidek: “Insonlar gazetadagidan ko‘ra televidenie orqali ancha ko‘p narsalarni ko‘rishlari mumkin. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, teleekranda beriladigan 69 % axborot so‘z bilan ta’riflanmaydi. Bunda, auditoriyaning yarmi o‘z ko‘rgan narsasini eslab qolishi kuzatiladi. YAngiliklar ovozli ta’riflanganda 16 % kishi, faqat tasvir bilan ta’riflangan yangiliklarni 34 % kishi eslab qoladi. Ovozli ta’riflangan yangiliklarni qayta hikoya qilish so‘ralganda kishilardan 32 % i, faqat tasvir bilan ta’riflangan yangiliklarni qayta hikoya qilishda atigi 15 % kishilar xatoga yo‘l qo‘yishgan.”
Tahlil qilish – matbuotning asosiy ustunligidir. Masalan, har qanday gazeta emotsional ta’sir ko‘rsatish borasida radio va televideniedan ustun emas. Biroq, matbuot tezkorlik va emotsionalligi jihatidan boshqa sohalardan ortda qolsa-da, tahlil qilish bo‘yicha qolganlaridan ustunlikka egadir. Bu esa auditoriya ongiga ishonchli va chuqur ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Tele va radio axborot e’tiborni tezda tortadi, biroq tezda unutiladi. Gazeta yoritgan maqola esa xotirada uzoq muddatga saqlanib qoladi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday demokratik jamiyatning taraqqiyot yo‘lida axborot milliy manfaat uchun xizmat qilishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib olgandagina uning funksional vazifasi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o‘zaro ijtimoiy muloqotida ham u muhim vosita sifatida etakchi o‘rin egallaydi. Ommaviy axborot vositalarida jamiyatda olib borilayotgan islohotlar jarayonida turli guruh va ijtimoiy institutlarning kundalik faoliyatlari, talab-ehtiyojlari o‘z aksini topadi.
Ommaviyma’ruzasida bir qator ustuvor vazifalarni belgilab berar ekan, demokratik davlat, fukarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalari roliga alohida e’tibor berdi. O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g‘oyat muhim sharti — bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir. Bu boradagi asosiy vazifa mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligini va erkinligini amalda ta’minlashdan iborat.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yilda taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ommaviy axborot sohasini davr ruhiga hamohang tarzda isloh etish, jurnalistlarning erkin va samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur huquqiy-tashkiliy, moddiy va ma’naviy imkoniyatlarni yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbari matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida “Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, teleradioeshittirishlar, ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari, ularni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash kafolatlariga oid yangi qonunlarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni tezlashtirish kerakligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda” – degan edi.
Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimchamediatuzilmalar, nashriyotlar, poligrafiya korxonalari va matbaa tarqatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustidan jamoat nazoratini o‘rnatishda yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televidenie va Internet bo‘lib qolaveradi. Ularning faoliyat ko‘lami juda keng, lekin eng asosiy vazifasi xabar va ma’lumot etkazib turish, biror voqea- hodisani yoritib, odamlarni dunyodagi yangiliklardan voqif qilishdir.
Nazariy manbalarda qayd etilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko‘ra 5 ta asosiy turga ega. Bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televidenie, axborot agentliklari, shuningdek, Internet saytlari. Bugun ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelayotgan, to‘g‘rirog‘i, ommaviy axborotning o‘ziga xos vositasi sifatida namoyon bo‘layotgan Internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turadi.
Ukrainalik piarshunos G.G.Pochepsov ta’kidlaganidek: “Insonlar gazetadagidan ko‘ra televidenie orqali ancha ko‘p narsalarni ko‘rishlari mumkin. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, teleekranda beriladigan 69 % axborot so‘z bilan ta’riflanmaydi. Bunda, auditoriyaning yarmi o‘z ko‘rgan narsasini eslab qolishi kuzatiladi. YAngiliklar ovozli ta’riflanganda 16 % kishi, faqat tasvir bilan ta’riflangan yangiliklarni 34 % kishi eslab qoladi. Ovozli ta’riflangan yangiliklarni qayta hikoya qilish so‘ralganda kishilardan 32 % i, faqat tasvir bilan ta’riflangan yangiliklarni qayta hikoya qilishda atigi 15 % kishilar xatoga yo‘l qo‘yishgan.”
Tahlil qilish – matbuotning asosiy ustunligidir. Masalan, har qanday gazeta emotsional ta’sir ko‘rsatish borasida radio va televideniedan ustun emas. Biroq, matbuot tezkorlik va emotsionalligi jihatidan boshqa sohalardan ortda qolsa-da, tahlil qilish bo‘yicha qolganlaridan ustunlikka egadir. Bu esa auditoriya ongiga ishonchli va chuqur ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Tele va radio axborot e’tiborni tezda tortadi, biroq tezda unutiladi. Gazeta yoritgan maqola esa xotirada uzoq muddatga saqlanib qoladi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday demokratik jamiyatning taraqqiyot yo‘lida axborot milliy manfaat uchun xizmat qilishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib olgandagina uning funksional vazifasi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o‘zaro ijtimoiy muloqotida ham u muhim vosita sifatida etakchi o‘rin egallaydi. Ommaviy axborot vositalarida jamiyatda olib borilayotgan islohotlar jarayonida turli guruh va ijtimoiy institutlarning kundalik faoliyatlari, talab-ehtiyojlari o‘z aksini topadi.
Ommaviy axborot vositalari o‘z tabiatiga ko‘ra jamiyatning barcha qatlamlari uchun erkin muloqot minbari va ayni paytda ijtimoiy fikrni ifodalovchi vosita ham hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yilda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonuni NNTlarga 7-moddasida «Ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish», huquqi berilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida, demokratik institutlarning jamiyatdagi faollashuviga yo‘l ochadi.
Bugun O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining yuqorida tilga olingan barcha turlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Istiqlol sharofati tufayli mamlakatimizda qisqa fursat ichida ommaviy axborot vositalarining soni ham, turlari ham, sifati ham ortib bormoqda. Umuman olganda, bugun dunyoda ommaviy axborot vositalarining asosan, gazeta, jurnal, televidenie, radio va nihoyat endi ommaviylashib borayotgan internet nashrlari singari turlari axborot va ma’lumotni jamotchilikka taqdim etuvchi asosiy vositalar sifatida e’tirof etilmoqda. Bu axborot vositalarining, yuqorida aytib o‘tganimizdek, har birining o‘ziga xos jihatlari mavjud.
Bir narsani unutmasligimiz kerak; davr o‘tishi bilan ushbu axborot vositalarining hech biri o‘zining ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotmaydi. Garchand eng so‘nggi turlari o‘zining bir necha jihatlari bilan qolganlaridan ustunlikka ega bo‘lsa-da, ularning ta’sir doiralari bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu esa har bir ommaviy axborot vositasi turining nafaqat jamiyatda, balki jamoatchilik fikrini shakllantirishda ham o‘z o‘rni borligi va o‘z mavqeini imkon doirasida saqlab qolishidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati beqiyosdir.
SHu tufayli respublikamizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy axborotlashtirish tizimini shakllantirish, jamiyat hayoti va boshqaruvning barcha jabhalariga zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy qilish va ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va jahon axborot resurslariga ulanish imkoniyatlarini kengaytirish asosiy vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgandir. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga
chiqarish, axborot resurslaridan foydalanishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligi va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rag‘batlantirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalar jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish.
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarinijoriy etishni jadallashtirish hamda uning huquqiy asoslarini tartibga solishda shu yo‘nalishdagi Respublika qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari o‘ziga xos tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, bugungi kunda huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining ajralmas qismiga, ozod va hur xalqimizning xolis ovoziyu so‘ziga aylandi.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari erkinligi darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu axborot sohasining izchil va erkin taraqqiyoti hamda har kimning hech qanday to‘siq va moneliksiz axborot olish va undan foydalanishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlovchi takomillashgan huquqiy maydonning mavjudligidir. SHu bilan bir qatorda, bugungi kunda barcha davlat organlari o‘zlarining veb-saytlariga ega va har kimning ular orqali o‘zi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, u yoki bu idoraning faoliyati to‘g‘risida axborot olish, rasmiy materiallar bilan tanishish imkoniyati mavjuddir. Vazirlik va idora, mahalliy davlat organlari va muassasalarning matbuot xizmatlari, ularning Internetdagi veb-saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish miqdori oshdi. Mamlakatimizda an’anaviy axborot vositalari bilan bir qatorda, internet jurnalistikasi ham jadal rivojlanmoqda. “UZ” hududidagi domenlar soni 2015 yilning iyun oyi holatiga ko‘ra 21,86 mingtaga etdi.
Ma’lumki, muhtaram Prezidentimiz Oliy Majlis palatalari- ning 2010 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzasida “Ijro etuvchi hokimiyat ustidan parlament nazoratini kuchaytirish vazifasini muvaffaqiyatli hal etish ko‘p jihatdan ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilikning bu jarayondagi faol ishtirokiga bog‘liqdir”, deya ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, bugungi shiddatkor davrning o‘zi fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini yanada mustahkamlash vazifasini oldimizga qat’iy qilib qo‘ymoqda. Sohani yanada erkinlashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televidenie faoliyatini jonlantirish, ularningInternet global tarmog‘iga kirish imkoniyatlarini kengaytirish olib borilayotgan islohotlar siyosatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash va kuchli fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz milliy axborot makonini rivojlangan davlatlar erishgan yuksak talab va mezonlar darajasiga ko‘tarish, ommaviy axborot vositalariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatni, yurtimizda va xorijda sodir bo‘layotgan voqealarni fikrlar xilma-xilligini hisobga olgan holda yanada faolroq yoritish uchun imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratish uchun mazkur sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish zarur. Xususan, Islom Karimov tomonidan 2010 yilning 12 noyabr kuni Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash yo‘nalishida taklif etilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” yurtimizda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyiliga asoslangan islohotlarni izchil davom ettirishda butunlay yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Unda yurtimizda bugungacha qo‘lga kiritilgan marralarni yanada kengaytirish va mustahkamlash hamda rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallashdek buyuk maqsadimizga erishishning tamal toshi hisoblangan qonunchilik asoslarini yaratish belgilab berilgandir.
Konsepsiyada asosiy o‘rin egallagan fuqarolik jamiyatinning shakllanishi va rivojlanishi, eng avvalo, inson huquqlarini ta’minlash va ularni kafolatlash bilan hamohangdir. Bugungi kunda esa O‘zbekistonda inson va uning manfaatlari oliy qadriyatsifatida tan olinib, inson manfaatlari ulug‘lanishiga qaratilgan islohotlar izchil olib borilmoqda. Mana shu tub islohotlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutining ajralmas qismi bo‘lgan milliy ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash bo‘yicha faol ishtirok etishi va peshqadam bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda inson resurslari bo‘yicha belgilangan barcha xalqaro me’yorlarga erishishda shu yo‘nalishdagi islohotlarning yanada samarali olib borilishini ta’minlashdir.
Zero, 1-Prezident I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Islohot islohot uchun emas, avvalambor, inson uchun”dir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasida ta’kidlanganidek: “O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdirlar. Axborot olish imkoniyati tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi”.
Garchand fuqarolarning axborot olish huquqlari Konstitutsiyamizda va ommaviy axborot vositalariga taalluqli bo‘lgan amaldagi qonunlarda kafolatlangan bo‘lsa-da, axborot olish borasida davlat organlarining ochiqligi va fuqarolar manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan ta’minlash masalasida muayyan muammolar mavjud. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ta’kidlanganidek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqini yanada kengroq amalga oshirish imkoniyatini yaratib berishi bilan birga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirish borasidagi mas’uliyatini ham ko‘p jihatdan kuchaytirdi.
Darhaqiqat, Qonunning asosiy vazifasi sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari, birinchi o‘rinda, aholi va keng jamoatchilikni Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar va qarorlar, avvalambor, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq qarorlar haqidagi axborotdan keng xabardor bo‘lib borishini belgilash nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini asosiy tamoyillari sifatida belgilash uchun taklif etilayotgan axborotning ochiqligi va oshkoraligi, tezkorligi hamda haqqoniyligidan kelib chiqib, mazkur organlar faoliyati haqida jamoatchilikni atroflicha xabardor qilib borish, axborotni oshkor qilish (e’lon qilish) tartiblari va manbalarini aniq ko‘rsatib qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki demokratik hamda ochiq jamiyatda davlat boshqaruvi aholining bevosita va bilvosita ishtirokida amalga oshiriladi. Zero, shundagina fuqarolar mamlakatda qanday qaror va dasturlar qabul qilinayotganini, ularning qay yo‘sinda bajarilayotganligini, mas’ul va mansabdor shaxslar o‘z vazifalarini nechog‘li ado etayotganligini ochiq-oydin bilib borishi, kerak bo‘lsa, bu jarayonlarga o‘z munosabatlarini bildirishi mumkin bo‘ladi.
Konsepsiyada ilgari surilgan tashabbus ommaviy axborot vositalari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishni, ulardan faollikni, aniq yo‘naltirilgan maqsadli faoliyatni tashkillashtirishni talab qilmoqda. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun, eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda davlat idoralari bilan birga fuqarolik jamiyati institutlari tizimida alohida o‘rin egallagan ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi. YA’ni jamiyat hayotining turli-tuman yo‘nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda jurnalistlar tomonidan axborot olish, to‘plash va tarqatish masalalarida qonunchilik mexanizmlarini takomillashtirishga, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida xolis, tezkor va to‘la-to‘kis xabardor qilishga, davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari ishining takomillashishiga, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Axborot erkinligini ta’minlash tushunchasi, mazmun-mohiyati.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












