BADIIY MATN VA UNING QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSITALAR.

0
BADIIY MATN VA UNING QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSITALAR.

BADIIY MATN VA UNING QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSITALAR.

BADIIY MATN VA UNING QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSITALAR.

Matnda gaplar o’zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo’laklar, olmoshlar, xiazmatik konstruksiyalar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so’zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi. «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo’shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o’xshab ketadi, faqat murakkabroq ko’rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qo’shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi.

Bu munosabatlar qo’shma gapning uch turi: bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo’shma gaplarda komponentlarni o’zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalarintonatsiya, bog’lovchilar, bog’lovchi vazifasidagi so’zlar, gap bo’laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so’zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo’laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Ko’rinadiki, qo’shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida o’rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik butunliklar, abzaslar, qismlar, bo’limlar, boblar o’rtasida yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta’minlaydi»22. Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir-birini taqozo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo’lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim Masalan:

1. Hovli yog’ tushsa yalagudek top-toza bo’ldi. 

  1. Ahmad bugun ham darsga kelmadimi? 3. Har qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka ko’tarilish mumkin. 4. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni o’rgatishdan iborat bo’lmog’i lozim.

Yuqorida to’rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik yo’q.

Shu sababli uni yaxlit bir matn deb bo’lmaydi. Quyidagi gaplar yig’inida esa mazmuniy yaqinlik ko’zga tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yo’q:

  1. Qalamkashning So’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi.
  2. Demak, uning So’z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortig’roqdir.
  3. Maktab o’qituvchisining So’zi o’z o’ttiz bo’laga yetib boradi. Notiqning so’zi ming tingiovchiga yetib boradi. 5. Dorilfunun domlasining so ‘zi yuz talabaga yetib boradi.

Mazkur gaplardan matnning so’z va uning mas’uliyati haqida ekanligini payqash qiyin emas. Lekin fikrning to’g’ri, tugal va oson anglanishi uchun mazmun yaqinligining o’zi yetarsiz. Bu gaplar yig’inidagi mazmun izchilligining buzilganligi tufayli matn butunligiga putur yetgan. Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz:

Maktab o ‘qituvchisining so ‘zi o ‘ttiz bo’laga yetib boradi.

Doriifunun domlasining so’zi yuz talabaga yetib boradi.

Notiqning so’zi ming tinglovchiga yetib boradi.

Qalamkashning so’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning So’z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.{Ol.

Hoshimov)

Muallif aytmoqchi bo’lgan fikr, aslida, oxirgi gapda keltirilgan. Agar yozuvchi faqatgina oxirgi gapni keltirib qo’ya qolganida o’sha fikrning ta’sirchanligi bu darajada bo’lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini qiyoslash hamda miqdoriy gradatsiya usulidan foydalanib to’la va aniq yetkazishga erishgan: o’qituvchi va bunga parallel ravishda o’ttiz bola, domla – yuz talaba, notiq – ming tinglovchi, qalamkash- o’n ming, yuz ming kitobxon. Bu matndagi pog’onama-pog’ona «kengayib boruvchi» leksik-semantik birliklar fonida yana-da aniq ifodasini topgan: 1. Muassasalar: maktab > dorilfunun > ijtimoiy – ijodiy maktab, ya’ni hayot; 2. Kasb egalari: o’qituvchi > domla > notiq > qalamkash; 3. Miqdor o’ttiz > yuz > ming > o’n ming, yuz ming. Ohang ham shunga muvofiq  ko’tarilib boradi.

Matn komponentlari o’zaro kontakt va distant aloqaga kinshadi. Oradan uchto’rt kun vaqt o’tdi. Bolaga telefonimni bergan edim. Qo’ng’iroq qilmadi. Bir kuni yana uyushmaga kelsam, xuddi o’sha kitob do’koni oldida turibdi (Sh.Xolmirzayev). Bu matnda birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi, uchinchi va to’rtinchi gaplar orasidagi aloqani kontakt (masofasiz) aloqa, birinchi va ushinchi, birinchi va to’rtinchi gaplar orasidagi aloqani distant (masofali) aloqa deymiz.

Badiiy matn qismlarini bog’lashda quyidagi leksik-grammatik vositalarning alohida ahamiyati bor:

  1. Takrorlar yordamida birikish. Birinchi gapda qo’llangan ayrim affikslar, so’z, so’z birikmasi yoki gaplarning keyingi komponentlar tarkibida takroran qo’llanishi orqali matn shakllantirilishi mumkin. Takror usulidan aytilayotgan fikrni alohida ta’kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning ta’sirchanligi ortadi. «Leksik takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida hosil qilinadigan aloqa zanjirli aloqa, bir xil grammatik formalar bilan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi komponentlar yiglndisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa deyiladi». Quyidagi matnda grammatik jihatdan bir xil shakllangan so’z, so’z birikmasi va gaplar takrorlanib, parallel aloqani yuzaga keltirgan:
  • Iste’dodsiz iste’dodsizni yomon ko’rsa, nima bo’ladi?Hech nima bo’lmaydi!
  • Iste’dodsiz iste’dodlini yomon ko’rsa, nima bo’iadi? Hech nima bo’lmaydi!
  • Iste’dodli iste’dodsizni yomon ko’rsa, nima bo’ladi?
  • Hech nima bo’lmaydi!
  • Iste’dodli iste’dodlini yomon ko’rsa, nima bo’ladi? -Fojia bo’ladi! (O’.Hoshimov)

Takrorning bir necha ko’rinishlari bor, ular ham matn tashakkulida uslubiy vazifa bajaradi: Alliteratsiya, assonans, anafora, epifora kabilar. Alliteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Anafora deganda so’z yoki so’z birikmalarining she’riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Epiforada esa misralar oxiridagi so’z yoki qo’shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi.

Dastlab takrorianuvchi birlikning tarkibiga ko’ra o’zgarishli va o’zgarishsiz takrorlarni farqlab olishimiz kerak. Bu takrorning barcha ko’rinishlari uchun taalluqli xususiyat hisoblanadi. Takrorlar qo’llanish o’rniga ko’ra gorizontal va vertikal takrorlarga bo’linadi. Bunday takrorlar ayniqsa, she’riy matnlarda o’ziga xos ohangdoriikni yuzaga keltiradi. Shuningdek, takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga mansubligiga ko’ra ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe’l takrori kabilarga bo’linadi. Sintaktik tabiatiga ko’ra so’z birikmasi takrori va jumla takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish o’rni va o’rtadagi masofaga ko’ra kontakt (masofasiz, yaqin o’rinli), distant (masofali, uzoq o’rinli) takrorlarga ajratiladi. Takrorning yana bir ko’rinishi xiazm deb ataladi. Xiazm ikki qismdan iborat bo’lib, ikkinchi qism birinchi qismning teskarisi hisoblanadi:

Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun tunlar bunchalar uzun… (I.Mirzo) Mumtoz adabiyotimizda takrorning bu turiga alohida san’at sifatida e’tibor beriladi. Quyidagi misolda birinchi baytning har bir so’zi ikkinchi baytda o’zgarishsiz holda teskari takrorlangan. Ham ohangdorlik, ham poetik jihatdan mukammal kompozitsiya yuzaga kelgan:

Balodur manga hajring, davodur manga vasling, Itobing manga ofat, hadising manga darmon.

Darmon manga hadising, ofat manga itobing, Vasling manga davodur, hajring manga balodur.

                                                                                         (Bobur)

  1. Zamon va makon ifodalovchi birliklar yordamida ham matnni shakllantirish va uning komponentlarini bog’lash mumkin. Badiiy asardagi voqea-hodisalar muayyan vaqt asosida ro’yobga chiqadi. Faqat badiiy asardagi vaqt tushunchasi real hayotdagi vaqt muntazamligidan farq qiladi. “Vaqt ma’noli leksemalar matn qismlarinin distant (masofasiz, bilvosita) va kontakt (masofali, bilvosita) bog’lash uchun xizmat qiladi. Ayrim temporal so’zlar leksik-grammatik bog’lovchi

vazifasinin bajarib, matndagi xronologik ketma-ketlik, izchillikni aks ettirib turadi”

Ertalab-chi, oyi, yomg’ir yog’di. Qattiq yomg’ir yog’di. Siz bahor yomg’irini yaxshi ko’rardingiz… Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang oftob charaqlab yotibdi…(0′.Hoshimov). Ushbu matnning shakilanishida vaqt ma’noli birliklarning alohida xizmati bor. Birinchi gapda ertalab leksemasi yordamida sutkaning shu qismida sodir bo’lgan tabiat hodisasi haqidagi xabar ifodalanyapti. Keyingi gaplarda ifodalangan hodisalar ham ayni vaqt birligida ketma-ketlikda ro’yobga chiqqan. Ya’ni:

ertalab > yomg’ir yog’di > qattiq yog’di > oftob chiqdi > charaqlab ketdi.

Makonni bildiradigan leksemalar ham matnni shakllantiruvchi vosita bo’la oladi. Odatda yozuvchilar voqea sodir bo’layotgan makonni batafsil tasvirlashga harakat qiladilar. Makon ma’noli leksema keltirildimi, albatta uning tavsifi ham beriladi. Shu tarzda matn yuzaga keladi. Gaplar o’zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi.

Bog’ juda orasta, yo’laklarga oltinrang qumlar solingan, marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi (P.Qodirov).

  1. Parsellyatli tuzilmalar yordamida birikish. Og’zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga ko’ra yaxlit bir jumlada uzilish sodir bo’ladi. So’zlovchi tinglovchiga biror voqea-hodisa haqida xabar berayotganda mana shu xabar ichidagi eng muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg’u kabi vositalar yordamida amalga oshirilsa, matnda parsellyatli tuzilmalar – matn komponentlarini ekspressiv-stilistika maqsadga ko’ra qayta tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Masalan: 1. Hurriyat va adolat uchun kurashish kerak. Yoki: 2. Kurashish kerak. Hurriyat uchun. Adoiat uchun. Birinchi gap odatdagi tartibda tuzilgan sodda gap hisoblanadi. Ikkinchi gap esa parsellyatli tuzilma hisoblanadi. Uch komponentli bu qurilmada birinchi qism – asos, qolganlari esa parsellyat bo’lak hisoblanadi. “Parsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori bilan ta’sirchan so’z tartibi bo’lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o’rinlashtirish sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu xilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga xos ekspressiv ifoda shakli hamda funksional–semantik munosabatlar tarkib topadi”.

Jalil aka deraza tagida yotardi(1). To’shakda(2). Bolishi baland(3) Unga suyanib, boshini ko’tarsa, bog’ni ko’radi(4). O’zi obod qilgan bog’u(5).   (Sh.Xolmirzayev).

Bu matn parchasi beshta gapdan tashkil topgan. 1-gap asos, 2-gap parsellyat. Asosdagi o’rin hoii konkretlashtirilmaganligi uchun parsellyat bo’lak sifatida ajratilgan. 3-parsellyat gap ham asosdagi o’rin holini ta’kidlashga xizmat qiigan. Shuningdek, 4-gap bifan 1-gap o’rtasidagi aloqani zichlashtirgan. Ya’ni, qahramon deraza tagida yotibdi. To’shakda yotibdi. Baland bolishli to’shakda yotibdi. Unga suyansa o’zi obod qilgan bog’ni ko’radi. 5-gap 4-gapning parsellyati hisoblanadi. Ya’ni asos(4)dagi to’ldiruvchi(bog’)ni aniqlashga xizmat qilgan.

Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar biror narsa-buyumning mavjudligini tasdiqlaydi yoki

  1. ko’rsatadi. Atov gaplar matnda yolg’iz qo’llanmaydi, ulardan keyin atov gap mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. Natijada matn hosil bo’ladi. Masalan: Bugun bayram. Ko’chalar gavjum. Sho’x-sho’x kuylar yangraydi. Guras-guras odamlar o’tadi. o’yin-kuigi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi (O’. Hoshimov).

Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so’z yoki bir necha so’zdan iborat bo’lgan gaplardir: Kutish! Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga aylanadigan bekat «Bunday gaplar mazmunan ish-harakatni atab, shu ish munosabati bilan ajablanishni, shodlanishni va shunga o’xshash holatlarni, shunga bog’langan hayajonlarni bildiradi ».

  1. Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida keng qo’llaniladigan, o’zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan munosabatini ifodalaydigan, o’ziga turli modal ma’nolarni tashiydigan o’tkir, ta’sirchan vositadir. Mumtoz badiiyat ilmida murojjat birliklari nido va iltifot san’ati doirasida o’rganilgan. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birlilarda so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi turli kommunikativ munosabatlar ifodalangan bo’ladi. Misollar; – Malikam,- debdi jahl otiga minib. – Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan o’zingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da yurtingizga jo’nang! (O’. Hoshimov) Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku! (S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha ona, Nechun ko’zlaringdan oqar marjon yosh. (A.Oripov) Keltirilgan birinchi misoldagi “malikam” murojaat birligi muloqot maqsadi uchun «tramplin» vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi “ovsar” murojaat birligi kommunikantlar o’rtasidagi shaxsiy munosabatni (kamsitish haqorat) oshkora ifodalash orqali konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so’zlovchining emotsional munosabati takror qo’llanuvchi “Oyisha ona” murojaat birligi orqali yana-da aniq «Undalmaning bir murojaatning o’zida takror qo’llanishi ma’no kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi». Murojaat birliklarining badiiy matndagi qo’llanilishini o’rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bo’ladi. Nutq qaratilgan shaxs yoki obyekt (muxotab)ning nutq jarayonida mavjudmavjud emasligi, murojaatning ifoda tarsi, murojaat qiluvchining muxotabga subyektiv munosabati kabi omillar tahlilga tortilishi lozim. Muxotab ba’zan o’t-o’lan, hayvon yoki narsa-buyum bo’lishi ham mumkin. Masalan:

Qizg’aldog’im, qirdan bo’lak koshonang yo’q,

Kokii yoysang, yerdan bo’lak toshoynang yo’q. (M.Yusuf) Yoki:

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam, Majnun bo’lib, sahrolarga yetalasam,

Bu dunyoda birday g’arib men ham, sen ham, 

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. (M.Yusuf)

Tahlilda bu kabi holatlarning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat ekanligi, murojaat birliklaridagi denotativ konnotativ ma’nolar haqida mulohaza yuritiladi.  Zamonaviy adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik murojaat atamasi ostida o’rganiladi. Ritorik murojaatlarda ritorik so’roqlarda bo’lgani kabi javob talab qilinmaydi, balki, “obyektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobxonda biror munosabatni uyg’otadi”. Asosan, «shoirning poetic nutqda o’zi xohlagan intonatsiyasini –  tantanavoriik, ko’tarinkilik, g’azab, kesatish kabilarni ifodalashda» keng foydalaniladi.

Mavzular.

manba