BMT Ustavida va Xalqaro huquq prinsiplari bo‘yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy prinsip qayd etilgan.

0
BMT Ustavida va Xalqaro huquq prinsiplari bo‘yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy prinsip qayd etilgan.

BMT Ustavida va Xalqaro huquq prinsiplari bo‘yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy prinsip qayd etilgan.

BMT Ustavida va Xalqaro huquq prinsiplari bo‘yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy prinsip qayd etilgan.

BMT Ustavida va Xalqaro huquq prinsiplari bo‘yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy prinsip qayd etilgan.

1) Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik.
2)  Ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish.

3) Aralashmaslik.

4) Xalqlarning teng huquqliligi va o‘z huquqlarini o‘zlari belgilashi.

5) Hamkorlik.

6) Davlatlarning suveren tengligi.

7) Xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish.

Bular  EXHKning  1975  yildagi  YAkuniy  aktida  ro‘yxatga  olinib,  3  ta  prinsip  bilan to‘ldirildi: 

1) CHegaralarning daxlsizligi.

2) Hududiy yaxlitlik.

3) Inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplari.

Prezident  Islom  Karimov  «Bizning  bosh  maqsadimiz  –  jamiyatni  demokratlashtirish  va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» ma’ruzasida (2005 yil 28 yanvarda) tashqi  siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib:

1)  dan,  davlatimiz  tashqi  siyosatining  ma’no-mazmuni  va  maqsadi  bitta  -u  ham  bo‘lsa,  O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbekiston manfaatidir.

2) Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash. Albatta bunda mintaqada strategik  mavhumlik saqlanib qolayotganligini ham tan olish kerak.

3) «Qo‘shning tinch – sen tinch» hayotiy naqliga rioya etish.

4) BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish. Shuningdek, EXHT, Evropa Ittifoqi, NATO,

AQSH,  Rosiya,  YAponiya,  Xitoy,  Germaniya,  Fransiya  va  boshqa  davlatlar  bilan  demokratik  tamoyillar asosida aloqalarni rivojlantirish.

5) Xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashda birdamlikni ta’minlash va h.k.
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O‘zR Konstitutsiyasi 4-bob, 17-moddasida O‘zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy (5 ta) prinsiplari ishlab chiqildi  va asoslab berildi:

1)  Davlatlarning suvereniteti, tengligi.

2)  Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.

3)  CHegaralarning daxlsizligi.

4)  Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish.

5)  Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.

Bu   prinsiplar   O‘zbekistonning   manfaatdorlik   tamoyillari   bilan   uyg‘unlashtirildiPrezident   Islom   Karimov   «O‘zbekistonning   o‘z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo‘li»   asarida  O‘zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirish 6 ta amaliy prinsiplarini ishlab chiqdi, ular:

1) Milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgan holda o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish.

2)   Umumbashariy   qadriyatlar   ustuvorligi,   xalqaro   maydonda   tinchlik   va   xavfsizlikni  mustahkamlash mojarolarni tinchi yo‘l bilan hal etish.

3)   Teng   huquqlilik   va   o‘zaro   manfaatdorlilik,   boshqa   mamlakatlar   ichki   ishlariga  aralashmaslik, tenglar orasida teng bo‘lish.

4) Mavkuraviy qarashlardan qat’iy nazar ochiq-oydinlik, barcha davlatlar bilan keng aloqani  o‘rnatish.

5) Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan olish.

6) Ham ikki tomonlama ham ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish, xalqaro xamkorlikni kuchaytirish.

1995 yil 30 avgustda «O‘zbekiston Respublika xarbiy doktrinasi to‘g‘risida» Oliy Majlis yuqori qabul qilindi. 1996  yil  26  dekabrda  «O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosiy  faoliyatining  asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.

Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq quyidagi asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi va unga amal qilib kelmoqda:

1)  O‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustuvorligi.

2)   Teng   huquqlilik   va   o‘zaro   manfaatdorlik,   boshqa   davlatlarning   ichki   ishlapiga  aralashmaslik.

3)   Mafkuraviy   qarashlardan   qat’iy   nazar   hamkorlik   uchun   ochiqlik,   umuminsoniy  qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik.

4) Xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi.

5)   Tashqi   aloqalarni   ham   ikki   tamonlama   va   ko‘p   tomonlama   kelishuvlar   asosida rivojlantirish.

O‘zbekiston  davlat  mustaqilligiga    erishgandan  so‘ng  o‘z  tashqi  siyosatimizni  xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli sub’ekti  sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo‘ldi.  Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda.

Jamiyat  va  davlatlar  tarixi  shuni  ko‘rsatadiki,  biron-bir  mamlakat  boshqa  davlatlar  bilan  hamkorlik  qilmasdan  taraqqiyotga  erishgan  emas.  SHarq  va  g‘arb  mamlakatlarini  bir-biriga  bog‘lagan «Buyuk Ipak» tarixiy yo‘lning markazida joylashgan O‘zbekiston bir necha asrlardan  buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo‘lib kelmoqda.

Ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o‘z  aloqalarini  o‘rnatganlar.  Amir  Temurning  Fransiya,  Angliya,  Ispaniya  qirollari,  o‘nlab  qo‘shni  davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o‘sha davrdagi jo‘shqin siyosiy, madaniy va tijoriy  aloqalardan guvohlik beradi.

CHor   Rossiyasi   bosqinidan   so‘ng   130   yildan   ortiq   davom   etgan   mustamlaka   davri  mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo‘ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning  nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o‘lkamiz chekka  bir viloyat darajasiga tushirib qo‘yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat  hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo‘lgan Tashqi ishlar vazirligidan  boshqa hech narsa yo‘q edi.

Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining konstitutsiyaviy zamini yaratildi. SHunga mos  ravishda  inson  huquqlari  ham  tiklanmoqda.  Xalqimizning  ma’naviy  salohiyati,  unga  xizmat  qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik  rivojlanish  va  inson  huquqlariga  rioya  qilish  uchun  barcha  sharoitlarning  bosqichma-bosqich  yaratilishiga kafolat beradi.

O‘zbekiston   Konstitutsiyasi   «O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   mustaqilligi   asoslari  to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an’analarni davom ettiradi. Mazkur an’analarga  ko‘ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo‘lib, O‘zbekiston o‘zining xalqaro  huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda.

Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga  imkon berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan  olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo‘l ochdi.

BMT ustavi, Inson huquqlari to‘g‘risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari  haqidagi  boshqa  xalqaro  paktlar,  Xelsinki  bitimlari,  Parij  va  Madrid  xartiyalari  qoidalari  Konstitutsiyamizdagi xalqaro huquq prinsiplari va normalariga asos bo‘ldi. Bunday konstitutsiyaviy  yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo‘limda 22,23 va 26- bobda yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Bu  boblarning  tegishli  ravishda,  «Tashqi  siyosat»,  «Inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari»,    «O‘zbekiston  Respublikasining  sud  hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham fikrimizning dalilidir.

XX asrning so‘nggi o‘n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo‘g‘rofiy- siyosiy  tuzilishida  tub o‘zgarishlar  davri  bo‘lib  tarixga  kirdi.  Jahon  hamjamiyati  yangi  davrga  qadam qo‘ydi. Bu davr o‘zining ikki jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar  o‘rtasidagi yaqinlashuv jarayonlari va har tomonlama hamkorlikning kuchayishi, yaxlit bo‘lgan  siyosiy,  iqtisodiy  va  huquqiy  makonlarning  vujudga  kelishi,  hozirgi  zamon  xalqaro  huquq  normalarining yaratilishidir. Ikkinchidan,  «sotsialistik lager»ning emirilishi, totalitar tuzumdagi  davlatlarning tugatilishi, ular o‘rnida mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidir. Endilikda «sovuq  urush»ga barham berildi, «kapitalistik» va «sotsialistik» degan tushunchalar o‘rtasidagi farq amalda yo‘q bo‘lib  borayapti. Mafkuraviy aqidalardan xoli bo‘lgan yangi, erkin tafakkurni shakllantirish  zarurati paydo bo‘ldi.

Prezidentimiz Islom Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyoti yo‘li» kitobida  O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  konsepsiyasi  to‘g‘risida,  tashqi  siyosiy  yo‘l,  bu  yo‘lning huquqiy negizi va uni amalga oshirish vositalari haqida to‘xtalib o‘tgan. O‘zbekiston  tashqi siyosatining strategik yo‘li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor va mintaqaviy  yo‘nalishlari,  xususiyatlari    negizida  respublikaning  milliy  manfaatlari  joy  olgan.  Har  qanday  siyosat aql-idrok bilan ish tutishni taqozo etadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy etish uchun kuchli  ilmiy, sanoat kuch-quvvatiga ega bo‘lgan mamlakatning tashqi siyosati ehtiroslardan xoli bo‘lishi  lozim. Respublikamiz ana shunday davlatlar sirasiga kiradi. YAngi xalqaro iqtisodiy tartib uchun  harakat qilish qoidalari O‘zbekiston uchun ham diqqatga molik masaladir. Bu xom ashyo va sanoat  mahsulotlari narx-navolarining adolatli bo‘lgan nisbati, rivojlanayotgan davlatlarning fan va texnika  yutuqlaridan bahramand bo‘lish imkoniyati va hokazolardir.

Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi.  Ushbu maqsadlarga erishish uchun  quyidagilar amalga oshirildi:

– yangi xalqaro huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi;

– sobiq Ittifoq ishtirokchi bo‘lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati

nuqtai nazaridan o‘rganildi;

– O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi;

– mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul  qilish,  «Qabul  qilingan  xalqaro  shartnomalar  to‘g‘risida»gi  qonun,  «Konsullik  ustavi»  shular  jumlasidandir. Ulardan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar, Havo  kodeksi ham qabul qilindi.

Manfaat, bu zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O‘zbekiston uchun taraqqiyotning  muayyan jug‘rofiy va tabiiy, iqlimiy, demografik holatimiz, xalqimizning ko‘p millatli tarkibi,  uning  tarixiy  va  madaniy  merosi,  ma’naviyat  omili,  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyotining  darajasi,   xom   ashyo   va   zamonaviy   texnologiya   bilan   ta’minlanganlik,   davlatning   xalqaro  munosabatlardagi  o‘rni  va  hokazolardir.  Bu  omillar  O‘zbekistonning  ehtiyojlarini  belgilaydi.  Ehtiyojlar esa manfaatlarda o‘z ifodasini topadi. Davlat manfaatlari uning tashqi siyosiy faoliyatini  belgilaydi.   Shu   jihatdan,   O‘zbekistonning   tashqi   siyosiy   manfaatlari   xalqaro   aloqalarni  rivojlantirayotgan, uning tuzilmalari va faoliyatini belgilab berayotgan kuchdir.

Barcha   davlat   va   xalqaro   tashkilotlar   bilan   aloqa   qilishda   davlatimizning   milliy  manfaatlaridan kelib chiqiladi. Tabiiyki, bunda sheriklarimiz manfaatlari, ular tashqi siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlari  hisobga  olinishi  zarur.  Zero,  o‘zaro  uzviy  bog‘liqliksiz  tashqi  siyosatni  tasavvur etib bo‘lmaydi.

O‘zbekisonning  xalqaro  tashkilotlar  va  davlatlararo  uyushmalar  faoliyatidagi  ishtiroki  respublika   tashqi   siyosatining   muhim   yo‘nalishlaridan   biridir.   Ushbu   tashkilotlar   jahon  hamjamiyatiga kirish, xo‘jalik  aloqalarini o‘rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish,  ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar.

Respublika Prezidenti davlatimiz o‘z qiyofasini yo‘qotmasdan xalqaro talablarga rioya etishga  tayyorligini qat’iy tasdiqladi. Bu talablarga rioya etmasdan, xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib  bo‘lmaydi. Bu erda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi  va  Xelsinki  kelishuvi  qoidalari,  hujum  qilmaslik,  xalqaro  munosabatlarda  kuch  ishlatish  bilan  tahdid qilishdan voz  kechish, xalqaro huquq qonunlarining milliy qonunlardan  ustuvorligi va  hokazolar to‘g‘risida gap bormoqda. Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday  yondashuv tarafdoridir.

O‘zbekiston butun dunyo ko‘z o‘ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga  ega bo‘lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar  huquqiy davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O‘zbekiston uchun asrlar  osha buyuk bo‘lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o‘xshash yosh mamlakatlar  ham bab-baravardir.

O‘zbekiston  taraqqiyotning  konstitutsiyaviy  asosi  sifatida  inson  huquqlari  tiklanmoqda.  Xalqimizning  ma’naviy  imkoniyati,  uning  katta  tabiiy  va  texnik  zahiralari,  mustahkamlanib  borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur  bo‘lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch tug‘diradi. Natijada mamlakatimiz amalda  yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo‘l ochib berildi.

XX asrning ohirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o‘zgardi. Sovet Ittifoqi xalqlari  hamda sobiq «sotsialistik hamdo‘stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan  turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Bu holat dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy  tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlar  salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va SHarqiy Evropa davlatlari,  shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik  shakliga o‘tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar  jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, SHimoliy yarim sharining kattaroq qismi – Evropa, SHimoliy  Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi,  bir-biriga o‘xshash qadriyatlarga e’tiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati jarayonlariga  bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.

«Birinchi» va «ikkinchi» dunyolar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka barham berilgandan so‘ng  avtoritar  tuzumlar  Afrika,  Lotin  Amerika,  Osiyodagi  o‘z  tarafdorini  qo‘llab-quvvatlashdan  to‘xtadilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o‘z qiymatlarini yo‘qotishdi va  natijada  moddiy  hamda  siyosiy  yordamdan  maxrum  bo‘lishdi.  Oqibatda  Somali,  Liberiya,  Afg‘onistonda bo‘linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning  ko‘pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va  suverenitetini,  xalqaro  maydondagi  o‘rni  va  rolini  mustahkamlash,  yon-atrofida  xavfsizlik,  barqarorlik   va   ahil   qo‘shnichilik   muhitini   shakllantirish,   respublikaning   tashqi   iqtisodiy  manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.

Tashqi   siyosatimizning   prinsipial   pozitsiyasi   hech   qanday   harbiy-siyosiy   bloklarga  qo‘shilmaslik,   boshqa   davlatlarning   harbiy   bazalari   va   obyektlarini   O‘zbekiston   hududida  joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqaridagi  tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etmasligi, barcha ziddiyat va mojarolarni faqat siyosiy yo‘l  bilan  hal  qilishga  sodiq  qolish  bilan  izohlanadi.  O‘zbekiston  hech  qanday  bloklarga  a’zo  bo‘lmasdan turib muloqot uchun ochiq va barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik  yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

Tashqi  siyosiy  faoliyatning  asosiy  va  birinchi  darajali  vazifalaridan  biri  bu  2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar  strategiyasini samarali amalga oshirishdir.

Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

–  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  demokratik  islohotlarni  hamda  jamiyat  va  iqtisodiyotni  modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay  tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

– Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik  va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;

–  jahonning  yetakchi  davlatlari  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan  strategik  hamkorlik  qilishning  mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;

–   O‘zbekistonning   mintaqa   va   jahon   siyosatidagi   muhim   yo‘nalishlar   bo‘yicha   xalqaro  tashabbuslarini ilgari surish;

–  mahalliy  mahsulotlarning  eksport  hajmini  oshirish  va  geografiyasini  kengaytirish  borasida  ko‘maklashish;

–  milliy  iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlariga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar  va  ilg‘or  texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;

– mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy  yordam ko‘rsatish;

– transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro  transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko‘maklashish;

– xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har  tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;

– xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.

Tashqi  siyosatimizning  bosh  ustuvor  yo‘nalishi  Markaziy  Osiyo  mintaqasidir.  O‘zbekistonning  Markaziy  Osiyodagi  siyosati  mintaqada  tinchlik  va  barqarorlikni  ta’minlashga,  mintaqaviy  xavfsizlikning  muhim  muammolarini  hal  etishga,  shu  jumladan,  Afg‘onistondagi  vaziyatni  hal  qilishga   ko‘maklashishga   qaratilgan.   O‘zbekiston   mintaqaviy   savdo-iqtisodiy   hamkorlikni  mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo  transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda  mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish  jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston    mintaqa    davlatlari    bilan    do‘stona    va    ahil    qo‘shnichilik    munosabatlarini  mustahkamlashdan,    ilmiy-texnikaviy    va    madaniy-gumanitar    hamkorlikni    rivojlantirishdan,  parlamentlar,  chegara  hududlari,  jamoat  tashkilotlari  va  oddiy  fuqarolar  o‘rtasidagi  aloqalarni  kuchaytirishdan manfaatdor.

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aloqalarni kengaytirishni, mazkur mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l  bilan  hal  etishga  qaratilgan  xalqaro  sa’y-harakatlarda  faol  ishtirok  etishni  davom  ettiradi.  O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish,  energetik va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak berishda davom etadi. Barqaror va  ravnaq topayotgan Afg‘oniston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning kafolatidir.

MDH  malakatlari  bilan  hamkorlik  ham  O‘zbekiston  tashqi  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishi  hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport- kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega. O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik,  o‘zaro foydalilik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki  tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi.

O‘zbekiston  Rossiya  bilan  2004-yil  16-iyunda  imzolangan  Strategik  hamkorlik,  2005-yil  14- noyabrdagi   Ittifoqchilik   munosabatlari   to‘g‘risidagi   shartnomalar   hamda   2012-yil   4-iyunda  imzolangan  O‘zbekiston  Respublikasi  va  Rossiya  Federatsiyasi  o‘rtasida  Strategik  hamkorlikni  chuqurlashtirish   to‘g‘risidagi   deklaratsiya   asosida   do‘stona   munosabatlarni   har   tomonlama  mustahkamlash  va  tadrijiy  rivojlantirish  ikki  mamlakat  manfaatlariga  to‘liq mos  keladi  hamda  mintaqadagi    tinchlik   va    xavfsizlikni    mustahkamlashga    xizmat    qiladi.    Ikki    tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning  2017-yil  4-5-aprelida  Rossiyaga  davlat  tashrifi  chog‘ida  erishilgan  kelishuvlarni  to‘liq  amalga  oshirilishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘zbekiston  Respublikasi  global  muammolarni  hal  etishda  muhim  rol  o‘ynaydigan,  yaqin  mintaqaviy   qo‘shni   Xitoy   bilan   strategik   hamkorlikni   kuchaytirish   tarafdori.   Xitoy   bilan  munosabatlarni  rivojlantirish  2012-yil  6-iyundagi  Strategik  hamkorlikni  o‘rnatish  to‘g‘risidagi  qo‘shma deklaratsiya va 2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada  rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asoslangan. O‘zbekiston Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 11-13-may kunlari Pekinga davlat tashrifi, shuningdek, 2017-yil 14- 15-may oyida «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forum’da ishtirok etish asnosida erishilgan qarorlar va  kelishuvlarni amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi.

O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan  2002-yil  12-mart  oyida  imzolangan  O‘zbekiston  va  AQSh  o‘rtasida  Strategik  sherikchilik  va  hamkorlikning  asoslari  to‘g‘risidagi  deklaratsiyasi  asnosida  o‘zaro  manfaatli  va  konstruktiv  hamkorlikni  har  tomonlama  rivojlantirishdan  iboratdir.  O‘zbekiston  AQSh  bilan  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  mustahkamlash  va  xalq  turmush  darajasini  yaxshilashga  qaratilgan  modernizatsiya  jarayoni  va  islohotlarni  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  siyosiy,  savdo-iqtisodiy,  investitiaviy-texnologik  va  madaniy-gumanitar  sohalarda  hamkorlikni  yanada   kengaytirishdan   manfaatdor.   Ikki   tomonlama   hamkorlikning   muhim   yo‘nalishlari

Afg‘onistonda  tinchlik  va  barqarorlikni  mustahkamlash,  transmilliy  tahdid  va  xatarlarga  qarshi  kurashga ko‘maklashishdan iboratdir. O‘zbekiston Yevropa  Ittifoqi  va  Yevropa  davlatlari  bilan  har  taraflama  manfaatli  hamkorlikka  muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni  rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim,  ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O‘zbekiston  asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya,  Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada  yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi.

Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf- odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan  siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni,  jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi.

Osiyo-Tinch  okeani  hududi  mamlakatlari,  xususan  Koreya  Respublikasi  va  Yaponiya  bilan  hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. O‘zbekiston  ushbu   davlatlar   bilan   investitsiya,   savdo-sotiq,   yuqori   texnologiyalar,   madaniy-gumanitar  sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi.

O‘zbekiston Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam  kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi.O‘zbekiston  Janubiy  Osiyo  mamlakatlari,  xususan  Hindiston  va  Pokiston  bilan  savdo-sotiq,  transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni  rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi.

O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport  kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik  tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor.  O‘zbekiston  BMT  ishida  faol  ishtirok  etishni  davom  ettiradi,  hamda  uni  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  ta’minlashga,  tezkor  globallashuv  jarayonida  davlatlarning  barqaror  rivojlanishida  ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi.

Mamlakatimiz  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti,  Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  va  Mustaqil   Davlatlar   Hamdo‘stligi   tashkilotlati   bilan   ushbu   tuzilmalarning   mexanizmlaridan  zamonaviy   muammolar   va   tahdidlarga   qarshi   kurashishda,   ko‘p   tomonlama   hamkorlikni  rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.
O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki,  Xalqaro   valyuta   jamg‘armasi,   Yevropa   tiklanish   va   taraqqiyot   banki,   Osiyo   infratuzilma  investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi,  uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni  amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari  bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 45 ta chet el elchixonalari, 8 ta faxriy konsullar, 19  ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 18 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari  vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 47 ta diplomatik va  konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib,  mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini

O‘zbekiston    Respublikasi    tashqi    diplomatik    aloqalarda    amalga    oshirilayotgan  demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

1)   mafkuraviy   qarashlardan   qat’iy   nazar,   hamkorlik   uchun   ochiqlik,   umuminsoniy  qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
3) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

5) inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

6) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan

qoidalari va normalarining ustuvorligi;

7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

8) davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik ustunligi;

9)  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‘p  tomonlama  kelishuvlar  asosida

rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar. Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki  ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi. BMT Ustavida va Xalqaro huquq prinsiplari bo‘yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy prinsip qayd etilgan.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba