Bosh sahifa mavzular Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.

Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.

Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar haqida batafsil.

Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar haqida batafsil.

Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.

Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar. Menejmentda kommunikatsiyalar. Boshqaruv faoliyatini keng ma’noda har qanday tashkilotning murakkab muammolari- dan biri bo’lgan axborotlar almashinuvidan iborat deb ta’riflash mumkin.
Kommunikatsiya – bu boshqaruv jarayonida qatnashuvchilarning o’rtalarida ishlarni
bajarish bosqichlarining axborotlar bilan o’zaro bog’liqligini ta’minlovchi barqaror aloqa hisoblanadi.
Kommunikatsiyaning maqsadi:
1.Boshqaruvning ob’ektlari va sub’ektlari o’rtasidagi axborotlar almashinuvini tashkil qilish.
2.Boshqaruv axborotlaridagi hissiy va intellektual jarayonlarni tartiblashtirish.
3.Tashkilot va odamlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni belgilash.
4.Tashkilotning ichki muhitiga umumiy qarashlarni shakllantirish.
5.Tashkilotning vazifalarini bajarish maqsadlarida jamoaning ish faoliyatlarida o’zaro hamkorlik qilishi muhitini tashkil qilish.
Menejmentda kommunikatsiyali jarayonlar – bu to’g’ri va teskari kanallar bo’yicha tashkiliy tizimlarning elementlari o’rtasidagi axborotlarning, jarayonlarning, voqe’liklarning bir-biriga munosabati va almashinuvi, natijalarning kelib Kommunikatsiyalarning tashkilotlardagi ahamiyati:
1. Kommunikatsiya – tashkilotlarning faoliyatlari va rivojlanishidagi asosiy sharoitlardir.
2. Kommunikatsiya boshqaruv qarorlarining darajalari va sifatini aniqlab, ularning tashqi muhit bilan o’zaro harakatlarini amalga oshiradi.
3. Kommunikatsiya tashkilotning maqsadi va vazifalari, texnologiyalari, tarkiblari,
odamlarning o’zaro harakatlari va faoliyatlarini ta’minlash yo’li bilan tashqi muhitning holatini tavsiflaydi.
4. Kommunikatsiya tashkilot faoliyatining jarayonlarida norasmiy tarkibni yaratadi va
rasmiy tarkiblarning unga yaqinlashuviga yordam beradi.
Kommunikatsiyali jarayonning samarasi – bu xabarlarni qabul qilish natijasida “qabul
qiluvchi”ning xulqida o’zgarishlarning hosil bo’lishi. Kommunikatsiyali jarayonning asosiy natijalari:
1. “Qabul qiluvchi”ning bilimlaridagi o’zgarishlar.
2. “Qabul qiluvchi”ning, shuningdek, individning barqaror tushunchalari bo’yicha belgilagan ko’rsatmalariga nisbatan o’zgarishlar. Kommunikatsiyalarda axborotli tizimlar. Boshqaruv mehnatining o’ziga xos xususiyatlarga egaligi quyidagicha ifodalanadi:
1. Boshqaruv jarayonida moddiy – baholi narsalar yaratil- maydi, shuningdek, boshqaruv mehnati moddiy emas.
2. Boshqaruvdagi mehnatning predmeti axborotlar hisoblanadi.
3. Boshqaruvdagi mehnatning vositasi o’zgaruvchanligining muvofiqligiga to’g’ri kelgan
kommunikatsiyali aloqa kanallari talablari bilan va aloqalarni qayta ishlovchi
zamonaviy orgtexnika hisoblanadi.
4. Boshqaruvdagi mehnatning mahsuloti qarorlarni turli axborotlar shaklida yechish
hisoblanadi. Tashkilotlarda kommunikatsiyalarning rolini menejmentdagi uchta maktablar kontseptsiyalarining tashkiliy hulqlarini biri-biriga taqqoslash natijalarida ham ko’rish mumkin.
Kommunikatsiyali va axborotli tizimlarni loyiha- lashtirish mezonlari. Markaziy
vazifa – boshqaruv faoliyatida axborotlarning uzatilishini yaxshilash. Axborotlanganlik darajasi – talab qilingan axborotlar darajasining olingan aniq axborotlarga nisbati. Axborotlarga ehtiyoj ular o’rtasidagi farqlar, axborotlarning ta’minlanganligini
ko’rsatuvchi yordamchi mezonlar quyidagilar hisoblanadi:
• axborotlarning miqdori (to’liqlik);
• uning ahamiyatliligi;
• aniqliligi;
• ishonchliligi;
• tushunarliligi;
• dolzarbliligi;
• egiluvchanligi;
• axborotli jarayonning iqtisodiy samaradorligi (axborotlardan olingan foydaning axborotlarga sarflangan xarajatlarga nisbati);
• axborotlarning himoyalanganligi hisobi. Zamonaviy boshqaruv tizimlari korxona miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlovchi axborotlar tizimlari asosida faoliyat ko’rsatadi. Axborotlarning tizimlari quyidagilarga bo’linadi:
• hududiy axborot tizimlari;
• korporativ axborot tizimlari;
• global axborot tizimlari.
Hududiy axborotlar tizimi – bu ichki kommunikatsiyalar vositasida tashkilot faoliyatini ta’minlovchi quyi axborotlar tizimlarining birlashmasidir.
Hududiy (ichki) axborotlar tizimi quyidagi tizimosti axborotlar tizimlaridan tashkil
topadi:
• ma’muriy-taqsimlovchi tizimosti axborotlari;
• ishlab chiqaruvchi tizimosti axborotlari;
• moliyaviy tizimosti axborotlari;
• iqtisodiy tizimosti axborotlari;
• tijoratli tizimosti axborotlari;
• innovatsion tizimosti axborotlari;
• strategik axborotlar dasturi;
• ijtimoiy axborotlar dasturi.
Korporativ axborotlar tizimi – bir korxonaning turli hududlarda faoliyat
ko’rsatuvchi ob’ektlari ichki kommunikatsiyalarini o’zida mujassamlashtiradi.
Global axborotlar tizimi – chegaralanmagan miqdorlardagi foydalanuvchilar (korxonalar,
tashkilotlar)ni ta’minlovchi tashqi kommunikatsiyalar hisoblanadi. Tashqi kommunikatsiyalar
asosida faoliyatlar ko’rsatadigan zamonaviy axborotlar tizimiga internet komp`yuter tizimi misol bo’la oladi.
Tashqi axborotlar tizimlari (Global axborotlar tizimi- GAT) quyidagilar:
• Jamoat bilan axborotlar tizimlari;
• Iste’molchilar bilan axborotlar tizimlari;
• Hududiy tarkiblar bilan axborotlar tizimlari;
• Federal tarkiblar bilan axborotlar tizimlari;
• Xalqaro tarkiblar bilan axborotlar tizimlari.
Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba