Bozor iqtisdiyoti sharoitida mulkchilik yangi shakllari va munosabatlarining xuquqiy asoslari.
Bozor iqtisdiyoti sharoitida mulkchilik yangi shakllari va munosabatlarining xuquqiy asoslari.O‘zbekistonda mulkchilik huquqiy iqtisodiy o‘zgarishlarning asosi hisoblanadi.
Respublikamizda mulkdor huquqi qonun bilan tan olingan va himoya qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikni tashkil etish shakllari:
1. Davlat mulki: respublikamizdagi ma’muriy-hududiy birliklarning mulklari (kommunal
mulklar ham kiradi). Davlat mulkiga: 1) er va er osti, ichki suvlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, respublika hududi doirasidagi havo havzasi. 2) O‘zR boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari mol-mulklari. 3) Respublika xalqlari madaniy va tarixiy qadriyatlari. 4) Respublika byudjeti vositalari, oliy o‘quv yurtlari va h.k.
2. Xususiy mulk: o‘z mol-mulkidan o‘z erki bo‘yicha foydalanish va tasarruf etish, unga
huquqiy jihatdan xususiy egalikni bildiradi. Xususiy mulk-mulkchilikning boshqa shakllari bilan bir qator daxlsiz va davlat tomonidan himoyalaniladi.
3. Jamoa (shirkat yoki fermer) mulki: oilaning mol-mulkini, mahalla mulkini, yuridik
shaxslar bo‘lgan kooperativlar, ijara, jamoa korxonalarining, jamoat va diniy tashkilotlarning, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, fererlar, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalar mulklarini o‘z ichiga oladi. 4. Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarashli yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari: O‘zbekiston hududida joylashgan va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarga foydalanish uchun berilgan mol-mulklar va nomulkiy huquqlar kiradi.
5. Mulkchilikning aralash shaklida: erishilgan bitimga ko‘ra mol-mulkning ma’lum bir
qismi davlat va nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lishi mumkin. Ikki tomonning hamkorligida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda 2006 yilgacha mulkchilikning nodavlat shakli quyidagi holatlarda o‘zgardi:
1) Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asosida amalga oshirildi. 2) YAngi nodavlat yuridik shaxslarning mulki vujudga keldi. 3) SHaxsiy tadbirkorlik faoliyati
kengaydi. Demak ko‘p ukladli iqtisodiyot quyidagilar evaziga shakllandi: 1. Davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish. 2. YAngi davlatga qarashli bo‘lmagan yuridik shaxslarni tashkil qilish. 3. Xususiy tadbirkorlik asosida.
Mulkchilik shakllari munosabatlarida uning huquqiy asoslarini quyidagi qonun va qarorlar
tashkil etadi.
1) O‘zR Konstitutsiyasining 12-bob, 53-54-moddalarida belgilab berilgng‘an.
2) 1991 yil 18 noyabrda O‘zR Oliy Kengashining 8-sessiyasida «Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonun.
3) 1994 yil 21 yanvarda Prezidentning «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy mulk
manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni.
4) “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi (1995) qonuni.
5) “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (1999 yil 14
aprel).
6) “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2000 yil 25 may).
7) “Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (2005 yil 14 iyun).
8) “Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (2005 yil 5 oktyabr).
9) “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishni xabardor qilish
tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori (2006 yil 24 may).
Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa prezident farmonlari va qarorlari mavjud. Bozor iqtisdiyoti sharoitida mulkchilik yangi shakllari va munosabatlarining xuquqiy asoslari.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












