Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.Harakatlar strategiyasi o’tgan davr ichida qator amaliy islohotlarga zamin yaratdi.
Bular qatorida tashqi siyosiy faoliyat alohida o’rin tutadi.
O’zbekiston tashqi siyosati Prezident Shavkat Mirziyoevning kun tartibida birinchi
oylaridanoq nihoyatda yorqin, natijador yo’nalishga aylandi. Xususan, 2016 yilning so’ngiga
qadar, qo’shni mamlakatlar bilan yillar davomida o’z yechimini kutgan qator mintaqaviy
ahamiyatga ega masalalar hal etila boshlandi, ular bilan aniq va istiqbolli “yo’l
xaritalar”i ishlab chiqildi.
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishiga yo’naltirilgan bu yilgi Davlat
dasturida ham qator tashqi siyosiy va shu jumladan, O’zbekistonning xalqaro
tashabbuslarini nazarda tutuvchi vazifalar o’z o’rnini topgan. Bular qatorida, qo’shni
davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirish, Markaziy Osiyo davlatlarining afg’on
mojarosini hal etishga va Afg’oniston Islom Respublikasining iqtisodiy
va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va qayta tiklashga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish kabilardir.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan Markaziy Osiyo xavfli mintaqa emas, balki strategik,
iqtisodiy imkoniyatlar mintaqasi sifatida qayd etilishidan hududdagi barcha
ishtirokchilar manfaatdor. Shu o’rinda, Toshkent konferentsiyasining ochilish marosimida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o’z nutqida ta’kidlaganidek,
Afg’onistonda tinchlikni o’rnatish ulkan hudud – Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasiga
sezilarli foyda keltiradi – avtomobil` va temir yo’llarining qurilishidan tortib,
quvurlarni o’tkazish, barcha yo’nalishlarda mintaqaviy va transmintaqaviy savdoning
rivojlanishini rag’batlantirilishiga olib keladi. Buning uchun esa, dastavval,
Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlikni o’rnatishning asosiy masalalari yuzasidan keng
xalqaro konsensusga erishish zarur.
Afg’on muammosi”ga bag’ishlab o’tkazilgan Toshkent konferentsiyasi ayni shu maqsadni
ko’zladi va u Prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabr` kuni bo’lib o’tgan BMT
Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida BMT tarixida ilk bor “Afg’onistonda
tinchlikka erishishning yagona yo’li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy
kuchlar o’rtasida oldindan hech qanday shart qo’ymasdan, to’g’ridan-to’g’ri muloqot olib
borishdir”, deya xalqaro hamjamiyatga qarata aytgan murojaatining amaliy nishonasi bo’ldi.
Tadbirning boshqa e’tiborli taraflari bu ilk bora, muammoga bevosita aloqador
mamlakatning qo’shni mintaqasida, chegaradosh davlatda o’tkazilayotganligi hamda unda
o’rtada o’zaro u yoki bu muammolari bo’lsa-da, qator davlatlarning bir doira anjumanida
to’planganidadir.
Ma’lumot uchun, konferentsiya ishtirkochilari qatoridagi ayrim davlatlar – Saudiya
Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Bahreyn, Jazoir, Yemen va Liviya o’tgan
2017 yilning iyun` oyida, “Tolibon”ni moliyalashtirishda va uni har tomonlama qo’llab-
quvvatlashda Qatar qirolligini ayblab, u bilan dilomatik aloqalarni to’xtatganlar. Vaziyat bir oz g’ayritabiiy hamdir. Gap shundaki, ushbu davlatlarning ayrimlari “Tolibon”
harakatining shtabi aynan ularning hududida ochilishi ustida bir qancha tortishuv
ishtirokchilari bo’lganlar.
Shu o’rinda, qator chegaraorti kuzatuvchilar tomonidan mazkur konferentsiyaning – unda
qatnashishi zarur bo’lgan yana bir “afg’on siyosiy kuchi” deb qaralayotgan “Tolibon”ning
qatnashmaganligi yuzasidan butun boshli konferentsiyaning natijadorligiga nisbatan
bildirilayotgan skepsisga bir oz to’xtalsak.
“Tolibon” manzilsiz tuzilma emas. 2016 yil Pokiston Bosh vaziri o’rinbosarining milliy
xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi Vashingtonda bo’lib o’tgan Xalqaro masalalar
bo’yicha Kengashda – “Tolibon” afg’on harakatining rahbariyati Pokiston hududida
joylashganligi va pokistonlik rasmiylar ularga to’laqonli ta’sir o’tkazish kuchiga ega
ekanliklarini tan olgan. Qolaversa, bugungi kunda mazkur harakatning rasmiy
vakolatxonasi Qatar poytaxti Doha shahrida o’z faoliyatini olib bormoqda. Shunday qilib,
ushbu harakat o’z rasmiy vakillariga ega va qator davlatlar (shu jumladan, unga “panoh”
bergan va shunga istak bildirgan qator mamlakatlar) tomonidan alohida siyosiy kuch
sifatida tan olinayotgan qatlam, deyilsa mubolag’a bo’lmaydi.
Shunday ekan, bo’lib o’tgan konferentsiyada “Tolibon”ning boshqaruv qatlami, qaror qabul
qiluvchi shaxslari vakillari qo’nim topgan davlatlar vakillari, shu jumladan, Qatar
qirolligining Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ishtirok etganligi va uning o’z
chiqishi davomida tolibonlarning ham mazkur muzokaralarda ishtirok etishi albatta
zarurligi haqida fikr bildirganligi muhim. Bunda, albatta, kelgusi o’zaro amaliy chora-
tadbirlarga zaruriyat mavjud.
Afg’oniston mojarosi ko’p yillik mojaro va tabiiyki, uning borasida qator, turli
formatdagi yig’ilishlar shu kunga qadar shakllantirilgan, o’z faoliyatini olib borgan.
Ta’kidlash joiz, Toshkent konferentsiyasi ilgarigi “jarayon”, “format”larning o’rnini
bosishni maqsad qilmagan. Konferentsiya doirasida o’tkazilgan sessiyalarda qayd
etilganidek, ushbu anjuman natijasida, o’n yilliklar davomida shakllangan va chuqur ildiz
otgan muammolarni bir ondayoq hal etilishini kutishning o’zi noto’g’ri.
Tadbirda barcha chiqish qilgan spikerlar tomonidan qayd etilganidek, afg’on xalqi tinchlik
va barqarorlikda yashashga haqli. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti aytganidek,
afg’on xalqi urushdan charchagan, uning bo’lg’usi avlod uchun yangi tinch hayotni boshlashga kuchi,
jasorati va oqilona yondashuvi yetadi. Huddi shu fikrni Yevropa Ittifoqining oliy
martabali ishtirokchisi Federika Mogerini xonim ham o’z chiqishi davomida bildirdi.
Jumladan, Afg’onistonda tinchlik jarayonini o’rnatishda afg’onlarning o’zidan boshqa hech
kim muayyan hal qiluvchi rolni o’ynay olmasligini ta’kidladi.
Shunday ekan, o’tgan hafta Toshkentda start berilgan mazkur tinchlikni o’rnatish jarayoniga
Afg’onistonning qolgan ishtirokchilari ham qo’shilishlari ko’zda tutiladi.
O’zbekiston siyosati ochiqlik va tinchlik tarafdori. Shunday ekan, vaziyatdan to’g’ri
foydalana bilish uchun boshqa ishtirokchi taraflar tomonidan mazkur tinchlik jarayoniga
jasorat namoyish etgan holda qo’shilishlari nazarda tutiladi. O’zbekiston esa, Prezident
Shavkat Mirziyoev qayd etgani singari, taraflarga qulay vaqt va joyda mazkur kelishuvlar
jarayonini har qanday bosqichda tashkillashtirishga hamisha tayyor. Zero, aytilganidek,
afg’on muammosini hal etish uchun barchamiz mas’ulmiz va buni barcha hamisha yodda tutmog’i
lozim.
Qolaversa, O’zbekistonda muloqotlar maydoni tashkil qilinibgina qolmay, shu bilan birga
Prezident Shavkat Mirziyoev o’z chiqishida Afg’onistonni tinchlik va barqaror taraqqiyot
yo’liga o’tishining aniq yo’nalishli “yo’l xaritasi”ni ifodalab berdi va bu Toshkent
deklaratsiyasida ham o’z aksini topdi. Jumladan, butun hamjamiyatni Afg’onistonning, eng
avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo’shishi aniq foyda keltira olishi
ta’kidlab o’tildi. O’zbekistonning shu o’rinda amalga oshirayotgan siyosati, ya’ni ushbu qo’shni
mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish yo’lidagi say’-
harakatlari, avvalo, ko’plab yillar davomida talofot ko’rayotgan jafokash afg’on xalqining,
uning yosh avlodining ongida urush va zo’ravonlik mafkurasi ortiq ildiz otmasligiga
qaratilgan.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga yo’naltirilgan bu yilgi Davlat dasturida ham
afg’on muammosi bilan bog’liq chora-tadbirlar alohida o’rin topganligi bu O’zbekistoning
mazkur masalaga chinakamiga naqadar yuksak e’tibor qaratayotganligidan dalolatdir.
Mamlakatimiz aholisining barcha milliy manfaatlarini o’zida aks ettirgan 2017-2021
yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
o’tgan bir yildayoq qator amaliy islohotlarga zamin yaratdi. Shu jumladan, tashqi siyosiy
faoliyat borasida ham.
Umuman olganda, tashqi siyosat Prezident Shavkat Mirziyoev faoliyatining birinchi
oylaridayoq nihoyatda yorqin, natijador yo’nalishiga aylandi. O’tgan qisqa davrda qo’shni
davlatlar bilan nafaqat yangi istiqbolli iqtisodiy shartnomalar, va balki yillar
davomida o’z yechimini kutgan qator mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ham hal etila
boshlanganligi bugungi kunimizning yaqqol voqeligidir.
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishiga yo’naltirilgan bu yilgi Davlat
dasturida ham qator tashqi siyosiy va shu jumladan, O’zbekistonning xalqaro
tashabbuslarini nazarda tutuvchi vazifalar o’z o’rnini topgan. Bular qatorida, qo’shni
davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirish, Markaziy Osiyo davlatlarining afg’on
mojarosini hal etishga va Afg’oniston Islom Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy
infratuzilmasini rivojlantirish va qayta tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirish kabilardir.
Xalqaro hamjamiyatning Markaziy Osiyoni xavfli mintaqa sifatida emas, strategik, shu
jumladan, iqtisodiy imkoniyatlar mintaqasidek qayd etishi ushbu mintaqa barcha
ishtirokchilarining manfaatidadir. Shu o’rinda, O’zbekiston tashqi ishlar vaziri
A.Komilov ta’kidlaganidek, Afg’onistonda tinchlikni o’rnatish kengmiqyosli Yevroosiyo
mintaqasiga sezilarli foyda keltiradi – avtomobil va temir yo’llarining qurilishidan
tortib, quvurlarni o’tkazish, barcha yo’nalishlarda mintaqaviy va transmintaqaviy
savdosining rivojlanishini rag’batlantirilishiga olib keladi. Buning uchun esa,
dastavval, Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlikni o’rnatishning asosiy masalalari
yuzasidan keng xalqaro konsensusga erishish zarur.
Ertaga o’z ishini boshlaydigan Afg’oniston bo’yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida
hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” Toshkent konferentsiyasi / #UzAfg2018 / ayni shu
maqsadni ko’zlaydi, va u Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabr` kuni
bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida BMT tarixida ilk bor
“Afg’onistonda tinchlikka erishishning yagona yo’li –
markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o’rtasida oldindan hechq
anday shart qo’ymasdan, to’g’ridan-to’g’ri muloqot olib borishdir” deya xalqaro
hamjamiyatga qarata aytgan murojaatining amaliy timsolidir.
Qolaversa, konferentsiya shu kunga qadar “afg’on muammosi” yuzasidan o’tgan yil davomida
o’tkazilgan “Qobul jarayoni” nomli yig’ilishlarning mantiqiy davomidir.
Toshkent konferentsiyasi esa turli darajadagi xalqaro intilishlarning natijalarini
mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunda, xususan, Afg’oniston markaziy hukumati hamda
qurollangan muxolifat kuchlari o’rtasidagi muzokaralarning o’tkazilish mexanizmini va,
umuman olganda, Afg’onistondagi vaziyatni tinchlik yo’li bilan hal qilishning
tamoyillarini ishlab chiqish kabi strategik maqsadlar ko’zda tutilgan.
Konferentsiya yakunlari bo’yicha Toshkent deklaratsiyasi ishlab chiqilishi
rejalashtirilmoqda.
Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.











