Dars loyihasi va uni amalga oshirish modeli.
Hozirga kadar ko’pgina maktab va kollejlarda dars loyihasini tuzish, ta’lim maqsadini belgilash yoki ta’limni tashkil etish yo’llari kabi elementlar vaqt sinovidan o’tdi.
Dars loyihasining har bir elementida ma’lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo’lib, ularni bir qancha ta’lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi. Dars loyihasida quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1.Mo’ljalni belgilash – Talabalar dikkatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo’yiladigan savollar , qo’yiladigan muammolar va hokazo.
2.Maqsad – talabalar bugun nimani o’rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi (malaka). Ular o’qituvchiga bugungi o’rganganlari asosida ma’lum bir faoliyat turini bajarib ko’rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni O’qituvchi belgilaydi.
3.Kirish – o’qituvchi talabalar o’rganishi lozim bo’lgan materialni belgilaydi, konsepsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo’llarini ko’rsatadi.
- Modellashtirish (namoyish qilish)-O’qituvchi o’rganilayotganlarni va natijada o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan ko’nikmani grafik shaklda ko’rsatadi yoki namoyish qiladi.
- Amaliy boshqaruv – o’qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamma – qadam rahbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko’rish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.
- Tushunchalarni tekshirish – o’qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olga borish mumkinmi yoki yukligini aniqlaydi. Agar olga borish mumkin bo’lmasa orqaga kaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.
- Mustaqil amaliyot – o’qituvchi talabalarni o’zlarini tekshirib ko’rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Talabalar mustaqil o’zlari o’rganganlarini tekshirib ko’radilar.
- Darsni tugallash – Darsni xulosalash oldida talabalar o’z ishlarini, o’rganganlarini o’qituvchiga so’zlab berish, namoyish qilish orqali ko’rsatadilar.
Darsni o’tkazish modeli.
Darsni o’tkazish modelini uchta kategoriyaga bo’lish mumkin.
- Ko’rgazmali izchillik.
- Dars sxemasi. (tuzilishi) Asosiy texnologik xarita.
Bular og’zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko’nikma va malakalar shakllanishini ta’minlovchi ta’sirlardir. Buni dars davomida og’zaki tushuntirishlar (ya’ni, eshitish) yoki harakatli ko’rsatishlar (ya’ni, bajarish) metodlaridan foydalanib, yaxshi natijaga erishish mumkin.
Darsda belgilangan vazifalar tahlili:
O’qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o’rgatish va ularda shu ko’nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo’llarini izlashi lozim. Buning uchun o’qituvchi o’zini o’quvchi urnida tasavvur etib, bu ko’nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo’ladi. Shundan keyingina o’qituvchi har bir qismni ko’rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko’nikmani o’quvchi egallashini ta’minlaydi. Ba’zi o’qituvchilar belgilangan ko’nikmani talabaga o’rgatish uchun boshidan oxirigacha ko’rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya’ni izohlangan ko’nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi.






