Davlat qo’mitalari.

0
Davlat qo'mitalari bo'linishlari

Davlat qo'mitalari bo'linishlari

Davlat qo’mitalari.

Davlat qo’mitalari.

1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‘MITASI
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUSUSIYLASHTIRILGAN
KORXONALARGA KO‘MAKLASHISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH
DAVLAT QO‘MITASI
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
4. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
5. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI
MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASI
6. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR
DAVLAT QO‘MITASI
7. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA,
KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI BO‘YICHA DAVLAT
QO‘MITASI
8. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AVTOMOBIL YO‘LLARI DAVLAT
QO‘MITASI
9. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT
QO‘MITASI
10. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA DAVLAT
QO‘MITASI
11. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RMON XO‘JALIGI DAVLAT QO‘MITASI
12. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT VETERINARIYA QO‘MITASI
DAVLAT INSPEKSIYALARI
1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLARNING XAVFSIZLIGINI
NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
HUZURIDAGI KATTA VA ALOHIDA MUHIM SUV XO‘JALIGI
OB’EKTLARINING TEXNIK HOLATINI HAMDA BEXATAR ISHLASHINI
NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI (DAVSUVXO‘JALIKNAZORAT
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
YER QA’RINI GEOLOGIK O‘RGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA
KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB
BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI
(SANOATGEOKONTEXNAZORAT)
4. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO‘LLARDA YUK VA
YO‘LOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT
INSPEKSIYASI (O‘ZDAVTEMIRYO‘LNAZORAT)
5. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT
BO‘YICHA DAVLAT INSPEKSIYASI (O‘ZDAVENERGONAZORAT)

6. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
DAVLAT DON INSPEKSIYASI (O‘ZDAVDONINSPEKSIYA)
7. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
O‘ZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANISHNI
NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI
8. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
ICHIMLIK SUVIDAN FOYDALANISHNI NAZORAT QILISH DAVLAT
INSPEKSIYASI (DAVSUVINSPEKSIYA)
9. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI
10. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA
YO‘L-QURILISH ISHLARI SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT
INSPEKSIYASI
11. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
O‘SIMLIKLAR KARANTINI DAVLAT INSPEKSIYASI
AGENTLIKLAR
1. O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL TRANSPORTI AGENTLIGI
2. O‘ZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
«O‘ZARXIV» AGENTLIGI
4. «KOMMUNXIZMAT» AGENTLIGI
5. O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA
SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI
6. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
7. «O‘ZBEKKINO» MILLIY AGENTLIGI
8. FARMASEVTIKA TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI
9. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA
ATOM ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI
QO‘MITALAR
1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
DIN ISHLARI BO‘YICHA QO‘MITA
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QO‘MITASI
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
MILLATLARARO MUNOSABATLAR VA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN
DO‘STLIK ALOQALARI QO‘MITASI
MARKAZLAR
1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
HUZURIDAGI GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI MARKAZI
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
NARKOTIK MODDALARNI NAZORAT QILISH MILLIY AXBOROT-TAHLIL
MARKAZI
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
«SIFAT» O‘ZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASH MARKAZI
4. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
DAVLAT TEST MARKAZI
5. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI MUVOFIQLASHTIRISH VA
RIVOJLANTIRISH MARKAZI
6. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI HUZURIDAGI, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
MARKAZIY MUASSASALAR
1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan tub islohotlar inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, xalqimizning turmush farovonligini oshirish borasida yuksak ahamiyat kasb etmoqda. Bu boradagi islohotlarni, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, barcha sohalarni liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiyalash jarayonlarini chuqurlashtirish jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishning muhim omilidir.
Ana shunday ustuvor vazifalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan mamlakatimizni
rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ning “Davlat va
jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” nomli birinchi ustuvor
yo‘nalishida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalasi birinchi o‘rinda turibdi.
Misol uchun, “Harakatlar strategiyasi” loyihasi bilan birga jamoatchilik muhokamasiga
qo‘yilgan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi loyihasida bu
yo‘nalishdagi aniq vazifalar qayd etilgan bo‘lib, 2017 yilda ayni sohada 5 ta qonun, 5 ta qaror va bitta dastur qabul qilinishi belgilangan.
SHuningdek, Dastur loyihasida ko‘zda tutilganidek, joriy yilda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yo‘nalishida – 7 ta qonun, 3 ta farmon, 7 ta qaror va 4 ta dastur; jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish yo‘nalishida esa 6 ta qonun, bitta farmon, bitta qaror va 2 ta dastur ishlab chiqiladi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, “Harakatlar strategiyasi”ning birgina ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha shu yilning o‘zida 18 ta qonun loyihasini tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi va qabul
qilinishi davlat organlariga yuklatilgan vazifa va vakolatlarni bajarish samaradorligining oshishi, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini yaxshilash uchun muhim huquqiy asos bo‘ladi. SHuningdek, bu fuqarolarning murojaatlarini, ularda ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatish imkonini beradi.
Hozirgi kunda ellikdan ortiq qonunda nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari belgilangan. Bu borada huquqiy munosabatlarning tobora chuqurlashayotgani ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikni ham yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. “Harakatlar strategiyasi” loyihasida bu masala, umuman, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini kengaytirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalar o‘z aksini topgani alohida diqqatga loyiqdir.
Binobarin, mamlakatimizda «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilining
izchillik bilan amalga tatbiq etilishi natijasida davlat tashkilotlarining ayrim vakolatlari bosqichma-bosqich nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga o‘tmoqda.
Buning natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlardagi faolligi oshmoqda, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalgaoshirish uslublari takomillashmoqda.
Yana bir misol, loyihadagi yangi tashabbus – qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlari huzurida jamoatchilik kengashlari tuzishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasini olaylik. Bunda bo‘lajak Jamoatchilik kengashlari ushbu organlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi nazarda tutilmoqda. Natijada davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligi ta’minlanadi.
Modomiki, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va
tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish maqsad qilingan ekan, bu sohada qonun ijodkorlarining o‘zlari ham har tomonlama fidoyilik ko‘rsatib ishlashlari talab etiladi.Davlat qo’mitalari. Davlat qo’mitalari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba