Bosh sahifa mavzular Davlat tili va ma’naviy yuksalish.

Davlat tili va ma’naviy yuksalish.

0
Davlat tili va ma'naviy yuksalish.

Davlat tili va ma'naviy yuksalish.

Davlat tili va ma’naviy yuksalish.

Davlat tili va ma’naviy yuksalish. Har  bir  millatning  o’z  ma’naviyatini  chuqur  anglashi,  ongining  tarkibiy  qismiga  aylantirishi millatning o’z-o’ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi, e’tiqod va qadr hissini boyitadi. Shuning uchun  ham  sho’rolar  istibdodi  davrida  hukmron  mafkura doirasida  milliy  ma’naviyatga  e’tibor  berilmaydi,  to’g’rirog’i  u  har  jihatdan  kamsitildi.  Oqibatda,  o’zbek  xalqi  o’z  ma’naviy  merosining  ko’pgina  qatlamlarini haqqoniy tarixini o’rganishdan mahrum bo’ldi.

Mustaqilik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy ilmiy, tarixiy, madaniy va diniy merosini o’rganish,  undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo’l ochildi. Ma;naviyatimizning  qadimiyligini, mazmunan va mohiyatan chuqurligini, bugungi kunda salohiyati cheksiz ekanini to’la  ravishda ko’rsatmoq uchun “Avesto” dan boshlab, Forobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy, Fitrat,  Cho’lpon va Avloniy orqali to hozirgi kungacha bo’lgan yaxlit manzarasi yaratilmoqda.

Muataqillik ayni  paytda ma’naviyatning ajralmas qismi bo’lgan milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o’z-o’zini  anglash,  milliy  his-tuyg’ular,  g’ururni  vatanparvarlikni  o’stirish  va  mustahkamlashga  ham  yo’lga  ochilganini   ta’kidlab   o’tish   o’rinlidir.   Bir   paytlar,   aniqrog’i,   o’tgan   asrning   50-yillarida,   milliy  merosimizning ko’pgina namunalari kabi, «Alpomish» dostoni ham millatchilik ruhidagi asar sifatida  qoralanib, qatag’onga uchragan edi. O’sha og’ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko’rsatib, uni saqlab  qolishga muvaffaq bo’lganliklarini bugun minnatdorlik bilan eslaymiz.

Bu  o’lmas  asarni  xalqimiz  asrlar  davomida  yaratgan,  o’z  iymon-e’tiqodidek  asrab-avaylagan,  qancha  avlod-ajdodlarimiz «Alpomish» dostoni asosida tarbiya topgan, o’zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega  bo’lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.

Chunki «Alpomish» dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi bo’lib,  tarixiy  ildizlarimizning  qanchalik  chuqur  ekani,  xalqimiz  qanday  tabiiy-ijtimoiy  muhitda  shakllanib,  rivojlanganini, ajdodlarimizning olis davrlarda ham jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib, o’z boshiga  tushgan qiyinchiliklarni birgalikda engib yashaganini yorqin bo’yoqlarda tasvirlab beradi.

.Bir so’z bilan aytganda, xalqimizning engilmas bahodiri – Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon  ko’zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bo’lsa, bu yo’lda jonini ham fido qilishga tayyor bo’lgan  azamat o’g’lonlarimiz – bugungi alpomishlarning ma’naviy qiyofasini ko’ramiz.

Ko’hna tariximizni shu ma’noda ko’z o’ngimizdan o’tkazib, tahlil qiladigan bo’lsak, muhim va ibratli bir  fikrni  takroran  aytishga  to’g’ri  keladi.  Ya’ni,  ota-bobolarimiz  ruhiy  olamining  tomir-ildizlari  aynan  yuqorida zikr etilgan ma’naviy zaminda, tarixda ham, bugun ham barchaning havasini tortib kelayotgan  olijanob fazilatlar asosida shakllangan.

Shu o’rinda ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan yana bir mezon – muqaddas  dinimiz haqida alohida to’xtalib o’tish zarur.

Barchamizga  yaxshi  ma’lumki,  din  azaldan  inson  ma’naviyatining  tarkibiy  qismi  sifatida  odamzotning  yuksak  ideallari,  haq  va  haqiqat,  insof  va  adolat  to’g’risidagi  orzu-armonlarini  o’zida  mujassam etgan, ularni  barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g’oya va qarashlarning  yaxlit bir tizimidir.

Ayniqsa,  ko’p  asrlar  mobaynida  xalqimiz  qalbidan  chuqur  joy  olib,  hayot  ma’nosini  anglash,  milliy  madaniyatimiz va  turmush  tarzimizni,  qadriyatlarimiz,  urf-odat  va  an’analarimizni  bezavol  saqlashda  muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik,  mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan  fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi.

Lekin  sho’rolsr  istibdodi davrida  insonlarni  dinidan,  tarixidan,  ma’naviyati,  madaniyati  va  tilidan  ayirishga bo’lgan harakatlarning amalga oshirilganligi tarixdan ma’lum. General gubernator Chernyaskiy  ta’biri bilan aytganda “Biror millatni yo’q qilish uchun uning ustiga bostirib borish va jang qilish shart

emas, balki u millatning dini, tili va ma’naviyatini yo’qotilsa, bu millat o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi ”  degan  fikrni  ilgari  surganligi  va  amalga  oshirganligining  guvohi  bo’lib  turibmiz.  Ammo  ayni  ma’naviyatli, ziyoli bo’lishga intilgan insonlarni yo’q qilishga qaratilgan bunday razilliklar ham o’zbek  xalqning  irodasini  sindira  olmadi  va  aksincha  mustaqillik,  erk  va  ozodlikka  erishishga  bo’lgan  ishonchning  kuchayishi  natijasida  O’zbeiston  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritdi.  Dastlabki,  kunlardan  boshlab ma’naviyat sohasiga e’tiborni qaratdi. Mustaqilik sharofati bilan dinga berilgan erkinlik tufayli  turli marosimlarimiz Qur’oni Karim tilovatlari bilan boshlanmoqda. Bu o’tmishda bir orzu edi, holos. Davlat tili va ma’naviy yuksalish.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba