Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

0
Jamiyat qurilishini takomillashtirish

Jamiyat qurilishini takomillashtirish

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda  Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi

siyosatiga  oid  muhim  vazifalarni  hal  etish  hamda  ijro  hokimiyati  faoliyati  ustidan  parlament  nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi  faoliyati sifatini tubdan oshirish;

siyosiy  tizimni  rivojlantirish,  davlat  va  jamiyat  hayotida  siyosiy  partiyalarning  rolini
kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.

2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

davlat   boshqaruvini   markazlashtirishdan   chiqarish,   davlat   xizmatchilarining   kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda  davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini  isloh qilish;

mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga
oshirishda   o‘zaro   manfaatli   hamkorlikning   samarasini   oshirishga   qaratilgan   davlat-xususiy  sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va
yuridik  shaxslarning  huquq  va  erkinliklari  hamda qonuniy  manfaatlariga  oid  axborotni  taqdim  qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi,
sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish  imkoniyatini oshirish.

3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirish,  ularning  ijtimoiy  va  siyosiy  faolligini oshirish;

mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;
ommaviy  axborot  vositalarining  rolini  kuchaytirish,  jurnalistlarning  kasbiy  faoliyatini himoya qilish. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba