Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish tushunchasi va mohiyati.

0
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari.

Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish tushunchasi.

Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish tushunchasi va mohiyati.

Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish tushunchasi va mohiyati.
Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, inson
rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. SHuningdek, ular taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishga qaratilgan faoliyatlarida o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.
Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini
tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.
Iqtisodiyot jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, inson rivojlanishi manbaini
tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida turli ne’mat va vositalarni ishlab chiqaradilar va o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.
Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini
tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.
Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida siyosat iqtisodiyotdan ustun bo‘lib,
uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolhoz-kooperativ mulkchilik shakllaridan iborat umumhalq mulki tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig‘iga ega bo‘lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o‘rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib borar edi.
Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes
bilan shug‘ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlar
chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar.
Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganligi tufayli, mehnat
motivatsiyasi sust. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchradi.
Ma’lumki, shahsning mulkdor bo‘lish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash, o‘zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug‘ullanish hamda shunga muvofiq
cheklanmagan daromad olish va yahshi yashash imkoniyatlariga ega bo‘lish kabi huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan
demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.
Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni “shok terapiyasi” yo‘li bilan amalga oshirishdan ongli
ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish tushunchasi va mohiyati. Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va
ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar,
umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O‘zbekistonda yalpi
ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni,
aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar — aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga etganini mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman.
2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari
sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga etishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmaydi, davlat budjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda.
SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini
rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini hilma-hil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jixatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»1 deb belgilab qo‘yilgan.
Amaldagi islohotlarning asosiy maqsadi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov: «Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi
insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat», – deb ta’kidlagan.
Erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy
plyuralizm bo‘lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm
tushunchasi mulk shakllari va ho‘jalik yuritish usullarining hilma-hil bo‘lishida o‘z ifodasini
topadi. SHu boisdan ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p
ukladli poliiqtisodiyot bo‘lib, unda turli mulk shakllari va ho‘jalik ukladlarining teng
huquqliligi, muvozanatda bo‘lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish
erkinligi ta’minlanadi.
Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining
quyidagi tub belgilarida o‘z ifodasini topadi.

1) hususiy mulk;

2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

3) shahsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi;

4) raqobat;

5) erkin narh tizimi;
6) davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba