Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

0
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo'nalishlari. 

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo'nalishlari. 

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Prezident I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining To‘qqizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida respublikada
demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirishning “bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini
yaratish, barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat”,muhim ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi.
Ushbu ustuvor yo‘nalishni amalga oshirish uchun avvalombor xususiy sektorning mavqeini
yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim bo‘ladi. Endilikda
xususiylashtirish jarayonlari tobora ko‘proq yirik korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o‘z ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aksiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noo‘rin
aralashuviga barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit
mablag‘lari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab
chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. SHuningdek, shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish hamda ularga servis xizmati ko‘rsatuvchi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish muhim ustuvorlikka ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Bozor munosabatlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun va
mohiyati.

O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan bo‘lib, mazkur farmon bevosita shunga bag‘ishlangan. Dasturga ko‘ra bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish borasida katta ishlar qilingan. Mazkur farmonda bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan. Qonunlarning, O‘zR Prezidenti Faronlari va Qarorlari, hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjat loyihalari ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham bu farmonda quyidagilar
belgilab berildi:
1) dan tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni
erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari ruyobga chiqarilishini ta’minlaydigan qonun
xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tuzilishi aytilgan.
2) dan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda
modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish bo‘yicha Qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va amalda ro‘yobga
chiqarilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
3) dan jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda
ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha
faoliyatni muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzish belgilab berildi.
4) dan, ushbu farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat
qilish Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitasi va idoralar, Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan nazorat ostiga olinishi aytib o‘tilgan.
5) dan, Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishib olish, davlat hokimiyati organlari va hukumatga kiritishda monitoring o‘tkazish topshirildi. Umuman ushbu farmon mamlakat iqtisodiyoti va har bir fuqarosi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning aniq ijobiy natijalarini his etish bayon etilgan. (Turkiston, 2005 yil 15 iyul).
O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirish iqtisodiy ustuvor yo‘nalishini amalga oshirish uchun quyidagi chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda:
– tashqi iqtisodiy faoliyatni, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy
operatsiyalar bo‘yicha erkin almashinuvini muntazam ta’minlash;
– iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarini amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda
import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
– iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun tegishli investitsion muhit va
investorlar uchun kafolat yaratish;
– ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta
zahiralarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan etakchi tarmoqlarga ustuvor ravishda yo‘naltirish;
– jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish,
dunyo iqtisodiy tizimiga integrallashuvi hamda jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu vazifalarning amalga oishirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin
iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo’nalishlari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba