Demokratik jamiyat va uni qurishning turli xil milliy modellari.

0
Islom Karimov demokratik jamiyatga o'tish

Demokratik jamiyat va uni qurishning turli xil milliy modellari.

Demokratik jamiyat va uni qurishning turli xil milliy modellari.

Demokratik jamiyat va uni qurishning turli xil milliy modellari.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng kelajakda qanday yo’ldan borishi masalasi kun tartibiga qo’yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’ldi. Uning dolzarb bo’lib qolishining bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning ob’yektiv
sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo’qligi va bo’lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob’yektiv sababi – ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi.

Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo’liga kirishi uchun ma’lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo’ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida

shakllangan an’analari asosida O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishni bir  daqiqa ham kechiktirib bo’lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi.

Mamlakat  Prezidenti  O’zbekiston  fuqarolari  uchun  tabiiy  haq-huquq  va  shuningdek  oliy  ne’mat bo’lgan mustaqillik to’g’risida so’z yuritar ekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va  uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal  qiladigan bosh tamoyil deb ta’rifladi. SHunday ekan, u jamiyat a’zolari oldiga muttasil yangi-yangi  vazifalarni qo’yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli- tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo’lidagi tadbirlardan iboratdir.

Xalqaro  hamjamiyat  katta  va  kichik  millatlar,  davlatlar  tajribasi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar echimida sustkashlikka yo’l qo’yish  og’ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday echilmagan muammo yana boshqa  qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi.  Demak, mamlakat taqdiri uchun mas’ullikni o’z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir  nafas  ham  beg’amlikka  yo’l  qo’ya  olmaydi,  doimo  uyg’oq  va  harakatda  bo’ladi.  Darhaqiqat,  mustaqillik  bir  tomondan  milliy  taraqqiyot  yo’lini  erkin  tanlashda  ulkan  mas’uliyat  yuklasa,  ikkinchi  tomondan  eskilikka  barham  berish  va  yangi  jamiyatga  asos  yaratish  uchun  beqiyos  imkoniyat yaratadi. SHu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit  deb hisoblasak bo’ladi.

O’tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini  kechirayotgan har bir davlat bir tomondan,  demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy  tajriba hamda undan millat manfaatlari yo’lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o’ziga xos  noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog’liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko’plab  mamlakatlar misolida tasdiqlagan.

I.A.Karimov O’zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi.  Ulardan   biri   mamlakatimizning   o’z   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   yo’lini   ishlab   chiqishda  rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasini o’rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini  ijobiy jihatdan o’zlashtirish bo’lsa, ikkinchisi – O’zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va  an’analariga tayanishdan iborat bo’ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy  tamoyil asos qilib olindi.

XX   asr   50-yillardan   keyingi   yillarda   ko’pchilik   sobiq   mustamlaka   mamlakatlar   o’z  mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo’liga o’ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot  yo’li:

1) kapitalistik;

2) sosialistik;

3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo’nalishi  haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini  qat’iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo’llari  (modellari) ancha keng ko’lam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o’z  ichki sharoitlaridan kelib chiqmog’i zarurligi ma’lum bo’ldi.  Demokratik jamiyat va uni qurishning turli xil milliy modellari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba