Bosh sahifa mavzular Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi – evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo’l.

Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi – evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo’l.

0
O'zbekiston Respublikasi va Amerika Davlatlari o'rtasidagi ikkil tomonlama munosabatlar.

Demokratik jamiyatga o‘tishning uchinchisi - evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo‘l

Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi – evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo’l.

Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi – evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo’l hisoblanadi. Uning xarakterli xususiyati shundaki, mamlakatda amaldagi siyosiy hokimiyat
tugatilib, uning o‘rniga yangi hokimiyat vujudga kelishi bilan, eskini keskin, bir «zarb» bilan
tugatmasdan, bosqichma-bosqich, vazminlik bilan tugatilib boriladi. Hatto, ularning ayrim
imkoniyatlaridan ham foydalanib boriladi. Xuddi ana shu jarayonda iqtisodiy islohotlarni olib
borishda va bu yo‘nalishda yangi munosabatlar shakllantiriladi.

Bu yo‘lning o‘ziga xosligi siyosiy va iqtisodiy hayotda o‘tkazilayotgan islohotlar bilan hamohang ravishda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni ham yangi ehtiyojlar asosida rivojlantirilib borilishidir.
Xo‘sh nima uchun asta-sekin, bosqichma-bosqich o‘tish zaruriyati tug‘iladi? Agar asta-sekin
o‘tiladigan bo‘lsa, uning klassik yo‘ldan farqli tomoni nimada? Unda ham asta-sekinlik bilan
demokratik jamiyatga o‘tilgan-ku? Albatta, evolyusion yo‘lning klassik (an’anaviy) yo‘ldan farqli tomonlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, klassik yo‘lda demokratik qadriyatlar mavjud jamiyat ichida yuzaga keladi.
Bunda faoliyat ko‘rsatayotgan tuzumning taraqqiy qilishi, mulk egalarining oddiy xalqning
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilib boriladi. Uning o‘ziga xos xususiyati, har ikki tomonning ham manfaatdorligidadir. Bunday sharoitda demokratik qadriyatlar taraqqiyotning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarining «ma’rifatlashib», xalq farovonligini ta’minlash omili bo‘lib qoladi.

Hozirgi davrda ko‘pchilik mamlakatlar evolyusion yo‘l totalitarizm yoki diktaturalar xukmronligini barbod etilishining birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ekanligini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarning demokratiyaga o‘tishi uchun xos bo‘lgan bu yo‘l mamlakatlar hayotida keskin o‘zgarishlarni amalga oshirishning imkoniyatlari bo‘lmaganligi bilan ham bog‘liqdir.
Ikkinchidan, klassik o‘tish yo‘lida aholining dunyoqarashi o‘zgarib borishini taqozo qilgan
bo‘lsa, totalitarizm – ommaning ongini to‘laligicha o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan jamiyat
bo‘lganligi uchun ham uni bir «zarb» bilan demokratiyaga «moslashtirish» nihoyatda murakkab edi.
Chunki ongni o‘zgartirish qisqa vaqtda amalga oshadigan jarayon emas, u jamiyat hayotida
bo‘ladigan o‘zgarishlarga mos ravishda sodir bo‘ladi.
Ayniqsa, bu jarayon sanoat ishlab chiqarishi kam taraqqiy qilgan agrar sektor etakchilik
qiladigan mamlakatlarda asta-sekinlik bilan amalga oshishi ham umumqonuniyatdir. Chunki
bunday mamlakatlarda aholining siyosiy madaniyati keskin o‘zgartirishlar ehtiyojlaridan orqada qolgan bo‘ladi.
Uchinchidan, klassik o‘tish uchun xos bo‘lgan kapitalistik munosabatlar sharoitida
demokratiyaga o‘tishda eski tuzum xavf tug‘dirmaydi, balki u o‘rnini rivojlanayotgan yangi
demokratik munosabatlarga «bo‘shatib» bera boshlaydi.
Totalitarizm esa yangi demokratik jarayonlar uchun xavf tug‘diradi. Chunki uning
hukmronligi davrida shakllangan, nihoyatda kuchga tayangan munosabatlar va ma’naviy-ma’rifiy salohiyat demokratik jarayonlar rivojlanishi uchun qarshilik ko‘rsatib turadi. Buni albatta hisobga olmaslik mumkin emas.
Shuning bilan bir qatorda mamlakatning taraqqiyot darajalari, xalqning mentaliteti, urf-
odatlari va qadriyatlarini hisobga olish evolyusion yo‘lining katta imkoniyatlari bo‘lib, bu o‘tish davrida nisbatan kam talofatlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun ham ko‘pgina olimlar bugungi kunda evolyusion yo‘lni o‘tish davri uchun
eng maqbul yo‘l sifatida tan olmoqdalar. Jumladan, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi A.N.YAkovlev shunday yozadi: «… inqilob bu – boshi berk ko‘cha, yo‘lini yo‘qotish demakdir. O‘zaro janjal va to‘polonlar sharoitida ham quyidan, ham yuqoridan boshlanadigan jinoyatlar avj oladi.

SHu tariqa lyupenlar jinoyati hokimiyat jinoyati bilan bir-biriga aralashib ketadi. Inqilob davrida shafqatsizlik misli ko‘rilmagan darajaga etadi. U olg‘a rivojlanish haqidagi nazariyalarni yaratadi-yu, oxir oqibatda o‘zi ana shu harakat yo‘lida to‘g‘anoq bo‘ladi. Faqat tabiiy, tadrijiy yo‘l insonga qoniqish tuyg‘usini, jamiyatga esa o‘z taraqqiyotini izchil puxta o‘ylangan, rejali tarzda amalga oshirish imkonini beradi».

Evolyusion yo‘lning yana bir afzalligi shundaki, bugun insoniyat juda katta intellektual
kamolot darajasiga ko‘tarildi. Shuning bilan birga, uning ehtiyojlari ham unga mos ravishda
rivojlanib bormoqda. Ana shu ikki jarayonni uyg‘un holatda rivojlantirish imkoniyatini faqat
evolyusion yo‘ldan borish bilan hal qilish mumkin bo‘ladi. Bugun xuddi ana shu yo‘l fojealarga olib keluvchi qarama-qarshiliklarning oldini olishga va taraqqiyotga murosa-yu, madora yo‘l bilan erishish imkonini bermoqda.

Bu yo‘l bugun o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun ham samarali bo‘lgan yo‘l hisoblanadi. Ular hozir taraqqiyotning qaysi bosqichlarida bo‘lishlariga qaramasdan, demokratik taraqqiyot bosqichiga ham tabiiy-tadrijiy yo‘ldan borishlari pirovard bosh maqsadga erishish
demakdir.
Ammo, ularning ichki hayotiga aralashuv, demokratiyani tashqaridan bir «zarb» bilan
kiritishga har qanday urinishlar kutilgan natija bermaydi. Bunday holat faqat mamalakatda ichki va tashqi ziddiyatlarning kuchayishiga, demokratiyaning bunyodkorlik kuchiga emas, uni taraqqiyotdan orqaga uloqtirib tashlovchi vayronkor kuch sifatida namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Bunday sharoitda mamlakatda fuqarolar urishi kelib chiqish xavfi yuzaga keladi. Bu esa o‘z
navbatida mamlakatlararo, millatlararo qarama-qarshiliklarni kuchaytirib, demokratiyaning qaror topishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Evolyusion yo‘lning samarali rivojlanishi uchun tashqaridan bo‘ladigan har qanday «yordam»mamlakatda demokratik jarayonlar rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi. Chunki demokratiya hokimiyatni boshqaruvida xalqning ishtirok etishi bilan belgilanar ekan, uni «majburlab», boshqaruv jarayoniga jalb qilib bo‘lmaydi. Uning uchun ehtiyoj, zaruriyat, shart-sharoitlarning yuzaga kelishi va xalqning undan foydalanishiga bo‘lgan «tabiiy» intilishi shakllanmog‘i kerak bo‘ladi.
Ana shu jarayonning yuzaga kelishi evalyusion yo‘l bilan demokratik jamiyatga o‘tish
imkonini beradi. Ular mavjud bo‘lgan mamlakatlarda bu yo‘l o‘z samarasini berayotganligini
O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin. Xullas, evolyusion yo‘l bugun dunyo mamlakatlarining rivojlanishiga va mintaqalarda barqarorlikning yuzaga kelishiga hamda umumiy taraqqiyot uchun samara bera oladigan yo‘l sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayonlarni o‘rganish zarur.
4. “Shok terapiyasi” (mulkni davlat tasarrufidan birdaniga chiqarish).
5. Islohot yo‘llari mavjud.Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi – evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo’l.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba