Demokratik jamiyatning milliy va umumbashariy tamoyillari.
Demokratik jamiyatning milliy va umumbashariy tamoyillari.O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari I.A.Karimov asarlari, nutqlarida keng hamda chuqur yoritilgan. Ma’lumki, «tamoyil» tushunchasi – yo‘nalish, rus tilida qo‘llaniladigan «tendensiya» so‘zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, «tamoyil»
atamasining muqobolidir. Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo‘nalish”
so‘zlari sinonim sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Agar bu so‘zlarning ma’nosiga e’tibor qaratilsa, ular jamiyatning turli jabhalarida ob’ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko‘zga tashlanadi. Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo‘nalish” ma’lum bir jarayondagi qonuniyatni o‘zida aks ettiradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning etakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida
demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan
uyg‘unlashtirish va to‘ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi va namoyon bo‘lish xususiyatlari jiddiy o‘rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
1) erkin va adolatli saylovlar;
2) ochiq va hisobot beruvchi hukumat;
3) inson huquqlarining ustuvorligi;
4) hokimiyat organlarining saylanib qo‘yilishi;
5) so‘z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;
6) qonun ustuvorligi;
7) fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;
8) tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo‘yiladigan organlar
oldida hisob berish burchliligi;
9) ko‘ppartiyaviylik tizimining mavjudligi;
10) umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o‘tkazilishi;
11) mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning
mavjudligi;
12) siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko‘rsatishi;
13) jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolat-lovchi
qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.
Ma’lumki, O‘zbekiston xalqi o‘z mustaqilligiga erishgach, Er sharining ko‘pchilik aholisi
kabi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O‘zbekiston taraqqiyotining o‘ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg‘unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.
Demokratik jamiyat qurish albatta milliy va umumbashariy tamoyillar asosida rivojlanib
boradi. Bu uzviylik jarayoni 2 ta muxim jihat bilan belgilanadi.
1.Demokratik jamiyatning milliy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) Xalqimiz hayotida jamoa bo‘lib yashash ruhining ustuvorligi.
2) Oila, maxalla, el-yurt muqaddasligi.
3) Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-e’tibor.
4) Millatning ulmas ruhi ona tiliga hurmat
5) Kattaga hurmat, kichikka izzat.
6) Ayol zotiga ehtirom.
7) Sabr-qanoat, mehnatsevarlik.
8) Halollik va mehr-oqibat.
9) Demokratik jarayonlarning uzviyligi, asta-sekinligi.
10) Odamlar tafakkuri va ijtimoiy saviyasi.
11) Xalqimiz milliy madaniyatining o‘ziga xosligi va h.k.
2. Demokratik jamiyatning umumbashariy tamoyillari:
1) qonun ustuvorligi.
2) Inson xaq-xuquqlari va xurfikrlilik.
3) Barcha millat vakilariga xurmat va ular bilan baxamjixat yashash.
4) Diniy bag‘rikenglik.
5) Dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik.
6) O‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish va h.k.
O‘zbekiston aholisining bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishida
istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq I.A.Karimov quyidagi milliy tamoyillarga jamoatchilik
diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A. Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol yo‘li:
muammolar va rejalar” hamda “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarlarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab berildi.
Keyinchalik Birinchi Prezidentimiz bu tamoyillarni turli hayotiy misollar va dalillar asosida yoritdi. “Bozor iqtisodiyotiga o‘tar ekanmiz, milliy, tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz. O‘zbek xalqi azaldan jamoa tuyg‘usiga moyil” – deb yozgan edi I.A.Karimov. Bu birinchi tamoyil bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘zbek xalqining o‘ziga xosligi, uning boy tarixiy an’analari, o‘ziga xos fikrlash tarzining qadimgi davrlardan boshlab jamoa sifatida ahil bo‘lib yashash mentalitetini ko‘rsatib turibdi.
Ikkinchi tamoyil haqida I.A.Karimov shunday deb yozadi: “Mustaqil davlatimizning
siyosatini belgilab olar ekanmiz, islom dinimizni albatta nazarda tutishimiz kerak, negaki din turmush tarzimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga o‘zining o‘chmas muhrini bosgan.”
Uchinchi milliy tamoyil sifatida Prezidentimiz “O‘zbekistondagi demografik vaziyatni
albatta hisobga olish zarur” deb uqtiradi. Ma’lumki, yurtimizda aholining tabiiy o‘sish sur’ati juda katta bo‘lib, mehnat resurslarining ortib borish darajasi ham shunga mos keladi. Qolaversa, aholining 60 foizidan ko‘prog‘i qishloqlarda istiqomat qilishadi.
To‘rtinchi tamoyil, bu – O‘zbekistonning ko‘p millatli davlat ekanligi. Unda 130 dan ortiq
millat, elatlar yashaydi va ular 18 diniy konfessiyalarga mansub.
Beshinchi tamoyil, bu O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay makonda joylashganligi,
qadim karvon yo‘llarining bizning Vatanimiz hududidan o‘tganligi, turli sivilizatsiyalarning
Markaziy Osiyoda tutashganligi hamda bugungi kunda ham mintaqamizning Sharq bilan Farb dunyosi o‘rtasida muhim bo‘g‘in ekanligidadir. Oltinchi tamoyil “O‘zbekistonda islohotlar o‘tkazishga mavjud tabiiy iqlim, shart sharoitlari”ning katta ta’sir ko‘rsatishidan iborat.
Yettinchi tamoyil – “O‘zbekiston o‘zining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash uchun etarli salohiyatga ega”. Yana bir muhim tamoyil sifatida I.A.Karimov “keyingi o‘n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo‘lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanishini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas”, deb uqtiradi. Gap shundaki, mustaqillikdan oldingi 130 yildan ko‘proq davr mobaynida xalqimiz o‘zining milliy, madaniy, moddiy boyliklaridan begonalashdi.
Jahon hamjamiyatidan butunlay ajralib qoldi. Shu sababli, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida bu vaziyatni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi tamoyillar yoki omillarni chuqur o‘rganib, I.A.Karimov istiqlolning dastlabki yillarida islohotlarning ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqdi. Bu O‘zbekistonning o‘ziga xos aql-idrokka asoslangan taraqqiyot yo‘li jahon afkor ommasi tomonidan haqli ravishda “taraqqiyotning o‘zbek modeli” degan nom oldi.
Aynan ana shu tamoyillarda bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo‘nalishlari uyg‘unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o‘z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – avval- iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg‘a surdik”. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.
Ikkinchi tamoyil – bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va o‘zgarishlar
siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil, o‘z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning ustuvorligi
ta’minlanadi. Aynan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan
Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi.
To‘rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko‘prog‘ini
yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy himoyalashmaqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Beshinchi tamoyil – bu xalqimiz an’analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining
ob’ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida emas, balki
evolyusion tadrijiy asosda, puxta o‘ylab bosqichma-bosqich o‘tish nazarda tutiladi.68
SHunday qilib, ushbu tamoyillar yoki taraqqiyotning «o‘zbek modeli» O‘zbekistonda
huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga o‘tishining hamda uning jahon hamjamiyati bilan izchillik asosida integratsiyalashuv konsepsiyasining negizini tashkil etadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich izchillik bilan o‘tayotgan O‘zbekiston
Respublikasi 1994 yil oxiri 1995 yil boshlarida islohotlar o‘tkazishning ikkinchi bosqichiga
ko‘tarildi. Bu davr ichida mamlakatimizda nafaqat kuchli ijroiya hokimiyatiga asoslangan
Prezidentlik respublikasi shakllandi, balki umuminsoniy hamda milliylikka asoslangan zamonaviy parlament – Oliy Majlisga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik, hurfikrlilik asosida saylovlar o‘tkazilib, jiddiy qadam qo‘yildi. To‘g‘ri hali bu tom ma’nodagi professional parlament emas edi. Ammo iqtisodiy, madaniy, ma’naviy sohalar kabi ijtimoiy-siyosiy sohada ham islohotlar evolyusion yo‘l bilan olib borildiki, bu jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash uchun asos bo‘ldi.
I.A.Karimovning 1995 yil 23 fevralda I chaqiriq Oliy Majlisining I sessiyadagi ma’ruzasi
“O‘zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” deb nomlanishi bejiz emas. Mazkur ma’ruzada Yurtboshimiz Sharqda, qolaversa O‘zbekistonda dunyoviy, demokratik jamiyat barpo qilishning uch muhim tamoyili ustida to‘xtab, ularni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qurilayotgan demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatining shaklu-shamoyili qanday bo‘lishi kerak?
“Sharqda, – deb yozadi I.A.Karimov, – demokratik jarayonlarning, qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi”. Shu o‘rinda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillarida sharqona qadriyatlar qanday o‘rin egallaydi?, degan savol tug‘iladi. Agar e’tibor bilanqaralsa, bu o‘rinda jarayonlar so‘zi tamoyillar ma’nosini ham anglatmoqda. To‘g‘ri, ikkinchi tamoyilni Birinchi Prezidentimiz demokratlashtirishning “ikkinchi muhim sharti” deb nomlagan. “Jamiyatni demokratlashtirishning ikkinchi muhim sharti odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar darajasi va sur’atlari bir-biriga qanchalik mutanosib bo‘lishiga
bog‘liqdir”. Fikrimizcha, mazkur tamoyil umumbashariy tamoyildir. “Uchinchidan, – deb
ta’kidlagan edi I.A.Karimov, – demokratik jarayonlar xalqimiz milliy madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini, uning tabiatini o‘zida mujassam etmog‘i kerak. Ma’lumki, Farb namunasi ko‘p hollarda individualizm falsafasiga tayanadi va ommani haddan tashqari siyosiylashtirishga olib keladi”.
Demak, milliy tamoyillar bilan birga mintaqaviy tamoyillar ham mavjud. Ko‘rinib turibdiki,
I.A.Karimovning ta’kidlashicha, demokratiyani shakllantirishda O‘zbekiston uchun Farb namunasi emas, ko‘proq Sharq tajribasi qo‘l keladi. “Osiyo” mintaqasi va musulmon Sharqidagi demokratik qadriyatlar va o‘zgarishlar rivojining tajribasi o‘ziga xos xususiyatlar, o‘ziga xos an’analarga ega.
SHarqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g‘oyasi, jamoatchilikning fikricha, ustuvorlik
zaminida shakllanadi”. Osiyo mintaqasi va musulmon Sharqining boy tarixiy tajribasiga
asoslanib, I.A.Karimov O‘zbekistonda demokratik tamoyillarning rivoji to‘g‘risida nihoyatda
muhim xulosaga keladi: ”Bizning mamlakatimizda, -deydi 1-Yurtboshimiz, – demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilish, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishizarur. Ahloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor”. Demokratik jamiyatning milliy va umumbashariy tamoyillari.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












