Fuqaro erkinligi va huquq va manfaatlari tushunchasi, mazmuni va mohiyati.

0
Fuqaro erkinligi va huquq va manfaatlari tushunchasi

Fuqaro erkinligi va huquq va manfaatlari tushunchasi

Fuqaro erkinligi va huquq va manfaatlari tushunchasi, mazmuni va mohiyati.

Fuqaro erkinligi va huquq va manfaatlari tushunchasi, mazmuni va mohiyati. Bugungi  kunda  «fuqaro»,  «fuqarolik»,  «fuqarolik  jamiyati»,  «fuqarolik  mas’uliyati»,
«fuqaro huquqlari va erkinliklari» tushunchalari demokratik rivojlanishning zaruriy shartlaridan biriga aylanmoqda.

Binobarin, «demokratiya» va «fuqaro erkinligi va faolligini» masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Fuqarolik   tushunchasi   jamiyatning   hozirgi   davrigacha,   ya’ni   huquqiy   davlat   tomon rivojlanishida, katta yo‘lni bosib o‘tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo‘lga kiritilgan  ulkan yutuqlardan biri.

Fuqarolik tushunchasi qadimiy YUnonistonda va Rimda mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, asosan  feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor  munosabatlari  zaminiga  o‘ta  boshlaganda,  hozirgi  shaklida  paydo  bo‘la  boshladi  va  ilk  bor  «shaharli»  (fransuzcha  «situayyan»,  inglizcha  «sitezen»,  ruscha  «gorojanin-grajdanin»)  degan  ma’nolarni anglatgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng, O‘zbek tilida o‘tmishdagi «grajdanlik»  so‘zi o‘rniga «fuqarolik» degan atama qabul qilindi1.

Mustaqillik yillarida fuqaro erkinligi va uning faolligi masalasi demokratik jamiyat barpo  etishning muhim shartlaridan biri sifatida e’tirof etila boshlandi. SHu o‘rinda erkinlik tushunchasini  aniqlash ham zarurdir. Negaki, fuqaro erkin bo‘lgan taqdirdagina, jamiyat taraqqiyotga erishadi.

Ijtimoiy-siyosiy fanlarda va falsafada individlar erkinligi va ular irodasining erkinligi bir- biriga o‘hshash tushunchalar deb qabul qilinadi. Buning asosiy sabablaridan biri, huquqning o‘zi  odamlar erkinligining alohida shakli, ya’ni ular irodasining erkinligi ekanligi bilan belgilanadi. SHu  nuqtai nazardan «fuqaro erkinligi» tushunchasi ham politologik, ham huquqshunoslik fanlarining  umumiy  kategoriyalari  sifatida  o‘rganiladi.  Demokratiya  inson  erkinligini  qonunlar  vositasida  kafolatlaydi. Demak, demokratiyaning o‘zi ochiq muhokama, ijtimoiy ziddiyatlarni ifoda etish va  bartaraf  qilish  usuli  sifatida  fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  deklaratsiyalarida  qayd  qilingan  erkinliklarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Bu erda so‘z erkinligi va o‘z fikrini erkin ifodalash huquqi,  erkin  uyushmalar  tuzish  huquqi,  hayot  tarzini  o‘zgartirish  erkinligi  va  shahsning  havfsizlikka  bo‘lgan  huquqi  to‘g‘risida  ketmoqda.  Ushbu  huquqlar  demokratiyaning  asl  mohiyatini  tashkil  qilgani bois, ular himoya qilinishi kerak.

Mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida  amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarni tanqidiy baholar ekanmiz, muhim bir masalaga alohida  e’tibor qaratishimiz zarur, deb o‘ylayman. Ya’ni, bu o‘rinda gap ommaviy axborot vositalari va  davlat  hokimiyati  organlari  o‘rtasidagi  munosabatlarning  ustuvor  jixatlarini  to‘g‘ri  belgilash,  jumladan, ommaviy axborot vositalari faoliyati ustidan nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmlarini,  axborot manbalarining yopiqligini, shuningdek, tahririyatlarga hokimiyat organlari va ma’muriy  tuzilmalar  tomonidan  bo‘layotgan  ma’lum  darajadagi  bosimlarni  bartaraf  qilish  bilan  bog‘liq  muammoli masalalarni hal etish haqida bormoqda.

Hulosa  qilib  aytganda,  insoniyat  borliqni  va  ijtimoiy  hayotda  erkinlikni  ifodalashning  huquqdan tashqari boshqa biron-bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. Bu mantiqan ham, amalda  ham mumkin emas. Odamlar o‘z tengligi darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar.

Hozirgi  davr  ijtimoiy-siyosiy  fanlarida  «inson»  deganda  Erda  yashayotgan  mavjudot  turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiens) vakilini ifodalovchi umumiy  tushunchadir.  Inson,  umuman  zotning  yig‘iq  obrazi  sifatida  bioijtimoiy  mavjudot  bo‘lib,  u  bir  vaqtning o‘zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ – inson zotining alohida  olingan, uning vakillaridan biri. SHahs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo‘lib, u ma’lum va  betakror    individuallikka    ega    bo‘ladi.    Individning    jamiyatga    kirish    jarayonlari    uning  ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida individning jamiyatdagi  qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtirib borishi uchun zamin yaratiladi. Bu jixatdan yondashganda, u  ijtimoiy   ta’sir   ob’ektidir.   SHuningdek,   individ   ijtimoiylashuv   oqibatida   jamiyatdagi   turli  munosabatlarda  faollashadi  va  bunda  u  ijtimoiy  munosabatlar  sub’ekti  sifatida  harakatlanuvchi  shahsga sub’ektga, kuchga aylanadi.

Insonning  mohiyatini  dastlabki  o‘rgangan  olimlardan  biri  Hitoydagi  Konfutsiy  va  uning  izdoshlari edi. Eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan Konfutsiyning izdoshi bo‘lgan olim Sen- szi shunday deb yozgan edi:«Tug‘ma hususiyatlar – bu samoviy munosabatlar hosilidir. Ularga  ta’lim yoki odamning o‘zini yaratuvchilik ijodi vositasida erishib bo‘lmaydi. Inson yovuz tabiatga  ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tug‘ilishidan boshlab  foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o‘zaro raqobatlashadilar va bir-birlariga yon  bermaydilar. SHuning uchun ham tarbiya yo‘li bilan inson tabiatini o‘zgartirish, yaratilgan qoidalar  asosida ta’lim berib, ularni adolatlilikka va mas’uliyatlikka o‘rgatish lozim». Ko‘rinib turibdiki,  insonni jamiyatga uyushishi yoki uning jamiyat a’zosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum  darajada tashqi ta’sirga va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi.

Insonning muhim hususiyatlaridan biri – uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o‘zining  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadlarida  o‘zi  kabi  insonlar  bilan  birlashishga  intiladi.  Insonning  ijtimoiylashuvi ob’ektiv harakter kasb etib, u shahs sifatida boshqa insonlar o‘rtasidagi muhitdagina  shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo‘lsa, o‘zidagi yovuzlik yoki hayvoniy  tabiatidan halos bo‘la olmaydi. Insondagi jamiyatga uyushishga intilishning tabiiy tarzda kechishini  Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi:«Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u  yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. U bir o‘zi  bunday  narsalarni  qo‘lga  kirita  olmaydi,  ularga  ega  bo‘lish  uchun  insonlar  jamoasiga  ehtiyoj  tug‘iladi… SHu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-birlariga etkazib beruvchi va  o‘zaro yordamlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin.  Bunday  jamoa  a’zolarining  faoliyati  bir  butun  holda  ularning  har  biriga  yashash  va  etuklikka  erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning uchun inson shahslari ko‘paydilar  va erning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi».

An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha chegaralandi. Chunki  an’anaviy   jamiyatlarda   mehnatning   tabiiy   taqsimoti   va   ihtisoslashuvi   adolat   prinsiplariga  asoslanmadi. SHuningdek, bu jamiyatlarda shahslararo munosabatlarning o‘ta tabaqalashuvi, o‘zaro  harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik,  urug‘chilik  va  qon-qarindoshlik  munosabatlari  bilan  bog‘liqligi  natijasida  shahs  erkinligi  ham  ta’minlanmadi.   Boshqaruvdagi   primitiv   tizimlar   imtiyozsiz   jamiyat   a’zolarining   faolligini  pasaytirib, bu holat shahsning ijodiy faoliyat ko‘rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga  imkon bermas, natijada o‘zaro munosabatlar biqiq tarzda ro‘y berar edi.

Zamonaviy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan insonning ijtimoiy va siyosiy munosabatlardagi  o‘rni yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda o‘zaro munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasi va  mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro‘y berdi. Bu jarayonlarning sekinlik bilan yuksak ta’lim va  tajribaga, shuningdek, yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar,  me’yorlar,  shartnomalar  asosida  muvofiqlashtirishning  rasmiy  tizimini  yaratilishi  zamonaviy  jamiyatlarni halqchil bo‘lishiga zamin yaratdi. Dinni davlat va boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy  institutlarning ko‘payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik  o‘rnatish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik  birliklarini fuqarolik jamiyati, deb atash rusumga kirdi.

Ma’lumki, inson o‘zining ijtimoiy mavjudot  ekanligi va o‘z mohiyatidan kelib chiqib, tabiiy ravishda siyosiy munosabatlarda ishtirok etishga  intiladi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda faol ishtirok etish ehtiyojlari va zururiyati esa har bir  fuqaroda  manfaatlarning  faqat  guruhiy  shakldagina  ifodalash  va  qondirish  mumkin  ekanligini  anglab etishiga zamin yaratadi. Turli xil ijtimoiy guruhlar va tabaqalarning turlicha manfaatlarini  o‘zaro to‘qnashuvlar va ziddiyatlarga kirishishi, ularni o‘zaro kelishtirish va muvozanatlashtirishsiz  hal qilib bo‘lmasligini anglash jarayonlari tabiiy ravishda halqchil jamiyat va siyosiy hokimiyatga  bo‘lgan   ehtiyojlarni   shakllantirdi.   ×unki   turli   manfaatlar   muvozanatini   ta’minlashni   faqat  demokratik jamiyat bilan davlat hokimiyati hamkorligida amalga oshirish mumkin ekanligini tarihiy  tajribalar  isbotlab  berdi.  SHu  sababëi  ham  siyosiy  ong  turli  xil  ijtimoiy  guruhlarning  siyosiy  institutlar va siyosiy sub’ektlar bilan o‘zaro muloqot va munosabatlarga kirishishi uchun zaruriy  ehtiyojlarni shakllantirdi hamda rasmiylashtirdi.

Fuqaro   huquqlarini   ta’minlashda   insonning   tabiiy   huquqlarini   e’tiborga   olish   muhim  ahamiyatga  egadir.  qadimgi  antik  faylasuflar  talqinicha,  tabiiy  huquq  tabiatiga  bog‘liq  holda  insonlar tug‘ilishlaridanoq bir hildirlar. Ijtimoiy shartnomalar asosida qonun va davlat paydo bo‘ldi.  Aristotelning fikricha, insonni tug‘ilishidayoq paydo bo‘lgan hususiy mulkka bo‘lgan tabiiy huquqi  insonning tabiati va uning dastlabki o‘zini o‘zi sevishiga asoslanadi. qolaversa, ana shu tabiiy  huquqni  ta’minlashga  intilish,  hususiy  mulk  jozibasi,  uni  saqlash  va  ko‘paytirish  manfaatlari  insonni jamiyatda tezlik bilan ijtimoiylashuviga va faollashuviga olib keladi.

Tor   ma’noda,   inson   huquqlari   tushunchasiga   faqat   davlat   himoya   qiladigan   va  kafolatlanadigan huquqlar kirib, hozirgi davrda ularni konstitutsion-huquqiy asoslar yoki davlat  chegaralari bilan cheklab qo‘yish oson vazifa emas. Bu huquqlarga barcha fuqarolarning qonun  oldida  tengligi,  yashash  va  jismoniy  dahlsizlik  huquqi,  inson  qadr-qimmatini  hurmat  qilish,  o‘zboshimchalik va noqonuniy ushlash yoki qamash, vijdon va din erkinligi, ota-onalarning o‘z  bolalarini tarbiya qilish huquklari, zulmkorlarga qarshilik qilish huquqi va boshqalar kiradi. Keng  ma’nodagi inson huquqlari esa, o‘zida shahs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va turlarini  ifodalaydi.

Barcha inson huquqlarini negativ va pozitiv yo‘nalishlarga doir tasniflash keng tarqalgan.  Mazkur  huquqlarni  bu  kabi  bo‘linishi  erkinlikni  negativ  va  pozitiv  jixatlarini  ifodalashga  asoslanadi.  Ma’lumki,  erkinlikning  negativ  ahamiyati  nuqtai  nazariga  binoan  shahsga  nisbatan  majburlash va cheklashlarning yo‘qligi tushuniladi. Pozitiv nuqtai nazardan esa tanlash erkinligi,  asosan, insonning o‘z maqsadlariga erishish qobiliyati, uning individual rivojlanishi va umuman,  uning qobiliyatlarini paydo bo‘lishi tushuniladi. Erkinliklarning mazkur bo‘linishidan kelib chiqib,  negativ huquqlar deganda, davlat va boshqa insonlarning individga nisbatan u yoki bu harakatlardan  o‘zini tiyib turishi tushuniladi. Bu huquqlar shahsni nohush ta’sirlardan, uning erkinligini buzishi  mumkin bo‘lgan aralashish yoki cheklashlardan himoya qiladi. Bu huquqlar asos bo‘luvchi, muhim  va   mutlaq   huquqlar   sirasiga   kiradi.   Mazkur   huquqlarni   ta’minlash   davlat   resurslari   yoki  mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajalariga   bog‘liq   emas.   Huquqlar   esa   shahs  erkinligining asosidir.

Negativ huquqlardan farqli o‘laroq, pozitiv huquqlar fuqaroga uni u yoki bu ne’matlar bilan  ta’minlash,  uning  ma’lum  harakatlarini  amalga  oshirishi  uchun  davlat,  shahslar  va  tashkilotlar  majburiyatlarini ifodalaydi. Bu – masalan, ijtimoiy yordam olish, ta’lim olish, sog‘liqni saqlashni  himoya qilish, munosib yashash darajasini ta’minlanishi huquqlari kabilardir.

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaro erkinligi, huquqlari va  manfaatlari bosh mavzulardan biri bo‘lib, uning huquqiy asoslari Asosiy qonun va boshqa normativ  hujjatlarda  o‘z  ifodasini  topgan.  Prezident  Islom  Karimov  mustaqillikning  ilk  davrlaridanoq  mamlakatning strategik maqsadlarini aniq va ravshan belgilab berdi va davlat vakolatlarini asta- sekinlik bilan bosqichma-bosqich nodavlat va jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazish, o‘zini o‘zi  boshqarish organlarining rolini oshirish orqali demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish zarurligini bayon etgan edi.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov mamlakatning siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat  va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bunga ko‘ra:

  1. Demokratik institutlar faoliyatlari ko‘lamini kengaytirish.
  2. Aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish.
  3. Jamiyatda manfaatlar,  turli  xil  qarashlar,  siyosiy  va  e’tiqodiy  raqobatlar  o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash.
  1. Jamoat birlashmalarining ijtimoiy mavqeini oshirish.
  2. Siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish.
  3. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish.
  4. Davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish.
  5. Hokimiyat bo‘linish  prinsiplarining  insoniyat  umume’tirof  etgan  tamoyillarini  amalda qo‘llash.
  1. Davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini nodavlat va jamoat birlashmalariga o‘tkazish va boshqalar.

O‘zbekiston   Konstitutsiyasining   2-bo‘limi   «Inson   va   fuqarolarning   asosiy   huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan. Unda 1) jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,  e’tiqodidan qat’iy nazar, hammaning qonun oldida tengligi ko‘rsatilgan. 2) Sud qarorisiz uning  huquqini cheklash mumkinmas. 3) Fuqarolar qonunga putur etkazmasligi shart. 1992 yil 2 iyulda  «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 1995 yil 21 dekabrda  O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I-qismi tasdiqlandi. 1996 yil 29 avgustda fuqarolik  kodeksining 2-qismi tasdiqlandi. O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra fuqarolarning asosiy huquqlariga: 1)  SHaxsiy huquq va erkinliklar, 2) Siyosiy huquqlar, 3) Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, 4) Kafolatlar,  5)  Fuqarolik  burchlarini  o‘z  ichiga  qamrab  oladi.  1948  yil  10  dekabrda  «Inson  huquqlari  Umumjahon Deklaratsiyasi» qabul qilindi. 1996 yil 19 dekabrda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy  huquqlar  to‘g‘risidagi  xalqaro  Pakt  qabul  qilindi.  1966  yil  19  dekabrda  «Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt» qabul qilindi.

Mazkur hujjatlarda fuqaro erkinligi, kafolatlari, huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi to‘la  ta’minlanishi  bayon  etilgan.  O‘zbekiston  hukumati  inson  huquqlari  bo‘yicha  21  ta  xalqaro  shartnomaga qo‘shilgan. 1997 yil Inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston inson huquqlari sohasida o‘z siyosatini belgilashda 3 ta eng muhim tamoyildan  kelib  chiqadi:  1.  Normativ  va  tashkiliy  jihatlardan  xalqaro  tajribaning  ustuvorligi.  2.  Insonga  homiylik qilishdek Vatanimiz tarixiy tajribasini hisobga olish. 3. Inson huquqlari bo‘yicha xorijiy  milliy  institular  tajribasini  hisobga  olish.  Demak,  bu  masala  «fuqaro-jamiyat-davlat»  o‘zaro  munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga soladi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining muhim ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan  iborat.  Avvalo,  mamlakatda  dunyoviy  davlat  tamoyillariga  inson  huquqlari  va  suvereniteti  g‘oyalariga  sodiq  bo‘lish,  demokratiya  va  ijtimoiy  adolatni  qaror  toptirish,  xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan  qoidalari  ustunligini  tan  olish,  respublika  fuqarolarining  munosib  hayot  kechirishlarini ta’minlash, insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish, bu borada o‘zbek  davlatchiligining  tarixiy  tajribasiga  tayanish,  diniy  tashkilotlar  va  birlashmalarni  davlatdan  ajratilganligi, qonun oldida tengligi va milliy totuvligini ta’minlash kabi bir qator qoidalarga amal  qilish  lozim  bo‘ladi.  Lekin  shu  bilan  birga  Milliy  davlatchilik  va  demokratik  jamiyat  qurish  borasida huquqiy davlatni qaror toptirish lozim. Buning uchun fuqarolar siyosiy ongini faol oshirib  borish ham zarur bo‘ladi. Fuqarolar erkinligi, huquqlarining tan olinishi, burchlarga rioya etilishi va  ularning fuqarolar tomonidan ijrosi ta’min etilgan bo‘lishini talab qiladi. SHundagina “Fuqaro –  jamiyat – davlat” o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror rivojlanishiga olib keladi.

Prezident    Islom    Karimov    mamlakatimizda    fuqarolik         jamiyati    qurish    masalasini  mustaqillikning  dastlabki  yillarida,  o‘zining  «O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li”  asarida ham asoslab bergan edi. Bu masala 2005 yil 28 yanvarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida ham yana bir bor ta’kidlab o‘tildi: “Bizning  uzoq muddatli va strategik maqsadimiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik  jamiyatini  qurish  jarayonlari  va  bozor  islohotlarini  chuqurlashtirish,  odamlar  ongida demokratik  qadriyatlarni  mustahkamlashdan  iborat».  Bu  masala  Prezidentimiz  tomonidan  1999  yil  14-  sessiyada,  2002  yil  9-  sessiyada  ham  bir  necha  bor  ta’kidlab  o‘tildi.  Demak,  O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari mavjud:

1) Tengsiz  oliy ne’mat – mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash  bo‘lib  qoladi.

2)  Mamlakatimizda  xavfsizlik  va  barqarorlikni,  davlatimiz  hududiy  yaxlitligi,  sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash lozim.

3) Bozor  islohotlarini   yanada   chuqurlashtirish,   kuchli   bozor   infratuzilmasini   yaratish,   iqtisodiyotning  barqaror rivojlanishini ta’minlash.

4) Inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligi,  oshkoralikni,  islohotlarning  ochiqligini  ta’minlash,  demakki,  to‘rtinchi  hokimiyat  tarmog‘ini,  ommaviy axborot vositalarini shakllantirish.

5) Mamlakatimizda nodavlat va jamoat tashkilotlarini,  ularning  o‘rni  va  ahamiyatini  kuchaytirish,  ya’ni  bu  “Kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyat  sari”  tamoyilini hayotga joriy etishga olib kelish, Qonun ustuvorligini ta’minlash.

6) Sud-huquq sohasini  tubdan isloh qilish.

7) Barcha islohotlarimiz yo‘nalish va samaradorligi inson omili va mezoni bilan  bog‘liqligini unutmaslik kerak.

Xulosa  qilib  aytganda,  insoniyat  borliqni  va  ijtimoiy  hayotda  erkinlikni  ifodalashning  huquqdan tashqari boshqa biron-bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. Bu mantiqan ham, amalda  ham mumkin emas. Odamlar o‘z tengligi darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar.

Fuqaroviylik  va  fuqaroviy  ongni  o‘rganishdan  asosiy  maqsad  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishda  fuqaroviy  faollikni  o‘rganishdan  iborat.  Zero  fuqarolik  jamiyati  nafaqat  fuqaroviylik  xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo‘lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana  shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik  jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi. Fuqaroviy  faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan  insonning  fuqaroviy  faolligi  shaxsning to‘laqonli  rivojlanishiga,  undagi  imkoniyatlarning  to‘liq  namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo‘lish  jamiyatda ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning  echimini chuqur anglashni taqozo etadi.

Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu  erda jamiyatning davlat faoliyatidan xoli holda jamoaviy tashabbuslar bilan rivojlanishi nazarda  tutilmoqda. Bu partiyalarga a’zolikni nazarda tutuvchi siyosiy faollik, nodavlat notijorat tashkilotlar  faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy harakatlarni anglatadi. SHu ma’noda  jamiyat uchun foydali bo‘lgan turli dasturlar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy  faollikka kiradi. Aslini olganda jamiyat a’zolarining asosiy ko‘pchiligi jamiyatda mavjud qoidalar  asosida  faoliyat  yuritgan  holda  ijtimoiy  faollik  ko‘rsatishmaydi.  Bunday  passivlikning  jamoat  tartibini saqlash nuqtai nazaridan qaysidir darajada ijobiy jihatlari ham mavjud bo‘lsa-da, fuqarolik  jamiyatini qurishda fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga ega ekanligini esda tutish lozim. Zero  passiv fuqarolar hech qachon o‘z huquqlari uchun kurashishmaydi. Fuqaroviy faollik o‘z kuchiga  ishonish, mavjud vaziyatni o‘zgartirishga qodirlik hissining yaqqol namoyon bo‘lishi bilan vujudga  keladi.  Ko‘pgina  hollarda  fuqaroviy  faollikning  boshlang‘ich  nuqtasi  sotsiologlarni  qiziqtirgan  masaladir. Zero aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy o‘zgarishlar davlat etakchiligida amalga oshiriladi  va jamiyat a’zolari keyinchalik bu o‘zgarishlarga moslashishadi.

Ko‘pincha   fuqaroviy   faollik   yoshlarda   kuzatiladi.   Albatta   fuqaroviy   faollikka   ta’sir  ko‘rsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya va hatto  yashash manzili ham bunga ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘pincha  yoshlar  fuqaroviy  faollik  ko‘rsatishni  istashsa-da,  siyosiy  sohada  bunday  faoliyat  ko‘rsata olmaydilar. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati murakkab bo‘lganligi tufayli o‘z  istaklarini siyosatchilar oldida to‘g‘ri shakllantirishga qodir bo‘lmaydilar. Boshqa tarafdan siyosiy  soha  yoshlardan  ancha  uzoq  bo‘lganligi  tufayli  yoshlar  o‘z  manfaatlarini  davlat  siyosati  bilan  muvofiqlashtirishda  murakkabliklarga  duch  kelishlari  mumkin.  SHu  tufayli  ularning  ba’zilari  siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lishadi, aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qo‘yadilar.

Biror-bir sohadagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud  bo‘lganligi tufayli yoshlarning aksariyati shunday tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishadi. Davlatningsiyosiy tuzilmalarida professional faoliyatga kirish fuqaro/yoshlardan ma’lum ish tajribasi, bilim va  ko‘nikma talab qilsa, jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lib kirish uchun ish tajriba talab etilmaydi,  balki faqat qiziqishning o‘zi etarli bo‘ladi.

O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolar ijtimoiy jarayonlarni boshqarish,  mavjud vaziyatni o‘zgartirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini  ilgari surish zarurligini anglab etadilar. Bu esa turli ko‘ngillilar jamiyatlarining tuzilishiga sabab  bo‘ladi. Insonda boshqalarga yordam berish, ayniqsa muammoli vaziyatga tushgan vatandoshlariga,  qo‘shnilariga  ko‘maklashish  hissi  mavjud.  Aynan  boshqalarga  yordam  qo‘lini  cho‘zgan  kishi  nafaqat muammoni bartaraf etishga hissa qo‘shadi, balki u o‘zligini ham yanada chuqurroq anglay  boradi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘ngillilik butun dunyoda keng tarqalgan hodisalardan biriga  aylangan. Bu hodisa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shishga bel  bog‘lagan kishilarni umumbashariy miqyosda birlashtiradigan jarayonga aylangan. Ko‘ngillilik turli  shakllarda   amalga   oshirilishi,   jumladan   turli  kasalliklarga   qarshi   kurashish   uchun   xayriya  faoliyatidan boshlab qashshoqlik yoki tabiiy ofatlarga qarshi kurashish shaklida bo‘lishi mumkin.

Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni ko‘ngilli ishga chorlovchi istakning negizida har bir kishiga xos  bo‘lgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar yotadi. Jumladan, boshqalarga naf keltirish, o‘zini namoyon  qilish va muloqot istagi kishini faollikka etaklaydi. Kishida ijtimoiy jihatdan e’tirofga bo‘lgan  ehtiyoj ham mavjud. Professional va hayotiy tajribani qo‘llash istagi ham kishini shunday faoliyatga  chorlashi mumkin. O‘z imkoniyatlarini ishga solish, o‘z g‘oyalarini tatbiq etish istagi ham kishini  harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish va ishtirok etish  ehtiyoji ham kishini faollikka etaklaydi.

Ko‘ngilli faoliyat inson uchun o‘z shaxsiy ehtiyojlari bilan jamiyat ehtiyojlarini uyg‘unlashgan  holda hayotga tatbiq etish uchun o‘ziga xos imkoniyatdir. Bu ehtiyoj kishilarning o‘z axloqiy  burchlarini anglash hamda insonning barkamolligidan dalolat beradi. Ko‘ngilli faoliyat yurita ekan  inson axloqiy jihatdan takomillashib boradi, muloqot madaniyatini rivojlantiradi, o‘zaro hamkorlik  va birodarlik hissiga, insonparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘ladi. Ko‘ngillilik faoliyati faol va ijodiy  xarakterga ega bo‘lib, inson o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu faoliyat  tevarak  atrofda  ro‘y  berayotgan  voqea-hodisalarga  nisbatan  faol  munosabatning  shakllanishiga,  siyosiy voqelikka ziyrak nazar bilan qarashga yordam beradi.

Aynan fuqaroviy faollikning o‘zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;

– faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim to‘g‘risida bilim olishga  tayyor bo‘lgan kishilardan iborat;

– faol fuqarolarda o‘z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud;

– faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko‘nikmalar mavjud bo‘ladi1.

Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli ko‘rilmagan ko‘makchiga aylanmoqda. Turli  ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar ro‘y berayotgan, tug‘ilayotgan va mavjud muammolarni  muhokama  qilish,  ularning  echimini  topish  va  hukumatga  taklif  etish  imkoniyatiga  ega.  Turli  nodavlat  tuzilmalaridagi  etuk  mutaxassislar  bozor  munosabatlari  sharoitida  kutilmaganda  ro‘y  beradigan muammolar, bozorning betartartib jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf  etishga hukumatga ko‘makchilik qilmoqdalar.

Ma’lumki  bozor  munosabatlari  sharoitida  rang-barang  ijtimoiy  muammolar  yuzaga  kelaveradi,  ammo ularning echimini hukumat hamisha ham o‘z vaqtida hal etavermaydi. Boshqacha aytganda  bunday muammolarni hukumat o‘z vaqtida payqash imkoniyatiga ega emas. SHunday muammolar  mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik mudhish bo‘lmasin, ularning mavjudligini tan  olish yoki ularni bartaraf etish uchun aniq belgilangan institutlar mavjud bo‘lmaydi. Agar hukumat  fuqaroviy  faollikni  yuzaga  chiqishiga  imkoniyat  yaratmas  ekan,  yoki  turli  nodavlat  va  jamoat  birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishga shart- sharoitlar yaratmas ekan fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi.

Fuqarolik  jamiyati  rivoj  topgan  mamlakatlarda  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  faoliyat  yurituvchi   jamoat   birlashmalari   mavjud   bo‘lib,   ular   serqirra   faoliyat   yuritadilar.   Masalan,  jamiyatdagi ma’lumotlilik darajasini oshirish yoki zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ma’lum tadqiqotlar olib borishadi va natijada parlamentga tegishli qonun o‘zgartirishlari  taklif etishlari mumkin.

Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, yuqumli kasalliklarni oldini  olish,  shahar  havosining  ifloslanishi,  chiqindilardan  tozalash  bo‘yicha  jamoat  birlashmalari  hukumatga qimmatli fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif etadilar.

Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik, fuqaroviy ong va fuqaroviy  faollik juda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday jamiyat uchun inson  salohiyatidan foydalanish, insonning o‘zligida, uning qalbida mavjud bo‘lgan birdamlik, saxiylik,  bag‘rikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning o‘zi kifoyadir.  Fuqaro erkinligi va huquq va manfaatlari tushunchasi, mazmuni va mohiyati.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba