Fuqarolar o’zini o’zi boshqarishning asosiy funksiyalari.

0
O'zbekiston jahon hamjamiyati munosabatlarining asoslari.

Fuqarolar o'zini o'zi boshqarishning asosiy funksiyalari.

Fuqarolar o’zini o’zi boshqarishning asosiy funksiyalari.

Fuqarolar o’zini o’zi boshqarishning asosiy funksiyalari. Mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda aholining ishtirokini  ta’minlash  funksiyasi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy vazifasi mahalliy ahamiyatga molik  masalalarni hal etish bo‘lganligi sababli, aholining ushbu faoliyatda qatnashishini ta’minlashi zarur.  Bu quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:

  1. a) saylov orqali  shakllangan  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  (fuqarolar  yig‘ini)ning mavjudligi;
  2. b) mahalliy ahamiyatga  molik  masalalarni  hal  qilishda  bevosita  demokratik  institutlarga  asoslanishi;
  3. v) mahalliy ahamiyatga  molik  masalalarni  hal  qilish  uchun  moddiy-moliyaviy  bazaning  mavjudligi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari  to‘g‘risidagi qonun fuqarolarning mahalliy  ahamiyatga molik masalalarni hal etishda qatnashishini huquqiy jihatdan kafolatlaydi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasiga asosan,  fuqarolar  –  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsiy  va  ijtimoiy  mavqeidan qat’i nazar – bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi  boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadirlar.

Mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda fuqarolar ishtirokining turli xil shakllari  mavjud. Demokratiyaning muhim quroli bo‘lmish mahalliy saylov ham ushbu shakllarning biri  bo‘lib, bunda faqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun saylovlar o‘tkaziladi.

Fuqarolar bunda aktiv va passiv saylov huquqiga ega bo‘ladilar. Aktiv saylov huquqida –  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  mansabdor  shaxslarini  saylashga,  passiv  saylov  huquqida esa – huddi mana shu mansablarga saylanishga haqli bo‘ladilar.

Demokratik  prinsiplarga  asoslangan,  ochiq  va  o‘z  muddatida  o‘tkazilayotgan  o‘zini  o‘zi  boshqarish organlariga saylovlar mahalliy aholi xohish-irodasining nufuzli vositasidir.  Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini amalga oshirish – ular saylagan organlar orqali ham  ta’minlanadi.Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylanishda teng huquqga ega.

CHunki, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslarni saylash – ovoz berish yordamida shakllantirish usuli, demokratiyaning ishonchli qurolidir. Fuqarolar yig‘ini – aholi  manfaatlarini  ifodalovchi  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  sifatida  mahalliy  ahamiyatga  molik  masalalarni hal qilishga fuqarolarni keng ko‘lamda jalb qiladi.

O‘zini o‘zi boshqarish organining mulki va  moliyaviy asoslarini boshqarish funksiyasi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunning 23-moddasiga binoan, fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   tomonidan   qurilgan,   olingan   yoki   qonunda  belgilangan  tartibda  ularga  berilgan  jamoat,  ijtimoiy-maishiy  va  boshqa  maqsaddagi  ob’ektlar,  shuningdek, transport vositalari, xo‘jalik anjomlari va boshqa ko‘char hamda kuchmas mulklar  ularning  mulki  hisoblanadi.  Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  o‘z  mulkini  o‘zi  uchun zarur bo‘lgan tarzda va istalgan vaqtda ishlatish huquqiga egadir. Davlat bu huquqni tan  oladi. Bu, albatda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mablag‘ini ko‘r-ko‘rona, bo‘lar- bo‘lmasga  sarf  qilishi  mumkinligini  bildirmaydi,  balki  o‘z  mablag‘laridan  unumli  va  samarali  foydalanishini nazarda tutadi.

Fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  mulkiga  egalik  qilishda  fuqarolar  yig‘ini  asosiy   o‘rin   tutadi.   Fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   to‘g‘risidagi   qonunda  ta’kidalanishicha,  fuqarolar  yig‘ini  –  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  o‘z  mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mulkiga egalik qiladi,  undan   foydalanadi   va   uni   tasarruf   etadi;   obodonlashtirish   ishlarini   o‘tkazish   umumiy  foydalanishdagi   joylarni   ta’mirlash,   shuningdek,   kam   ta’minlangan   oilalarnining   uylari   va  kvartiralarini ta’mirlashda yordam ko‘rsatish uchun aholidan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish  to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Bu funksiyaning ahamiyati katta ekanligi shubhasizdir.

Mahalliy aholining har biri fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mulki va moliyaviy  vositalari qanday maqsadlarda sarflanayotganligi to‘g‘risida axborot olishga haqlidir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z mulki bo‘lgan ob’ektlarni vaqtinchalik yoki  doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan  tartibda o‘z tasarrufidan chiqarishga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu mol-mulk  bilan bog‘liq boshqa bitimlarni tuzishga haqlidir.

Qonun  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  moliyaviy  asosini  mustahkamlab  qo‘ygan.  Fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatining  moliyaviy  asosi  uning  o‘z  mablag‘laridan,  xalq  deputatlari  tuman  va  shahar  Kengashlari  tomonidan  belgilangan  tartibda  ajratilgan  byudjet  mablag‘laridan,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  ixtiyoriy  xayr-ehsonlaridan  tashkil topadi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliyaviy mablag‘lari bank muassasasidagi  mustaqil hisob varaqda saqlanadi. Ushbu organlar bu mablag‘dan belgilangan tartibda mustaqil  foydalanadi. Mazkur mablag‘larning olib qo‘yilishi mumkin.

Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  hududlarining  kompleks  ravishda  rivojlanishini ta’minlash funksiyasi -fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari – shaharcha,  qishloq, ovul va mahallalar o‘zida turlicha xilma-xillikni aks ettiradi, ya’ni biri-biriga o‘xshamaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish o‘z tasarrufidagi butun hududning, iqtisodiy-madaniy, ekologik  sohalarda kompleks  tarzda  rivojlanishini ta’minlashi  zarur, shu  bilan  birga,  tabiiy  vaboshqa mahalliy resurslardan foydalanish orqali hayot va yashash uchun normal sharoit yaratishi  lozim.

Hududni kompleks ravishda rivojlantirish uchun, avvalambor, reja ishlab chiqilishi zarur.  Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risidagi  qonunning  12-moddasiga  binoan,  shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini hududni kompleks rivojlantirishni  ta’minlash,   aholi   yashaydigan   punktlarni   obodonlashtirish   va   ularning   sanitariya   holatini  yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejasini tasdiqlaydi. Hududni kompleks ravishda rivojlantirish bevosita moliyaviy asosga bog‘liq.

 Aholining ijtimoiy-iqtisodiy,  maishiy-kommunal  va  kundalik  hayot  uchun  muhim boshqa ehtiyojlarini qondirish. 

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining asosiy vazifalaridan biri aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratib berishdir.

Aholining qulay sharoitda yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratib berish, mahalliy infratuzilmani  rivojlanitirishda  asosiy  o‘rinlardan  birini  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari egallaydi.

«Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida»gi  qonunda  belgilab  qo‘yilgan  ushbu funksiya hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turibdi.

Aholini  maishiy-kommunal  soha  bo‘yicha  ijtimoiy  himoya  qilishda  davlat  fuqarolarning  o‘zini o‘zi boshqarish organlariga katta imkoniyatlar berdi, chunonchi kommunal xizmatlar uchun  to‘lovlarning  belgilangan  tushumlari  100  foiz  ta’minlangan  taqdirda  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish organiga to‘plangan mablag‘ning 20 foizini, 75 foiz ta’minlaganda esa 10 foizini uy-joy  va   kommunal   xizmatlar   haqini   to‘lashda   kam   ta’minlangan   oilalarga   yordam   ko‘rsatish,  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish, shuningdek mahalla,  posyolka, qishloq va ovullarni obodonlashtirish uchun foydalanishga sarflash huquqi berildi.

Jamoat tartibini  saqlash    Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risidagi  qonunning  13-moddasida  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  tegishli  hududda jamoat tartibini saqlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni  tashkil  etishda,  o‘smirlar  va  yoshlar o‘rtasida  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  ishida,  voyaga  etmaganlarning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi  belgilab qo‘yilgan.

Jamoat tartibi huquqiy-ma’naviy normalar bilan hamda axloq, odob, urf-odat qoidalari bilan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  munosabatlar  tizimidir.121  Bu  umumdavlat  funksiyasi  hisoblanib,  o‘zida O‘zbekiston Respublikasida qonuniylikni ta’minlash va huquqiy tartibotni o‘rnatishni aks  ettiradi.

Jamoat  tartibi  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  amalga  oshirish  uchun  bir  muhit  hisoblanadi, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi esa jamoat tartibini doimiy  ravishda bir xilda tekis holda saqlab turish uchun zarur bo‘lgan o‘zakdir.

Fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   tomonidan   jamoat   tartibini   saqlash,  jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fuqarolarning ongli ishtirok etishini maqsad  qilib, 1999 yil 15 martda Vazirlar Mahkamasining 113-sonli qarori qabul qilinib, respublikamizning  barcha hududlarida «Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlardan asosiy  maqsad yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning erkin va farovon hayotga erishishi, jahon  hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga erishishdir.

Mazkur   strategik   va   dasturiy   vazifalarni   amalga   oshirishning      muhim   ustuvor  yo‘nalishlaridan   biri   davlat   qurilishi   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   jarayonlarini  demokratiyalash  va  erkinlashtirishdan  iborat.  Bu  borada  hokimiyat  tarmoqlarining  bir-biridan  mustaqil  ish  yuritish  tamoyillarini  mustahkamlash,  hokimiyat  vakolatlarini  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlariga,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlariga,  mahallaga  bosqichma-bosqich  topshirish, ularning bajaradigan ishlari doirasini kengaytirish asosiy vazifalar hisoblanadi.

Bunda eng muhimi kasbi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, aholi manfaatlarini yanada to‘laroq ifodalash  va himoya qilishda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va mavqeini oshirish, uni boshqarish  tizimining samarali shakli va modelini yaratish, yangi davr talablari asosida isloh etish dolzarb  vazifa bo‘lib turibdi.

Fuqarolik jamiyatini qurish davrida davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich  o‘zini o‘zi boshqarish organlariga topshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ularni mahallalar  faoliyatining mazmuni, maqsad-muddaosiga moslash, bu ishni ro‘yobga chiqarishning mexanizmi,  huquqiy kafolatlar tizimini yaratish talab etiladi. Bu yo‘ldagi dastlabki dasturlardan biri O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2000  yil  2  iyundagi  Farmoniga  asosan  tayyorlangan  «XXI  asr  mahallasi»  konsepsiyasidir.  Ushbu  konsepsiya  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari-mahallalarning  huquqlarini kengaytirish, jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini ko‘tarishga, rivojlantirilgan va  amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan modelini yaratishga hamda shu orqali davlat va jamiyat qurilishini  erkinlashtirish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan.

XXI asrda fuqarolik jamiyati tamoyillariga mos ravishda xalqning o‘z turmushi va butun  jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarishda faol qatnashishi uchun shart-sharoit yaratish, milliy  tabiatimizga mos bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahallani rivojlantirish hamda uning mavqeini  oshirish-davlat va jamiyat qurilishidagi demokratik islohotlarning muhim jihatlaridan biridir. Mahallalardagi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish oraganlarining samarali faoliyat yuritishi  aholi keng qatlamlarining tashabbuskorligini oshirishga,  xalqimizning ulkan aqliy va ma’naviy  salohiyatini mumkin qadar ko‘proq jalb etishga imkon beradi.

«XXI asr mahallasi» konsepsiyasining nazariy asosini davlatimizga fuqarolik jamiyatini  shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish siyosati belgilab beradi. Mahalalardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeini belgilab beruvchi  nazariy qoidalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan ilmiy tavsiya va takliflarni ishlab chiqish, bu  borada  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borish  natijasida  mahallalarning  imkoniyatini  aniqlash,  ularning  tarixiy  tajribasini  tahlil  qilish  va  umumlashtirish,  bu  sohadagi  xorijiy  tajribani  sinchiklab  o‘rganishni yo‘lga qo‘yish zarur bo‘ladi.

Mazkur konsepsiyani amalga oshirishning huquqiy asoslari mustaqilligimizning dastlabki  yillarida ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va tegishli qonunlarida mazkur konsepsiyani  amalga oshirishning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan.

Mustaqillik yillarida mahalla tarihiy va rivojlangan mamlakatlardagi      tushunchada aniq  belgilangan    ijtimoiy-demografik,  madaniy-ma’naviy  va  hududiy-ma’muriy  birlik  sifatidagi  maqomga erishdi. U o‘z hududidagi fuqarolar o‘rtasida an’analar va urf-odatlar, insoniy, ho‘jalik,  huquqiy munosabatlar birligini tashkil etgani holda fuqarolarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarini  bog‘lab turish vositasiga aylandi.

Mustaqillikning   ilk   davridan   boshlab   Prezident   I.A.Karimov   mahallalarni   fuqarolik  jamiyatining asosi deb bildi va ularni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirib  kelmoqda. Prezident I.A.Karimov 1995 yildayoq shunday fikrni bildirgan edi: “Ma’lumki, asrlar  mobaynida  mahallalarda  ko‘pdan-ko‘p  hayotiy  muammolar  o‘z  echimini  topib  keladi.  To‘y- ma’rakalar ham, hayitu hasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va  boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa halqimizning turmush tarzi, ota- bobolarimizdan  bizga  meros  bo‘lib  kelayotgan  tafakkur  tarzidir.  Binobarin,  hayotning  o‘zi  mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p  qirrali  islohotlar  amalga  oshayotgan  bir  paytda  mahalla  jamiyat  uchun  ishonchli  tayanch  va  ta’sirchan kuch bo‘lib hizmat qilishi lozim”.

Mustaqillik davrida mahallaning tashkiliy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash  borasida chuqur islohotlar amalga oshiriëdi. Eng avvalo, mahalla atamasi tarixda birinchi marta  Konstitutsiyaga  kiritildi.  Unga  aholining  o‘zini-o‘zi  boshqaruvining  noyob  shakli  sifatidagi  konstitutsiyaviy  huquqiy  maqom  beriëdi.  1992  yilda  O‘zbekiston  Prezidentning  «Respublika  «Mahalla»    xayriya    jamg‘armasining    faoliyatini    yanada    takomiëlashtirish    chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi, 1998 yildagi «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qo‘ëlab-quvvatlash haqida»gi,   1999   yildagi   «Aholini   aniq   yo‘naltirilgan   ijtimoiy   madad   bilan   ta’minlashda  fuqarolarning   o‘zini-o‘zi   boshqarish   organlari   rolini   oshirish   to‘g‘risidagi»gi   Farmonlari,  shuningdek, kam ta’minlangan va ko‘p boëaëi oilalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qator  farmon, qarorlar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni e’lon qilinganligi uning isbotidir.

Hozirgi  davrda  mahallalarni  ijtimoiy  mavqeini  oshirish  borasida  olib  boriëayotgan  ishlar  ikkita yo‘nalishni nazarda tutadi. Birinchisi ma’naviy vazifa bo‘lib, u xalqimizning ming yillik  tarixidagi noyob, eng aziz an’analarni, qadriyatlarni qaytadan tiklash va rivojlantirishdan iborat.  Ikkinchisi siyosiy vazifa bo‘lib, u Prezident I.A.Karimovning mahalla institutini bugungi zamon  talablariga  muvofiq  tarzda  tiklash,  shuningdek,  viëoyat, shahar,  tuman  hokimliklari  zimmasiga  yuklangan  ko‘pchilik  vazifa  va  huquqlarni  fuqarolar  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlariga,  ya’ni  mahallalarga   berib,   ular   maqomini   joy-joyiga   qo‘yib,   shu   tariqa   jamiyatimiz   hayotini  demokratiyalashda yangi va juda muhim imkoniyatlarga erishishdan iboratdir.

Ayniqsa, mahalla fuqarolar yig‘inlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viëoyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar  o‘tkazuvchi  uchastka  saylov  komissiyalari  a’zoligiga  nomzodlarni  okrug  saylov  komissiyalari  tasdiqlashlarini  tavsiya  etish  huquqi  berilgan.  SHuningdek,  mahalla  fuqarolar  yig‘inlariga  xalq  deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomzod ko‘rsatish, O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga tashabbus guruhlari tomonidan ko‘rsatiladigan nomzodlarni  taklif  etishda  ishtirok  etish  kabi  vakolatlar  va  huquqlarning  berilishi  mahallalarni  o‘zini  o‘zi  boshqarish organlari sifatida jamiyatimiz siyosiy hayotidagi o‘rnini yanada oshib borayotganligini  ko‘rsatadi.

I.A.Karimov  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasidagi  ma’ruzasida  o‘zini  o‘zi  boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish hususida quyidagi fikrni bildirdi: «Hayotimizni  erkinlashtirish  yo‘nalishlarining  yana  bir  muhim  yo‘li  –  markaziy  va  yuqori  davlat  boshqaruv  idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish  organlariga   bosqichma-bosqich   o‘tkaza   borishni   ta’minlashdir».   Albatta,   davlat   tomonidan  mahallalarga katta boshqaruv vakolatlarini berishda avvalo, ularning aholi faolligini oshirishdagi  o‘rnini yuksaltirish ko‘zda tutildi. CHunki, mahalla fuqarolar yig‘inlarida etarlicha huquq bo‘lmasa,  ular o‘zini o‘zi boshqarish funksiyalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘la olmas edilar. SHuningdek,  mahallalarning aholi va davlat oldida mas’uliyat sezishlari uchun ham avvalo keng huquqlarga ega  bo‘lishlari lozim edi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning mahalliy hokimiyat organlari  bilan  munosabatlarida  aks  etadi.  O‘zbekiston  Respublikasining  ―Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida‖gi  Qonunining13-moddasiga  muvofiq  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarishi    fuqarolarning    mahalliy    ahamiyatga    molik    masalalarni    o‘z    manfaatlaridan,  rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy  urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  bilan  kafolatlanadigan  mustaqil  faoliyatidir.  Mazkur  Qonun  8- moddasining ikkinchi qismida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati  organlari  tizimiga  kirmaydi  va  qonun  bilan  berilgan  o‘z  vakolatlarini  tegishli  hudud  doirasida  amalga oshirishi mustahkamlangan.

―Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida‖gi Qonunning 24-moddasida mahalliy davlat hokimiyati  va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari belgilangan. Mazkur  moddaga  muvofiq  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashi  va  viloyat,  tuman,  shahar  hokimi  tegishli  hududda  o‘zini  o‘zi  boshqarishni  rivojlantirishga  ko‘maklashishlari,  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  faoliyatini  yo‘naltirib  turishlari  belgilangan.  Ushbu  Qonunning  1- moddasida esa Xalq deputatlari Kengashi va hokim davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  o‘rtasidagi

Mahalliy  davlat  hokimiyati  va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  turli  masalalar  yuzasidan o‘zaro munosabatlarga kirishadilar. Ushbu munosabatlar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish  organlarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, shuningdek mahalliy  hokimiyat organlarini o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishdan iboratligi ayon bo‘ldi.

―Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida‖gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq  davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun  zarur  sharoit  yaratadi,  qonun  hujjatlari  bilan  berilgan  vakolatlarni  amalga  oshirishda  ularga  ko‘maklashadi.  Ushbu  moddaga  binoan  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari,  xususan  hukumat va parlament boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatiga  aralashmasligini  ta’minlaydilar.  Bunday  faoliyat  qonunlar  va  boshqa qonun hujjatlarida, dasturlarda tegishli me’yorlarni hamda choralarni belgilash, ularning  ijrosini ta’minlashdan iborat.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashishini  tashkil   etish   barcha   davlatlarda   dolzarb   masalardan   biri   hisoblanadi.   Masalan,   Italiya  RespublikasiKonstitutsiyaning    5-moddasida    mahalliy    avtonomiyani    tan    olishi    va    uning  rivojlanishiga ko‘maklashishi konstitutsiyaviy tuzum tamoyili sifatida belgilangan2. O‘zbekistonda  o‘zini o‘zi boshqarishni o‘rganish ko‘plab muammolarning mavjudligi, ularni hal qilish borasida  metodik   ko‘rsatmalar,   mahalla   raislari   (oqsaqollari),   ularning   maslahatchilari   va   faollari  malakalarini oshirish va boshqa masalalarda ko‘maklashishga muhtojligi ayon bo‘ladi. Ushbu va  boshqa masalalarni hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko‘maklashishning shakl  va uslublarini takomillashtirish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda mahalla faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishga ko‘maklashishga alohida e’tibor  berilmoqda.   Davlatimiz   rahbari   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   o‘n   yilligiga  bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 2003 yilni ―Obod mahalla yili‖, – deb e’lon qilib,  ―… mahallaning hayotimizdagi mavqei yuksak, uning qonuniy, huquqiy asoslari har tomonlama  mustahkam bo‘lib rivoj topsa, bu idorani jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining  ajralmas bir qismi, quyi boshqarish tizimi sifatida nechog‘li kuchaytirsak, buning uchun barcha  moddiy-moliyaviy sharoitlarni tashkil qilib bersak, o‘ylaymanki, bu o‘z oldimizga qo‘ygan oliy  maqsadlarga erishish yo‘lida katta qadam bo‘ladi‖1, deb ta’kidladi.

2013  yilning  oktyabrida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  xodimlarining  malakasini  oshirish  bo‘yicha  o‘quv  kursini  tashkil  etish  to‘g‘risida»gi qarori amaliy choralardan biri bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq har bir hududda tashkil  qilingan  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  xodimlarining  malakasini  oshirish  bo‘yicha  o‘quv kurslari o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, bu borada mavjud muammolarni hal etishga  katta  ko‘mak  bo‘ldi.  2014  yil  mobaynida  ushbu  o‘quv  kurslarida,  jami  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari xodimlarining 35% ni tashkil etuvchi 13 ming 983 nafar xodimlar malaka oshirib, o‘quv  kurslarining sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekistonda ham demokratik davlatlar kabi fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy-siyosiy funksiyalari  e’tiborga olinib, ularning davlat va mahalliy boshqaruvdagi ishtiroki, bu borada mahalliy hokimiyat  organlarining   vazifalari   alohida   e’tirof   etiladi2.   Masalan,   ―Mahalliy   davlat   hokimiyati  to‘g‘risida‖gi   Qonunning   1-moddasida   xalq   deputatlari   Kengashi   va   hokim   O‘zbekiston  Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish  organlari  o‘rtasidagi  aloqalarni,  aholini  viloyat,  tuman  va  shaharni  boshqarishga  jalb  etishni  ta’minlashi belgilangan. ―Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida‖gi Qonunning  11-moddasida  esa  yilning  har  choragida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari  faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitishi mustahkamlangan. Bu borada  tuman (shahar) hokimlari tomonidan 2013 yilning birinchi choragida fuqarolar yig‘inlariga 4757  marotaba, ikkinchi choragida 6459 marotaba, uchinchi choragida 5407 marotaba hisobotlar taqdim  etilganini qayd etish lozim. SHuningdek, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, bandlikka ko‘maklashish,  kommunal  xizmatlar  ko‘rsatish  sohasidagi  vakolatli  davlat  organlari  rahbarlarining  fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlari ham tizimli ravishda eshitilib  borilmoqda.

SHu  bilan  birga  O‘zbekison  Respublikasi  SHaharsozlik  kodeksining  10-moddasida  fuqarolar,  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining shaharsozlik faoliyati  sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishidagi ishtiroki tartibga solingan2. Mazkur  moddaga ko‘ra fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari  yashash   va   faoliyat   ko‘rsatish   muhitining   holati,   taxmin   qilinayotgan   o‘zgarishlari,   aholi  punktlarining bosh rejalari, uy-joy-fuqarolik ob’ektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi, hududlarning  obodonlashtirilishi, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida o‘z  vaqtida va ishonchli, to‘liq axborot olish hamda shaharsozlik faoliyati haqidagi o‘zga axborotni  olish huquqiga ega.Davlat organlari fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda  jamoat  birlashmalarining  manfaatlariga  daxldor,  shaharsozlik  faoliyati  masalalariga  taalluqli  murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadilar va ularga belgilangan muddatlarda asosli  javoblar taqdim qiladilar.

Barcha fuqarolar yig‘inlari tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi,  shu  jumladan  tadbirkorlik  faoliyati  sub’ektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga  rioya  etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati,  imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi,  erlardan foydalanish va ularni muhofaza etish  ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.  Ushbu vakolatlari doirasida fuqarolar yig‘inlari davlat va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini  yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar beradilarn, ya’ni mahalliy  boshqaruvni amalga oshirishda ishtirok etadilar. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari  tomonidan  tegishli  prokurorlar  axborotini  tinglash  ham  ularning  mahalliy  boshqaruvda  amaliy  ishtirokini ta’minlaydi.

O‘zbekistonRespublikasi 2001 yil 29 avgustdayangitahrirdaqabulqilingan  „Prokuratura  to‘g‘risida‖giQonuni1  5-moddasining  beshinchiqismigaasosan  viloyatlar,  Toshkent  shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar xalq deputatlari  tegishli Kengashlariga, zarurat bo‘lgan hollarda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga  qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida har yili axborot beradilar.  Prokuratura organlarining axborotini eshitish davlat organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash  barobarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari e’tiborini dolzarb masalalarga qaratish,  fuqarolar  faolligini  oshirish  va  jamoatchilik  nazoratini  kuchaytirishga  xizmat  qiladi.  Holbuki  qonunlar    ijrosi    ustidan    jamoatchilik    nazoratini    o‘rnatish    ular    ijrosini    ta’minlash    va  takomillashtirishning  muhim  shartlaridan  biridir.  Ayrim  tadqiqotchilar  fikriga  ko‘ra  ―Ijtimoiy  boshqaruv  tizimida  nazoratning  o‘zi  qaytma  aloqaning  muhim  turi  bo‘lib,  u  orqali  hokimiyat  sub’ektlarining amldagi ahvol, qarorlar ijrosi to‘g‘risida axborot oladilar.

Mahalliy hokimiyat organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishi o‘z vakolatlari doirasidagi  masalalar  yuzasidan  umummajburiy  qarorlar  qabul  qilishi,  ular  va  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlar ijrosini nazorat qilishdan iboratdir.

Barcha  davlatlarda,  fuqarorlar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  tomonidan  ularga  o‘tkazilgan  davlat organlari vakolatlari ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi hamda ularning qonunga zid  qarorlarining  sud  organlari  tomonidan  bekor  qilinadi.  Bunday  nazoratga  ehtiyoj  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Amaldagi  qonun  hujjatlari  monitoringi  instituti  tomonidan  o‘tkazilgan ―Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida‖gi Qonuni monitoringi  natijalaridan3 ham ko‘rish mumkin. Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlarda  ko‘rilgan  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  qarorlarini haqiqiy emas, deb topish haqidagi fuqarolik ishlari yuzasidan umumlashmasitahliliga  ko‘ra, sudlar ish yurituviga kelib tushgan jami 14 ta fuqarolik ishlaridan 12 tasi yoki qariyb 86 foizi  qanoatlantirilgan. 

2013  yilda  yangi  tahrirda  qabul  qilingan  ―Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risidagi  qonunga  ko‘ra  fuqarolar  yig‘inlaridagi  asosiy  yo‘nalishlar  bo‘yicha  komissiyalar  ro‘yxati quyidagilardir:

– yarashtirish komissiyasi;

– ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;

– ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya;

– xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;

– voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;

– tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalari bo‘yicha komissiya;

–  ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  qilish,  obodonlashtirish  va  ko‘kalamzorlashtirish  bo‘yicha  komissiya;

– jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya.

Tegishli  hududdagi  muammolarning  dolzarbligiga  qarab,  fuqarolar  yig‘ini  tomonidan  fuqarolar  yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalari ham tuzilishi mumkin. Komissiyalar turli sohalardan iborat tarkibda fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashadi.  Bunday komissiyalar 2011 yilning o‘zidayoq 50 mingdan ortiq edi. Ular boshqa funksiyalar bilan  birga, turli tashkilotlar ustidan jamoatchilik nazoratini ham olib boradi.Xususan, mahalliy davlat  hokimiyati  organlari  rahbarlarining  fuqarolar  yig‘inlari  faoliyati  sohasiga  kiruvchi  masalalar  yuzasidan   hisobotlarini   eshitish   amaliyotining   tobora   takomillashib   borishi,   o‘z   navbatida,  hududlarda   qonun   hujjatlarining   ustuvorligini   ta’minlash,   aholi,   ayniqsa,   yoshlar   huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish,  eng  muhimi,  fuqarolarning  turmush  farovonligini  oshirish  tizimini  yanada takomillashtirishda alohida o‘rin tutmoqda.

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  9  iyuldagi  «Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish   organlari   xodimlari   mehnatini   rag‘batlantirishga   oid   qo‘shimcha   chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi   Farmoni   fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   faoliyatini   qo‘llab- quvvatlashda  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Namunali,  fuqarolik  jamiyatiga  xos  loyihalarni  amalga oshirayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa nodavlat notijorat  tashkilotlarini  qo‘llab-quvvatlash  ularga  zarur  yordam  ko‘rsatish  masalalari  mamlakatimizda  muvaffaqqiyatli amalga oshirilayotgan bir qator ijtimoiy dasturlarda o‘z aksini topganligini alohida  qayd etish lozim.

O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   2013   yil   30   sentyabrda  ―Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika  kengashini tashkil etish to‘g‘risida, 2013 yil 7 oktyabrda ―Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish  organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarorlari qabul qilindi.  Ushbu  qarorlar  bilan  sohaga  oid  15  ga  yaqin  nizomlar  tasdiqlangan  bo‘lib,  ular  mahallalarda  ma’naviy muhit barqarorligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona- vatanga va milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash  borasidagi  ishlarning  samaradorligini  yanada  oshirishga  ko‘maklashish,  fuqarolar  yig‘inlaridagi  jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. SHu  jumladan, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta komissiyasi faoliyatiga  oid  tasdiqlangan  namunaviy  Nizomlarning  amaliyotga  tatbiq  etilishi  mahallalar  ishiga  keng  jamoatchilikni jalb etishga katta turtki beradi.

Fuqarolar o’zini o’zi boshqarishning asosiy funksiyalari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba