Fuqarolar siyosiy madaniyati va faoliyati.
Fuqarolar siyosiy madaniyati va faoliyati.Fuqarolar faolligini oshirishda ularning siyosat
va hokimiyat hodisalariga nisbatan shaxsiy munosabatlarini ifodalovchi baholash hukmlari
ahamiyatga molik ma’naviy hodisadir. Bunday shaxsiy – mazmuniy munosabatlarning mavjudligi insonning o‘z fuqarolik burchini anglab etgan siyosiy sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsata olishini ifoda etadi.
SHuning uchun insonning qadriyatlarga doir munosabatlarining turlicha shaklda ro‘y berishi
(masalan, hokimiyatga, davlatga, partiyalarga va institutlashmagan sub’ektlarga nisbatan) siyosiy madaniyatning muhim tuzilishini tavsiflab beradi.
Umuman, siyosiy madaniyat insonning siyosiy hodisalar haqidagi qadriyatlarga doir
tasavvurlari va uning amaliyotda namoyon bo‘ladigan xulqining kodeksi yoki uning siyosiy
hokimiyat sub’ekti sifatidagi faoliyatining uslubidir. SHu ma’noda, siyosiy madaniyat fuqaroning umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan siyosiy faoliyat namunalarini qay darajada egallaganligini namoyish qiladi. SHuningdek, u insonning tafakkurlash va amaliy faoliyat me’yorlarining jamiyat madaniy, deb tan oladigan sub’ektivligini qanchalik darajada oshira olganligi haqdir.
Jamiyatning har bir a’zosi ijtimoiylashuv va kamolotga erishish jarayonida ijtimoiy-madaniy
mavjudot sifatida shakllanadi. SHuningdek, inson jamiyatda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-madaniy tizimning asosiy xususiyatlarini o‘zida uyg‘unlashtiradi va umumlashtiradi. Ayni paytda har bir individ siyosiy madaniyat tashuvchi hisoblanadi va shu sababli ham siyosiy madaniyat siyosiy -madaniy tizimning umumlashtiruvchi, birlashtiruvchi qismi deb qaraladi. Siyosiy madaniyat – bu munosabatlar tizimi va ayni paytda avlodlar almashinuvi natijasi, uni tashkil etuvchi unsurlarni ishlab chiqish va qayta ishlab chiqish jarayonidir. Siyosiy madaniyat rivojlanib boruvchi dinamik hodisadir.
Insonda dunyoqarash shakllanganidan so‘ng uni himoya qilishga qodir huquqiy madaniyat
shakllanishiga shart – sharoitlar yaratish zarauriyati tug‘iladi. Demak, huquqiy madaniyat va
huquqiy himoyaning mavjudligi jamiyatni demokratiyalashning asosiy kafolatlaridan biridir.
Qolaversa, demokratiyani tabiiy ravishda rivojlantirish uchun fuqarolarning umumiy madaniyatlilik darajasi ham yuqori bo‘lishi lozim. Aniqrog‘i, demokratik jarayon bilan insonning madaniyatliligi o‘rtasidagi muvozanat doimiy xarakteriga ega bo‘lishi kerak. Faqat yuksak madaniyatgina jamiyatni haqiqiy demokratik rivojlanishga olib keladi. SHuningdek, bu jarayonlar inqilobiy emas, balki tadrijiy yo‘l bilan bo‘lishi zarurligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tabiiy rivojlanish yo‘li boshqa usullarga qaraganda eng ma’qulidir. Jahon tarixiy tajribasi bunday yo‘lni oxirgi yutuq sifatida tanlagani bejiz emas.
Siyosiy madaniyat uzoq yillar va avlodlar almashinuvi natijasida tarkib topgan siyosiy
an’analar, siyosiy amaliyot me’yorlari, g‘oyalar, turli ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarga doir konsepsiyalar va e’tiqodlarni o‘z ichiga oladi. U kishilarning o‘zlari
yashayotgan mavjud tizimga, undagi institutlarga va xatti – harakat qoidalariga, alohida shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tamoyillariga nisbatan shakllangan intilishlari va ko‘rsatmalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Siyosiy madaniyat qadriyatga oid va me’yoriy tizim hisoblanadi. U o‘zida siyosiy tizimdagi
tayanch, e’tiqodlar, ko‘rsatmalar, yo‘nalishlar, intilishlar timsollarini aks ettiradi va birlashtiradi.
Amerikalik siyosatshunos D. Divaynning fikricha, siyosiy madaniyat ma’lum ijtimoiy – siyosiy tizim a’zolari yoqlaydigan, “keng tarqalgan, fundamental siyosiy qadriyatlarning tarixiy tizimidir”.
Siyosiy madaniyat “siyosiy mafkura”, “legitimmen”, “suverenitet”, “qonun boshqaruvi”, “siyosiypartiya” kabi kategoriyalarni o‘rganishni ham taqozo etadi. Siyosiy madaniyat ma’lum darajada jamiyat a’zolari oldiga chegaralashlar qo‘yadi. Siyosiy jarayonlar va siyosiy xulqda namoyon bo‘ladigan e’tiqodlar, his – tuyg‘ular va qadriyatlar oldidagi bunday chegaralashlar ham o‘z navbatida siyosiy madaniyatning muhim unsuri hisoblanadi. Alohida shaxsning, guruhning va boshqa ijtimoiy birliklarning umumiy dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lgan siyosiy dunyoqarash siyosiy madaniyatning eng muhim komponentidir.
Siyosiy madaniyatni tashkil etuvchi qadriyatlar, yo‘nalishlar, ko‘rsatmalar, streotiplar siyosiy
tizimning shakllanishi va saqlanib qolishida asosiy o‘rinni egallaydi. Jamiyat a’zolari o‘zaro baham ko‘radigan “ijobiy” qadriyatlar tizimi miqdori uning alohida komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro murosa va kelishuvni belgilaydi va uning barqarorligi hamda yashab qolish qobiliyatining nechog‘lik mustaqil ekanligini aniqlab beradi.
Kishilar o‘zlarini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlari yoki imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarish uchun amaliyotda ishtirok eta boshlagandagina, siyosiy madaniyat shakllanib boradi.
Bunday madaniyatni egallash faqat siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari faoliyatida ishtirok etish orqaligina ro‘y beradi. Hech bir inson yakka o‘zi harakat qilib, o‘zining moddiy, siyosiy, huquqiy manfaatini yoki erkin fikrlash huquqini qo‘lga kiritolmaydi.
Siyosiy madaniyatning totalitar turi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining
prinsipial bir xillik bo‘lishiga asoslanadi hamda har qanday turli-tumanlik, rang-baranglikni
yo‘qotishga moyil g‘oyalarga tayanadi. Sobiq SSSRdagi madaniyatning bu turi turli ijtimoiy
guruhlarning o‘ziga xos maqsad va manfaatlarini ochiq namoyon qilishga yo‘l qo‘ymaydi. SHu bilan birga totalitar rejim fuqarolarning siyosiy hayotdagi tanlash imkoniyatlarini chegaralar, har qanday muqobillikni inkor qilar, bitta mulkchilik turi, bitta partiya, bir o‘ringa bitta nomzod kabi cheklashlarni oldindan belgilab berar edi. Bu holat o‘z navbatida total turg‘unlikni, qolaversa emirilishni ham keltirib chiqardi.
Siyosiy madaniyatning plyuralistik turi quyidagi muhim shart-sharoitlar yaratilganidagina
paydo bo‘lishi, rivojlanishi, faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, ustuvorlik kasb etishi mumkin:
1) Iqtisodiy va ijtimoiy hayot plyuralizmi sohasida – mulkchilikning turli shakllari, eng avvalo xususiy mulkchilik paydo bo‘lishi, xo‘jalik yuritishning turli usullarining amal qilishi;
2) Jamiyat o‘z ijtimoiy strukturasi va turli manfaatlari bo‘yicha qanchalik rang-barang bo‘lsa, siyosiy plyuralizm va siyosiy madaniyat shakllanishi uchun shunchalik ko‘proq zamin paydo bo‘ladi.
3) Fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvorligini ta’minlash sohasida – fuqarolik jamiyati
siyosiy institutlarining shakllanishi; davlat hokimiyatini shakllantirish asosan saylovlar vositasida amalga oshishi, hech kim, hech bir guruhning bu hokimiyatni na amalda, na huquqiy jihatlardan o‘z monopoliyasiga aylantirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
4) Guruhlar va ularning vakillari bo‘lgan siyosiy partiyalar va harakatlar o‘rtasida ijtimoiy
rivojlanishning asosiy qadriyatlari, ideallari va maqsadlariga nisbatan aniq kelishuvlarning
mavjudligi;
5) Ham huquqiy jihatlardan, ham hayotda shaxs erkinligining ta’minlanganligi.
Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining
qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida parlament sud-huquq tizimini chuqur isloh qilish va
liberallashtirish, sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli ishlariga ham salmoqli hissa qo‘shganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘tgan besh yil mobaynida qabul qilingan 58 ta qonunga muvofiq, sud-huquq tizimidagi islohotlar yanada chuqurlashtirildi.
O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, tuman, shahar, xo‘jalik sudlariga bo‘linadi. Prezident Islom Karimov Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma yig‘ilishida hokimiyatning ana shu tarmog‘i – sud tizimini tubdan isloh qilish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tgan edi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish uchun prokuratura organlarining sud jarayonlariga aralashuvini cheklash, shaxsni ushlab turish, hibsga olish huquqlarini sud tizimiga o‘tkazishni belgilab berdi. Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, mustaqil faoliyat yuritishini ta’minlash ta’kidlab o‘tildi.
Sud-huquq sohasini erkinlashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarni shafqatsiz jazolash bilan emas, balki insonparvarlik ruhida tarbiyalash asosida huquqiy davlat yo‘lidan borish zarurligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yilning 1 avgustida imzolangan
«O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi» hamda 2005 yilning 8
avgustida imzolangan «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoni, sud-huquq sohasini liberallashtirish sari qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan «Odamlar ayniqsa ayollar va bolalar savdosini to‘xtatish, oldini olish va uning uchun jazo to‘g‘risida»gi Bayonnomada odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali choralarini ko‘rish belgilab berilgan edi.
Odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish hamda mazkur Bayonnomaning qoidalarini milliy qonunchilikka singdirish maqsadida 2008 yilning 17 aprelida «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunda «Odam savdosi» va «Odamlardan foydalanish» tushunchalari belgilangan, odam savdosiga qarshi kurashish tizimning tashkil etilishi tartibi, vakolatli organlar va ularning vazifalari, shuningdek odam savdosi qurbonlarining himoyasi va ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiyasi masalalari yoritilgan.
2008 yilning 7 yanvarida O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. 2008 yilning 1 mayida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ikki farmoni qabul qilindi:
1. «O‘zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Farmoni.
2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan
«Tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Farmonlari sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining
mantiqiy davomi bo‘ldi.
Haqiqatan ham Prezidentimiz ma’ruzasida ta’kidlab o‘tilganidek, mamlakatimizda 2008
yilning 1 yanvaridan boshlab, o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida, shuningdek fuqarolarni
qamoqqa olishda sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida 2007 yilda qabul qilingan parlament qonunlari butun dunyoda qiziqish va e’tibor uyg‘otdi. Mazkur chora tadbirlarning joriy etilishi bilan O‘zbekistonda dunyodagi eng insonparvar, liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi.Mustaqillikka erishgandan keyin Prezident Islom Karimov tomonidan insonparvarlik,
adolatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat protsessual qonunlarini takomillashtirishga,
jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi.
Ularning qabul qilinishi esa mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Ayniqsa, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosini chiqarib
tashlash borasidagi say’-harakatlar muhim o‘rin tutadi. Sud-huquq tizimini liberallashtirish
to‘g‘risida Prezidentimiz ―Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala – bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir‖1 deganda aynan shu harakatlarni nazarda tutgan edi.
Ma’lumki, 1995 yilgacha amal qilgan Jinoyat Kodeksida 33 ta jinoyatga o‘lim jazosi qo‘llanilar edi.
Keyingi Jinoyat Kodeksida esa ularning 13 tasi saqlanib qoldi, ya’ni 20 ta turdagi jinoyatdan o‘lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va voyaga etmaganlarga nisbatan bu jazo qo‘llanilmaydi. SHuningdek, o‘lim jazosi avf etish tartibida yigirma besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin (JK ning 51-moddasi).
Ana shu ustuvor vazifadan kelib chiqib, 1998 yilda Jinoyat Kodeksidagi 5 ta moddadan o‘lim jazosi olib tashlandi. 2001 yilda yana to‘rtta moddaga jazo qisqartirildi. 2004 yilda esa bu jazo bor-yo‘g‘i ikkita, ya’ni aybni og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari uchun tatbiq etiladigan bo‘ldi. Bular mamlakatimizning xalqaro huquq sub’ekti sifatida xalqaro hujjatlarga zikr etilgan majburiyatlarni so‘zsiz bajarishga inti-layotganining amaldagi isbotidir. Hozirgi kunda
100 ga yaqin davlatning qonunchiligida o‘lim jazosi bekor qilingan. Jumladan, SHvetsiya va
Finlandiya 1972 yilda, Germaniya 1949 yilda, Fransiya 1981 yilda, 1990 yillardan boshlab
Irlandiya, Vengriya, Ruminiya, CHexiya, Slovakiya, SHveysariya, Gretsiya, Polsha, Moldova,
Italiya, Ispaniya davlatlari o‘lim jazosidan voz kechgan. Bundan tashqari, 30 dan ortiq davlatning qonunchiligida o‘lim jazosi mavjud bo‘lsada, amaliyotda qo‘llanilmaydi.
O‘lim jazosini bekor qilish o‘ta murakkab masala bo‘lib hisoblanishini Prezident Islom Karimov ta’kidlab, ―Birinchi navbatda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim, chunki bugungi kunda ularning ko‘pchiligi, o‘lim jazosining bekor qilinishiga qarshi. Ikkinchidan, o‘lim jazosi o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli jazoni o‘tashga hukm qilinadigan shaxslar uchun tegishli joylar qurish kerak‖, degan fikrga alohida e’tibor qaratish lozim. O‘lim jazosini bekor qilish masalasini aholiga tushuntirib berish ham anchagina murakkab jarayon bo‘lib, bu ishga huquqshunoslar, mutaxassislar, siyosatshunos, psixolog va boshqa ko‘pgina mutaxassislar jalb qilinishi lozim.
Shuningdek, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlaganidek, o‘lim jazosi o‘rniga sud
tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahbuslar jazosi alohida
koloniyada o‘tashi lozim bo‘lganligi sababli ularni saqlash bilan bog‘liq jazoni o‘tash muassasasini qurib bitkazish uchun byudjetdan tegishli mablag‘ ajratilishi va binoni tayyorlash ham ma’lum muddat talab etadi. SHu sababli ham davlatimiz rahbari o‘lim jazosini bekor qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-huquqiy jarayonlar 2-3 yil ichida amalga oshirish mumkinligini bildiradi.
2001 yil 29 avgustda qabul qilingan ―Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash, engillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashtiruv instituti joriy etildi. Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi. Fuqarolar siyosiy madaniyati va faoliyati.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.











