Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish – demokratik jamiyat qurish omili.

0
demokratik jamiyat qurish omili. 

demokratik jamiyat qurish omili. Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish – demokratik jamiyat qurish omili.

Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish – demokratik jamiyat qurish omili. Demokratik  jamiyat barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi eng muhim omillardan  biridir.  Bu  haqda  mamlakat  Prezidenti   I.A.Karimov  quyidagi  fikrni  bildiradi:  “Hokimiyat  tuzilmalarining demokratik mazmuni ko‘p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok  etish masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. O‘zbekistonda ushbu huquqning  amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda  ishtirok  etish,  o‘zlari  qanday  boshqarilayotganligi  haqida  ma’lumot  olish  huquqini  anglay  boshlashiga   va   bu   huquqdan   foydalana   oladigan   bo‘lishlariga   erishish   kerak.   SHunday  sharoitdagina  davlat  va  uning  institutlari,  mansabdor  shaxslar  jamiyat  va  fuqaro  oldidagi  o‘z  mas’uliyatlarini  his  qiladilar.  Buning  uchun  fuqarolarning  siyosiy  faolligini  oshirish  zarur.  Barqaror, mustahkam tizimlarda, agar fuqarolarning siyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun  hamma huquqiy, demokratik shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, aholining o‘zi ixtiyoriy ravishda,  professional asosda mamlakatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etadi”.

Fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mezonlari quyidagilardan iborat:

  1. Fuqarolik jamiyati institutlari. Hozirgi davrda O‘zbekiston jamiyatida 7 millionga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari faoliyatida, 600 mingdan ortiqroq fuqarolar esa siyosiy partiyalar  a’zolari sifatida jamoatchilik ishlarida ishtirok etadilar. SHuningdek, millionlab fuqarolar yoshlar,  xotin-qizlar,   turli   jamg‘armalar,   nodavlat   notijorat   tashkilotlar   faoliyatida   ishtirok   etadilar.  Mamlakat viloyatlarida 661 ta, tumanlarda 4564 ta, shaharlarda 831 ta viloyat, shahar va tuman  kengashlari   deputatlari,   10.000   ga   yaqin   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Mustaqillik davrida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ham muhim e’tibor berildi.  Mamlakatda   O‘zbekiston   yoshlarining   «Kamolot»   ijtimoiy   harakati   jamiyatning   barcha  yo‘nalishlarida keng faoliyat olib bormoqda.

  1. Ijtimoiy-siyosiy faollikni  oshirishda  saylovlar  muhim  o‘rin  tutadi.  Unda  avvalo,  saylovchilarning ixtiyoriy bergan ovozlariga binoan siyosiy institutlar legitimligi oshadi. Qolaversa,  saylovlarda jamiyatdagi turli xil guruhlarning tinch raqobatdoshligi kutilganligi sababli ham saylash  jarayonlari  siyosiy  ziddiyatlarni  hal  etishga  olib  keladi.  SHuningdek,  saylovlar  aholi  siyosiy  manfaatlarini    ifoda  etuvchi  siyosiy  partiyalar,  boshqa  siyosiy  tashkilotlarning  faol  harakatlari  tufayli  turli  ekstremistik  harakatlarni  cheklab  turadi.  SHu  bilan  birga  saylovlar  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy   ijtimoiylashuviga   ko‘maklashadi.   Saylovlardagi   turli   kampaniyalar,   ularni  ommaviy   axborot   vositalarida   yoritish   kabi   tadbirlar   saylovchilar   siyosiy   va   huquqiy  madaniyatlarini yuksaltiradi. SHuningdek, saylovlar fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok  etishiga qulay imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekistonda  fuqarolar  ijtimoiy  faolligining  o‘sib  borishi  ularning  mamlakat  davlat  organlariga bo‘lgan saylovlardagi ishtirokida ham sezilmoqda. 1999 yil 5 dekabrda ikkinchi marta  demokratik tamoyillar asosidagi Oliy Majlisga bo‘lgan saylovlarda 12,5 milliondan ortiq saylov  huquqiga  ega  bo‘lgan  fuqarolarning  95,03  foizi  ishtirok  etdilar.  Unda  250  ta  Oliy  Majlis  deputatlari   saylandi.   SHuningdek,   2000   yilning   9   yanvarida   O‘zbekiston   Respublikasi  Prezidentligiga  saylovlar bo‘lib o‘tdi. Unda esa 12 million 123 mingdan ko‘proq saylovchilar  ishtirok etdilar. «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi  Islom Abdug‘anievich Karimov  nomzodi uchun 11 million 147 ming 621, yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdilar.  

2004  yil  26  dekabrda  Oliy  Majlis  quyi  qonunchilik  palatasiga  va  mahalliy  hokimiyat  organlariga o‘tkazilgan saylovlarda fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligi yanada oshdi. SHuningdek,  2006 yil may-iyun oylarida fuqarolar yig‘ini (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovlarida oddiy  fuqarolar demokratik saylovlarda ishtirok etib, o‘z fikrlarini bayon etdilar va xalq boshqaruvining  quyi bo‘g‘iniga faol insonlar saylandilar. Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish – demokratik jamiyat qurish omili.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba