Bosh sahifa mavzular  Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

 Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

 Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.RIVOJLANTIRISH
Fuqarolik jamiyatini qurish O‘zbekistonning pirovard strategik maqsadi. Fuqarolik jamiyati
institutlari tushunchasi, uning tuzilishi va tarkibi. “Nodavlat notijorat” va “jamoat birlashmalari” tushunchalari. Ularning ma’no va mazmuni. O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish jarayonida nodavlat-notijorat tashkilotlarning o‘rni. O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari. Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi. O‘zbekistonda “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” konsepsiyasining amalga oshirilishi fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti.
Mamlakatimizda xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati. Fuqarolik jamiyati
institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik
nazorati rolini oshib borishi.
Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli
va hamiyatini kuchaytirilishi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun
hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishni
takomillashtirishning fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini,
ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini
takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur
institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishning muhimligidir.

AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO‘Z ERKINLIGINI TA’MINLASH
Axborot erkinligini ta’minlash tushunchasi, mazmun-mohiyati. Ommaviy axborot
vositalarining to‘rtinchi hokimiyat sifatida davlat hokimiyatidagi o‘rni. Fuqarolarning axborot
sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash. Ommaviy axborot vositalari rivojini
ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruriyati. Axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish. Nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini ta’minlashning zaruriyati.

Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston
mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish. Axborot resurslaridan foydalanish
mexanizmlarini rivojlantirish. Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini
ta’minlashni takomillashtirish. Axborot kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish.
Ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlashda mualliflik huquqlari va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy kafolatlari va mexanizmlarini kuchaytirish, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini
joriy qilish.
Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida
mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirish. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanish. Ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash.
Axborot sohasiga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy etish, raqobat muhitini
kuchaytirish, OAVlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, jamoatchilikni tezkor, xolis axborot bilan ta’minlash, demokratik prinsiplarga asoslangan holda OAVni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligidir.  Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba