Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari.

0
Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari.

1)iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari;

2)inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish;

3)hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;

4)qonun  va  odil  sud  oldida  hammaning  tengligi,  har  bir  shaxsning  yuridik  jihatdan  ishonchli  himoyalanganligi;

5)hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy  davlat;

6)siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;

7)so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;

8)fuqarolarning  shaxsiy  hayotiga  davlatning  aralashmasligi,  ularning  o‘zaro  majburiyatlari

9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;

10) odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.

Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan:

– siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;

– butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va  erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;

– individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan  iqtisodiy mustaqilligi;

–  qonun  bilan  kafolatlangan  fuqarolarni  manfaatlari,  kasbiy  belgilari  bo‘yicha  davlatdan  va  partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;

– partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;

–  fuqarolarni  erkin,  madaniyatli,  ma’naviy  va  ijtimoiy  faol,  jamiyat  a’zolarini  qonun  oldida  ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va  boshqa sharoitlarni yaratish;

– faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish  erkinligi;

–   davlat   va   fuqarolik   jamiyati   o‘rtasidagi   munosabatni   barqarorlashtiradigan   mexanizmni  (konsensus   mexanizmi)   mavjudligi,   hamda   fuqarolik   jamiyatini   ishlashini   davlat   organlari  tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy bo‘ladimi, u o‘z  ichiga  qonuniy  aktlarni,  xalq  vakillarini  demokratik  saylov  bilan  hokimiyatning,  o‘z-o‘zini  boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.

Iqtisodiy   sohada   fuqarolik   jamiyat   asosini   ko‘p   ukladli   iqtisod,   mulkning   turli   shakllari  boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; Huquqiy sohada esa – hokimiyat boshqaruvi  vakolatlarini    markazda    yig‘ilib    qolmasligi,    hokimiyatlar    bo‘linishi,    siyosiy    plyuralizm,  fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustivorligi hammaning ular oldida  tengligi; ma’naviy sohada-yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligini yo‘qligi, vijdon  erkinligi madaniylik, yuqori ma’anaviyat va axloq tashkil etadi.

Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz bo‘lmaydi. Erkinlik me’yoriy ko‘rinishga ega bo‘lgani uchun,  bunday shunday xulosa kelib chiqadiki, bir tomondan inson erkinlikka uning normativ talablariga  bo‘ysunish qobilyati natijasida ega bo‘ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi borlig‘ining tashqi  shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar hisoblanishini anglatadi. Va  faqatgina,  jamiyat  uchun  yoki  insonning  o‘zi  uchun  eng  muhim  ahamiyatga  ega,  eng  asosiy  hisoblangan sohalardagina davlatning o‘zi erkinlikning o‘lchovini, me’yorini belgilab beradi. Bu  esa huquqiy me’yorlar, qonunlar, konstitutsiya yordamida amalga oshiriladi.

Bunda  huquqiy  va  erkinliklarning  o‘zi,  jumladan  konstitutsionlari  bir  tomondan  fuqarolik  jamiyatining    rivojlanganlik    darajasi    bilan    uning      iqtisodiy,     ijtimoiy,     ijtimoiy-siyosiy  tashkillanganligining etukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan inson va fuqaroning  huquq va erkinligining to‘liqligi bilan, ularning kafolatlanganligi darajasiamalga oshirish ketma- ketligi fuqarolik jamiyatining huquqiy demokratik jamiyat sifatidagi, haqiqiy erkinlik va ijtimoiy  adolatli jamiyat sifatida muhim harakteristkalarining chuqurlashuvi, rivojlanishga ko‘p tomondan  bog‘liq bo‘ladi. bu o‘rinda inson va fuqaro huquqlari fuqarolik jamiyatining o‘z vositasi namoyon  bo‘ladi.   Ushbu   muhim   funksiyalarnibajarish   darajasida   fuqarolik   jamiyati   qator   muhim  funksiyalarni bajaradi:

  1. Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xayot sohasini davlat va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat’iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta’minlaydi.
  2. Fuqarolik jamiyati  uyushmalari  asosida  ijtimoiy  (jamoatchilik)  o‘zini  –  o‘zi  boshqarish  mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

3. Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi  va sodda ko‘rinishga keltirishga ko‘mak beradi; buning uchun u turli vositalardan foydalanadi:  saylov  kampaniyalaridan  va  referendumlarda,  norozilik  yoki  bu  yoki  u  talablarini    qo‘llab- quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo‘yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok etish.

  1. Fuqarolik jamiyatining  institutlari  va  tashkilotlari  insonlarning  huquq  va  erkinliklarini  real  kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlashga qaratiladi.
  2. Fuqarolik jamiyati o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo‘lishi mumkinki, ularning yordamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va  tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin.
  3. Fuqarolik jamiyati  kommunikatsiyaviy  vazifani  bajaradi.  Bu  jamiyat  davlat  organlariga  fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish esa  faqat davlat organlariga tegishli bo‘ladi.
  4. Fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini bajaradi. U davlat oldida  tang  holatlar  yuz  bergapnida  unga  yordam  beradi,  jamiyat  hayotini  yashashini  ta’minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.

Ma’lumki,  Vatanimiz  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng,  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish  bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib  turmushini, huquq va erkinliklarini  kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs  sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr  bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday  deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib,  u  insonning  o‘z-o‘zini  kamol  toptirishiga  monelik  qilmaydi,  aksincha,  yordam  beradi.  Shaxs  manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni  vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va  qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi».

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini  yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida  fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy  jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.

Umuman,  hozirgi  zamon  ilg‘or  demokratik  mamlakatlar  jamiyatshunos  olimlarining  fuqarolik  jamiyati to‘g‘risidagi nazariy qarashlari bir tizimga keltirilsa, u holda fuqarolik jamiyati – bu:
birinchidan,  jamiyat  hayoti  faoliyatining  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy  sohalarida  ihtiyoriy  ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlat tizimlarini o‘z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir;
ikkinchidan,  jamiyatdagi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  oilaviy,  milliy,  ma’naviy,  axloqiy,  diniy,  ishlab  chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir;

uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning turli  organlar taziyqlari, aralashishlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan  jamiyati  bo‘lib,  unda  ular  o‘zligini  namoyon  qila  olishlari  uchun  doimiy  imkoniyatlarga  ega  bo‘ladilar.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba