G’arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi.

0
G'arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi.

G'arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi.

G’arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi.

G’arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi quyidagilardan iborat: 

–jamiyatning asosiy birligi – siyosiy qaramlikdan holi bo‘lgan, o‘z huquqlaridan foydalanishga qobil bo‘lgan shaxs;

–turli tuman manfaatlarni ifodalash va amalga oshirish zaruriyati asosida shakllanadigan jamoat  tashkilotlari va harakatlar;

–nodavlat  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  va  institutlar  (xususiy  mulk, mehnat,  tadbirkorlik  va  hokazo);

–davlatdan mustaqil bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar (xususiy firmalar va boshqalar);

–jamoat birlashmalari va tashkilotlari;

–saylovchilar uyushmalari, turli klublar va to‘garaklar;

–munitsipal, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

–ta’lim va tarbiyaning nodavlatsohasi;

–nodavlat ommaviy axborot vositalari;

–siyosiy  partiyalar,  qonun  chiqaruvchi  va  vakillik  organlari  atrofidagi  davlat  bilan  fuqarolik  jamiyatini (bog‘lovchi bo‘g‘in» sifatidagi) turli lobbi tashkilotlari;

–tadbirkorlar,  fermerlar  tashkilotlari,  kasaba,  iste’molchilar  uyushmalari,  ilmiy  va  madaniy  tashkilotlar, sport jamiyatlari va boshqalar.

–oila;

–diniy tashkilotlar va boshq

Fuqarolik jamiyatining asosiy instituti bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) dastlab  jamiyatni  o‘zinio‘zi  boshqarishi  asosida,  ya’ni  fuqarolik  jamiyatining  mustaqil  ijtimoiy  birlik  sifatida  yashashini  ta’minlash  ehtiyojlari  va  manfaatlari  asosida  paydo  bo‘ldi.  XX  asrga  kelib  nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan birigaaylandi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar  to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun, avvalo, manfaatlar,  shuningdek,  ijtimoiy  va  siyosiy  manfaatlar  tushunchalariga  aniqlik  kiritishga  ehtiyoj  seziladi.  Ma’lumki,   manfaatlar   -individlar   va   guruhlarning   ijtimoiy   xatti-harakatlarini   belgilovchi  sabablardir. O‘z vaqtida Tomas Gobbs «hokimiyatga intilish, inson xulqini harakatga keltiruvchi  kuchlarning o‘zaro dushmanligi -shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir», deb ko‘rsatgan edi.    Nodavlat notijorat tashkilotlar individlarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan  farq  qilib,  hokimiyatni  egallash,  lavozimlarga  nomzodlar  ko‘rsatish  bilan  shug‘ullanmaydilar.  Lekin,  ular  hukumat  va  boshqa  siyosiy  tashkilotlarga  ta’sir  qilish  uchun  harakat  qiladilar.  Bu  sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo‘lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat usullari davlat organlarini  ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy  arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o‘z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy  tadbirlar o‘tkazish bilan chegaralanadi.

NNTlarning 4 ta asosiy belgilari bor:

•   o‘zini o‘zi boshqarishi;

•   jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etilishi;

•   o‘z faoliyatidan foyda olishni ko‘zlamaslik.

•   Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari turli-tumandir.

Biroq,ularning  asosiy  funksiyalaridan  biri  -turli  ijtimoiy  guruhlar  va  qatlamlar  manfaatlarini  artikulyasiya2 qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlardagiturli yo‘nalishdagi qarashlar va fikrlarni  bir  tizimga  keltiradi,  biron  bir  tashkilotning  bir  qolipga  solingan  manfaatlar  tizimi  asosida  tashkilotning  harakat  dasturiningshakllanishiga  yordam  beradi.  SHuningdek,  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  ko‘plab  ayrim  manfaatlarni  agregatsiya  qilish    (munozaralar  va  muhokamalar  yordamida turli manfaatlarni uyg‘unlashtirish va ular o‘rtasida ma’lum bir munosabatlar tizimini  o‘rnatish) faoliyatini ham olib boradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan,  guruh a’zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va  ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko‘riladi.

Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari nodavlat  notijorat  tashkilotlarni  yanada  rivojlantirishni  taqozo  etmoqda.  Fuqarolik  jamiyati  sharoitlarida  fuqarolarning turli tuman o‘zaro munosabatlari va hamkorligi, ularning ixtiyoriy ravishda jamiyat  boshqaruvida ishtirok etishi jarayonlari asosan nodavlat notijorat  tashkilotlar tomonidan amalga  oshiriladi.  Davlat  bilan  jamiyatning  bir-birlaridan  begonalashmasligi  ham  nodavlat  notijorat   tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasidagi «O‘zbekiston Respublikasi  fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,  ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar» kabi fuqarolarning jamiyat institutlarida  ishtirok  etishini  ta’minlab  beradigan  huquqiy  asoslarning  e’tirof  etilishi  respublikada  jamiyat  taraqqiyoti   insoniyat   hayotining   bir   necha   asrlar   mobaynidagi   tajribalari   va   sinovlaridan  muvaffaqiyatli o‘tgan erkinlik jamiyati -fuqarolik jamiyati sari  intilayotganligini anglatadi.

Hozirgidavrda O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar faoliyati  1991   y.   14   fevralda   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasining   «Jamoat   birlashmalari  to‘g‘risida»gi  Qonuni  (1997  y.  aprelda  qo‘shimcha  va  o‘zgartirishlar  kiritilgan),  O‘zbekiston

Respublikasining    «Kasaba    uyushmalari,    ularning    huquqlari    va    faoliyatining    kafolatlari  to‘g‘risida»gi      Qonuni   (1992   y.   iyul),   O‘zbekiston   Respublikasining   «Siyosiy   partiyalar  to‘g‘risida»gi  Qonuni  (1996  y.  dekabr),  O‘zbekiston  Respublikasining  «Vijdon  erkinligi  va  diniytashkilotlar to‘g‘risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y. may), O‘zbekiston Respublikasining  «Fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida»  yangi  tahrirdagi  Qonuni  (1999  y.  aprel), O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonuni (1999  yil aprel) kabi qonunlar vositasida muvofiqlashadi.

O‘zbekistonda nodavlat tashkilotlarga doir qonunchilik rivojlangan mamlakatlar tajribasi,  xalqaro huquqiy me’yorlar va milliy an’analar asosida shakllantirilgan bo‘lib, u o‘zida demokratik  prinsiplar va qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Mamlakatda davlat bosh islohotchi sifatida nodavlat  tashkilotlarning qonunchilik asoslarini har tomonlama rivojlantirishga muhim ahamiyat bermoqda.  Parlamentda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga doir yuzlab qonunlar va  boshqa huquqiy me’yorlar qabul qilingan bo‘lib, ularning ichida O‘zbekiston Respublikasining  «Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  to‘g‘risida»gi  Qonuni  (1999  yil  14  aprel)  nodavlat  notijorat  tashkilotlarning  serqirra  faoliyatini  har  tomonlama  muvofiqlashtirish  va  huquqiy  jihatlardan  ta’minlashga qaratildi.

Qonunning 1-moddasida nodavlat notijorat tashkiloti tuzishning umumiy maqsadi ijtimoiy  foydali manfaatlarning qondirilishi ekanligi e’tirof etilib, bu bilan nodavlat tashkiloti o‘z faoliyatida  xalqchillikprinsipiga amal qilishi shart ekanligi belgilab qo‘yildi.

Mazkur  Qonunning  2-moddasida  «Nodavlat  notijorat  tashkiloti  tushunchasi»ning  ta’rifi  demokratik qadriyatlar asosida talqin qilinadi: «Nodavlat notijorat tashkiloti -jismoniy va (yoki)  yuridik  shaxslar  tomonidan  ixtiyoriylik  asosida  tashkil  etilgan,  daromad  (foyda)  olishni  o‘z  faoliyatining   asosiy   maqsadi   qilib   olmagan   hamda   olingan   daromadlarni   (foydani)   o‘z  qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.

Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini,  boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish,  ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun  hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi».

SHuningdek, nodavlat tashkilotlar tizimini yanada mustahkamlash, mazkur tashkilotlarning  jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifoda etish maqsadlarida 2003 yil  29  avgustida  Oliy  Majlis  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasining  «Jamoat  jamg‘armalari  to‘g‘risida»gi  qonuni qabul qilindi. Uning 3-moddasiga binoan jamoat jamg‘armasi deb, yuridik va  (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida tuzilgan, o‘zining a’zolariga  ega bo‘lmagan,xayriya, ijtimoiy, madaniy, ta’lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zda  tutgan nodavlat notijorat tashkilotiga aytiladi. SHuningdek, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda ham  mahalliy jamoat jamg‘armalar tuzish mumkin.

Mamlakatda   nodavlat   notijorat   tashkilotlar   faoliyatining   fuqarolik   jamiyati   instituti  darajasida  bo‘lishining  huquqiy  asoslarini  rivojlantirish    maqsadlarida  2007  yilda  O‘zbekiston  Respublikasining  «Nodavlat  notijorat  tashkilotlar  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida»gi  qonuni  qabul qilindi. Mazkur qonunda nodavlat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning erkin hamda  mustaqil faoliyatlarining mavjud qonunchilik va davlat organlari tomonidan kafolatlanishi asosiy  maqsad qilib olindi.

O‘zbekistonda  NNT  o‘z  faoliyatlarini  hududiy  mansubligiga  bog‘liq  holda  quyidagi  darajalarga bo‘linadi:

umummamlakat ahamiyatiga ega bo‘lgan NNN. Ular o‘zlarining tuzilmaviy quyi tashkilotlariga  (mahalliy tashkilotlari, filiallari, bo‘limlari, vakolatxonalari va boshq.) ega bo‘lib, butun mamlakat  miqyosida faoliyat yuritadi;

mintaqaviy NNT. Ularga Qoraqalpog‘iston respubliksi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida  faoliyat yuritadigan NNT kiradi;

-mahalliy  NNT.  Ularga  tumanlar,  shaharlar,  shaharcha  va  boshqa  kichik  hudularda  farliyat  yurituvchi NNT kiradi.

O‘zbekistondagi NNTni xalqaro tashkilotlar ekspertlari quyidagicha tasniflaydi:

1.Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy tuzilmalar  («Mahalla» xayriya jamg‘armasi, «Kamolot» YOIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Nogironlar jamiyati,  «Nuroniy» jamg‘armasi va boshq.).

2.Ekologiya, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohaliga ixtisoslashgan milliy-xalqaro jamharmalar  («Ekosan»,  «Ibn  Sino»,  «Sog‘lom  avlod»,  Orolni  qutqarish,  Amir  Temur  va  boshq.  halqaro  jamg‘armalar).

  1. Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo‘yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar (Respublika «Ma’naviyat targ‘ibot» markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi va boshq.).
  2. Umum milliy  hayriya  jamiyatlari  va  jamg‘armalari  (Bolalar  jamg‘armasi,  «Mehr  nuri»  jamg‘armasi va boshq).

5.Huquqni  himoya  qilish  nohukumat  tashkilotlari  (O‘zbekiston  sudlar  uyushmasi,  Advokatlar  palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshq.).

6.Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (YOzuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi,  Kompozitorlar uyushmasi, Arxitektorlar uyushmasi, Kinematografistlar uyushmasi va boshq.)

  1. Milliy-madaniy markazlar (ular O‘zbekistonda yashayotgan milliy jamoalar (ozchilik) vakillarini milliy va etnik belgilariga qarab birlashtiradi, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari va boshq.).

8.Ijtimoiy  ahamiyatli  qatlamlar  va  ijodiy  manfaatlar  bo‘yicha  birlashmalar  (Veteran  jangchilar  birlashmasi,   Avtomoto   havaskorlarining   ko‘ngilli   jamiyati,   Ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar  jamiyati, Turistlar klubi, Havaskor qo‘shiqchilar klubi va boshq.).

Bundan tashqari, NNTlar qatoriga turli shakllarga mansub bo‘lgan tashkilotlarni kiritish mumkin:

  • Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar;
  • Kasaba uyushmalari;
  • Diniy tashkilotlar;
  • Turli sport federatsiyalari va uyushmalari1.

Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2000  yilda ularning soni 2300 taga, 2010 yilda – 5100 taga etdi. O‘zbekistonning 20 milliondan ortiq  fuqarosi nodavlat-notijorat tashkilotlar a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekistonda   nodavlat-notijorat   tashkilotlari  faoliyat   yuritishi   uchun   barcha   sharoit  yaratilmoqda.   Natijada   ularning   soni   yildan   yilga   ortib,   faoliyat   ko‘rsatish   sohalari   ham  kengaymoqda. 1991 yilda mamlakatda 100 ga yaqin NNT bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 9 478 tani tashkil  etmoqda. Shuningdek, adliya organlarida 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2 mingdan ortiq diniy  tashkilot va 235 ta doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ular  tarkibida 715 ta sudya faoliyat yuritmoqda.

Nodavlat   notijorat   tashkilotlari   ijtimoiy-iqtisodiy,   madaniy-ma’rifiy   sohaning   turli  yo‘nalishlarida,   xususan,   tadbirkorlik,   sportni   rivojlantirish,   ekologiyani   asrash,   imkoniyati  cheklangan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi turli sohalarni qamrab olmoqda.

NNTlarning ishchi o‘rinlari yaratishdagi o‘rniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yilning 1  fevral  holatiga  55  mingdan  ortiq  xodim,  shundan  21  mingdan  ziyodi  jamoatchilik  asosida  ishlamoqda.

Shuningdek, 20 milliondan ortiq fuqaro turli NNTlar a’zolari hisoblanadi. Misol uchun,  O‘zbekiston yoshlar ittifoqida 10 milliondan ortiq bo‘lsa, «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport  jamiyatida 3 milliondan ziyod, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasida esa  qariyb 2 million a’zo bor.

Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili NNTlarning hisob raqamlariga  1 trillion 864 milliard 358 million so‘mdan ortiq mablag‘ tushgan. Mazkur mablag‘lar joylarda  ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etishga sarflanmoqda.

Xususan, 2 224 nafar yolg‘iz, nogironligi mavjud, kam ta’minlangan keksalarga 345,6 million  so‘mlik  moddiy  yordam  va  117,1  million  so‘mlik  dori-darmon  xarid  qilingan.  Favqulodda  vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va unga tayyorgarlik ko‘rish mavzusida qariyb 40 ming nafar  fuqaro o‘qitilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Navoiy, Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent  viloyatlarida 48 endokrinolog xonasi jihozlangan, 612 nafar umumiy amaliyot shifokori va 156  nafar  mutaxassis  o‘qitildi,  xavfli  guruhga  kiruvchi  954  mingdan  ortiq  shaxs  bepul  skrining  tekshiruvdan o‘tkazildi.

Yana  ko‘plab,  sunnat  va  nikoh  to‘ylari  o‘tkazildi.  Oilalarning  uy-joylari  ta’mirlanib,  maishiy  texnikalar yetkazib berildi.

Mamlakatda  milliy  mustaqillikning  dastlabki  davrlarida  O‘zbekiston  «Mahalla»  xayriya  jamg‘armasi tashkil topdi. O‘tgan davr ichida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya  jamg‘armasi, «Ekosan»  xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi, Markaziy Osiyo xalqlari  madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg‘armasi,  «Oltin   meros»   jamg‘armasi,   respublika   «Ma’naviyat   va   ma’rifat»   jamoatchilik   markazi,  «Xalqbirligi»         harakati,        O‘zbekiston         faxriylarini         qo‘llab-quvvatlash  «Nuroniy»  jamg‘armasi,«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish  markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal  madaniy markaz, respublika «Iste’dod» jamg‘armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi. O‘zbekiston  xotin-qizlar qo‘mitasi esa demokratik prinsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. SHu bilan  birga,  O‘zbekiston  «Tadbirkor  ayol»,  O‘zbekiston  Bolalar  jamg‘armasi,  «Ayol  va  salomatlik»,  «Mehr», «Ayollar resurs markazi», «Ayol va jamiyat» instituti kabi xotin-qizlar muammolarini hal  etishga qaratilganva ular manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Keyingi o‘n yilliklarga kelib O‘zbekiston ijtimoiy hayoti uchun butunlay yangi bo‘lgan  nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi. XXI asrda texnologik jarayonlarning ko‘payishi, avtomobil  harakatlarini  keskin  oshishi,  plastik  mahsulotlarning  maishiy  turmushga  kirib  kelishi  natijasida  ekologik  xavf  kuchaydi.  Ana  shu  xavf  oqibatlariga  qarshi  kurash  maqsadida  mamlakatdagi  ekologiyaga oid tashkilotlar tashabbusi bilan 2008 yil 2 avgustda O‘zbekiston Ekologik harakati  tashkil etildi. Bu harakat fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat yurita boshladi. Uning asosiy  shiori – ―Atrof muhit ozodaligi – salomatlik garovi‖ aholi o‘rtasida tezlik bilan yoyilib ketdi. Bu  harakatning  faol  harakati  bilan  aholi  o‘rtasida  ekologik  madaniyatni  shakllantirishga  oid  turli  tadbirlarni amalga oshirish an’anaga aylan boshladi.

Hozirgi  davrda  AQSHda  tadbirkorlar  doirasi  manfaatlarini  ifoda  etuvchi  manfaat  guruhlari  birlashmalar  sifatida  ko‘plab  uyushmalar  Mustaqil  Biznes  Milliy  federatsiyasiga  birlashganlar.  GFRda esa Nemis kasaba uyushmasi federal birlashmasi, Nemis ish beruvchilari uyushmasi federal  birlashmasi, Germaniya sanoatchilari federal birlashmasi, Soliq to‘lovchilar uyushmasi, Demokratik  olimlar uyushmasi, Nemis sport uyushmasi kabi bir qancha manfaatlar guruhlari faoliyat ko‘rsatadi.  Hududiy,  mintaqaviy  va  federal  darajalarda  ham  hunarmandlar,  talabalar,  vrachlar,  madaniyat  arboblari, turli iste’molchilar uyushmalari va tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. GFR da 4–5 ming  atrofida ana shunday birlashmalar faoliyat yuritmoqda. Boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham  manfaat guruhlari jamiyatning asosiy qismini tashkil etadi. AQSHda 1 mln. dan ko‘proq nodavlat  notijorat tashkiloti faoliyat yuritadi. Ularda Amerika aholisining 7,8 %i xizmat qiladi. AQSHda  aynan  jamoat  tashkilotlari  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim,  madaniyat,  san’at  va  fuqarolarni  ijtimoiy  ta’minlash va muhofazalash sohasida davlatning asosiy hamkori hisoblanadi. Dunyoning boshqa  rivojlangan  mamlakatlari  hukumatlari  ham  muhim  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ekologik  va  boshqa  muammolarni hal etishda jamoat tuzilmalariga, birinchi navbatda nodavlat notijorat tashkilotlariga  tayanadi. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat sohada  mehnat qiladi. Bu ko‘rsatkich Niderlandiyada 12,4, Irlandiyada 11,5, Belgiyada 10,5, Isroilda 9,2,  Avstraliyada 7,2, Buyuk Britaniyada 6,2 foizga tengdir.

Hozirgi  vaqtda  dunyo  bo‘yicha  nodavlat  notijorat  tashkilotlarni  keng  qo‘llab-quvvatlashga  alohida urg‘u berilmoqda. Rossiyada ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash, ijtimoiy innovatsiyalarni  amalga   oshirish,   ijtimoiy   muammolarni   hal   etish,   sog‘liqni   saqlash   va   ta’lim   tizimidagi  muammolarni bartaraf qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish, aholini ish bilan ta’minlash hamda  demokratiyani rivojlantirishda NNTlarning o‘rniga muhim ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda  ushbu   mamlakatdagi   NNTlar   soni   600   mingdan   ortiq.   Ular   butun   mamlakatdagi   yuridik  shaxslarning 16,18%i hisoblanadi. Ularda alohida asos solingan NNTlar 43,6%ni, jamoat va diniy tashkilotlar 27,7%ni, kooperativlar 11,4%ni, fondlar va boshqa ko‘rinishdagi tashkilotlar 4,2%ni  tashkil etadi. Ammo davlat tomonidan NNTlarni qo‘llab-quvatlash ularning jami mablag‘larining  1,2%ni tashkil etadi. Asosiy daromad yuridik shaxslardan beriladigan xayriya yordami (46,3%),  jismoniy  shaxslardan  beriladigan  mablag‘  (9,8%),  tadbirkorlikdan  tushadigan  daromad  (8,4%),  chetdan beriladigan xayriya yordami (6,8%), boshqa mablag‘lar (27,5%) hisoblanadi.

Dunyo   bo‘yicha   nodavlat   notijorat   sektorning   yalpi   ichki   mahsulotdagi   ulushi   turlicha  hisoblanadi.  Bu  Vengriyada  2,8%ni,  Kolumbiyada  2,1%ni,  Niderlandiyada  15,8%ni,  AQSHda  7,5%ni tashkil etadi. SHu bois davlat tomonidan NNTlarni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash turli  davlatlarda turlicha. Deylik davlatni NNTlarni  qo‘llab-quvvatlash salmog‘i Belgiyada 76,5%ni,  Niderlandiyada 59,0%ni, AQSHda 30,5%ni, SHarqiy va Markaziy Evropada 20–40%ni tashkil  etadi.

Davlat  tomonidan  ko‘rsatiladigan  yordam  MDHdagi  boshqa  davlatlar  amaliyotida  ham  bor.  CHunonchi, Ozarboyjon respublikasida 2009 yilda 2 million manat, 2011 yilda 2,8 million manat  va 2012 yilda 3,8 million manat davlat byudjetidan NNTlarga mablag‘ ajratilgan.

Demak,  ilg‘or  xorijiy  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  NNTlarning  davlat  tomonidan  qo‘llab- quvvatlash, ularning faoliyatini yaxshilash bilan birga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Qolaversa,  davlatning  ko‘pgina  vakolatlarini  o‘z  zimmalariga  olgan  nodavlat notijorat tashkilotlar boshqaruvining to‘laqonli ishtirokchisiga aylangan.

Ko‘ppartiyaviylik  zamonaviy  demokratik  jamiyatlar  siyosiy  hayotini  tashkil  qilishning  asosiy    konstitutsiyaviy    tamoyillaridan    biri   hisoblanadi.    Aynan    ko‘ppartiyaviylik    tufayli  demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi tamoyillarini  o‘zida   mujassam   etgan   siyosiy   partiyalar   va   ularning   vakillari   o‘rtasida   doimiy   muloqot  ta’minlanadi.

Mamlakat    siyosiy    hayotining    barcha    sohalarini,    davlat    va    jamiyat    qurilishini  erkinlashtirishda,   fuqarolarning   siyosiy,   iqtisodiy   faolligini   kuchaytirish   va   insonning   o‘z  qobiliyatini  to‘la  ro‘yobga  chiqarishi  uchun  tegishli  shart-sharoit  yaratishda,  odamlarning  o‘z  xohish-irodasini erkin ifoda etish, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini  rivojlantirish  va  amalda  namoyon  qilishda,  jamiyatimizda  mavjud  bo‘lgan  turli  manfaatlarini  ro‘yobga  chiqarish  va  himoya  qilish  huquqini  rivojlantirish  va  amalda  namoyon  qilishda,  jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlar, qarama- qarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi  muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim  rol o‘ynaydi.

«Partiya» so‘zi lotincha «part» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ish», «qism» degan ma’nolarni  anglatadi. Siyosiy partiya — aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi.  Uning paydo bo‘lishini siyosatshunoslar burjua demokratiyasining vujudga kelish davriga nisbat  beradilar. Biroq zamonaviy davlatlarning konstitutsiyalarida partiyalar haqidagi moddalar faqat XX  asrga kelib paydo bo‘ldi.

Hozirgi zamon jamiyatining siyosiy hayoti murakkab, ziddiyatli va xilma-xildir. Bugun siyosiy  partiya   mavjud   bo‘lmagan   biror-   bir   davlatni   tasavvur   qilish   qiyin.   Hozirga   dunyoning  aksariyatdemokratik mamlakatlarida ikki partiyaviy yoki ko‘ppartiyaviy tizimlar mavjud.

Siyosiy partiyalar siyosiy hokimiyat mexanizmining faoliyat ko‘rsatishida ishtirok etadi yoxud  unga muayyan ta’sir o‘tkazadi. Ular faoliyatining asosiy jihati aholi siyosiy ongining shakllanishiga  ta’sir ko‘rsatishidir.

Siyosiy partiya ko‘p mezonli va murakkab hodisa bo‘lganligi tufayli uni ta’riflashga ham turlicha  yondashuvlar  mavjud.  Umuman  olganda,  ana  shunday  asosiy  yondashuvlardan  uchtasi  alohida  ajratib  ko‘rsatiladi.  Ayrimlar  partiyani  ko‘proq  mafkuraviy  birlashma  sifatida  tushunadilar.  Boshqalar  partiyani  saylov  jarayoni,  saylovoldi  kurashi,  hokimiyatni  egallashga  intilish  bilan  bog‘liq holda ta’riflaydilar. Marksizm tarafdorlari «partiya» tushunchasiga sinfiy nuqtai nazardan  ta’rif beradilar. Ular partiyani muayyan sinfning eng ongli, uyushgan, o‘z manfaatlarini himoya  qiladigan qismi, deb hisoblaydilar.

SHunday qilib, ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos  sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya — fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida  bog‘langan, davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi  qismi,  ixtiyoriy  ittifoqi.  Hokimiyatni  qo‘lga  kiritish  har  qanday  partiyaning  bosh  maqsadi  hisoblanadi. Partiya qaysi ijtimoiy guruh yoki sinfning tashabbusi bilan yuzaga kelgan bo‘lsa, aynan  shularning   manfaatlarini   amalga   oshirish   vositasi   hisoblanadi.   Partiya   o‘z   oldiga   qanday  maqsadlarni qo‘ygan bo‘lsa ham ularga hokimiyat uchun kurash, o‘z hukumatini shakllantirish yoki  koalitsion hukumat tarkibiga o‘z vakillarini kiritish orqali erishadi. Hukmronlikni qo‘lga kiritgan  partiya davlatning butun qudratidan o‘ziga vakolat bergan ijtimoiy- sinfiy kuchlarning manfaatlari  yo‘lida foydalanishga intiladi.

Partiya  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari,  xususan  NNTlar,  jamoat  tashkilotlari  va  harakatlardan,  lobbistlar  tuzilmalaridan  aynan  shunisi  bilan  farq  qiladi.  Ushbu  sanab  o‘tilgan  tuzilmalar ham xuddi partiyalar singari siyosiy hayotda faol ishtirok etadi, lekin o‘z oldiga davlat  hokimiyatini qo‘lga kiritish, uni saqlab qolish va uni amalga oshirish maqsadini qo‘ymaydi. Siyosiy  partiyalar  bilan  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  hamda  ijtimoiy  harakatlar  o‘rtasidagi  tub  farq  shundan iboratki, partiyalar davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish uchun kurashadilar,  NNT va ijtimoiy harakatlar esa unda bevosita ishtirok etishga da’vo qilmaydilar va shu bilan  bog‘liq majburiyatlarni ham o‘z zimmalariga olmaydilar. Siyosiy partiyalarning asosiy belgilari  sifatida ularning siyosiy hayotda faol ishtirok etishi; a’zolikning va ushbu partiya tayanadigan  muayyan ijtimoiy bazaning mavjudligi; siyosiy dastur va nizomga ega bo‘lishi; partiyaga birlashgan  kishilarning umumiy manfaatlarga va bir-biriga yaqin bo‘lgan mushtarak mafkuraviy qarashlarga  ega bo‘lishi; bir yoki bir necha siyosiy etakchilarning mavjudligi kabilarni sanab o‘tish mumkin.

Siyosiy partiyalar boshqa ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar bilan bir qator umumiy jihatlarga ega.  Xususan, muayyan tashkilotning hamda hokimiyat va boshqaruv apparatining mavjudligi; ularning  a’zolarini  birlashtirib  turuvchi  va  tarafdorlarni  jalb  etuvchi  g‘oyaviy  tamoyillarning  mavjud  bo‘lishi; muayyan dasturiy qoidalarning qayd etilishi (ular ochiq ifodalanishi ham, yashirin mavjud  bo‘lishi  ham  mumkin);  a’zolar  va  tarafdorlardan  iborat  ommaviy  negizning  mavjudligi  shular  jumlasidandir.

Partiyalarni boshqa tashkilotlardan ajratib turuvchi eng asosiy belgi esa ular faoliyatining davlat  hokimiyatini egallash, davlat siyosatini shakllantirish va davlat hokimiyatini amalga oshirishda  ishtirok    etish    xuquqini    qo‘lga    kiritish    uchun    ochiq    va    aniq    ifodalangan    kurashga  yo‘naltirilganligidir.

Siyosiy  partiyaning  mohiyati  partiyaning  ijtimoiy  tarkibi  va  ijtimoiy  negizi;  partiya
rahbariyatining tarkibi, manfaatlari va maqsadlari; tashkilotning dasturiy qoidalari; uning siyosiy xatti-  harakatlarining  ob’ektiv  yo‘naltirilganligi  kabi  xususiyatlarga  chambarchas  bog‘liqdir.  Siyosiy  partiya  mohiyatining  eng  muhim  ko‘rsatkichi  uning  oxir-oqibatda  kimning  va  qanday  kuchlarning manfaatlari hamda qarashlarini ifoda etishi, himoya qilishi va o‘z kundalik faoliyatida  amalga oshirishidir.

Siyosiy  partiyaning  jamiyatdagi  funksiyalari  hayotdagi  masalani  o‘rganish  uning  siyosiy  taraqqiyotdagi  o‘rni  va  rolini  tushunib  etish,  maqsadlarini  yaxshiroq  tasavvur  etishga  yordam  beradi. Jamiyat siyosiy tizimida siyosiy partiyalar quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradilar:

•    siyosiy maqsadni belgilash. Mafkurani va dasturlarni ishlab chiqarar ekan, partiyalar
strategiyani  belgilashga,  fuqarolarni  muqobil  va  boshqa  xatti-harakatlarning  ham
mumkinligiga ishontirishga intiladilar;

•    8 ijtimoiy manfaatlarni ifoda etish va saralash. Manfaatlarni guruhlar ham ifoda etishlari
mumkin,  lekin  faqat  partiyalargina  ularni  markaziy  davlat  organlarining  qarorlariga
ta’sir ko‘rsatadigan shaklda bir butun qilib birlashtira oladilar;

•     fuqarolarni  safarbar  qilish  va  ijtimoiylashtirish.  Partiyalar  o‘z  faoliyatining  uzoq
muddatli   ijtimoiy   va   g‘oyaviy-psixologik   asosini   yaratadilar,   ommaviy   axborot
vositalaridan foydalangan holda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantiradilar;

•     etakchi    siyosiy    guruhni    shakllantirish.    Hokimiyatning    mahalliy    organlarini,
hukumatning avval yashirin, so‘ngra esa real tarkibini shakllantiradilar; hokimiyatning
vakolatli organlari bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlaydilar; boshqa siyosiy
institutlar   bilan   birga   davlat   boshqaruvi   va   ijtimoiy   boshqaruv   mexanizmini
shakllantiradilar,     hukumat       tuzilmalari     va     mexanizmlarining     barqarorligini
ta’minlaydilar;

•     siyosiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish. Siyosiy partiyalar faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari orasida dasturiy qoidalarni, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy strategiyani ishlab
chiqishni alohida ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Hozirgi zamon strategiyasini ishlab
chiqishga malakali kadrlar jalb etiladi.

Siyosiy partiyalar o‘z tarafdorlari faoliyatida birdamlikni ta’minlashga, o‘zlarining ittifoqchilari  tomonidan qo‘llab- quvvatlanishlarini tashkil etishga intiladilar. Partiyalar o‘zlariga vakolat bergan  ijtimoiy   birlashmalarning   manfaatlari   va   xohish-irodasini   ifodalovchi   strategik   va   taktik  konsepsiyalarni  ishlab  chiqishning  tashabbuskorlari  va  shtablari  sifatida  namoyon  bo‘ladilar.  Mazkur  konsepsiyalarning  asosiy  komponentlari  jamiyatning  rivojlanish  va  umuman,  faoliyat  ko‘rsatish  modellaridir.  Partiyalarning  mafkuraviy  faoliyati,  konsepsiyalar  ishlab  chiqishdan  tashqari, ana shu konsepsiyalarni va ularning maqsadlariga mos keluvchi boshqa g‘oyalarni keng  tarqatish va targ‘ib etishga qaratilgan. Hukmron partiyalar buning uchun davlatning mafkuraviy  funksiyasidan ham foydalanadilar.

Partiyalarning fuqarolarni ijtimoiylashtirish borasidagi faoliyati ularning pirovard maqsadlari va  ularga vakolat bergan ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan bog‘liq. Hukmron partiyalar ular  himoya qilayotgan qadriyatlarning ijobiy qabul qilinishini, ular tutayotgan yo‘lning keng ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan ijtimoiylashuvni amalga oshirishga intiladilar.

Har bir partiya uchun tegishli ijtimoiy birlashmalarning manfaatlarini himoya qilish vakolati juda  muhimdir. Ushbu funksiyaning mazmunini mazkur manfaatlarni ifodalashning siyosiy vositalarini  ta’minlash, ularni maqsadlar va ideallar shaklida bayon qilish hamda siyosatning boshqa sub’ektlari  bilan  o‘zaro  ta’sir  jarayonida  himoya  qilish  tashkil  etadi.  Manfaatlarni  ifoda  etish  vakolati  funksiyasi  turli  qatlamlar  va  guruhlarning  o‘ziga  xos  manfaatlarini  muvofiqlashtirish  asosida  ijtimoiy birliklarning umumiy manfaatlarini jamlash yo‘li bilan hamda davlat organlarini egallash  va ular ustidan nazorat o‘rnatish yoki siyosiy qarorlar qabul qilish va amalda hukmronlik qilish  jarayonida ushbu organlarga tazyiq o‘tkazishning turli shakllari vositasida amalga oshiriladi.

Respublikamizda ko‘ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri muayyan voqea bilan ajralib  turadigan quyidagi beshta bosqichga bo‘lish mumkin:

1) 1991–1994 y.: yakkapartiyaviylikning tugatilishi va ko‘ppartiyaviylikning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarining yaratilishi;

2)  1995–1999  y.:  ko‘ppartiyaviylikning  qonunchilik  asoslari  yaratilishi  va  yangi  partiyalarning tashkil topishi. “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (26.11.1996 y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi (14.04.1999 y.) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;

3) 2000–2004 y.: siyosiy tajriba to‘plash va moliyaviy mustaqillikni ta’minlash, doimiy elektoratni belgilab  olish.  “Qonun  loyihalarining  umumxalq  muhokamasi  to‘g‘risida”gi  (14.12.2000y.), “O‘zbekiston   Respublikasining   referendumi   to‘g‘risida”gi   (30.08.2001   y.),   “Referendum yakunlari   hamda   davlat   hokimiyati   tashkil   etilishining   asosiy   tamoyillari   to‘g‘risida”gi (04.04.2002), yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (29.08.2003 y.) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;

4) 2005–2006 y.: siyosiy partiyalar parlament nazoratining kuchayishi, konstruktiv muxolifatning shakllanishi;

5) 2007 yilda to hozirgi kunga qadar: siyosiy partiyalar faoliyati “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada  demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida”  O‘zbekiston  Respublikasining  yangi  Konstitutsiyaviy  qonuni asosida  (11.04.2007  y.)  yanada  jadallashuvi,  siyosiy  partiyalarning  O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishtiroki, partiyalararo raqobatning kuchayishi.

Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o‘z vakillarini o‘tkazish orqali  davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. SHu bilan birga siyosiy partiyalar zamonaviy  jamiyat tizimining muhim qismi bo‘lib, ular davlatning siyosiy yo‘nalishini belgilashda ishtirok  etadi,  hukumatning  vakillik  va  ijro  etuvchi  muassasalarini  shakllantiradi.  Huquqiy-demokratik  davlat   qurish,   kuchli   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   jarayonida   ko‘ppartiyaviylikning  rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan siyosiy  partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart- sharoitlar yaratilishiga  katta ahamiyat berildi.

Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning  jamiyatdagi o‘rni ancha yuksalib bormoqda. Siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida  faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi.  Ikki palatali parlamentni shakllantirish islohotlarini amalga oshirish bilan bog‘liq holda siyosiy  partiyalar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy vakillik organlari deputatlari  nomzodlarini  tanlash  va  ko‘rsatish,  saylov  kampaniyalarini  o‘tkazishda  asosiy  siyosiy  institut  funksiyasini bajarishga o‘tdilar.

Har  qanday  davlatda  vakillik  demokratiyasi  shakllanishini  siyosiy  partiyalarsiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.   SHuning   uchun   mamlakatimizda   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy   islohotlar  jarayonida   siyosiy   partiyalarning   rolini   oshirishga   katta   ahamiyat   berib   kelinmoqda.   Ular  faoliyatining  qonuniy  asoslari  mustahkamlanib,  vakolatlari  kengaytirilmoqda.  Natijada  siyosiy  partiyalarning islohotlar ijtimoiy samarasini yanada oshirishda mas’uliyati kuchayib, hozirda xorijiy  mamlakatlar  olimlari,  xalqaro  ekspertlar  O‘zbekistonda  parlament  faoliyatini  takomillashtirish  o‘ziga xos yangi bosqichga ko‘tarilganini e’tirof etmoqda.

2002 yil 4 apreldagi «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining  asosiy  tamoyillari  to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun  asosida  professional  tarzda  faoliyat  yurituvchi Qonunchilik palatasi va hududlar manfaatlarini ifodalovchi Senatdan tarkib topgan ikki  palatali parlament tashkil etildi. SHu orqali demokratik islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishda  sifatli qonunlar qabul qilish imkoniyati kengaydi, qonun ijodkorligi va ularning ijrosini nazorat  qilish bo‘yicha barqaror mexanizm shakllandi.

Parlament   hokimiyatining   amaliy   rolini   kuchaytirishda   ko‘ppartiyaviylik   tizimining  rivojlanishiga,  siyosiy  partiyalar  faolligining  keskin  oshishiga,  ular  o‘rtasida  raqobat  asosidagi  kurash kuchayishiga sharoit yaratib berish muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlarimizda mamlakatimizda ijtimoiy hayot  siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilab qo‘yilgan, siyosiy  partiyalarning  keng  ko‘lamda  ijtimoiy-siyosiy  faoliyat  yuritishi  kafolatlangan.  Eng  muhimi,  hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblik hamda manfaatlar    muvozanatini    ta’minlashda    siyosiy    partiyalar    ishtirokining    qonuniy asoslari  mustahkamlandi.

Yurtimizda   siyosiy   partiyalarning   davlat   va   jamiyat   hayotidagi   o‘rni   va   ahamiyati  bosqichma-bosqich kuchaytirilib, uning huquqiy asoslari mustahkamlanib borildi. 2004 yildan amal  qila boshlagan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonun bu borada nihoyatda  muhim  qadamlardan  biri  bo‘ldi.  2007  yilda  qabul qilingan  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini  kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun esa siyosiy partiyalar faoliyatini sifat jihatdan  yangi   bosqichga   olib   chiqdi.   Hozirga   paytda   respublikada   to‘rtta   siyosiy   partiya   faoliyat  ko‘rsatmoqda. Bular O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi,  “Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyasi,  O‘zbekiston  tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  —  Liberal-demokratik partiyasidir.  G’arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba