Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

0
Kran osti yo'llarini montaj qilishda geodezik ishlar. 

Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.Trilateratsiya metodi  Masofa o‘lchash uchun radioelektronika vositalari qo‘llanilmoqda, bu esa geodezik tayanch shaxobchalarini xosil etishning yangi trilateratsiya metodini  keltirib chiqaradi. Bu  metodda  qator  uchburchaklarning  tomonlari  avtodalnometr  va  (svetodalnometr)  radiodalnometr  bilan o‘lchanadi: Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

Poligonometriya metodi  Bu metodda koordinatalari aniqlanadigan punktlarni tutashtiruvchi chiziqning uzunligi xamda tutash chiziqlar orasidagi gorizontal burchaklar o‘lchanadi.

Ochiq  poligonometriya  yo‘li odatda  koordinatalari  ma’lum  bo‘lgan  ikkita tayanch punkt oraligida o‘tkaziladi.

Yopiq poligonometriya yo‘li esa koordinatasi  ma’lum  bo‘lgan  punktdan  boshlanib  yana  shu  punktga  bog‘lanadi.  Bir  necha  poligonometriya  yo‘llari   esa   poligonometriya   shaxobchasini   tashkil   qiladi.   Triangulyasiya   metodi   qo‘llanib  bo‘lmaydigan rayonlarda (o‘rmon zonasi, shaxar ichi) geodezik tayanch shaxobchalarini qurishda  poligonometriya metodi qo‘laniladi.

Poligonometriya  poligon  tomonlarini  o‘lchash  metodiga  qarab  magistral  va  paralaktik poligonometriyaga bo‘linadi.

Magistral poligonometriya  Magistral   poligonometriya   koordinatalari   ma’lum   bo‘lgan   2   tayanch   punkt   oraligida o‘tkazilgan  poligondan  iborat,  bunda  burilish  nuqtalar  1,2,3…larning  koordinatalarini  aniqlash  uchun tutashtiruvchi chiziqlarning uzunligi d1 d2  … larning burilish burchaklari b1 b2 … hamda yy2 burchaklar o‘lchanadi.

Poligonometriya punktlarining koordinatalarini hisoblashda oxirgi nuqta (S) ning ma’lum  koordinatalari kontrol bo‘lib xizmat qiladi.

Paralaktik poligonometriya  Paralaktik   poligonometriyada   poligon   tomonlari   bevosta   o‘lchanmaydi,   balki   boshqa yordamchi tomonlarning uzunligidan foydalanib xisoblab chiqariladi. Bu usul masofani o‘lchash  qiyin bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.

AVSD  poligonometriya  yo‘li  berilgan  AV,  VS,  SD  tomonlarini  aniqlash  uchun  ularga  perpendikulyar va simmetrik qilib av, mn va kl bazislar olinadi, bazislar joyda bevosta o‘lchanadi  va paralaktik burchaklar j1j2 j3 va y1y2 y3 ham o‘lchanadi.

Plan olish shaxobchalari haqida umumiy tushuncha. 

Territoriyaning topografik planini olish uchun triangulyasiya, poligonometriyaga asoslanib,

plan olish shaxobchalari quriladi.  Plan olish shaxobchasi triangulyasiya metodida qurilsa – analitik shaxobcha poligonometriya metodda qurilsa – teodolit yo‘li deb ataladi.

Balandlik plan olish shaxobchalari texnik va geodezik nivelirlash usullarida quriladi. Planli va balandlik plan olish shaxobchalari birgalikda yoki alohida-alohida qurilishi mumkin. Plan olish  shaxobchalarining zichligi plan olish masshtabiga bog‘lik. Plan olish shaxobchalari davlat geodezik  tayanch shaxobchalari va maxalliy shaxobchalar punktlari bilan birgalikda 1:5000 masshtabli plan  olishda xar 1 km2  joyga 4, 1:2000 masshtabli plan olishda 16-ta punkt to‘g‘ri keladigan qilib  quriladi. 1:500 masshtabli plan olishda punktlar soni joy sharoitiga bog‘liq bo‘lib, rekognossirovka  vaqtida aniqlanadi.

Teodolit yo‘li va analitik shaxobchalar punktlarining koordinatalari joyda burchak o‘lchash  va masofa o‘lchash natijalariga asoslanib chiqariladi.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba