Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

0
Mexanik nivelirlash.

Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari. Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilishni bir necha xil metodi bor. Astronomik metod, geodezik metod, radiogeodezikmetod – shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda asosan geodezik metod  qo‘llanilmoqda. Geodezik metodning o‘zi – triangulyasiya, poligonometriya va trilateratsiya degan  turlarga bo‘linadi.

Punktlarning geografik koordinatlarini astronomik metodda bir-biriga bog‘lanmay, alohida- aloxida  aniqlanadi.  Lyokin  astronomik  metodda  punktlar  koordinatalarining  aniqlanish  darajasi  hozirgi  vaqtda  geodezik  tayanch  shaxobchalariga  bo‘lgan  talabni  qondirmaydi,  shuning  uchun  astronomik metod katta aniqlik talab qilinmaydigan vaqtda qo‘llaniladi.

Keyingi yillarda 1:50000, 1:100000, 1:25000 masshtabli aerofototopografik plan olish uchun  geodezik tayanch shaxobchalari barpo qilishda radiogeodezikmetod qo‘llaniladi. Radiogeodezik  metod  territoriyani  samolyotdan  turib  suratga  olish  vaqtida  samoletning  o‘rnini  aniqlashga  asoslangan edi.

Qit’a va orollardagi geodezik tayanch shaxobchalarini bir-biriga bog‘lashda kosmikgeodezik  usuldan xam foydalanilmoqda.

Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilishda joyning sharoitiga qarab, iqtisodiy jixatdan  eng yaxshi samara beradigan metod qo‘llaniladi. Hozirgi  planli  geodezik  tayanch  shaxobchalari  asosan  triangulyasiya  va  poligonometriya  metodlarida hosil qilinmoqda.

Triangulyasiya metodi. 

Triangulyasiya metodida ( 5.2.1. shakl) qator uchburchaklarning barcha ichki burchaklari (b1, b2, b3, … b1) boshlang‘ich va oxirgi uchburchaklarning biror tomoni (AV va MN) o‘lchanishi  lozim.  Har  uchburchakning  ichki  burchaklarining  o‘lchash  uchun  ularning  uchlari  bir-biridan  ko‘rinishi kerak.

SHuning  uchun  uchburchakning  uchlari  sifatida  baland  nuqtalar  tanlanadi.  Biroq  bu  nuqtalardan  hosil  bo‘ladigan  uchburchaklar  mumkin  qadar  teng  tomonli  bo‘lishi  shart.  Joyda  triangulyasiya uchbarchaklarining uchlariga markaz, markazga piramida yoki signal o‘rnatiladi.  Triangulyasiya punktlarining koordinatalarini aniqlash uchun uchburchaklarning ichki burchaklari  bilan bir qatorda boshlang‘ich uchburchaklarning biror tomoni (AV) ni va bu tomonning haqiqiy  azimuti yoki direksion burchagi (a) ni ham o‘lchash kerak. Agar AVS yassi uchburchakning AV  tomoni  ma’lum  bo‘lsa,  qolgan  tomonlarini  sinuslar  teoremasiga  asoslanib  hisoblab  chiqarish  mumkin: BCD uchburchakning SD va VD tomonlari VS tomon bilan ichki burchaklar (b4, b5, b6)  qiymatlariga asoslanib topiladi. Keyingi uchburchaklarning tomonlari xam shu tarzda aniqlanadi.
Ko‘pincha AV, VS…. tomonlar juda uzun bo‘lganligi uchun av yordamchi tomon orqali AV  uzunligi topiladi. 2 ta uchburchak Aav va aVv lar tuziladi. Bular bazis shaxobcha bo‘ladi; av va  burchak j1 va burchak y1 bevosita o‘lchanadi. SHular yordamila AV uzunligi aniqlanadi. Geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish metodlari.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba