Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati.
Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati. Geodezik ishlar ikki muhim qismdan – Yer sirtida vaziyatlari aniqlangan tayanch nuqtalar sistemasini yaratish va bu nuqtalar sistemasi asosida s’yomkalarni bajarishdan iborat.Tayanch nuqtalar sistemasi katta hududda bajariladigan s’yomkalarning hamma qismlarida oldindan o‘rnatilgan aniqlikni ta’minlashi zarur. SHu sababli ular uchun umumiy bo‘lgan yagona koordinatalar va balandliklar sistemasida aniqlangan, joyda mahkamlangan yer sirtining nuqtalari tizimi – geodezik tarmoq yaratiladi. Xududiy xususiyatlariga ko‘ra ular butun yer sharini qoplaydigan – global geodezik tarmoqlarga, har bir mamlakat hududi doirasida mazkur davlatda qabul qilingan yagona koordinatalar va balandliklar – referent sistemasidagi milliy (davlat) geodezik tarmoqlariga, topografik s’yomkalarga asos uchun mo‘ljallangan zichlashtirish va har xil masalalarni echish uchun foydalaniladigan lokal uchastkalarda barpo etiladigan mahalliy geodezik tarmoqlarga bo‘linadi. Geometrik mohiyati bo‘yicha planli, balandlik va fazoviy geodezik tarmoqlarga bo‘linadi.
5.1.1. Geodezik tayanch shaxobchalarining turlari.
Joyda o‘rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan va planli koordinatasi yoki absolyut balandligi aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkt deyiladi. Bunday nuqtalar yig‘indisi geodezik tayanch shaxobchalarni tashkil etadi. Planli koordinatasi ma’lum bo‘lgan tayanch punktga, planli tayanch punkt, absolyut balandligi ma’lum bo‘lgan tayanch punktga esa balandlik tayanch punkt deyiladi. SHunga yarasha geodezik tayanch shaxobchalari planli va balandlik tayanch shaxobchalarga bo‘lindi.
Geodezik tayanch shaxobchalari, davlat geodezik tayanch shaxobchalari, maxalliy geodezik tayanch shaxobchalari va plan olish tayanch shaxobchalariga bo‘lindi. Davlat geodezik tayanch shaxobchalari maxsus programma asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligi va mudofaasiga turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni echishda xam davlat geodezik tayanch shaxobchalariga asoslanadi.Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati.







