HARAKATLANISHLARNI SHAKLLANTIRUVCHI MASHG‘ULOT.
Maydonchaning turli zonalari bo‘ylab o‘ta keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda to‘pni
o‘ynash uchun ijro etiladigan harakatlanishlar hal qiluvchi omil sifatida va o‘yinchini o‘z vaqtida to‘pga etib kelasha uning dastlabki tayyorgarlik holati va harakatlarinish texnikasi bilan o‘zaro bog‘liqdir. “Shuni esda tutish lozimki, aksariyat vaziyatlarda, shu jumladan to‘p o‘yindan chiqqanda ham, turli harakatlanishlar (faqat to‘pga o‘z vaqtida chiqish uchun emas) raqibni chalg‘itish maqsadida yoki o‘yin shiddatini tushirmaslik zaruriyati tufayli qo‘llanilishi mumkin» (bunday zaruriy harakatlanishlar mazkur qo‘llanma mualliflari tomonidan e’tiborga olinmagan – tarjimonchi mualliflar).
Voleybol maydonchasining nisbatan kichik bo‘lganligiga qaramay, voleybolchilar statik holatda deyarli turmaydilar. Qayd etilganidek harakatlanishlar turlari va usullari ustivor jihatdan texnik elementlar (malakalar) hamda taktik rejalarni amalga oshirish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinchi u yoki bu harakatlanishni tezkor va samarali ijro etishi uchun u qulay dastlabki tayyorgarlik holatida bo‘lmog‘i kerak. Bunday dastlabki holatlar-asosiy holat, o‘zgaruvchan holat, turg‘un holat va start holati turlariga bo‘linadi.
Eng qulay dastlabki holat – bu oyoqlar qisman egilgan, og‘irlik teng miqdorda ikki oyoqqa tushgan bo‘ladi, gavda biroz oldinga egilgan bo‘lishi lozim. Voleybolda harakatlanish usullari – oyoqdan oyoqqa siljish, ikki martali qadamlash, xatlash, yugurish, sakrash, yiqilish kabi harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, “harakatlanishga – keskin to‘xtash, bukilish-yozilish, o‘ng va chap tomonlarga burilishaylanish, sirpanish harakatlari ham kiradi” – (tarjimonchi mualliflar). Qadamni qadamga qo‘yib siljish – oldinga-orqaga, o‘ng va chap tomonga ijro etiladi. Harakatlanish yo‘nalishi qaysi tomonga zarur bo‘lsa, harakat shu tomonga yaqin turgan oyoqdan boshlanadi.
Ikki martali qadamlash oyoqdan oyoqqa siljib harakatlanishning to‘p etib kelish imkoniyati bermaganda oldinga-orqaga va chap-o‘ng tomonlarga ijro etiladi.
Xatlash – harakatlanishning tezkor usulidir. Bu usul ham ikki martali qadamlash va qadam oldiga qadam qo‘yib siljish kabi amalga oshiriladi. Xatlash yurish yoki yugurishdan so‘ng ham bajariladi.
To‘liq ma’nodagi yugurish aksariyat hollarda to‘p maydon uzoqlashib ketganda qo‘llaniladi. Voleybolda yugurish joydan siljib katta tezlik bilan harakatlanish va zudlik bilan to‘tashni talab qiladi. Bu to‘pni bexato o‘ynash uchun zarurdir. Sakrashlar asosan xujum zarbalari va to‘siq qo‘yishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Lekin zamonaiy voleybolda to‘p uzatish, to‘pni o‘z ustiga irg‘itib uzatish, to‘p kiritish, raqibni chalg‘itish uchun ijro etiladigan usullarda ham qo‘llaniladi. Bu haqida shu usullar mohiyatini yoritishda ma’lumot beriladi.
Voleybol holat va harakatlanishlarga o‘rgatishdan boshlanadi. Bularga har bir mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida va texnik hamda taktik usullarni shakllantirish davomida jiddiy ahamiyat qaratish zarur. Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni shakllantiruvchi mashqlarni harakatlanish usullariga o‘rgatish, o‘zlashtirilgan harakatlarni esa oshirish lozim.
HARAKATLANISHLARNI SHAKLLANTIRUVCHI MASHG‘ULOT. Yondashtiruvchi mashqlar.
- Harakatlanishlarni sekin bajarish, lekin qismlarga bo‘lib, ko‘rish va tovush signallari yordamida amalga oshirish darkor.
- To‘ldirma to‘pni uloqtirish va ilish: harakat davomida; to‘xtashdan keyin turli usullarda; to‘tab burilish yoki aylanishlardan so‘ng; joydan va sakrab, yiqilish davomida uloqtirish va ilish, mashq tezligi sekin-asta maksimal darajagacha oshiriladi. To‘pni uloqtirish uni tashlash yo‘nalishiga yuz bilan va orqa bilan turib bajariladi. Oraliq 1-2m.dan 3-6m.gacha uzaytiriladi.
- Juftlikda mashqlar: bir o‘yinchi to‘pni yuqoriga-oldinga tashlaydi, boshqa o‘yinchi yuguradi, xatlab-to‘xtaydi, to‘pni bosh ustida ikki qo‘llab yuqoridan qabul qilish holatida iladi; oyoqlarni yozib, bilak-kaft harakatlari bilan to‘pni sherikka tashlaydi va o‘z joyiga qaytadi.
- Uchlikda mashqlar: bir o‘yinchi ikkinchi o‘yinchiga to‘pni tashlaydi, u harakatlanishdan so‘ng ikki martali qadam qo‘yadi, to‘pni bosh ustida iladi va to‘pni uchinchi o‘yinchiga teskari turib unga tashlaydi.
- Harakatlanishlardan so‘ng avval yiqilish-ag‘darilish mashqlari bajariladi, kichik tezlikda qo‘riqlash mashqlari ijro etiladi.
- Orqa bilan harakatlanish va yiqilish usullariga o‘rgatishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Bunday mashqlar yiqilib to‘p qabul qilish taqlidi, ilish va to‘ldirma to‘pni tashlash elementlari bilan birga qo‘llaniladi.
Texnika bo‘yicha mashqlar. Texnik mashqlar yordamida harakatlanishning asosiy usullari takomillashtiriladi: har bir usul alohida, usullarni o‘zaro almashtirib, to‘pni qabul qilish mashqlari bilan qo‘llaniladi:
- 4 qadam siljib maydonning ma’lum chegaralari bo‘ylab kalonna shaklida harakatnish: oldinga qarab, o‘ng yonlama, orqa bilan, chap yonlamaoldinga. Holat qanchalik past va tezlik yuqori bo‘lsa, yuklama shunchalik katta bo‘ladi.
- Belgilangan usulda harakatlanish, ma’lum oraliqqa-tezlanish, to‘xtash va o‘pni qabul qilish usullarini taqlid bilan bajarish.
- To‘p ikki qo‘l bilan yuqoridan (pastdan) o‘z ustiga uzatish va turli usullar bilan harakatlanish, to‘xtash.
HARAKATLANISHLARNI SHAKLLANTIRUVCHI MASHG‘ULOT.











