Bosh sahifa mavzular Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

0
Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi

Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi

Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar
sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar
hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;
yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv
muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun
sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini
ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirgan holda sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va
bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat
boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining
bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada
mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining
to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon,
sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar
narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.

Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining
hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy
sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo,
yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni
bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan
ta’minlashni tubdan yaxshilash;
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta
ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, aholini chiqindini yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;
aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini
oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo,
mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi
punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya
qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini
rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini
oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash
siyosatini davom ettirish;
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy
o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika,
fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at
dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at
maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga
javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim
muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy
hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish
hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish,
bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va
sportga keng jalb etish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy
sharoitlarni yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

Dunyoda yuz beradigan har qanday o‘zgarishlar, hoh u iqtisodiyotda, hoh ma’naviy-siyosiy
sohalarda bo‘lsin, o‘z ta’sirini dastavval oila muhitida namoyon etadi.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotda globallashuv jarayonlarining faollashuvi, ma’naviyat va ahloqiy
tarbiyada G‘arb ma’naviyatiga hos bo‘lgan individualizmning kuchayishi hayotimizning barcha jabhalariga va ayniqsa, oila muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Darhaqiqat, oila barcha islohotlar, o‘zgarishlar, tanazzul va taraqqiyotlarning ibtidosi va intihosi hisoblanadi.
Mamlakatimizning porloq istiqbolini ta’minlashda boshqa ijtimoiy institutlar bilan bir qatorda
oila omiliga ham katta e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. SHunday ekan, oila muhitida
mamlakatimizning umumiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘sha olishga qobil va tayyor shahslarni shakllantirish uchun birinchi galda nimalar qilishimiz lozim. Dastavval, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi, shuuri, ma’naviyatida Vatan tuyg‘usini mustahkam qaror toptirish ishi halqimiz uchun taqdirilomon vazifa sanaladi. Negaki, qadim-qadimdan oila – muqaddas Vatan sanalgan.

Zero, oilaga sadoqat, ota-onaga oqibat, aka-ukalarga mehrlilik Vatan tuyg‘usining debochalaridir. Oilagasamimiy sadoqat bo‘lmagan joyda, farzandlar oldida ota-ona hurmati yo‘q. Bunday holatda na qarindoshlarga, na mahallaga va na vatanga muhabbat tarkib topadi. SHu boisdan ham Prezidentimiz I.A.Karimov “oilaga e’tiborimizni tubdan o‘zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jixatdan himoyalash, e’zozlash, qo‘llab quvvatlash-bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yahshi tushunishimiz va anglashimiz darkor”, deya alohida qayd etganliklari bejiz emas.
Oila omilining mustahkamlanishi bir tomondan, oilaga davlat va jamiyat e’tiborining
kuchayishiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jixatdan, oilaning sub’ektiv, ya’ni, ichki imkoniyatlarini
to‘laroq yuzaga chiqarish bilan bog‘liqdir. Oilaning ichki imkoniyatlari deganda, oila tarkibi, oila a’zolarining ijtimoiy mo‘ljallari, o‘z oldilariga qo‘yayotgan maqsadlari, farzandlar tarbiyasi, ta’lim, shahsning individual taraqqiyoti, ahloqiy tarbiya, mehr, sadoqat, sabr, muhabbat omillarining oila muhitida amal qilishi tushuniladi. Dastavval, oila tarkibi va farovonligi masalasiga to‘htalsak.
BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan o‘rganilgan holatlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston
aholisining yarmidan ko‘prog‘i, ya’ni 11 millioni 18 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil etib, har bir oila boquvchisi o‘zi bilan o‘rtacha 5,2 kishini boqish mas’uliyatini zimmasiga olib yashaydi. Taqqoslash uchun mamlakatimizga aholi nufuzi bo‘yicha birmuncha yaqinroq bo‘lgan Ruminiya yoki Polshani misol qilib olsak, bu davlatlarda har bir boquvchi zimmasiga 0,5 bolani boqib, o‘stirish to‘g‘ri kelmoqda. 35 millionlik Polsha aholisining 22 millioni, Ruminiyaning 23 million aholisidan 16 millioni moddiy yoki nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida mashg‘ul bo‘lsalar, O‘zbekistonning 25 million aholisidan 5 millionga yaqini ishlab chiqarish, boshqaruv tijorat, maorif, tibbiyot singari sohalarda faoliyat yuritmoqdalar. Tabiiiyki, bunday holat vaqtincha muayyan iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirsa-da, har o‘tgan yil moddiy va nomoddiy ishlab chiqirishga millionlab yangi ishchi kuchlarining kelib qo‘shilishiga va pirovard natijada mamlakatimizning umumiy salohiyati darajasini uzluksiz ravishda oshuviga olib keladi.
Bil’aks, istiqlol sharofati bilan ma’naviy tiklanish jarayonlari jadal kechayotgan
mamlakatimizda oila instituti ijtimoiy hayotda tobora mustahkamroq o‘rin egallab bormoqda. Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimov asoslab bergan oila omilini mustahkamlash konsepsiyasi e’tiborga sazovordir.
“Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-
odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir”.
Taqqoslash uchun O‘zbekiston ayollari o‘rtasida Toshkent davlat Madaniyat instituti
“Sotsiologiya” kafedrasi olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda esa ziyoli ayollar orasida 10 foiz, tijoratchilar o‘rtasida 5-7 foiz, qishloq ayollari orasida 3-5 foizgina vaqt farzandlarning ta’lim borasidagi o‘zlashtirishlari ahvoliga ajratilar ekan. Ayni chog‘da, ayolarimiz suhbatlari majmuida 40 – 50 foizgacha vaqt maishiy hayot tashvishlari, qo‘shnilar muammolari, dugona va tanish-bilishlar taqdiri singari masalalar tahliliga bag‘ishlanishi aniqlandi.
Bir qarashda ijtimoiy jixatdan uncha ahamiyatli tuyulmaydigan mazkur qiyosiy tahlil
onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi, ularni katta hayotga maqsadli tayyorlab borish ishlaridagi o‘rnini, pirovard natijada esa mamlakatning umumiy taraqqiyoti holatiga bo‘lgan bevosita hamda bilvosita ta’sirini belgilab beradi.
Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda oila institutiga katta ijtimoiy ahamiyat berib
kelinmoqda.

Uning isboti sifatida mamlakatimizda an’anaga aylangan har bir yilga asosiy diqqat-e’tibor qaratilayotganligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. SHuningdek, “Oila yili” deb e’lon qilinishi mazkur masalaga bevosita va “Sog‘lom avlod”, “Onalar va bolalar”, “Obod mahalla” yillari mobaynida esa bilvosita tarzda doimiy e’tibor qaratib qelinmoqda. Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 82,5 tabiiy gaz bilan ta’minlash 83,5 foizga etdi, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Onalar o‘limi darajasi 2 baravardan.

Harakatlar strategi ko‘proq, bolalar o‘limi 3 baravar kamaydi. Ushbu davrda, ya’ni qariyb 20 yil mobaynida odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi. Bugun mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan aholining 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining jiddiy ta’sirlariga qaramay, O‘zbekiston dunyodagi kam sonli davlatlar qatorida iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlamoqda, ishonchli faoliyat ko‘rsatayotgan moliya-bank tizimini saqlab turibdi.
Hullas, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining o‘ziga hos tajribasi va
an’analari to‘plangan. Bunda «inson – jamiyat – davlat” munosabatlari, inson omili yuksak mavqeda turadi. SHu ma’noda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va ular mamlakatda demokratik jamiyatni qurishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba