Himoyada qo‘llaniladigan yakka taktik harakatlarga O‘rgatish.
Himoyada qo‘llaniladigan Yakka taktik harakatlarning asosiy maqsadi – raqib jamoa o‘yinchilari xatti-harakatini kuzatish va aniqlaish, to‘p kiritishdan, hujum zarbasidan, to‘siqdan qaytgan to‘plarni «olish» uchun joy tanlaish va ularni yo‘nalishiga qarab, o‘z vaqtida zarur joyga yetib kelish, eng maqbul himoya usulini tanlaish, qo‘riqlaish (straxovka) joyini bilish va Shunga asosan harakat qilish, zarba yo‘nalishini oldindan payqab olish va to‘siq qo‘yishdan iborat. Joy va to‘pni qabul qilish usulini tanlaish.
Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
- Oldingi (hujum zonalari) chiziq atrofida ikki hujumchi bir-biriga to‘ldirma to‘pni tashlaydi, kutilmaganda ularning biri sakrab to‘pni to‘r ortiga irg‘itadi. Qarshi maydonchada turgan ikki himoyachi o‘z vaqtida joy tanlab, to‘pni ilib olishi lozim.
- To‘pni pastdan ikki qo‘llab, Yuqoridan ikki qo‘llab, pastdan bir qo‘llab yiqilib, to‘pni qabul qilish uchun 2 ta yoki 3 ta to‘p turli balandlikka osilib qo‘yiladi. Maxsus signal bo‘yicha o‘yinchi u yoki bu qabul usulini bajaradi.
Texnikaga oid mashqlar.
- Yuqoridan kiritilgan to‘pni pastdan ikki qo‘llab, pastdan kiritilgan to‘pni Yuqoridan ikki qo‘llab qabul qilish. To‘p kiritish goh Yuqoridan, goh pastdan amalga oshiriladi. Ushbu mashqlar juftlikda yoki bir necha to‘p kirituvchi ishtirokida bajariladi.
- 3 ta Shug‘ullanuvchi oldingi chiziq ortida 4,3 va 2-zonalarda joylaishadi va Qarshi maydonning 3-zonasida turgan 4-o‘yinchini kuzatadi. 4-o‘yinchi o‘z ustiga to‘p tashlab kutilmaganda to‘pni sakrab to‘r ortiga 4,3,2-zonalarning biriga yo‘llaydi. To‘p yo‘naltirilgan joyda turgan o‘yinchi to‘pga o‘z vaqtida chiqib, eng maqbul usul yordamida uni qabul qiladi.
- Hujum zarbasidan qaytgan to‘pni pastdan ikki qo‘llab, pastdan ikki va bir qo‘llab yiqilib, Yuqoridan ikki qo‘llab yiqilib qabul qilish. Zarbani Qarshi maydondan murabbiy yo‘llaydi. Zarba chalg‘ituvchi sekin to‘p tashlaish bilan almashtirilib turiladi.
Taktikaga oid mashqlar.
- Murabbiy (yoki biror Shug‘ullanuvchi) Yuqoridan yoki pastdan (aniq yoki kuchli) to‘p kiritadi. Qabul qiluvchi oldindan to‘p kiritish usuli va yo‘nalishini payqab joy tanlaydi.
- Murabbiy o‘z ustiga to‘p tashlab, to‘r ustidan hujum zarbasi yoki chalg‘ituvchi to‘p tashlaish usulini bajaradi. Himoyachi o‘yinchi oldindan hujum usulini payqab, yo qo‘riqlaishga chiqadi.
- Hujum qo‘yuvchi yoki to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi ortida qo‘riqlaish o‘yinini bajarish.
To‘siq qo‘yishda Shu malakaning texnikasi va taktikasi Yagona omil sifatida amalga oshirilishi lozim: texnikasi – zarba yo‘nalishiga nisbatan qo‘llarni to‘g‘ri qo‘yish (kaftlarning uzoq-Yaqinligi); taktikasi – sakraish uchun to‘rdan zarur oraliqda joy tanlaish, qo‘llarni ko‘tarish vaqtini aniqlaish, zarba yo‘nalishini aniqlagan holda, qo‘llarni joylaishtirish.
Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
- Hujumchi to‘r oldida harakatlanib, kutilmagan holda to‘xtab turli yo‘nalishda hujum zarbasini taqlid qiladi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi to‘g‘ri joy tanlab, sakrab zarbaga to‘siq qo‘yishni taqlid qiladi.
- O‘rindiqda turib to‘siq qo‘yish. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi qo‘llariga boks qo‘lqop (lapa) kiygizilgan. Qarshi maydonning 4,3,2-zonalaridan to‘siqchiga qarab paralon to‘p tashlanadi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi qaysi zonadan to‘p tashlanishini bilmaydi.
- Shu maishq tabiiy holatda bajariladi.
Texnikaga oid mashqlar.
- 4 va 2-zonalarda diagonal bo‘ylab berilgan hujum zarbasiga 3-zonadan harakatlanib to‘siq qo‘yish.
- Muayyan yo‘nalishiga to‘siq qo‘yish (muayyan zonani to‘sish uchun).
- Turli balandlikdan berilgan hujum zarbasiga to‘siq qo‘yish.
- Turli tezlikda uzatilgan to‘pdan zarba berishga to‘siq qo‘yish.
Taktikaga oid mashqlar.
- Ko‘rsatma berilgan yo‘nalishda ijro etiladigan hujum zarbasiga to‘siq qo‘yish; turli zonalardan (ko‘rsatma bo‘yicha) berilgan zarbaga to‘siq qo‘yish.
- Bir zona turli usulda ijro etiladigan hujum zarbalariga (to‘g‘ri yo‘nalishda–diagonal, gavdanio‘ngga va chapga burib, yonlama, «zaif» qo‘l bilan) to‘siq qo‘yish.
- Shu maishq, faqat boshqa zonalardan ijro etiladigan hujum zarbasiga to‘siq qo‘yish.
- Uzatuvchi (bog‘lovchi) o‘yinchi kutilmagan zonaga to‘p uzatgan joydan berilgan zarbaga to‘siq qo‘yish (to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi to‘pni qaysi zonaga uzatilishini payqab olishi, Shunga Yaraisha joy tanlaish va o‘z vaqtida to‘siq qo‘yishi lozim).











