Ijtimoiy siyosatning xususiyatlari.
Ijtimoiy siyosatning xususiyatlari.
– Ijtimoiy siyosatni o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasi
– Ijtimoiy islohotlarni bosqichma-bosqichligi
– Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
– Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq ijtimoiy yordam
ko‘rsatish
– Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish
Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari
– Aholining iqtisodiy aktivligini qo‘llab-quvvatlash
– Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish
– Aholini to‘lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o‘sishini ta’minlash
– Aholining daromad va mulkka egalik darajasini keskin tabaqalashuvini oldini olish
– Ijtimoiy hizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash
Ijtimoiy sohada islohotlar strategiyasini belgilovchi asosiy shartlar
– Aholini daromadi va mulkka egaligi bo‘yicha tabaqalanishi
– Ishsizlik
– Qishloqdagi ortiqcha bandlik
– Milliy valyutaning sotib olish qobiliyati
– Inflyasiya
– Sof daromad darajasi
Davlat ijtimoiy siyosatida aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo‘nalishlari
– Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a’zosining
foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish;
– Davlatning markazlashgan
– n xizmatlar va samarali mehnaijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish;
– Ko‘rsatilgatlari uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar;
– Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi;
– Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar;
– Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish;
– Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
– Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari;
– Ishsizlik nafaqasi;
XXI asr boshlarida demokratik tamoyillarning ustuvor kelishi ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy
himoya tizimi ham hozirgi zamon davlatchiligining o‘ziga xos demokratlashuvidagi asosiy
omillardan biri bo‘lib hizmat qilmoqda. Jamiyatning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish tamoyili hozirgi zamon taraqqiyot konsepsiyasida yangicha yo‘nalishdir. Ma’lumki, xatto barqaror demokratik taraqqiyotga erishgan bugungi Evropa mamlakatlari ham o‘z vaqtida bunday amaliyotni chetlab o‘tgan edilar. O‘zbekistonda esa ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun hukumat dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu islohotlarni yanada kengaytirish uchun zarur edi. hozirda, aytish mumkinki, O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida ana shu aniq natijaga erishildi.
Bu yo‘nalishga ega bo‘lgan amaliy bosqichdir. Ijtimoiy islohotlar konsepsiyasi jamiyatda
barqarorlik va xavfsizlik tizimining mustahkamlanishiga qaratildi. Natijada O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida barqaror o‘zgarishlarga erishildi. Jahon ekspertlarining xuëosalariga ko‘ra, aynan ushbu konsepsiya O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyot bosqichiga kirishiga asos bo‘ldi. Hususan, yaqinda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan turli davlatlarning ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha e’lon qilgan qiyosiy tadqiqot natijalari ham fikrimizni tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarish jamiyat tabaqalarining
manfaatlarini himoya qilishda amaliy ahamiyat kasb etishi zarur. Aynan ushbu ijtimoiy talab
bajariësagina, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asoslaridan biri -ijtimoiy totuvlik saqlanadi.
Ijtimoiy totuvlik ustuvor bo‘lgan jamiyatdagina kuchli ijtimoiy siyosat yuritish uchun
imkoniyat yaratiladi. Ammo ijtimoiy totuvlik o‘z-o‘zidan kelib chiqmaydi. Zero, har qandayjamiyatda turli ijtimoiy tafovutlarning bo‘lishi tabiiy holdir. Mutaxassislar fikricha, bu ijtimoiy tafovutlar quyidagi guruhlar o‘rtasida ma’lum ma’noda ijtimoiy farqlarning mavjudligida o‘z ifodasini topadi:
-boylar va kambag‘allar orasida;
-ko‘p millatli davlatlarda aholining etnik guruhlari orasida;
-aholining diniy guruhlari orasida;
-markaz va mintaqalar orasida;
-erkaklar va ayoëlar orasida;
-turli avlodlarga mansub odamlar orasida.
Bu tafovutlar O‘zbekiston jamiyatida ham ko‘zga tashlanadi. SHu sababli imkon qadar aytib
o‘tilgan tafovutlar ko‘rinishini kamaytirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilib borilishi
ijtimoiy siyosatning maqsadlaridan biridir.
O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki yillardayoq, kuchli ijtimoiy himoya tizimini
yaratishdan maqsad, insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Mamlakat prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir»
Albatta, ijtimoiy himoya tizimining rivoji mamlakat iqtisodiyotining ahvoliga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liqdir. Avvalo, nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib hizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi, ijtimoiy himoya tizimining yanada takomiëlashib, zamon talabiga mos bo‘lib borishiga olib keladi
Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shahs o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qila
olishi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratish, bunda ularning farovon turmush kechirishlariga erishish jarayonida to‘liq namoyon bo‘ladi. Kishilarning jamiyatdan olayotgan ulushlari (ish haqi, daromadlari, mukofotlari, unvonu mansablari) ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissalariga (mehnati, qobiliyati, zakovati, alohida hizmatlari, sarmoyasi va h.k.) mos kelishi shu ma’noda inson rivoji imkoniyatlariga bog‘liq.
Albatta, inson faqat non bilan tirik emas. Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, hayot sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan, mehnat qiladigan va bo‘sh vaqtini o‘tkazadigan sohalarda shakllanadi. Ijtimoiy infrastruktura inson hayotida kuchli ta’sirga ega.
Sog‘liqni saqlash shunday sohalardan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab
prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog‘lom avlod uchun» umumhalq harakati boshlangan edi.
Sog‘lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va o‘zining natijalarini bera boshladi.
“O‘zbekistonda aholining eng ko‘p ta’minlangan 10 foizi va eng kam ta’minlangan 10 foiz
qatlami daromadlari o‘rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8,0 barobarni tashkil etganini alohida ta’kidlashni istardim. Bu jahondagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mamlakatimizda jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatimizning samarasi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi”109.
Insonning jamiyatga foyda keltirishi ko‘p jixatdan uning hayoti qanday ta’minlanganligiga
bog‘liq. Dastavval, har bir oila o‘z turar joyiga ega bo‘lishi kerak. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarni gazlashtirish kabi murakkab muammolarning hal qilib borilishi ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir.
Narhlarni erkinlashtirish, savdo tizimi va maishiy hizmat sohasining bir maromda
hususiylashtirib borilishi ham inson manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim.
Iste’mol mollarining ko‘pini o‘zimizda etishtirishni ta’minlash uchun mahalliy ishbilarmonlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, qishloq joylarda savdo shahobchalari va maishiy hizmat muassalarini ko‘plab barpo etish ana shu maqsadlarga olib boradigan yo‘ldir. O‘zbekistonda hususiylashtirish jarayonlarining borishi va ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarining mulkchilik shakllari bo‘yicha tarkibi, iste’mol mollarini ishlab chiqarish sohasidagi o‘zgarishlarlar ana shunday yo‘nalishga ega.
hozirgi zamonda aholini ijtimoiy himoya qilishning qator modellari mavjud. Ulardan biri
Skandinaviya mamlakatlarida (Finëyandiya, SHvetsiya) qo‘ëlaniëayotgan sotsial-demokratik
model bo‘lib, bunday modelga ko‘ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha mas’uëiyatini o‘z
zimmasiga oladi.
Neoliberal modelga ko‘ra esa (AQSH) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va
kasaba uyushmalari bajaradilar. Neokonservativ modelga ko‘ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo‘lib, bu tizim qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan qolishmaydi.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordamdan tashqari respublikamizda
norasmiy ijtimoiy yordam ko‘rsatishning an’anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning negizini qarindoshchilik, qo‘shnichilik, mahallachilik, yoru birodarchilik yordamlari, ya’ni xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo‘jaliklar hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar pensiyasiga qo‘shib beriëayotgan qo‘shimchalar, muhtojlarga ko‘rsatilayotgan otaliq yordamlari, bayram va hayit kunlari bemorlarni ziyorat qilish, turli xayr-ehsonlar ham milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko‘rinishlaridir. Bulardan tashqari, ijtimoiy yordam ko‘rsatishda nodavlat jamoat birlashmalari va xayriya tashkilotlari ham ishtirok etmoqda.
Albatta, muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda, avvalo, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiladigan nodavlat tashkilotlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozim. Hususan, kasaba uyushmalari rivojlangan mamlakatlarda hodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish uchun korhona egalariga, ish beruvchilarga doimo ta’sir o‘tkazib keladilar. Bizda esa hali bunday tajriba mavjud emas. Birinchi navbatda jamoat tashkilotlari‚ hususan kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan yahshilash‚ ularni mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi kuchga aylantirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimizning ijtimoiy himoya tizimi rivojini umumiy tarzda qarab o‘tish o‘rinlidir.
Ma’lumki, 1991 yilda sobiq totalitar tuzum inqirozga uchragach, uning o‘rnida vujudga kelgan yangi mustaqil mamlakatlar demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etishda turli yo‘llarni tanladilar. Birinchisi, Evropa va Amerika davlatlari tajribasida sinab ko‘rilgan “falaj qilib davolash” yo‘li edi. Ko‘pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo‘lni tanladilar. Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui ishlab chiqilmasdanoq, jamiyatni keskin tarzda demokratlashtirishga o‘tildi.
Oqibatda bu o‘z navbatida ko‘plab murakkab muammolarni keltirib chiqardi.
Ikkinchi yo‘l – jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish yo‘li bo‘lib, bunda O‘zbekiston
tashabbuskor bo‘ldi. O‘zbekistonda avval qonunlar majmui yaratildi, so‘ng bozor infrastrukturasi tizimini shakllantirishga e’tibor qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishiëdi. Natijada jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab o‘tdi. Bu birinchi navbatda ijtimoiy himoya tizimiga ham tegishli edi. Aytaylik, 1992 yilda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang holatda edi. SHunday sharoitda kam ta’minlangan fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilinishi zarurligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu siyosat davlatning islohotchilik roliga tayangan holda amalga oshirildi. SHu tariqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlat nazoratining bo‘lishi ijobiy natijalar berdi.
Birinchi bosqich. Narhlar islohoti va narhlarning erkinlashtirish. (1992 yil 10 yanvardan
boshlab).
Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish. (1992 – 1994 yillar).
O‘z o‘rnida demokratiyaning sharqona shakli hususida fikr bildirib o‘tish lozim. YAhshi
bilamizki, SHarq qadriyatlari “inqilobiy sakrash” dan ko‘ra tadrijiylikni ustun biladi. SHu sababli azalardan SHarq jamiyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘pirilishlar nisbatan kam. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayoni SHarq va G‘arb demokratiya tamoyillari o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshirilishi sababli ham, taraqqiyotda bosqichma-bosqichlik, harakatda esa qonun ustuvorligi asosiy hususiyat kasb etdi va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda.
Tan olish kerak-ki, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini amalga oshirish uchun shunchaki
qulay sharoit yo‘q edi. SHunga ko‘ra, 1994 yil 24 avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994 yil oktyabrdan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi takomillashtirildi. Negaki, ilgari faqat respublika byudjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘ylab ijtimoiy himoya amalga oshirilardi. Bunday holat mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi. Natijada yuqoridagi Prezident Farmoniga binoan 1994 yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Bu tizim bugungi kunga qadar o‘zini oqlamoqda. Ana shu Farmonga muvofiq yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida o‘quv yurtlari
talabalarining stipendiyalari muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Zero, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholi soni jixatidan eng yirik mamlakat bo‘lib, sanoat va makroiqtisodiyot tizimi bir yoqlama hususiyatga ega edi. Bu murakkablik jamiyat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmasada, ma’lum ma’noda undan chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekistondagi yer usti va yer osti boyliklari, intellektual salohiyat bunga imkon berdi. Undan unumli foydalanildi. SHunisi ham e’tiborliki, jamiyatni demokratlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini yaratish o‘zaro bog‘ëiq
jarayon sifatida rivojlandi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida shahsga qo‘yiladigan talab ortib borganligi
sababli, kishilar ilm o‘rganadilar‚ kasb egallaydilar‚ zamonaviy tehnika‚ tehnologiyani
o‘zlashtiradilar‚ kompyuter yoki tilni o‘rganish choralarini ko‘radilar. SHu talablarga javob bera oladigan insonlar hayotda o‘z o‘rinlarini topib oladilar.
Lekin, O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zini-o‘zi himoyalash tizimi batamom yo‘lga tushib ketgan
emas. Boqimandalik kayfiyatidan ijtimoiy himoya iste’molchilari ham qutulishlari lozim. Fuqarolar endilikda o‘zlarini-o‘zi ta’minlash usuliga o‘tishlari kerak. O‘zbekistonda hususiy mulkchilikning qaror topishi bu sohada qat’iy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi zarur. SHunisi ham muhimki, ijtimoiy himoyani doimiy jarayon sifatida tushunmaslik lozim. Aks holda boqimandalik kayfiyati battar kuchayishi mumkin. Ijtimoiy himoya ayrim fuqarolar uchun imkoniyat, holos. har qanday sharoitda ijtimoiy yordam jamiyat a’zolari uchun imtiyozga aylanmasligi lozim.
Bu o‘rinda jamiyatning o‘zini-o‘zi ijtimoiy himoyalash tizimiga o‘ta borishini ta’minlash uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish lozim:
− -nodavlat, nohukumat tashkilotlar, jamg‘armalar, uyushmalar va turli shakldagi mulk egasi bo‘lgan tashkilotlarning moddiy ahvolini yahshilashni qo‘llab-quvvatlash;
− barcha turdagi korxonalar, muassasalar va uyushmalarni zamon talabiga javob beradigan
hodimlar va ayniqsa huquqshunos, psixoëog va sotsioëog mutahassislar bilan ta’minlashga
alohida e’tibor berish lozim;
− nomi zikr etilgan muassasalarning xorijiy turdosh muassasalar bilan hamkorligini yo‘lga
qo‘yishda ko‘maklashish. Ular o‘z yo‘nalishlarida zarur tajriba orttirishlari talab etiladi;
− ijtimoiy himoya tizimida iqtisodiy muhofazalanishni asta-sekin ijtimoiy fondlar zimmasiga
o‘tkaza borish zarur. Bunday holatda odamlarni ijtimoiy muhofazalashning ta’sirchan
vositasi yuzaga keladi;
− ijtimoiy muhofazalashda boqimandalik, mas’uëiyatsizlik, befarqlik singari iëlatlarga barham beruvchi ta’sirchan vosita va usullarni qidirib topish va hayotga joriy eta borish talab etiladi.
SHuni aytib o‘tish zarurki, har qanday jamiyat ijtimoiy muhofaza tizimida o‘ziga hos
hususiyatlarga ega bo‘ladi. Mustaqillikka erishiëgandan so‘ng oradan o‘n uch yil o‘tdi.
O‘zbekistonda nafaqat moddiy farovonlik, jamiyatning demokratlashuvi kabi muhim jarayonlar kuchli ijtimoiy himoya tizimi mehanizmi yaratilgan taqdirdagina ma’no-mazmunga ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatda asosiy boylik inson bo‘lib qoladi.
O‘tkazilayotgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog‘ëiq. Bu haqda prezident I.A.Karimov shunday ta’kidlaydi: “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir”. Lekin, shunisi ham borki, islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Demokratik jamiyat qurish sharoitida o‘rta mulkdorlar qatlami katta salmoqqa ega bo‘ladi. O‘rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo‘ladi, o‘rta sinf esa jamiyat taraqqiyotini tehnologik, tehnik, ilmiy va ma’naviy ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
SHuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim
sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy himoya qilish uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bu holat o‘z navbatida quyidagi omillarni belgilab beradi:
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati istiqlol va taraqqiyot yo‘liga ishonchni mustahkamlaydi,
bu ishonch esa aniq moddiy zamin asosida hosil bo‘ladi.
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat
sharoitlarini yaratadi. XXI asr boshida dunyo taraqqiyotida munosib turmush darajasi inson
omilining etuk sharti bo‘lib qoëayotganligi e’tiborga olinsa, mamlakatimizda bu masalani hal
etishda ijtimoiy himoyalashdan unumëi foydalanish masalasi nechog‘li ahamiyatli ekani ayon bo‘ladi.
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati fuqarolarning islohotlarning izchil kechishidan
manfaatdorligini oshib borishini ta’minlaydi va bu yangilanish jarayonining orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo‘lib hizmat qiladi.
O‘zbekistonda aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogironlarni,
shuningdek sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati o‘zining muayyan tajribalariga ega bo‘ldi. Ma’naviy, tarihiy va madaniy qadriyatlar, aholining ahloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash vazifalari dolzarb bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu holat katta ahamiyatga ega. Bu tajriba fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirish, mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish, mintaqaviy rivojlanishni avj oldirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirish imkonini beradi.
“Odamlarning o‘ziga o‘zi baho berishi, o‘zini aholining muayyan guruhiga mansubligini
anglashi ularning turmush darajasi va sifatining umumiy hamda yakuniy indikatori hisoblanadi.
Bu borada, albatta, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda yashash
sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlangani, odamlar
istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning
mavjudligi va uning samarasi, aholini sifatli iste’mol tovarlari, shu jumladan, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlash, zamonaviy talablar asosida ta’lim olish hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand bo‘lish kabi hayot darajasini belgilaydigan muhim ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
O‘zbekistonda yuqorida qayd etilgan aksariyat indeks va ko‘rsatkichlar bo‘yicha katta
o‘zgarish va yutuqlarga erishildi. Bu haqda so‘z yuritganda, shuni aytish joizki, ayni paytda
oilalarning 97 foizi o‘z uyiga ega, aholining 90 foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha asosiy tovarlar bilan ta’minlangan, har uch oiladan biri shaxsiy engil avtomobilga ega, aholi iste’mol mahsulotlari bilan etarli darajada ta’minlanmoqda.
O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini o‘zini
o‘rta toifaga mansub deb biladi. Holbuki, 2000 yilda atigi 24 foiz aholi o‘zini shu toifaga mansub deb bilar edi.
SHuni unutmaslik kerakki, o‘rta sinf ulushining yuqoriligi fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning zamini va asosi, davlatning barqarorligi va mustahkamligining, odamlarning o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchining muhim omili sifatida qabul qilinadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar etakchi xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, xolisona baholanmoqda.
2012 yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining
Farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir.
Ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi,
ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham
O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zgalar havas qiladigan o‘rinni mustahkam egallab turibdi”
Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatda yangicha fikrlashning, asoslarini yaratishga
qodirligi tufayli ham demokratik jamiyat barpo etishga ko‘maklashadi. Zero, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yuzaga kelgach, fuqarolar fikrlashga, yangi zamon tartiblarini tuzishga ishtiyoq bilan intiladilar. CHunki, fikrlovchi odam fuqarolik jamiyatiga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini mumkin qadar ko‘proq ro‘yobga chiqara olgan taqdirdagina, kuchli bo‘la oladi.
Nazarimizda, ushbu modellarning har biri o‘z yutuq va kamchiliklariga ega. Ularni
respublikamizda shunchaki tatbiq qilib bo‘lmasligi aniq. O‘zbekiston ijtimoiy ta’minot sohasida o‘z modeliga ega va u ijtimoiy kafolat tizimining o‘zgaruvchan hususiyatiga mos tarzda takomillashib boradi.
O‘tish davrida sotsial muammolarning yuki ortadi. Yo‘lga tushgan karvon kabi sotsial
sohaning muammolari ham borgan sari ortib boradi. SHuning uchun sotsial sohada yuzaga keëuvchi muammolarning echimini modellashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda eng muhim muammolar rivojlanishi tendensiyalari o‘z vaqtida aniqlanishi katta ahamiyatga ega. Hususan, O‘zbekistonning sotsial hayotida yuz berayotgan yirik o‘zgarishlar asosidagi muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish muhim. Misol tariqasida u quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot tizimida boshqaruv idoralari hisoblangan 1 ta
vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 153 ta tuman va 36 ta shaharda ijtimoiy ta’minot tizimlari mavjud. SHuningdek, yolg‘iz nogironlarga va qariyalarga mo‘ljallangan o‘nlab internat uylari, nogironlik sababi va guruhini belgilovchi tibbiy ekspertiza komissiyalari, hususan, nogironlikni ekspertiza qilish va nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklash bo‘yicha 1 ta ilmiy-tekshirish instituti faoliyat yuritmoqda. Pensionerlarning davolanishi va dam olishiga mo‘ljallangan bir qancha maxsus sanatoriyalar ishlab turibdi.
Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini
moliyalashtirishning asosiy manbai respublika va mahalliy byudjet vositalari hisoblanadi.Ma’lumki, mustaqil taraqqiyotimizning ilk davridanoq inson – jamiyat – davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona echimini topish alohida ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Evropa mamlakatlari, Osiyoning YAponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlari aynan shu g‘oya asosida taraqqiyot yo‘lini belgilab, tarixan qisqa davr ichida yuksak taraqqiyotga erishgan edilar.
Ikki asrlik demokratik rivojlanish tarihiga ega bo‘lgan AQSH ham inson manfaatini taraqqiyotning asosi sifatida qabul qilgan edi. Ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekiston demokratik taraqqiyotning jahon tajribasini sinchiklab o‘rgandi. O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish va uning tayanchi sifatida insonparvar tuzumni shakllantirish yo‘lida islohotlarni amalga oshirish “inson –jamiyat – davlat” tizimidek kuchli uyg‘unlikni talab etmoqda. Ijtimoiy siyosatning xususiyatlari.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.











