Intellekt ko’pligi nazariyasining qisqacha bayoni.
Bu nazariyani amerikalik psixolog Govard Gardner (1943 yil 11 iyulda tug’ilgan) ishlab chiqqan. Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar:
Verbal-lingvistik intellekt-so’z xotirasi, so’z boyligi yaxshi, o’qishni yaxshi ko’radi,so’z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.
- Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar,boshqotirmalarni echishni, shaxmat o’ynashni yaxshi ko’radi, tengqurlariga nisbatanко proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog liqliklarini tushunadi. Bularmatematik, fizik va boshqalar.
- Vizual-fazoviy intellekt-ko’rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarnitekstga nisbatan oson o’qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellarkonstrukstiyalashni yaxshi ko’radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi,shaxmatchilar.
- Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakatlari,mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo’l tekkizish, buyumlarniqismlarga ajratish va yig’ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko’radi.Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mini, artist, sportchilar.
- Musiqiy-ritmik intellekt-qo’shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqaasbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so’zlashi ritmli, ozichasezmasdan kuylaydi, biror ish qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor,musiqachi, qo’shiqchi, raqqoslar.
- Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o’ynash va ulargao’rgatishni yaxshi ko’radi, turli holatlarda yetakchi bo` lib qoladi, hamdardlikni, boshqalargag amxo’rlik ko’rsatishni biladi, boshqa bolalar unga sherik bo’lishga intiladilar. Bular diniyxodim, siyosatchi, diplomatlar.
- Ichki shaxsiy intellekt-mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi, o’zinining yaxshi vayomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi,o’zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko’radi, oz hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o`zxatolaridan ibrat oladi, о z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o’qituvchi,tarbiyachilar.
- Tabiatshunos intellekti-tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivorlar, o’simliklarga qiziqadi,tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash,tasniflash va shu kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. Bular tabiatshunos, ekolog,qishloq xo’jalik xodimlari.
Ayrim bolalar o’zlaridagi eng ustun intellekt tipi orqali boshqalarga nisbatan osonroq o’qishlari mumkin. Har bir boladagi o’z vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan talant unga hayotda yuksak cho’qqilarga erishish uchun yo’l ochib beradi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni bolalarga intellektning har xil tiplarini jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.
Intellekt ko’pligi nazariyasining qisqacha bayoni. Bugun ta’lim-tarbiya jarayonini davr talablariga mos ravishda amalga oshirishning eng zarur omili bo’lgan zamonaviy darsning har biri o’quvchi-yoshlar uchun o’ziga xos quvonch doirasiga, har bir ta’lim dargohi esa shodlik maskaniga aylanishi lozim. Xususan, darsga ishonch bilan kelib, o’z o’qituvchisini alohida hurmat va e’zoz bilan kutib olish tuyg`usini shakllantirish bugungi kun ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy mezonlaridandir. Uqituvchi dars paytida o’quvchilarga to’g`ri yo’l-yo’riq berib tursa, o’zlashtirishi qiyin bo’lgan bolalar faol ishtirokchiga aylanganini o’zlari bilmay qoladilar.
Tafakkur — bu inson ijodiy faolligining yuksak shakli. Shuning uchun o’quvchilarda ijodiy faollik zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish umumta’lim maktablari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Zero, mustaqil ijodiy fikr yurituvchi yoshlargina mamlakatimiz kelajagining porloq bo’lishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’sha oladilar.
Intellekt ko’pligi nazariyasining qisqacha bayoni. Ma’lumki, o’quvchi faoliyati butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o’qituvchi turli-tuman usullardan foydalangan holda o’quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon yo’naltirib turadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «Ta’lim-tarbiya—ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad
— ozod yurt, bo’lmaydi» Umumta’lim maktablarining asosiy maqsadi yoshlarni fan asoslari bilan qurollantirish, ularni bilim olishga, mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Prezidentimiz alohida ta’kidlaganlaridek, «Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash esa katta boylikdir. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz».
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormokda. Innovastion texnologiyalar, pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi.
Interfaol metodlar pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi — ular faqat pedagog, o’quvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o’quvchi-talabani dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga yo’llash;
- o’quvchi-talabalarning o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarining doimiy ravishda bo’lishini ta’minlash;
- o’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish;
- pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etilishi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi — o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etib natijaga erishish, o’quv jarayonida o’quvchining mustaqil fikrlay olishi, ijodiy ishlay olishi, izlanishi, tahlil eta olishi va xulosa chiqara olishi, shuningdek, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olishi kerak.
O’qituvchining esa bunday faoliyat uchun imkoniyat va sharoit yarata bilishi o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir darsning mavzusi, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. Pedagogik texnologiya yakka tartibdagi jarayon bo’lib, o’quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Fikrimizni quyidagicha ifodalash mumkin.
Interfaol degani bu — o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, o’quvchida mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishning fikr-mulohaza, bahs orqali amalga oshirilishidir. O’quvchi qo’yilgan maqsadga mustaqil, o’zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so’zga chiqadi. Dalil va asoslar orqali fikrini yoritib berishga harakat qiladi. Har qanday matematik tushuncha yoki nazariy mavzu o’quvchilarga ma’lum bir metodlar asosida tushuntiriladi. Ana shunday metodlar ikki yo’nalishda bo’lib, ulardan biri o’qituvchining tushuntirish metodlari, ikkinchisi esa o’quvchilarning qabul qilish metodlaridir.
O’qituvchining tushuntirish metodlari ma’ruza, suhbat va mustaqil ishlardan iborat. O’qituvchi bir soatlik darsi jarayonida ana shu uchta metoddan foydalanib dars jarayonini olib boradi. O’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzuni o’quvchilar reproduktiv, evristik va izlanish metodlari yordamida qabul qiladilar. Agar o’qituvchi dars jarayonida mavzuni ma’ruza metodi bilan tushuntirsa, o’quvchilar reproduktiv metod bilan qabul qiladilar. Bunda mavzu materialining mazmuni mantiqiy tahlil qilinmaydi, ma’ruza metodi bilan dars o’tishda o’qituvchining o’zi juda faol bo’lib, talabalar esa faol bo’lmaydi.
Agar o’qituvchi mavzuni suhbat metodi bilan tushuntirsa, o’quvchilar evristik metod bilan qabul qiladilar. Bunda talabalarning tushuntirilayotgan mavzu materialiga nisbatan faolligi oshadi, chunki o’qituvchi mavzu mazmunini mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’lgan savollar asosida o’quvchilar bilan birgalikda ochib beradi, bunda bevosita o’quvchilar ham savollarga javob berish orqali dars jarayonida faol ishtirok etadilar. Umuman olganda suhbat metodi bilan dars o’tishning mohiyati shundan iboratki, o’qituvchi tomonidan sinf o’quvchilari uchun o’tiladigan mavzu materialining mazmuni muammo qilib qo’yiladi, so’ngra maqsadga tomon yo’naltiruvchi savollarni o’quvchilarga berish orqali qo’yilgan muammo hal qilinadi.
Agar o’qituvchi mavzuga doir misol yoki masala echmoqchi bo’lib dars jarayonini rivojlantirgan bo’lsa, u mustaqil ishlash metodi bilan dars o’tadi, bunda o’quvchilar qo’yilgan masala yoki misolni echish uchun fikrlaydilar, izlanish metodi bilan mavzuni o’zlashtiradilar. Bunday dars jarayonida o’quvchilar juda faol bo’ladi, chunki ular echish uchun doskaga o’qituvchi tomonidan yozib qo’yilgan misol yoki masala yuzasidan mustaqil holda fikrlaydilar, o’ylaydilar va mantiqiy xulosa qiladilar, bu bilan ularda manti-qiy fikrlash rivojlanadi.
O’qituvchining tushuntirish va o’quvchining qabul qilib olish metodlari asosida ular ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo’ladi. Bilish inson tafakkuri. Doimo o’zingizni rivojlanish va o’sishga, o’qishga undang, zeroki, kimki o’zi o’qimasa, boshqalarda o’qishga ishtiyoq tug`dira olmaydi.
- Talabalarga bilimni shunday beringki, toki, ular o’zlashtirishni xohlasin va o’zlashtirsin.
- O’qitishning maqsadi faqat talabaga ma’lum bilimlarni berishdan iborat bo’lmay, ularda mustaqil va o’qituvchi yordamisiz yuqori cho’qqilarni egallash malakalarini yaratishdan iborat.
Hamkorlik pedagogikasida shunday ulug`vor usullar mavjud bo’lib, unda har bir o’quvchi o’zini shaxs deb his qiladi, o’qituvchining unga e’tiborini sezadi, ayni chog`da o’qituvchining e’tiborini tortishga qiziqadi.
- O’quvchi har bir darsda o’z mehnatining munosib bahosini olishga harakat qiladi.
- O’ziga mos masalalarni tanlaydi.
- Har bir o’quvchining ijodi hurmat va bahoga sazovor bo’lishi lozim.
- Aslida har bir o’quvchi hurmatga loyiq bo’lib, uning qobiliyatsizligiga shubha bilan qarash haqorat ekanligini to’g`ri tushunishi.
Hamkorlik uchun ikki shart kerak:
o’quvchilarning hatto eng kichik qobiliyatlarini rivojlantirish; o’quvchilarning hissiyot va sezgilarini oshirish.
Bilish xursandchiligi o’quvchini faollashtiradi, bu olingan bilimlarni yanada chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Bolaning darsdagi faolligi, ruhiy holati va kayfiyati oldin ko’p hollarda qanday bo’lgan va alohida hollarda qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda, degan nigoh bilan masofa munosabatini tobora yaqinlashtirib borish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim prinstiplari ta’lim jarayonlarining ikkala sub’ektiga – ham o’qituvchi, ham o’quvchiga daxldor.
Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, qoidalar ta’lim prinstiplari deb aytiladi.
Ta’lim qonuniyatlari va mezonlari.
Ta’limning ilmiy bo’lish qoidalari.
Ta’limning mazmuni va izchilligi.
Ta’lim va tarbiyaning uzviyligi.
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog`lig`ushgi. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik mezonlari.
Ta’limda ko’rgazmalilik.
Ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi.
Ta’limda bilim, ko’nikma va malaka muvofiqligi.
Ta’limda o’quvchiga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Intellekt ko’pligi nazariyasining qisqacha bayoni.











