Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari.

0
Interfaol metodlarning ta'lim va tarbiya jarayonidagi o'rni va imkoniyatlari.

Interfaol metodlarning ta'lim va tarbiya jarayonidagi o'rni va imkoniyatlari.

Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari.

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular  ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga  ega.

Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari

Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.

Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon  qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.

Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:

Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.

Tushunish darajasidagi  tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni  taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.

Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g’ri qo’llaydi.    Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.

Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.

Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash.

Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi.  Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o’lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.

Interfaol usullar ko’p turli bo’lib, ularning hammasi  ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.

Shu mashg’ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an’anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko’rib chiqish orqali yaqqolroq  idrok etish mumkin. Shu maqsadda quyidagi jadvalni keltiramiz:

An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar

 

  Asosiy tushunchalar An’anaviy dars Interfaol dars
  qo’llanish darajasi Barcha   mavzular bo’yicha ular uchun  qulay bo’lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha interfaol darsning qulay bo’lgan turlari shaklida qo’llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars  qo’llaniladi
  Dars maqsadi Dars mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarni Dars mavzusi bo’yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon

 

    shakllantirish, mustahkamlash. qilish, himoyalashga o’rgatish.
  O’qituvchi ning     vazifalari va ish usullari Yangi    mavzuni tushuntirish,    mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish. O’quvchilarning            mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil  qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.
  Darsga tayyorgarlikka talablar Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash. Interfaol            dars             ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlash.
  O’quvchil ar tayyorgarligiga talablar Oldingi dars     bo’yicha vazifalarni bajarib kelish. Yangi dars mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish.
  O’quvchil arning vazifalari vaish usullari O’qituvchini tinglash va o’zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish. O’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo’yicha mustaqil fikrlash, o’z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish
  Vaqttaqsi moti Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi. Dars vaqtining ko’p qismi o’quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o’z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi.
  Darsning

modul              va

algoritmlari

Darsning           modul va algoritmlaridan           har       bir o’qituvchi       o’zi             qo’llayotgan metodga muvofiq foydalanadi. Har        bir        dars     oldindan tayyorlangan   modullar         va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o’tkaziladi.
  O’quvchil

ardan           talab

qilinadigan faollik darajasi

O’qituvchi har tomonlama faol, o’quvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo’yicha faol.Muloqot shakllari:

o’qituvchi-guruh; o’qituvchi-o’quvchi; o’quvchi-o’quvchi; o’quvchi-o’qituvchi; guruh-o’qituvchi;

O’qituvchi ham, o’quvchilar  ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: o’qituvchi-

o’quvchi;         o’quvchi-o’quvchi; o’quvchi-kichik guruh;kichik guruhkichik guruh; o’quvchi-o’qituvchi;      kichik

guruh-o’qituvchi; guruh-o’qituvchi.

0 Bilimlarni o’zlashtirishning asosiy usullari Muloqot,             muhokama, muzokara,             bahs,    munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar. Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama,     muzokara,       bahs, munozara,       mulohaza,       tahlil    va boshqalar.
1 Mashg’ulo t shakllari Ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot,     laboratoriya Ma’ruza, guruh yoki juft bo’lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara,
    mashg’uloti, davra suhbati, bahs, munozara, konsultastiya va boshqalar. davra   suhbati,           amaliy ishlar   va boshqalar.
2 Kutiladiga n natija Mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtirishlari. Mavzu   bo’yicha o’quvchilarning o’z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish.

 

Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi.

Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg’ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko’rsatib turibdi.

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba