Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlangan uchinchi yo’nalishidagi vazifalar.

0
Iqtisodiyotni rivojlantirish

Iqtisodiyotni rivojlantirish

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlangan uchinchi yo’nalishidagi vazifalar.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlangan uchinchi yo’nalishidagi vazifalar. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish: makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  o‘rta  muddatli  dasturlar  asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror  yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha
darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga  qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

soliq  yukini  kamaytirish  va  soliqqa  tortish  tizimini  soddalashtirish  siyosatini  davom
ettirish,   soliq   ma’muriyatchiligini   takomillashtirish   va   tegishli   rag‘batlantiruvchi   choralarni  kengaytirish;

ilg‘or  xalqaro  tajribada  qo‘llaniladigan  instrumentlardan  foydalangan  holda  pul-kredit
siyosatini  yanada  takomillashtirish,  shuningdek  valyutani  tartibga  solishda  zamonaviy  bozor  mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;

bank  tizimini  isloh  qilishni  chuqurlashtirish  va  barqarorligini  ta’minlash,  banklarning
kapitallashuv   darajasi   va   depozit   bazasini   oshirish,   ularning   moliyaviy   barqarorligi   va  ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy  tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy
qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona,  moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond  bozorini rivojlantirish;

xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy
moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga  oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.

Tarkibiy   o‘zgartirishlarni   chuqurlashtirish,   milliy   iqtisodiyotning   etakchi 
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini  oshirish:

milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat,
xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab
chiqarish,  transport-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilma  loyihalarini  amalga  oshirishga  qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

yuqori   texnologiyali   qayta   ishlash   tarmoqlarini,   eng   avvalo,   mahalliy   xomashyo
resurslarini  chuqur  qayta  ishlash  asosida  yuqori  qo‘shimcha  qiymatli  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni  yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;

iqtisodiyot  tarmoqlari  uchun  samarali  raqobatbardosh  muhitni  shakllantirish  hamda
mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki
va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;

ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng
avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat  kooperatsiyasini kengaytirish;

iqtisodiyotda  energiya  va  resurslar  sarfini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishga  energiya
tejaydigan   texnologiyalarni   keng   joriy   etish,   qayta   tiklanadigan   energiya   manbalaridan  foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;

faoliyat  ko‘rsatayotgan  erkin  iqtisodiy  zonalar,  texnoparklar  va  kichik  sanoat  zonalari
samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;

xizmat  ko‘rsatish  sohasini  jadal  rivojlantirish,  yalpi  ichki  mahsulotni  shakllantirishda
xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning  zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;

turizm  industriyasini  jadal  rivojlantirish,  iqtisodiyotda  uning  roli  va  ulushini  oshirish,
turistik   xizmatlarni   diversifikatsiya   qilish   va   sifatini   yaxshilash,   turizm   infratuzilmasini  kengaytirish;

eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini
diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va  safarbar etish;

yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv
tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan erlarga kartoshka,
sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va
uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir
qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat
hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa
zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya
ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga
moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda
aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini
soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini
kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga
xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni
strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va
mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat
ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va
demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va
joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish,
rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini
tashkil qilish, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram
tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-
sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlangan uchinchi yo’nalishidagi vazifalar.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba