Jadid ma`rifatparvarlarining pedagogik qarashlari.

Jadid ma`rifatparvarlarining pedagogik qarashlari. Turkistonda chor hukumati mustamlakachiligi siyosati tufayli ro‘y bergan fojiali voqea-xodisalarga qarama-qarshi ravishda ma’rifatparvarlik – jadidchilik harakati dunyoga keldi Ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’naviyaxloqiy g‘oyalar, fikr-muloxazalari o‘sha murakkab tarixiy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi.
Ma’rifatparvarlar xalqimizning donishmand farzandlari sifatida mustamlakachilik davrida Turkistonda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, xalqning ma’naviy holati darajasini yaxshi bilganlar. Mustaqillikka erishish uchun xalqning umumiy madaniy saviyasini davr talablari va imkoniyatlari darajasida rivojlantirish, xalqni yangi madaniyat, ma’rifatga chorlash zarurligini chuqur anglab etganlar. Xalqni Evropa mamlakatlari madaniyati, fan-texnika yutuqlari, ilg‘or tajribalari bilan tanishishga tinimsiz ravishda da’vat etganlar. Bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli millat va xalq juda katta ijtimoiy kuchga aylanishini ma’rifatparvarlar birinchilardan bo‘lib tushunib etganlar. «Asta-sekin ma’rifatchilikdan jadidchilik o‘sib chiqdi va u ma’lum darajada siyosiy masalalarni olg‘a sura boshladi. YAngi talim-tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ‘ibot, tashkilotchilik, masalalari asosiy o‘ringa ko‘tarildi. YAngiliklarga asoslangan holda rus va eski maorifdan farq qiluvchi fikr-g‘oyalar oldinga surildi, ular mahalliy matbuot, turli kitoblar orqali keng targ‘ib qilindi. Bu madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi mustaqillikka xalq ongini oshirish, o‘z ahvolini yaxshilashga intilishning ko‘rinishlaridan edi».Jadidchilikning asosiy mohiyati millatni koloqlik, xurofot botqog‘idan chiqarishga qaratilgan.
XX asr o‘zbek maorifi va madaniyati, qolaversa, bugungi mustaqillik tafakkurimiz, ehtimolki, shu jadidlar oldida burchlidir. «Usuli jadid», «usuli savtiya» nomlari bilan shuxrat topgan yangi maktabni Turkistonda shular tashkil qilganlar. SHular birinchi bo‘lib zamonaviy oliy maktab g‘oyasini ilgari surdilar, o‘nlab jamiyatlar, shirkatlar uyushtirib, ular yordamida qanchadan-kancha yoshlarni taraqqiy qilgan Evropa mamlakatlariga o‘qishga yuborishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘zbek teatrining birinchi g‘ishtini ko‘ygan, nashru matbuotini boshlab bergan ham shulardir.
Jadidlar o‘z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindilar.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidlik harakatlarining tepasida Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo‘lpon, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Co‘fizoda, Xamza, Sadriddin Ayniy, Tavallo singari xalqimizning o‘nlab fidoiy farzandlari, shoiru adiblari, davlat va siyosat arboblari turgan edilar.
Behbudiy o‘z uyida ochilgan “usuli jadid” maktabining butun moddiy xarajatlarini o‘z gardaniga oladi «Padarkush»ning sahnaga qo‘ilishidan kelgan asosiy daromadni Samarqand, Qo‘qon, Namangan, Toshkent, Kattaqo‘rg‘on va boshqa shaharlardagi “usuli jadid” maktablariga hadya qildi, bu maktablar uchun o‘zi «Muntaxabi jo‘g‘rofiya umumiy» («Qisqacha umumiy jo‘g‘rofiya»), «Madxali jo‘xrofiya umro-qiy» («Ahli jo‘g‘rofiyasiga kirish»), «Muxtasari jo‘g‘rofiyai Rusiy» («Rusiyaning qisqacha jo‘g‘rofiyasi»), «Kitobul aftol» («Bolalar maktubi»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyati islom» va «YAngi hisob» darsliklarini yaratdi va o‘z mablag‘iga matbaa ochib, maktab uchun darslik va qo‘llanmalarini tekinga bosib tarqatadi. Samarqanddagi birinchi musulmon kutubxonasi va qiroatxonaning asosiy mablag‘i ham uning hisobidan chiqqan edi.
MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXON O‘G‘LI (1878—1931) ham
«usuli savtiya» maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati Turkiston o‘lkasidagi aholini qanday ma’naviy-madaniy uzlatda saqlayotganini va undan qutulish choralari faqat maktab ta’lim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog‘liqligini to‘g‘ri tushungan holda chor hukumatining mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda faollik ko‘rsatdi: mana shu maqsad yo‘lida Toshkentda ilg‘or fikrli ziyolilar va turli guruhlardan iborat «Turon» jadidlar jamiyatini tashkil etdi.
Toshkentdagi jadidlar harakatining faol vakillaridan biri SAIDRASUL SAIDAZIZIY (1866-1933)ning ham ma’rifatparvarlik faoliyati jadid tarbiyashunosligi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. U o‘z muallimlik faoliyatini SHayxantahurdagi 1-o‘rus-tuzem maktabida, so‘ngra Turkiston o‘qituvchilar seminariyasida sart (o‘zbek) tilidan dars berishdan boshlagan. Ana shu davrda Gramenitskiy va V.P.Nalivkinlar Saidrasul Saidaziziyga «Musulmoncha sinf»da o‘zbekcha xat-savod o‘rgatish yuzasidan darslik yozishni topshirganlar, 1992 yilning sentyabr oyida «Ustodi avval»ning birinchi nashri 3000 nusxada chiqqan, 2- nashri 1903 yilda bosilgan. Bu darslik 1917 yilgacha 17 marta nashr qilinib, Turkiston o‘lkasida yuzlab yangi usuldagi «Usuli savtiya (tovush usuli) maktablari»ning ochilishiga sabab bo‘ldi.
ABDULLA AVLONIY (1878-1934) A.Avloniy mehnatkash xalq farzandlarining kelajagiga butun borlig‘i bilan ishongan holda, ularning savodini chiqarish, sinfiy ongini o‘stirish maqsadida yangi usuli savtiya maktablari uchun darslik va qo‘llanmalar ham yaratdi. Ayniqsa, uning «Muallimi avval» (1911), «Muallimi soniy» (1912), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), 6 qismdan iborat
«Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1917), «Maktab guliston» (1915) va boshqa asarlari o‘zbek milliy tarbiyashunosligi tarixida muhim o‘rin egallaydi.











