Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy mahorati.
V.A.Yakunin fikriga ko’ra, “o’qituvchining pedagogik maxorati – bu mutaxasisga kasiy vazifalarni omadli xal qilish imkonini beruvchi kasbiy bilimlarga egaligi” [23, s.293].
A.S.Makarenko fikriga ko’ra, pedagogik maxorat – bu pedagogik jarayon xususiyatlarining mazmuni, uni qurish va xarakatga keltirish qobiliyati. Aksariyat xallorda pedagogik maxoratni pedagogik texnikasi qobiliyatlari va malakalariga tenglashtirishadi, ayni vaqtda u – faqatgina maxoratning namoyon bo’layotgan tashqi komponentlaridan biri [18, s.96].
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy mahorati. Usta-o’qituvchi tajribali o’qituvchidan bolalar psixologiyasini bilishi va pedagogik jarayonni tuza olish qobiliyati bilan farq qiladi.
Bexudaga emas, V.A.Suxomlinskiy yozadi: «Shuni unutmangki, sizning pedagogik maxoratingiz qad rostlovchi zamin, – bolaning o’zidagi, uning bilimga va siz, o’qituvchiga bo’lgan munosabatida. Bu – o’qish, ilxomlanish, qiyinchiliklarni yengib o’tishga tayyorgarlik istagi. Ushbu zaminni e’tiborli boyiting, u bo’lmasa maktab yo’q».
Pedagogik fanda pedagogik maxoratni tashkil qiluvchilarni tushunishga bo’lgan bir qancha yondashuvlar yuzaga keldi. Ba’zi olimlar xisoblashadiki, intuitsiya va bilimning, avtoritet boqaruvning, pedagogik qiyinchiliklarni yengib o’tish qobiliyatining, bolalar ruxiyati xolatini tushunish iste’dotining, oqillik va ijodiy jasoratning, ilmiy taxlilga, fantaziyaga va tasavvurga bo’lgan qobiliyatning borligi usta-o’qituvchi uchun xos. Pedagogik maxoratga pedagogik bilim, intuitsiya qatori tarbiyachiga kamroq energiya sarflab katta natijalarga erishish imkonini beruvchi pedagogik texnika soxasidagi qobiliyatlar xam kiradi.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy mahorati. Pedagogik maxorat maxsus bilim, qobiliyat, ko’nikma va odatlardan tashkil topadi, ularda u yoki bu faoliyat turini mukammal qo’llashning asosiy usullari amalga oshiriladi. Pedagog xamisha tashkilotchi, murabbiy va pedagogik ta’sirning ustasi xisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, pedagog maxoratida to’rtta nisbiy elementlarni ajratish mumkin:
- bolalarning jamoaviy va individual faoliyatini tashkil qilish maxorati;
- ishontira olish maxorati,
- bilim bera olish va faoliyatning tajribasini shakllantirish maxorati,
- pedagogik texnikani egallash maxorati. Real pedagogik faoliyatda maxoratning ushbu turlari uzviy bog’langan va bir birini kuchaytiradi.
O’qituvchi maxoratining strukturasida o’ziga xos o’rinni pedagogik texnika egallaydi. Bu ba’zi o’quvchilarga va butun guruxga pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari tizimini samarali qo’llash uchun zarur bo’lgan qobiliyat va malakalarning yig’indisi: tarbiyalanuvchilarga murojatda uslub va oxangni to’g’ri tpanlash qobiliyati, diqqatni boshqarish qobiliyati, temp xissi, o’quvchilar qilmishlariga o’zining munosabatini bildirish va namoyish qilish malakalari va boshqalar.[17s,335]
Pedagogik texnika asoslariga egalik — texnologiya bilan qurollanishning zaruriy sharti. A.S.Makarenko yozadi: «Men, 15-20 tacha oxangda «bu yerga kel» deb ayta olishni, yuz ifodasida, xarakatimda, ovozimda 20 ta ma’nolarni berishni o’rganganimdagina o’z ishimning ustasiga aylandim. Faqat o’shandagina men kimdir yonimga kelib, kerakli narsani tushunmay qolishidan qo’rqmadim».
O’qituvchining pedagogik biografiyasi individual. Xar biri xam va juda tez usta bo’lolmaydi. Ba’zilarining bu uchun ko’p yillari ketadi. Afsuski shunday xolatlar xam sodir bo’ladiki, ba’zi pedagoglar o’rta darajada qolib ketadi.
Usta, o’zgartiruvchi, ijodkor bo’lish uchun o’qituvchi pedagogik jarayonning qonuniyat va mexanizmlarini egallashi lozim. Bu unga pedagoglarcha o’ylash va xarakat qilish imkonini beradi, ya’ni pedagogik xodisalarni mutaqil taxlil qilish, uni tarkibiy elementlarga bo’lish, xar bir qismning butunlari bilan aloqasini anglash, g’oyani o’qitish va tarbiya qilish nazariyasini, ko’riluvchi xodisa mantiqiga mos xulosalar, printsiplarni topish; xodisalarni to’g’ri namoish qilish —psixologikpedagogik tushunchalarning qaysi toifasiga u mansubligini aniqlash; asosiy pedagogik vazifani (muammoni) va uni optimal xal qilish usullarini topish.
Kasbiy maxorat o’z faoliyatida ilmiy nazariyaga tayanuvchi o’qituvchiga keladi. Albatta, bunda u bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Birinchidan, ilmiy nazariya — bu umumiy qonunlarning, printsiplar va qoidalarning tartibga solingan yig’indisi, amaliyot esa xamisha aniq va situativ. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat — bu bilimlar (falsafa, pedagogika, psixologiya, metodika bo’yicha va xk.) sinteziga tayanuvchi butun jarayon, aksincha o’qituvchi bilimi odatda «taxlab qo’yilgan», ya’ni pedagogik jarayonni boshqarish uchun muxim bo’lgan umumiy bilimlar darajasiga yetirtirilmagan. Bu shunga olib keladiki, o’qituvchilar odatda pedagogik qobilyatlarga nazariya ta’siriga qaramasdan, uning ostida emas, tirikchilik, pedagogik faoliyat xaqida tasavvurlar birlashmasi asosida ega bo’lishadi.
A.S.Makarenko xisoblaydiki, pedagogik maxoratga ega bo’lish, o’z ustida maqsadga yo’naltirilgan ishlash sharoitidagina xar bir pedagog uchun imkonli. U amaliy tajriba asosida shakllanadi. Ammo xoxlagan tajriba xam kasbiy maxorat manbai bo’lolmaydi. Bunda manbaa faqat chuqur o’ylangan va taxlil qlingan pedagogik faoliyat xisoblanadi. Pedagogik maxorat – bu shasxiy va kasbiy sifatlar aralashmasi.











