Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy maxoratini oshirish usullari.
O’z ishining ustasi bo’lish uchun jismoniy madaniyat o’qituvchisi maktabda besh–olti yil ishlashi lozim. Biroq keyin xam uning kasbiy mukammallashishi sodir bo’ladi. Yoshi o’tib jismoniy madaniyat o’qituvchisida jismoniy tayyorgarlik darajasi biroz o’zgaradi, bu o’z navbatida pedagog faoliyati strukturasidagi o’zgarishlarga xam olib keladi. O’quvchilarni boshqarish qobiliyati juda katta rol o’ynaydi. O’qituvchi ko’pincha demonstrantlarni, yordamchilarni ishlatadi. Bu shundan dalolat beradiki, o’qituvchi maxorati dinamik xarakteristika xisoblanadi va o’qituvchining mukammallashish jarayoni cheksizdir.
Ilьin Ye.P. jismoniy madaniyat o’qituvchisi maxoratini oshirishning ikkita usulini ajratadi. Ulardan biri turli kurslarda malakani oshirishdan iborat, metodik majlislar va xk. Boshqa usul — o’z-o’zini mukammallashtirish, u bir qancha yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- Tajribali o’qituvchilar tomonidan o’tiluvchi darslarni kuzatish va taxlil qilish.
- O’zining kasbiy va umumiy eruditsiyasini (maxsus adabiyotlarni o’qish, shu jumladan «Maktabda jismoniy madaniyat» jurnalini, ushbu adabiyotni maxsus bo’limlari bo’yicha yozib olish, o’zining pedagogik ishi uchun yangi ma’lumotlarni birlashtirish va xulosalarni ta’riflash) oshirish; sport nashrlarini o’qish, sport bellashuvlari xaqidagi teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, bir qator bellashuvlarga barcha muxim sport xodisalaridan xabardor bo’lish maqsadida tashrif buyurish, sport soxasida kengroq eruditsiyaga ega bo’lish (busiz jismoniy madaniyat bo’yicha emotsional dars o’tish va sport sektsiyalarida mashg’ulotlar o’tish, o’quvchilarda jismoniy madaniyatga qiziqish shakllantirish qiyin).
- O’zinnig pedagogik faoliyatini xar kuni taxlil qilish (masalan, kundalik yordamida, unda ba’zi o’quvchilarning va butun bir sinfning o’ziga xos xususiyatlari yozilishi, o’quvchilarga turli vaziyatlardagi u yoki bu ta’sirlarning samarasi, kelejakdagi rejalar, darsni tashkil qilish bo’yicha fikrlar belgilanishi mumkin va xk.).
- Murakkab bo’lmagan tadqiqot ishini o’tkazish, u o’qituvchiga o’zining faoliyati bilan bog’liq, uni qiziqtirib turgan savollarga javob berishi mumkin, (masalan, kuchni rivojlantirish uchun ular tomonidan bajarilayotgan mashqlarning samarasi qanday, butun bir sinfning va ayrim o’quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi qanday, aniq u yoki bu sharoitlardagi metodlardan qaysi biri samaraliroq va xk.) [8, s.207].
Jismoniy madaniyat darsini o’tish metodikasiga taaluqli narsa o’zlashtirilganda o’z-o’zini mukammallashtirish o’qituvchi tomonidan manfaat ko’zlab qilinmasligi lozim. Xullas, ayrim o’qituvchilar, masalan, «Maktabda jismoniy madaniyat» jurnalini o’qib, faqat jismoniy mashqlar majmui va yangi nostandart uskunalar bayon etilgan maqolaga axamiyat berishadi. Ma’lumotning bunday tanlovi uni o’quvchilarni jismoniy tarbiyalashning umumiy yondashuvlar pozitsiyasi va printsiplari jixatidan mavjud bilimni qayta anglashga rag’batlantirmaydi, vaxolanki o’qituvchining metodik bilimlarini kengaytiradi. Shuning uchun bunday o’qituvchining nazariy bazasi oldingi darajada qoladi yoxud xatto institutda olingan ma’lumotlarni yil o’tishi bilan unitilishi natijasida yomonlashadi.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy maxoratini oshirish usullari.
Zamonaviy o’qituvchi faqat andozalar yig’indisi egasi bo’lishi mumkin emas. Unga pedagogika, psixologiya, fiziologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi soxasidagi nazariy ma’lumotlarni doimo yangilash zarur. Faqat shu bazadagina o’qituvchi pedagogik jarayonni qayta qurishga, o’quvchilarning jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshirishning yangi yo’llarni va vositalarini qidirishga tayyor bo’lishi mumkin.
O’z-o’zini mukammallashtirish malakalarini jismoniy tarbiya fakulьtetida ta’lim olayotgan jarayonidanoq boshlash kerak. Bunda nafaqat u yoki bu bilimlarning ortiqcha dasturini olish zaruratini, kasbiy muxim sifatlarni, qobilyatlarni rivojlantirishni, balki o’z-o’zini mukammallashtirishga bo’lgan extiyojni shakllantirish xam anglash muxim, usiz kelajakda o’z kasbiga bo’lgan qiziqishni, dars beruvchiga aylanishni oson yo’qotish mumkin [5, s.207].
Jismoniy madaniyat o’qituvchisi O’qituvchining imkoniyatlari turlicha. Ular bilim, qobiliyat, sifat ko’rinishida amalga oshishi, motivlar bilan kuchayishi mumkin. Shu bois kasbiy maxoratga erishish usullari xam turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi bir o’qituvchilarda nazariy bilimlar darajasi yetakchi omil bo’lsa, boshqalarida — tashkilotchilik qobiliyatlari, uchinchilarida esa — konstruktiv qobiliyatlar yoki irodaviy sifatlar bo’ladi. Albatta, faqat bitta qaysidir bir komponentga tayanib bo’lmaydi, xatto agar u juda yaxshi ifodalangan bo’lsada. Imkon darajasida qolganlarini xam tortish zarur.











