Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy muxim sifatlari.

0
Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy muxim sifatlari.

Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy muxim sifatlari.

Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy muxim sifatlari.

O’qituvchi shaxsining kasbiy muxim sifatlari – bu zamonaviy ta’lim maqsadlarini samarali amalga oshirish imkonini beruvchi shaxsning ijtimoiy zarur sifat va qobiliyatlari majmui.

Jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy maxorati undagi ma’lum bir shaxs sifatlarining va pedagogik faoliyatga qobiliyatning borligiga bog’liq. Quyidagi sifat guruxlari ajratiladi.

O’qituvchining dunyoqarash sifatlari o’zining bor pedagogik faoliyatini o’z xalqiga, davlatiga xizmat qilishga undaganidek, o’quvchilarda faol xayotiy pozitsiya tarbiyalash uchun mustaxkam asos beradi.

Dunyoqarash jismoniy madaniyat o’qituvchisining butun faoliyatini motivatsiyalaydi. Mazkur sifatlar pedagogni o’z xalqiga, o’z Vataniga xizmat qilishga undaydi. O’qituvchi umumiy dunyoqarashining aks etishi xar bir o’quvchiga, uning kelajagiga javobgarlik xissi xisoblanadi. O’quvchilarda Vatanga sadoqatni tarbiyalab, jismoniy madaniyat o’qituvchisi ularda dunyo arenasidagi mamlakatimiz sportchilarining yutuqlari bilan faxrlanish xissini xam rivojlantirishi kerak.

Axloqiy sifatlar xatti-xarakatda, xulq-atvorda aks etadi. Odoblilik, yoki axloq, — bu jamiyatda qabul qilingan va inson xatti-xarakatlarini tartibga solish vazifasini bajaruvchi norma, yozilmagan qoidalar. O’qituvchi axloqiy sifatlarning butun bir majmuiga ega bo’lishi kerak: gumanizm, muloyimlik, xalollik, talabchanlik, optimizm va xk., chunki o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash nafaqat ularga so’z shaklida ta’sir qilishga asoslanishi, balki avvalo o’zi na’muna bo’lmog’i kerak.

Jismoniy madaniyat o’qituvchisining pedagogik optimizmi o’z ichiga shunday sifatlarni oladi: mexribonlik, o’qituvchining ziyrakligi, uning dilkashligi va raxmdilligi, quvnoqlik, xazil-mutoyiba xissi, o’quvchilarga, ularni oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishlariga ishonish, xatto agar ushbu o’quvchilar sust o’zlatirayotgan va tarbiyasida buzulishlari bo’lsa xam.

Biroq pedagogik optimizmni o’qituvchida omadsizliklar paytida ranjish xissi yo’q deb tushunmaslik lozim. Ranjish, ishdan vaqtinchalik qoniqmaslik tabiiy xisoblanadi va o’qituvchini ishga nisbatan samimiy munosabatidan dalolat beradi, noformal munosabatdan emas.

Shuningdek rostgo’ylik xam muxim sifat xisoblanadi. Agar o’quvchi falьshь, o’qituvchining g’irromligini sezsa, unda o’quvchi mantiqan qaror qiladiki, uni aldashmoqdi, uning o’qituvchi so’zlariga va xarakatlariga bo’lgan ishonchi yo’qoladi. Muloqot jarayoni formal tus oladi yoki umuman to’xtaydi. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ishonchsizlik to’sig’i paydo bo’ladi.

O’qituvchining gumanizm kabi axloqiy sifati uning odamlarga va umuman o’quvchilarning xar biriga bo’lgan munosabatani ifodalaydi. Bu insonni yer yuzidagi oliy qadriyat deb xisoblashdir.

O’qituvchining insonparvar munosabati uning o’quvchi shaxsiga qiziqishida, qiyin vaziyatlarda yordam berishida, unga xayrixoxlikni namoyon etishda, o’quvchining qadrini tan olishda, o’quvchini rivojlanishiga va uni shaxs sifatida shakllanishiga talabchanlikda aks etadi.

O’qituvchi boshqa axloqiy sifatlarga xam ega bo’lishi kerak; printsipiallik (xatti-xarakatda dangallikka va qaysarlikka aylanmaydigan), o’z o’ziga tanqidiy munosabat, mexnatsevarlik, adolatlilik.

«Adolatlilik, deb yozadi V.A.Suxomlinskiy, – bu bolani tarbiyachiga ishonish asosi, lekin odil bo’lish uchun xar bir bolaning ruxiy dunyosini nozikliklarigacha bilish kerak».

Irodaviy sifatlar xam jismoniy madaniyat o’qituvchisi faoliyatida muxim rol o’ynaydi. Ularga kiradi vazminlik (o’zini yo’qotmaslik), qat’iyatliy, chidamlilik, talabchanlik, dadillik, jasurlik.

Ye.P.Ilьin takidlaganki, o’qituvchining bosiqligi va vazminligi uning o’z ishiga nisbatan beparvolikka, loqaydlikka o’zgarmasligi kerak. O’qituvchi xursand bo’lishga, jaxli chiqishiga, qayg’urishga, xafa bo’lishga xaqqi bor va majburdir. Lekin xatto g’azablanganda xam, u o’zini yo’qotmasligi, o’zini boshqarishi, qo’pol va kamsituvchi oxangga o’tmasligi kerak

Jismoniy madaniyat o’qituvchisining irodaviy sifatlaridan biri uning talabchanligi bo’lishi lozim. O’quvchilar (ayniqsa o’g’il bolalar) o’zi istaganiga qo’pol majburlashlarsiz va taxdidlarsiz, shuningdek pedantizmsiz erishuvchi o’qituvchilarni juda xurmat qilishadi. Aytib o’tilgan talablardan chetlashuvchi xar birini o’quvchilar o’qituvchinig irodasi sustligi sifatida ko’rishadi.

Shuningdek jismoniy madaniyat o’qituvchisi uchun uddaburonlik kabi irodaviy sifatga ega bo’lish katta axamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat darsida tez qaror qabul qilishni taqazo etuvchi vaziyatlar tez-tez sodir bo’ladi. Uddaburon o’qituvchi xamisha undan munosib chiqib ketish yo’lini topa oladi.

Intellektual sifatlar o’qituvchining didaktik qobiliyatlarini mustaxkamlaydi, unga tarbiya ishida to’g’ri qarorni topishga yordam beradi, o’qituvchi ijodining samaradorligini, o’quvchilarni tarbiyalashda va o’qitishda yangi, o’rganilmagan yo’llarni qidirishni asoslaydi.

Mazkur sifatlarga ongning aniqligi va mantiqiyligi, uning tanqidiyligi, tasavvur, ijodkorlik, zukkolik kiradi.

Intellektual sifatlar idrok qilish va xotira xususiyatlarini ta’riflovchi pertseptiv va attentsion sifatlarga asoslanadi.

Diqqatni taqsimlanganlik kabi sifat muxim rol o’ynaydi, chunki jismoniy madaniyat o’qituvchisi bir paytning o’zida ko’p ob’ektlarni va o’z faoliyatidagi vaziyatlarini xam kuzatib borishi, o’z vaqtida kutilmagan vaziyatga munosabat bildirishi va doimo butun bir sinfni diqqat markazida tutib turishi kerak.

Bunda u o’quvchilar xolatiga va kayfiyatiga ziyraklik bilan munosabat bildirishi, o’quvchilar u tushuntirib turganlarini tushinishmoqdami yoki yo’qligini xis qilishi, tartib-intizomning barcha buzilishlarini sezishi, o’quvchilarning mashqlarni bajarishdagi xatolarini aniqlashi lozim. Tajribasiz o’qituvchilar, materialni bayon qilish, uni ko’rsatish bilan band bo’lib, o’quvchilar nazoratini nazardan qochirishadi, agarda o’quvchilarni o’z diqqatida tutib turishni xoxlashsa, unda bayon qilayotganini yo’qotib qo’yishadi, mashqni ko’rsatishda xatolar va to’xtalishlar qilishadi.

Ko’p xollarda namoishni to’xtatmaslik uchun o’qituvchi mashqni tushuntirishda, bajarishda o’quvchiga o’z ta’sirini ortga surishi lozim. Bu o’qituvchidan yaxshi qisqa muddatli xotirani talab qiladi, tartibni buzganga nima aytishi kerakligini unutmaslik uchun.

Psixomotor sifatlar jismoniy madaniyat o’qituvchisi uchun g’oyat muxim. O’qituvchi ko’rsatadigan ko’p mashqlar katta jismoniy tayyorgarlik talab etadi. Yosh o’tishi bilan jismoniy sifatlar regressiyaga uchrash xususiyatiga ega, shuning uchun jismoniy madaniyat o’qituvchisining doimiy tashvishi ularni kerakli darajada tutib turish xisoblanadi.

Psixomotor sifatlar pertseptiv va attentsion sifatlar bilan uzviy bog’langan: xis etishning tezligi, ob’ektlarga yoki signallarga e’tibor berishdagi diqqat kontsentratsiyasining darajasi va xk. Shuning uchun jismoniy madaniyat o’qituvchisining kasbiy muxim sifatlarni guruxlarga bo’lish dogma (aqida) sifatida qabul qilmaslik kerak. Ba’zi sifatlarning boshqalariga o’tishi, ularning bir birini to’ldirishi, o’zaro bog’liqligi ko’p kuzatilgan.

Didaktik sifatlar, Ye.N.Gogunov va B.I.Martьyanov takidlashganidek, bu o’quv materialini oson qilib uzatish qobiliyatidir [4, s.152.]. Yangi o’quv materialini tushuntirishda o’qituvchi o’quvchilarning mazkur guruxiga tushunarli bo’lgan atamalarni ishlatishi, ularni o’quv faniga qiziqtirishi, o’quv faoliyatida faollikni va mustaqil fikrlashni uyg’otishi kerak. O’qituvchining mazjkur qobiliyatlari uning o’quv materialini qayta tuzish, moslashtirish, qiyinni oson, murakkabni — sodda, tushunarsizni — tushunarli qilish maxoratidan iborat.

Akademik sifatlar – bu qobiliyatlar fanning ma’lum bir soxasiga taaluqli. Qobiliyatli jismoniy tarbiya o’qituvchisi o’z fanini nafaqat o’quv kursi xajmida, balki ancha chuqurroq va kengroq biladi. U o’z fani bo’yicha ilm-fan soxalaridagi so’nggi kashfiyotlarni o’rganishga xarakat qiladi, o’zi tadqiqot ishlarini yuritadi.

Nutqiy sifatlar – bu nutq, shuningdek mimika va pantomimika yordamida o’zining o’yfikrlarini va xis-tuyg’ularini aniq va ravon tasvirlay olish qobiliyatlari. Bundan tashqari, o’qituvchi o’z kuchiga, o’zi aytib turganlariga ishonchi komilligini va qiziqishini namoyon qilishi lozim.

Tashkilotchilik sifatlari – bu o’quvchilarni boshqarish, ular faoliyatini tashkillashtirish, ular kollektivini shakllantirish, maktab o’quvchilarini o’quv vazifalarini xal qilishga ruxlantirish qobiliyati. Bundan tashqari, o’zining shaxsiy faoliyatini tashkillashtirish qobiliyati xam muxim.

Pedagogning nufuzi — bu o’qituvchining o’quvchilar xurmatini qozonish, ularni ishonchiga kirish, obro’-e’tiborga erishish qobiliyati. Ye.P.Ilьin fikriga ko’ra, qaysidir bir xayot va faoliyat soxasidagi obro’li odam, agar fikriga quloq solishsa, unga taqlid qilishga xarakat qilishsa va unga u yoki bu masalada qaror qabul qilishni ishonishsa shu odam obro’li xisoblanadi [7, s.123].

Kommunikativ sifatlar – bu o’quvchilar bilan muloqot qilish qobiliyati, ularga to’g’ri yondashuv topa olish, yaqin aloqa o’rnatish, ular bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirishda maqsadga muvofiq o’zaro munosabat o’rnatish maxorati.

Ularga kiradi dilkashlik, muloyimlik, xayrixoxlik va bir qator boshqalari, o’qituvchiga muloqot jarayonida o’quvchilar bilan aloqa o’rnatishga yordam berishadi va shu bilan o’qituvchining tarbiya ishida omad keltirishadi. Bunday sifatlarga pedagogik takt xam kiradi.

Pedagogik takt kundalik xayotda ruxiy deb ataluvchi ko’p sifatlarga asoslanadi. Odobli o’qituvchi paydo bo’lgan xolatni tez va bexato tushunib oladi, u yoki bu o’quvchi uchun muloqotdagi qiyinchiliklarni tushunadi, uning xolatini aniqlaydi va shuni inobatga olib yagona to’g’ri qarorni qabul qiladi, o’quvchiga mos keluvchi ta’sir shaklini tanlaydi, o’quvchini noqulay vaziyatga qo’ymaslik uchun to’g’ri so’zlarni, intonatsiyani tanlaydi.

Odobli o’qituvchi xech qachon bolaning xarakatlari, xayotga va o’qishga munosabati sabablarini bilish uchun uning ko’nglini «titib tashashni» o’ziga ep ko’rmaydi.

Pedagogik taktga rioya qilish doimo o’z fikr va xarakatlarini nazorat qilishni talab qiladi. O’z xatti-xarakatlarini va so’zlarini nazorat qila olmaslik atrofdagilarni qiyin vaziyatga qo’yishi, nomaqbul oqibatlarga olib kelishi mumkin.

I.V.Straxov o’qituvchi shaxsining quyidagi, pedagogik taktni beandishalikdan farqlovchi psixologik xususiyatlarini ajratadi:

  • rasmiyliksiz murojatning tabiiyligi va soddaligi;
  • loqaydliksiz ishonch;
  • tarangliksiz oxangning jiddiyligi;
  • masxarasiz xazil va mutoyiba;
  • mayda ayblovlarsiz talabchanlik;
  • erkalanishsiz xayrixoxlik;
  • g’azabsiz ish oxangi;
  • qistovsiz o’z vaqtidagi tarbiyaviy ta’sir;
  • injiqliksiz printsipiallik va qat’iyatlik;
  • takidlovlarsiz e’tiborlilik va ziyraklik;
  • iltimoslarsiz buyruq berish;
  • bilimdagi ustunliklarni aytmasdan o’qitish; – beparvolikni ko’rsatmasdan eshitish.
Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba