Jismoniy madaniyat o’qituvchisining professionalizmi.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisi ishining omadliligi professionalizm darajasiga bog’liq. A.K.Markova fikriga ko’ra, professional — bu kasbiy faoliyatning yuqori darajalariga ega, mexnatni amalga oshirish mobaynida o’zini ongli ravishda o’zgartiruvchi va rivojlantiruvchi, kasbiga o’zining individual ijodiy ulushini qo’shuvchi, o’zining individual burchini topgan (professional — bu o’z joyidagi mutaxasis), jamiyatda o’zining kasbiy faoliyati natijalariga qiziqishni stimullovchi va jamiyatda o’z kasbining nufuzini oshiruvchi mutaxasis [14, s.134].
Yu.D.Jeleznyak shunday yozadi, xoxlagan soxada professionalizm insonni qanday sabablar undashidan, uning xayotida aniq kasbiy faoliyat qanday ma’noga egaligidan, qanday maqsadlarni ko’zlaganligidan va boshqalar, shuningdek inson oldiga qo’ygan maqsadlarga erishish uchun qaysi texnologiyalarni, vositalarni qo’llashidan kelib chiqadi. Shuni takidlash joizki, OTMda ta’lim olish bitiruvchining kasbiy tayyorgarligini ma’lum darajasini taminlaydi, va bu daraja qanchalik baland bo’lsa, professionalizm shakllanishi omadliroq bo’lishiga shuncha asos ko’proq bo’ladi, chunki inson faqat kasbiy faoliyat jarayonidagina professionalga aylanadi [3, s.10].
Professionalizm insonni shaxs sifatida, sub’ekt sifatida va professional sifatida integral xarakteristika xisoblanadi.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining professionalizmi muammosini N.V.Kuzьmina, Ye.P.Ilьin kabi olimlar va boshqalar o’rganishgan.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining professionalizmi quyidagi komponentlarga asoslanadi:
- Pedagogik yo’nalganlik – bu pedagogik faoliyat bilan qat’iy shug’ullanish istagi [22, s.10]. Mazkur komponent ikkita motivatsion shakllanish bazasida yotadi – “bolalarga bo’lgan muxabbat” va jismoniy madaniyatga bo’lgan qiziqish.
L.N.Tolstoy bolalarga bo’lgan muxabbatni o’qituvchi shaxsining asosiy xislati sifatida ko’rgan. V.A.Suxomlinskiy unga katta axamiyat bergan, shuni ta’kidlaganki, bolalarni sevishni xech bir o’quv maskanida, xech qaysi kitobdan o’rgatib bo’lmaydi.
Bolalarga bo’lgan muxabbat bolalar bilan ishlashga bo’lgan qiziqishiga, pedagogning ularni bilimli, xam jismonan va xam ruxan rivojlangan qilish istagiga aylanadi.
O’qituvchining pedagogik yo’nalganligini shakllantiruvchi ikkinchi asosiy omil uning jismoniy madaniyatga bo’lgan qiziqishi xisoblanadi.
- Bilim va maxorat. Jismoniy madaniyat o’qituvchisi uchun maxsus (jismoniy madaniyat o’qituvchisi o’z pedagogik faoliyatida amalga oshirishi uchun muxim bo’lgan) bilim bo’lgani kabi, umumiy (ijtimoiy-siyosiy, adabiyot, san’at bo’yicha va xk.) bilim xam bo’lishi kerak.
Jismoniy madaniyat o’qituvchisining maxoratlari konstruktiv, tashkiliy, kommunikativ (didaktik va tashkilotchilikni o’z ichiga oladi), gnostik (pertseptivni o’z ichiga oladi), xarakatlilarga (yordachilarni o’z ichiga oladi) bo’linadi.
Konstruktiv maxorat jismoniy madaniyat o’qituvchisiga o’z faoliyatini rejalashtirishga yordam beradi.
Tashkiliy maxorat bevosita o’zining belgilab qo’ygan rejalarini amalga oshirish bilan bog’liq. O’qituvchi o’z faoliyatini va o’quvchilar faoliyatini tashkil qila olishi kerak.
Kommunikativ maxorat o’qituvchininng o’quvchilari bilan, ishdagi kasbdoshlari bilan, otaonalar bilan muloqot qila olishi bilan bog’liq.
Didaktik maxorat – jismoniy madaniyat o’qituvchisining yangi o’quv materialini o’quvchilarga aniq va tushunarli yetkaza olish, jismoniy mashqlarni ko’satib berish maxorati.
Gnostik maxorat o’quv-metodik va ilmiy adabiyotdan foylana olish maxoratini, kichik tadqiqotlar o’tkazish, o’quvchilarining jismoniy rivojlanish metodikasiga o’zgartirish kiritish uchun ularning natijalarini talil qilish maxoratini o’z ichiga oladi.
Xarakat maxorati eng avvalo o’qituvchi tomonidan jismoniy mashqlarni bajarish texnikasini aks ettiradi.
- Pedagogik burch va javobgarlik. Pedagogik burch xissiga tayanib, o’qituvchi xamisha bolalarga va kattalarga, kimki unga muxtoj bo’lsa barchaga yordam ko’rsatishga shoshiladi, o’zining xuquq va imkoniyatlari chegarasida; pedagogik odob-axloqning o’ziga xos kodeksiga so’zsiz rioya qilib u o’ziga talabchan [17, s.36].
- Kasbiy muxim sifatlar – bu kasbiy faoliyatni omadli bajarishga imkon beruvchi turg’un shaxsiy sifatlar tizimi.












