Kartada berilgan nisbiylikdagi chiziqini o’tkazish.
Kartada berilgan nisbiylikdagi chiziqini o’tkazish. Kartada A nuktadan V nuktagacha nishabligi 35% (2°) bulgan chiziqni utkazish kerak. Quyilish masshtabidan 35% ga moso‘lchagich qadami olinib, A nuqtadan ketma-ket hamma go- rizontallar kesiladi. Nuqtalar tutashtirilib, berilgan nishabligi chekli chizikni hosil qilinadi. Agar o‘lchagich qadami gorizontallar orasidagi masofadan kichik bo‘lsa, ular to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tutashtiriladi (6411, 6511).
Kartada berilgan yo‘nalish bo‘yicha joy profilini yasash.
Malinovka sh (6411) shamol dvigateli (6412) chiziq bo‘yicha planli profilni yasash uchun to‘g‘ri chiziqo‘tkazilib, unda karta masshtabida K, 1,2, 3, 4, 5, 6, E va h.k. nuktalar, ya’ni gorizontallarning KE to‘g‘ri chizik bilan kesishish nuqtalari orasidagi gorizontallar yoki interpolyasiyalashdan topilgan belgilarga teng. Bu nuktalar belgilari profil acociga perpendikulyarlarga gorizontal masshtabdan 10 marta yirikroq masshtabda qo‘yiladi. hosil bo‘lgan nuqtalar silliq egri chiziq orqali tutash- tiriladi.
Profil yordamida joy nuqtalari orasidagi o‘zaro ko‘rinishni bilish mumkin, buning uchun ularni to‘g‘ri chizik bilan tutashtirish kerak. Agar nuqtalar orasida kurinish bo‘lmasa, ulardan birini qanday mikdorda ko‘tarish kerakligini aniqlash mumkin. Agar bir nuqtadan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha profillar yasalsa, unda kartaga shu nuqtadan ko‘rinmaydigan (ko‘rinmaslik maydoni) joy uchastkalarini kartaga tushirish mumkin. 4.6.1.- shaklga ko‘ra K va E nuqtalar o‘zaro ko‘rinarli.
Nuqtalarning geografik va To‘g‘ri burchakli koordinatalarini aiiqlash.
Kenglik va uzoqliklar karta varagi romi uchlarida yozilgan φjg = 54°40′, λyuz = 18°03’45’). Karta romida kenglik va uzoklik bo‘yicha butun minutlar (rang quyulib) ajratilgan. Romning qarama- qarshi tomonlaridan uchlarini tutashtirilib, parallellar va meridianlar minutli to‘ri hosil qilinadi. Uzoqlik va kenglikning sekundlari chiziqli kesmalar nisbatidan hosil kilinadi. Masalan, un zavodi nuqtasidan (6511) yaqin (g‘arbiy) meridiangacha kesma a va uzoqlikning bir minuti uzunligi b (romda) bo‘lsa, nuqta uzoqligi λ = λyam + 60 «a/b
berilgan nuqta uchunλ = 18°04′ +60 «.9,8sm / 10,5sm = 18°04’56»
Nuqta kengligi ham shunday aniqlanadi:
φ = 54°04′ + 60 «.13,7sm / 18,6sm= 54°40’44’;
shu nuqtaning to‘g‘ri burchakli koordinatalari koordinata to‘rining vertikal va gorizontal chiziqlariga nisbatan o‘lchagich va masshtab chizig‘i yordamida aniqlanadi:
X = 6065 km + 542 m = 6065542 m;
U = 4311km + 756 m = 4311756 m.
Karta bo‘yicha chiziqning haqiqiy azimuti va direksion burchagini aniqlash.
R nuqtadan yaxshilangan gruntli yo‘lning xaqiqiy azimuti va direksion burchagini aniqlash uchun R nuktadan g‘arbiy va sharqiy minutli romga va kilometrli to‘rning vertikal chizig‘iga parallel chiziqlar o‘tkazi- ladi. Transportir noli R nuqtada shimolga qaratib qo‘yilib, yo‘l yo‘nalishiga A = 89°10′ va α = 91°30′ burchaklar olinadi. Kartada berilgan nisbiylikdagi chiziqini o’tkazish.
Muallif: A. Ganiyev.







