Loyihaviy o’qitish texnologiyasiga kirish.
Ma’lumki, o’qitish jarayoni boshqariladigan jarayondir. O’qituvchi pedagogik texnologiya qonuniyatlariga ko’ra maqsad, faoliyat, natija yo’nalishida amalga oshirib, ya’ni ta’lim natijasini oldindan ko’ra olish qobiliyatiga ega bo’lishi, o’qish-o’qitish masalalarini va ularni hal etish texnologiyasini loyihalash qonuniyatlari bilan yaqindan tanish bo’lishi lozim. Loyihalangan texnologiya dars mavzuiga ajratilgan vaqt doirasida joriy etilib, tanlangan qo’shimcha ma’lumotlar o’quvchilar kuchiga, bilim darajasiga, yosh va individual xususiyatlarga mos kelishi kerak. Shuningdek, o’qish-o’qitish jarayonida axborot texnologiyasi va texnik vositalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va qo’llash malakasini o’qituvchi o’zida shakllantirgan bo’lishi lozim. Bu albatta, o’qituvchidan ijorkorlikni, yangilikni anglay olish va undan aniq foydalana olish qobiliyatiga ega bo’lishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi ko’z o’ngida doimo nimani o’qitish? Kimni o’qitish? va qanday o’qitish? muammosi turishi kerak bo’ladi.
Ilmiylik, zamonaviylik va yakuniy natijani kafolatlanganlik prinsipi tajribada sinalgan, yaxshi natija berishga mos bo’lgan ta’lim-tarbiyaning shakl, metod, vositalari faol metodlarini doimiy ravishda ilmiylikka yo’llashni talab etadi. O’qituvchi-tadqiqotchi uzluksiz izlanishi didaktik ma’lumotlarni oqilona qo’llash malakasiga ega bo’lishi mumkin. Maktab tajribasida ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni qo’llash, zamonaviylikni e’tirof etadi. Pedagogika nazariyasidagi yangi metod, metodlaridan foydalanish, ta’lim mazmuniga mos shakl metodlarini tanlash o’qitishni zamonaviylashtiradi.
Loyihaviy o’qitish texnologiyasiga kirish. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida ta’lim-tarbiyaning insonparvarlik va demokratik xarakterda bo’lish prinsipi mavjud. Bu prinsip pedagogik texnologiyalar tizimida ta’lim-tarbiyada o’quvchi manfaatining ustivorligini ta’minlash prinsipini joriy etishni taqozo qiladi. Shunga asosan o’quv tarbiya jarayonida ko’proq o’quvchining mustaqil o’qishi, mutoala qilishi, tahlili qilishiga e’tibor qaratilmog’i talab etiladi. O’quvchilar bilim, ko’nikma, malakalarini egallashlarida ularning qiziquvchanligini, tashabbuskorligini uyushtirish pedagogik texnologiyasining yo’nalishlaridandir. O’qituvchi – o’quvchi faoliyatini tashkil qilish, mustaqil o’qish, fikrlash, tahlil qilish, qo’llash ko’nikmalarini tarbiyalashi lozim.
Yangi pedagogik texnologiya zamonaviy talab, ehtiyojlardan kelib chiqib, texnologik jarayon xususiyatlariga asoslanadi. Ma’lumki davr, taraqqiyot ishlab chiqarish o’zgarib, rivojlanib borish xususiyatiga ega. Mavjud texnologiyalar maxsulot turiga qarab ishlab chiqarish qurollarini, ishchi o’rinlarini o’zgartirishga majbur bo’ladi va u zudlik bilan o’zgartiriladi. Texnologiyaning bu sifat ko’rsatgichi egiluvchanlik deb ataladi. Ta’lim tarbiyada ham davrning o’zgarishi, taraqqiyotning yangi bosqichga o’tishi munosabati bilan ta’lim va tarbiyaning maqsadi va vazifalarining o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarish o’z navbatida ta’limning mazmunini, shaklini, metodlarini, vositalarini o’zgarishiga olib chiqdi. Bu yangi pedagogik texnologiyaning egiluvchanlik prinsipining asosini tashkil qiladi.
Shunday qilib yuqorida izohlangan pedagogik texnologiya prinsiplari ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya jarayonini ilmiy asosda qurishga, o’quvchilarning ma’lumotlarni mustaqil o’zlashtirish, tahlil qilish, shaxsiy mulkiga aylantirishga va shu asosda shaxsiy sifatlarni shakllantirishga yordam beradi. Demak ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari (maqsad, mazmun, shakl, metod vorsitalari) ga yaxlit holda yondashilsa pedagogik texnologiyalar o’z muddaosiga erishadi.
Loyihaviy o’qitish texnologiyasiga kirish.







