Menejment fanining maqsadi va vazifalari.

0
Menejment fanining maqsadi va vazifalari.

Menejment fanining maqsadi va vazifalari.

Menejment fanining maqsadi va vazifalari.

Menejment fanining maqsadi va vazifalari.Menejmentning maqsadlarini belgilashda mutaxassislar ko‘pincha o‘z davlatlaridagi boshqaruvning maqsadi va vazifalariga qarab muvofiqlashtiradilar (Yevropa davlatlari, Rossiya, O‘zbekiston)9. Menejmentning tadqiqotchilari ham menejmentning maqsadi va vazifalarini belgilashda uning ta’riflarini asos qilib olishadi.
Menejmentning fan sifatidagi vazifasi boshqaruv nazariyasini rivojlantirishdan iborat. Ya’ni menejment amaliyotining korxonalar boshqaruvida nazariy holatlar bilan bog‘langanligidan foydalanish va bu amaliyot uchun nazariyani rivojlantirishdir. Shuning uchun ham ko‘pchilik mutaxassislar menejmentning maqsadi va vazifasini umumlashgan holatda qisqacha belgilashadi.

Menejmentning bosh maqsadi – ishlab chiqarish samara- dorligini oshirish va foydani ko‘paytirishdan iborat. Menejmentda ikkita maqsadni ajratadilar:
1. Umumiy (strategik) maqsadlar.
2. Maxsus maqsadlar.
Umumiy (strategik) maqsadlar tashkilotni rivojlantirish konseptsiyasini aniqlaydi. Bu maqsadlar oldindagi istiqbollarga(bashoratlash, korxona faoliyatini reja- lashtirish) mo‘ljallangan bo‘ladi.
Maxsus maqsadlar umumiy maqsadlarning tarkibida korxonaning asosiy faoliyat turlari, yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqiladi. Menejmentning bosh maqsadi har bir tashkilotning va bu tashkilotdagi har bir ishchining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan boshqaruvni tashkil qilishdan iborat hisoblanadi. Menejmentning maqsadi uzoq muddatlarda korxonaning bozordagi o‘rnini saqlash, mustahkamlash va yashab qolishini, faoliyatini davom ettirishini ta’minlovchi boshqaruvni ishlab chiqish va qo‘llash hisoblanadi.

Boshqaruvdagi maqsadlarni belgilashda albatta har tomonlama yondoshuvni hisobga olish talab qilinadi. Korxonani yuritish maqsadlari korxonaning missiyasi va uning rivojlanishi doirasida shakllantiriladi va belgilanadi. Maqsad  har qanday tashkilotning yuqori natijalarga erishishidagi natijalaridir. Menejment qo‘ygan maqsadlardan firmalar faoliyatlari uchun umumiy mo‘ljallarni beruvchi standartlarni belgilashda, tashkilotning samaradorligini baholashda foydalanadilar.
Maqsadlar sotib olinishi ham mumkin, yoki aniq omillarning saqlanganligidan ham kelib chiqishi mumkin. Maqsadlar hamma vaqt ham istiqbolda rivojlantirish farazlariga asoslanadi, shuning uchun ham, maqsadlarni asoslash bu farazlarning naqadar aniqliligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Maqsadlar o‘z navbatida belgilanishi bo‘yicha quyidagidek ko‘plab tavsiflarga egaki, menejmentda bu maqsadlarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi:
 sohani qamrab olish bo‘yicha maqsadlar (umumiy, xususiy);
 muhimliligini belgilovchi maqsadlar (bosh, oraliq,
ikkinchi darajali);
 o‘zgaruvchi miqdorlardagi maqsadlar (bir va ko‘p
alternativli);
 predmetli maqsadlar (umumiy yoki xususiy natija);
 tipik xo‘jalik maqsadlari (faqat foydaga intilish, mol-mulkga intilish  firmani shu darajaga yetkazish kerakki u qimmat baholarga sotilsin, faqat xarajatlarni pasaytirishga intilish, faqat foydani oshirishga intilish).Menejmentning vazifasi fan sifatida boshqaruv nazariyasini rivojlantirishdan iborat. Fan sifatida menejmentning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– tashkilotning, korxonaning muvaffaqiyatli
ishlashini ta’minlovchi raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi ishlanmalar yaratish;
– bu ishlanmalardagi tajribaviy nazoratni va
amaliyotga ilmiy natijalarni va yondoshuvlarni, Menejmentning asosiy vazifalari haqida ham menejment fanining tadqiqotchilari ko‘plab xulosalarni bildirishgan. Bu tadqiqotchilarning natijalari tahlil qilinganda ma’lum bo‘ladiki, har bir tadqiqotchi yoki menejment nazariyotchisi menejmentning vazifalarini o‘z davlatidagi boshqaruv mezonlari bo‘yicha belgilaydilar. Bu xildagi ta’riflarni menejmentning mazmuni va mohiyatini aniqroq belgilovchi Menejmentning  belgilangan vazifalarini asosan “Menejment” atamasini ta’lim va ishlab chiqarish tizimiga kiritayotgan MDH davlatlaridagi menejment tadqiqotchilari belgilashadi. Bizda ham shunday.

Ya’ni menejmentning vazifalari moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkillashtirish va boshqarishning barcha savollarini qamrab olishlari lozim.Menejment mukammal rivojlangan va rivojlanayotgan AQSH va Yevropa davlatlarida boshqaruvni kengroq rejalashtirish uchun ularda ham menejmentni tashkil qilishda, uning funksiyalarini belgilashda vazifalar detallashtirilgan. Hozirga kelib, Yevropa menejmenti menejmentning vazifalarini belgilashda bir yo‘nalishdagi vazifalarning barchasini bir guruhga birlashtiradi va bir nom bilan atashadi. Masalan, boshqaruvni tashkillashtirish bilan bog‘liq barcha vazifalar “Tashkillashtirish” vazifasiga kiritiladi. Menejment fanining maqsadi va vazifalari.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba